FIZIKANING TIBBIYOT SOHASIDAGI AHAMIYATI

Annotasiya

Materiya harakatining turli shakllari bir-biri bilan aloqadorlikda va bir-biriga bog‘liq bo‘ladi, bu esa avvalgi fanlar qo‘shilishidan yangi fanlarning—biofizika, astrofizika, kimyoviy fizika va boshqalarning kelib chiqishiga, shuningdek, bir fan yutug‘idan boshqa fanning rivoji uchun foydalanishga sabab bo‘ladi. Tibbiyot oliygohlari ilmiy izlanuvchilar va talabalarni, albatta, fizikaning tibbiyot fani bilan bo‘lgan aloqadorligi qiziqtiradi. Fizik bilimlarning, usullarning va apparatlarning tibbiyotda qo‘llanilishi ko‘p qirrali bo‘lib, quyida bu bog‘lanishning ba’zi bir asosiy jihatlarigina keltiriladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
  • Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti
116-118
17

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Usmonov , S. . (2024). FIZIKANING TIBBIYOT SOHASIDAGI AHAMIYATI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(12), 116–118. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/52523
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Materiya harakatining turli shakllari bir-biri bilan aloqadorlikda va bir-biriga bog‘liq bo‘ladi, bu esa avvalgi fanlar qo‘shilishidan yangi fanlarning—biofizika, astrofizika, kimyoviy fizika va boshqalarning kelib chiqishiga, shuningdek, bir fan yutug‘idan boshqa fanning rivoji uchun foydalanishga sabab bo‘ladi. Tibbiyot oliygohlari ilmiy izlanuvchilar va talabalarni, albatta, fizikaning tibbiyot fani bilan bo‘lgan aloqadorligi qiziqtiradi. Fizik bilimlarning, usullarning va apparatlarning tibbiyotda qo‘llanilishi ko‘p qirrali bo‘lib, quyida bu bog‘lanishning ba’zi bir asosiy jihatlarigina keltiriladi.


background image

116

FIZIKANING TIBBIYOT SOHASIDAGI AHAMIYATI

Usmonov Saidjon Abdusubxon o‘g‘li

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

“Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14209083

Annotatsiya:

Materiya harakatining turli shakllari bir-biri bilan aloqadorlikda va bir-

biriga bog‘liq bo‘ladi, bu esa avvalgi fanlar qo‘shilishidan yangi fanlarning—biofizika,
astrofizika, kimyoviy fizika va boshqalarning kelib chiqishiga, shuningdek, bir fan yutug‘idan
boshqa fanning rivoji uchun foydalanishga sabab bo‘ladi. Tibbiyot oliygohlari ilmiy
izlanuvchilar va talabalarni, albatta, fizikaning tibbiyot fani bilan bo‘lgan aloqadorligi
qiziqtiradi. Fizik bilimlarning, usullarning va apparatlarning tibbiyotda qo‘llanilishi ko‘p qirrali
bo‘lib, quyida bu bog‘lanishning ba’zi bir asosiy jihatlarigina keltiriladi.

Kalit so‘zlar:

Fizika qonunlari, mukammal bilish, termodinamika, qon aylanishi,

bug‘lanish, fazoviy o‘tishlar, dorilar, mexanika, potensiallar.

Inson organizmida sodir bo‘ladigan turli jarayonlarning murakkabligiga va o‘zaro

bog‘liqlikda bo‘lishiga qaramay, ular orasidan ko‘pincha fizik jarayonga yaqin bo‘lganlarini
ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Masalan, qon aylanishi kabi murakkab fiziologik jarayon
aslida fizik jarayondir, chunki bu jarayon (tebranishlar va to‘lqinlar) yurakning mexanik ishi
(mexanika), biopotensiallarning generatsiyasi (elektr) va hokazolar bilan bog‘liq. Nafas olish
gaz harakati (aerodinamika), issiqlik uzatish (termodinamika), bug‘lanish (fazoviy o‘tishlar) va
hokazolar bilan bog‘liq.

Organizmda fizik makrojarayonlardan tashqari, xuddi jonsiz tabiatdagi kabi molekular

jarayonlar ham sodir bo‘ladi va ular biologik sistemalarning holatini belgilaydi. Bunday
mikrojarayonlarning fizikasini tushunish organizm holatini, ba’zi bir kasalliklarning tabiatini
tushunish, dorilarning ta`sirini va shu kabilarni to‘g‘ri baholash uchun zarurdir[1].

