Авторы

  • Lobar Botirova
    O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-kurs talabasi
  • Moxira Mirsanova
    Ilmiy rahbar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.52367

Ключевые слова:

Qadriyat umuminsoniy qadriyat ma’naviyat ma’naviy meros ruhiy poklanish dunyoqarash jamiyat Bedil Amir Temur Alisher Navoiy.

Аннотация

Ushbu maqolada milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy meroslarimiz haqida fikr yuritilgan. Ma’naviy meroslarimiz bugungi kunda qay darajada o‘z ifodasini ko‘rsatmoqda. Ma’naviy merosimizni yanada boyitish, asrab avaylash kabi masalalar haqida ham so‘z yuritilgan.


background image

135

AJDODLAR MEROSINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI AHAMIYATI

Botirova Lobar Xamid qizi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti,

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-kurs talabasi

Mirsanova Moxira

Ilmiy rahbar

+998 99 561 03 16. moxiramirsanova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14215167

Annotatsiya:

Ushbu maqolada milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy meroslarimiz haqida

fikr yuritilgan. Ma’naviy meroslarimiz bugungi kunda qay darajada o‘z ifodasini ko‘rsatmoqda.
Ma’naviy merosimizni yanada boyitish, asrab avaylash kabi masalalar haqida ham so‘z
yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

Qadriyat, umuminsoniy qadriyat, ma’naviyat, ma’naviy meros, ruhiy

poklanish, dunyoqarash, jamiyat, Bedil, Amir Temur, Alisher Navoiy.


Ma’naviyat sohasidagi dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish,

ayniqsa, bolalar va biz yoshlarning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralardan asrashga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Biz yosh avlodni o‘z yurtimizga muhabbat va sadoqat, milliy
g‘urur, yuksak axloq va ma’naviyat, qadimiy va boy ma’naviy merosimiz,i milliy va
umuminsoniy qadriyatlarimiz bilan faxrlanish ruhida tarbiyalash bugungi davrning dolzarb
vazifalaridandir. Qadriyat haqida so‘z ketar ekan eng avvalo bu so‘z qanday tushuncha
anglatishini bilib olishimiz kerak. Qadriyat-Voqealikdagi muayyan hodisalarning
umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma'naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan
tushuncha. Jamiyat, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsa, hodisa va
voqealar: erkinlik, tenglik, ezgulik, tinchlik, haqiqat, marifat, madaniyat, moddiy va ma’naviy
boyliklar, obida-yodgorliklar, go‘zallik, axloqiy xislat hamda fazilatlar, an’ana, urf-odat, udum
va boshqalar hisoblanadi. Odamzotning yashashi, farzadlari hayotining ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy, huquqiy, madaniy, ma’naviy va axloqiy sohalarga taalluqli bo‘lgan insoniyat va
jamiyatga tegishli bo‘lgan qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar deb ataladi. Shunday ekan,
umuminsoniy qadryatlarimizga kiruvchi ma’naviy meroslarimiz haqida quyidagilarni
aytishimiz mumkin. O‘zimizdan bizgacha yetib kelgan barcha ma’naviy boyliklar, ma’naviy
taraqqiyot mahsuli, inson aql-zakovati bilan yaratilgan, kelajak avlodni ezgu taraqqiyot sari
yetaklash xususiyatiga ega bo‘lgan, kishilarning ongi va dunyoqarashining o‘sishi, olamni bilish
va o‘zlashtirish borasidagi sa’y-harakatlariga kuch-quvvat beradigan ajdodlardan avlodlarga
o‘tib kelayotgan azaliy qadriyatlar majmui.

Xalqimizning haqiqiy ma’naviy merosi bo‘lmish iymon, insof, mehr-oqibat, andisha, or-

nomus, kattaga hurmat, kichikka izzat, mehmondo‘stlik, yurtga va xalqqa sadoqat kabi
fazilatlarini asrab-avaylab, kelajak avlodning qon-qoniga singdirish, jamiyat kundalik hayotida
doimo ustuvorlik kasb etishi to‘g‘risida so‘z ketar ekan, avvalambor, dindorlar, din peshvolari
bilan yaqindan hamkorlikda, hamjihatlikda ish olib borish zaruriyati hisobga olinishi kerak
bo‘ladi. Insonning ruhiy poklanishi, axloqiy tarbiyasi, el yurti tinchligini o‘ylashi, osoyishta
faoliyat yuritishi va millatlar totuvligini saqlashi bilan bog‘liq qadriyatlarni ifodalovchi
ma’naviy merosni o‘zlashtirishda din bilimdonlarining o‘rni yaqqol ko‘rinib turadi.

O‘rta Osiyo xalqlarining ma’naviy va ma’rifiy qarashlari xalqimizning boy ma’naviy

merosining ajralmas qismi sanaladi. O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviy va marifiy qarashlarida inson


background image

136

va uning fazilatlari, ta’lim-tarbiya, axloq muammolari markaziy o‘rinni egallab keldi. Unda
komil inson muammosi o‘ziga xos ravishda o‘z yechimini topganligini alohida takidlash lozim.
Zeroki, komillik manaviyatning asosiy mezoni hisoblanadi. Bu fazilatni egallashga intilish har
bir inson uchun muqaddas maqsaddir. Komil inson esa, vatan, millt, xalq manfaatlarini o‘z
manfaatidan ustun qo‘yishga qodirdir. Ana shu fazilatga ega bo‘lgan kishilar mamlakatda
qanchalik ko‘pchilikni tashkil qilsa, u yuksak darjada rivojlanadi. Diyorimiz xalqi qadim
zamonlardan o‘zlariga ma’lum bo‘lgan insoniyat bilan hamfikr bo‘lib keldilar, yaqindan aloqa
bog‘lab yashadilar. Bunga ko‘pdan-ko‘p misollar bor. Butun madaniy olamga taniqli olimlar va
mutafakkirlar, ulug‘ ajdodlarimizning ijodiyoti o‘zining ulug‘vorligi va go‘zalligi bilan
hozirgacha hammani lol qoldirgan ma’naviy merosni yetkazib berdi.