Bu masalalarning hammasida fizika biologiya bilan shu darajada bog‘langanki, tibbiyot

masalalarini tushunish uchun fizika qonunlarini mukammal bilish talab etiladi[2]. Bu fan tirik
organizmdagi fizik jarayonlarni aniq va chuqur tushunishga, shuningdek, biologik
sistemalarning ultrastrukturasini tashkil qilishining hamma jabhalarida-submolekular va
molekulardan to to‘qima va to‘liq organizmgacha tarkibiy qismlarning tabiatini o‘rganadi.

Kasallik diagnostikasining va biologik sistemalarni tadqiq qilishning fizik usullari.

Diagnostika va tadqiqotlarning ko‘pgina usullari fizik prinsiplar va g‘oyalardan foydalanishga
asoslangan.

Ko‘pgina zamonaviy tibbiy asboblar tuzilishiga ko‘ra fizik asboblardir. Buni ko‘rsatish

uchun o‘quvchiga o‘rta maktab kursidan ma’lum bo‘lgan ba’zi bir misollarni qarab chiqish
kifoya.

Mexanik kattalik-qon bosimi bir qator kasalliklarni baholash uchun foydalaniladigan

ko‘rsatkichdir. Manbayi organizmning ichkarisida bo‘lgan tovushlarni eshitish a’zolarning
kasalligi yoki sog‘ligi haqida axborot olish imkonini beradi. Ishlashi simobning issiqlikdan
kengayishiga asoslangan tibbiyot termometri-keng tarqalgan diagnostik asbobdir. Keyingi
yillarda elektron qurilmalarning rivojlanishi natijasida tirik organizmda hosil bo‘layotgan
biopotensiallarni yozib olishga asoslangan diagnostik usullar keng tarqalmoqda. Ko‘pchilikka
ma’lum bo‘lgan usul–elektrokardiografiya-yurak faoliyatini aks ettiruvchi biopotensiallarni


background image

117

yozishdir. Mikroskopning tibbiy va biologik tadqiqotlardagi ahamiyati hammaga ma’lum. Tolali
optikaga asoslangan zamonaviy tibbiy asboblar organizmning ichki bo‘shliqlarini ko‘rishga
imkon bermoqda. Spektral analiz usulidan sud ekspertiza, adliyaviy tibbiyotda, gigiyenada,
farmokologiyada va biologiyada foydalaniladi; atom va yadro fizikasining yutuqlari
diagnostikadagi ancha mashhur metodlar: rentgenologik diagnostika va nishonlangan atomlar
usullari ham ko‘pchilikka ma’lum va mashxurdir.

Davolash maqsadida organizmga fizik omillar bilan ta’sir qilish. Tibbiyotda

qo‘llaniladigan turli davolash usullari ichida davolashning fizik omillari ham o‘rin topmoqda.
Ularning ba’zilarini ko‘rsatib o‘tamiz. Suyak sinishlarida foydalaniladigan gipsli bog‘lanishlar
yordamida shikastlangan organlarni qo‘zg‘almas holatga keltiriladi. Davolash maqsadida
sovitish (muz) va isitish (grelka) issiqlik ta’siriga asoslangandir. Elektr va elektromagnit
ta’sirlar fizioterapiyada keng qo‘llaniladi. Davolash maqsadida ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan
(ultrabinafsha va infraqizil), rentgen va gamma-nurlanishlar qo‘llanilmoqda. Tibbiyotda
foydalaniladigan materiallarning fizik xossalari. Biologik sistemalarning fizik xossalari.
Tibbiyotda ishlatilayotgan bog‘lamchalar, asboblar, elektrodlar, protezlar va hokazolar tashqi
muhit ta’sirida va shu jumladan biologik muhit ta’sirida ishlaydi. Bunday asboblarni real
sharoitda ishlatish mumkinligini baholash uchun ular tayyorlangan materiallarning fizik
xossalari haqidagi ma’lumotlarni, masalan, protezlar (tishlar, tomirlar, klapanlar) tayyorlash
uchun mexanik mustahkamlikni, ko‘p karrali yuklanishlarga chidamlilikni, elastiklikni, issiqlik
o‘tkazish qobiliyatini, elektr o‘tkazuvchanlikni va boshqa xossalarni bilish muhimdir. Qator
hollarda biologik sistemalarning yashovchanlik xususiyatlarini yoki ma’lum tashqi muhit
ta‘sirlariga chidamliligini baholash uchun ularning fizik xossalarini bilish muhimdir. Biologik
obyektlarning fizik xossalari o‘zgarishiga qarab kasalliklarni aniqlash mumkin bo‘ladi.