O‘z bilimlarini ulashib biz yoshlarga ibrat bo‘lib qolgan ko‘plab ijodkorlarimiz Bedil,

Muqimiy, Furqat, Avaz o‘tar, Zavqiy, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab ijodkorlarni aytishimiz
mumkin. Shulardan Boburiylar davrida ijod qilgan taniqli o‘zbek shoiri, mutaffakiri Bedil o‘z
asarlarida avvalo inson haqida mirishkor dehqon haqida alohida mehr, hurmat va extirom bilan
gapiradi. U insonni irqiy, milliy, va diniy e'tiqodlaridan qati nazar hurmat va ehtiromga sazovor
oliy zot deb biladi. "Bu haqida shunday deydi:

“Har kimki, hazrati insonni sajdaga sazovor

demasa, u malundir”

Qanday ajoyib fikr. Ushbu fikr har qanday davr uchun ham adolatli va

oliyjanobdir. Inson borliqning, olamning toji. Inson o‘z baxtini o‘zi yaratadigan zot deb qaraydi.
Buyuk shaxs Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan o‘qisak, o‘rgansak, uning ko‘p
yaxshi xislatlari: to‘g‘rilik, muruvvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va boshqalarni bilib
olishimiz mumkin. Amir Temurda vatanni sevish, xalqni ulug‘lash, faxrlanish va g‘ururlanish
singari oliy ma'naviy fazilatlar barq urib turgan. Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Ali
Yazdiyning “Zafarnomalari” va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari,
pand-nasihatlari va o‘gitlaridan jamiyatimiz o‘zi uchun ibrat olsa bo‘ladi. Ma'naviy meros
qoldirgan Navoiy o‘z asarlarida zolim, mustabid, nodon, maishatparast shoh va hukumdorlarni
qoralab, ularga qarshi insonparvar, xalqparvar, odil, adolatli hukumdor obrazini qo‘yadi.

Odami ersang demagil odami,
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
Mazkur bayt Navoiy ma’naviyati va insonparvarligining markaziy nuqtasi desak, hech

yanglishmaymiz. Navoiy butun umri bo‘yicha insonparvarlikni, odamiylikni o‘ylab, uni ulug‘lab
o‘tgan. Kishilar g‘amida bo‘lish, yaxshilik qilish, muruvvat ko‘rsatish bu buyuk zot hayotining
mazmuni bo‘lgan. Navoiyning qariyib bundan 550 yil avval ilgari surgan g‘oyalari asrlar osha
o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. O‘tmishdan qolgan barcha narsalar butunlay o‘zlashtirilmaydi,
balki yangi davr va talabiga, ruhiga javob beruvchi, mohiyatan zarur narsalargina olinadi.
Hozirda eskirgan va kerakmas deb hisoblangan narsalar, kelajakda balki yangi mohiyat va
muhim ahamiyat kasb etar. Allaqaysi davrda qolib ketgan qaysidir usulb kutilmaganda odatga
aylanishi mumkin. Yangi hayot oldingi meroslardan g‘oya oladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, o‘quvchilarni yuksaltirib tarbiyalash uchun ularning

dunyoqarashi va xulq-atvoriga ta’sir etuvchi ma’naviy omillarni o‘rgatish va ularni yetuk, komil,
madaniyatli, barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida kamol toptirishda
jamiyatimizdagi oila, mahalla maktab doimiy hamkorlikda ish olib borsa maqsadga muvofiq
bo‘lar edi! Milliy merosimizni asrab avaylashimiz va ularni o‘rganishimiz, bizdan keyingi
avlodlarimizning ham qon-qoniga singdirishimiz shart va zarur desam hech yanglishmagan
bo‘laman.


background image

137

References:

1.

Falsafa qomusiy lug‘at", O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, Sharq,Toshkent:. 2004-yil,

496 bet
2.

Hamdamov M. Ma’naviyat asoslari, Toshkent: 2008-yil, 224 bet

3.

Mirsanova, M. X. Q. (2023). O ‘QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISH USULLARI VA ADABIY

ATAMALAR TAHLILI (Erkin Vohidovning adabiy-estetik qarashlari misolida).

Oriental

renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

,

3

(10), 346-351.

4.

https://yuz.uz

Библиографические ссылки

Falsafa qomusiy lug‘at", O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, Sharq,Toshkent:. 2004-yil, 496 bet

Hamdamov M. Ma’naviyat asoslari, Toshkent: 2008-yil, 224 bet

Mirsanova, M. X. Q. (2023). O ‘QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISH USULLARI VA ADABIY ATAMALAR TAHLILI (Erkin Vohidovning adabiy-estetik qarashlari misolida). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(10), 346-351.