Atrof-muhitning fizik xossalari va xarakteristikalari. Tirik organizm atrof-muhit bilan

o‘zaro ta`sirlashgan holdagina yashashi mumkin. U muhitning harorat, namlik, havo bosimi va
shu kabi fizik xarakteristikalarining o‘zgarishlaridan keskin ta’sirlanadi. Tashqi muhitning
organizmga ta’siri faqatgina tashqi faktor sifatida hisobga olinmasdan, undan davolash usuli
(klimatoterapiya va baroterapiya) sifatida ham foydalanish mumkin[6]. Bu misollar shifokor
atrof-muhitning fizik xossalarini va xarakteristikalarini baholay bilishi kerakligi haqida dalolat
beradi.

Yuqorida aytib o‘tilgan fizikaning tibbiyotda qo‘llanilish usullari tibbiyot fizikasining

asosini-amaliy fizika va biofizikaning kompleks bo‘limlarini tashkil qiladi. Ularda fizik
hodisalar, jarayonlar va xarakteristikalar tibbiyot masalalarini hal qilishda qo‘llanilgan holda
qarab chiqiladi.


References:

1.

Xamroyev Jobir Xolmurodovich “O`RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA`LIMDA “TIBBIY

BIFIZIKA” FANINING AHAMIYATI” CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES Volume 1, Issue 12, August 2024
2.

A.N.Remizov Tibbiy va biologik fizika. T.: “O‘zbekiston milliy ensikopediyasi”. 2005 y.

3.

M.I.Bazarbayev.,

I.M.Mullojanov.,

A.Z.Sobirjonov.,

U.M.Abdujabbarova.,

I.Sh.

Saidnazarova., X.J.Raximova., F.B.Nurmatova. Biofizika. Toshkent-2018y


background image

118

4.

Paul Davidovits. Physics in Biology and Medicine. Fourth Edition, 2013y

5.

Andrey B. Rubin. Fundamentals of biophysics. Second Edition, 2014y

6.

Usmonov S., Alisherjonova F. INSON TANASIDA BO’LADIGAN ELEKTR HODISALARI

//Евразийский журнал академических исследований. – 2023. – Т. 3. – №. 4 Part 2. – С. 200-
203.
7.

Ahmadaliyeva G. H. et al. YARIMO ‘TKAZGICH MODDALAR VA ULARNING

XARAKTERISTIKALARI //Евразийский журнал академических исследований. – 2022. – Т.
2. – №. 1. – С. 91-93.

Bibliografik manbalar

Xamroyev Jobir Xolmurodovich “O`RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA`LIMDA “TIBBIY BIFIZIKA” FANINING AHAMIYATI” CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES Volume 1, Issue 12, August 2024

A.N.Remizov Tibbiy va biologik fizika. T.: “O‘zbekiston milliy ensikopediyasi”. 2005 y.

M.I.Bazarbayev., I.M.Mullojanov., A.Z.Sobirjonov., U.M.Abdujabbarova., I.Sh. Saidnazarova., X.J.Raximova., F.B.Nurmatova. Biofizika. Toshkent-2018y

Paul Davidovits. Physics in Biology and Medicine. Fourth Edition, 2013y

Andrey B. Rubin. Fundamentals of biophysics. Second Edition, 2014y

Usmonov S., Alisherjonova F. INSON TANASIDA BO’LADIGAN ELEKTR HODISALARI //Евразийский журнал академических исследований. – 2023. – Т. 3. – №. 4 Part 2. – С. 200-203.

Ahmadaliyeva G. H. et al. YARIMO ‘TKAZGICH MODDALAR VA ULARNING XARAKTERISTIKALARI //Евразийский журнал академических исследований. – 2022. – Т. 2. – №. 1. – С. 91-93.