Авторы

  • Moxira Mirsanova
    O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi assistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.52368

Ключевые слова:

milliylik milliy an’ana ma’naviy me’ros milliy qadriyat gallaktikada milliy an’analar do‘stlik.

Аннотация

Ushbu maqolada milliy qadriyatlarning ahamiyati, ma’naviy merosning kelajak avlod tarbiyasidagi ro‘li, S.Quronovning “Gallaktikada bir kun” asarida milliy an’analar va qadriyatlar ifodasi xususida so‘z yuritiladi.


background image

132

MILLIY AN’ANA VA MILLIY QADRIYATLAR TALQINI

(S.QURONOV “GALLAKTIKADA BIR KUN” ASARI MISOLIDA)

Mirsanova Moxira Xusniddin qizi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti,

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti,

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi assistenti

Tel: +998 99 525 68 63

moxiramirsanova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14214649

Annotatsiya:

Ushbu maqolada milliy qadriyatlarning ahamiyati, ma’naviy merosning

kelajak avlod tarbiyasidagi ro‘li, S.Quronovning “Gallaktikada bir kun” asarida milliy an’analar
va qadriyatlar ifodasi xususida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

milliylik, milliy an’ana, ma’naviy me’ros, milliy qadriyat, gallaktikada milliy

an’analar, do‘stlik.


Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog‘liq

qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi,
ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog‘liq holda namoyon bo’ladi. Milliy
qadriyatlar va milliy an’analar barcha xalqlarda mavjud. Milliy qadriyatlarni har bir xalqning
milliy liboslari, milliy taomlari, milliy raqslari, milliy musiqasi, milliy sport turlari, milliy urf-
odatlari va umuman olganda oddiy muomala madaniyatidagi o‘ziga xoslikdan boshlanib,
jamiyat hayotining barcha jabhalarida namoyon bo‘ladigan tarixiy, ota-bobolardan qolgan
meros desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Qadriyatlar o‘tmish bilan hozirgi kun o‘rtasidagi vorisiylikni ta’minlaydi.

Mamlakatimizda 31-oktabrni – milliy qadriyatlar kuni sifatida nishonlashning boshlangani
ham bu boradagi merosni o‘rganish masalasini kuchaytiradi.

Bu mavzuni taniqli ijodkor Sa’dulla Quronovning “Gallaktikada bir kun” asari misolida

davom ettirsak. Bu asarni o‘qish jarayonida qiziqarli sarguzasht-fantastik voqealar va fazoviy
jismlarning harakatlari haqidagi bilimlarimiz oshishi bilan bir qatorida, har bir xalqlar,
millatlar, hatto sayyoralar, yondosh olamlarda yashovchi xalqlarda ham o‘ziga xos qadriyat,
urf-odat va an’analar mavjudligining guvohi bo‘lamiz.

Asardagi Maanen yulduzlar tizimida yashovchi Miks xalqi hayotidan keltiriladigan

“G‘alati an’ana” haqida mulohaza yuritsak.

Asar qahramonlari Ahmad, Margol va Mokilar Miksliklar bilan bo‘lgan suhbat jarayonida

bir vaqtlar Maanen yulduzlar tizimidagi barcha sayyoralarni qo‘riqlash Miksliklarga
topshirilganligi, ammo Maanen tizimi tanazzulga uchragani, qo‘shni sayyoralarning aholisi
boshqa yulduzlarga uchib ketishganini, Miksliklarning hamon bu o‘lik sayyoradaligiga sabab
qo‘mondoni Dordonsiz hech nima qila olmasliklarini, uni Xastiklar asirga olib noma’lum
sayyorada zindonband qilishganini bilib olishdi.

“– Ichingizdan birortani qoʻmondon etib saylasangiz boʻlmaydimi? – ajablanib soʻradi

Margol.

– Yoʻq-yoʻq, bu

anʼanaga zid

. Miks harbiylariga faqat qoʻmondonlik uzugiga ega

kishigina rahbarlik qiladi. Bizlar qoʻmondonsiz, ayniqsa,

uzuksiz hech qachon jangga kira

olmaymiz

.

“Gʻalati anʼana ekan”,

oʻyladi Ahmad. Hozir miksliklarga uzukni nima qilasiz, zarurat


background image

133

boʻlganda anʼanadan voz kechib boʻlmaydimi, qabilidagi savollarni berish behuda. Chunki ular
harbiy. Harbiylar yangi anʼanalarni oʻylab topishni bilishmaydi. Ularning qoʻlidan jang qilish
keladi, xolos”[1]

Asar voqealarini kuzatar ekanmiz qahramonlarning bu an’anaga sobit turib, hatto

hayotini xavfga qo‘yib jangga kirganlarini guvohi bo‘lamiz, chunki an’ana muqaddas, unga
sodiq qolish va ularni asrab avaylash lozim. Ahmad, Margol, Moki va 10 nafar Mikslik askarlar
Ahmadning g‘oyasi asosidagi loyihani yasab, “Ko‘kkezar” ga shatakka olib, juda xavfli
hisoblangan Neytron yulduzi orqali o‘tib Yondosh olamga borishadi va u yerdagi
Qo‘shyulduzli tizimni qidirib topishadi. Chunki Qo‘mondon Dordon yotgan zindon
Qo‘shyulduzli tizimdagi qora sayyorada edi.

“Qora sayyora esa oʻzidan nur taratmaydi. Aniqrogʻi, oʻz yulduzining nurini aks

ettirmaydi. Sababi sayyora sirti qalin koʻmir bilan qoplangan. Koʻmir esa qora boʻlgani uchun
atrofdagi barcha yorugʻlikni yutib yuboradi...

Moki aniqlangan sayyora suratlarini monitorga uzata boshladi. Bu tim qora, har joyida

vulqonlar otilib turgan bahaybat sayyora edi. Uning sirtida daryoday oqib turgan lavalar
uzoqdan xuddi insonning qon tomirlariga oʻxshab koʻrinardi. Faqat bu qizil emas, olovli
“tomir”lar edi.

– Qaroqchilar bu sayyorani bekorga qamoqxonaga aylantirishmagan, – dedi Margol

sayyoraning har bir joyini sinchiklab kuzatar ekan. – Bunaqa joydan hatto yorugʻlik nuri ham
qochib qutila olmaydi!”[2]

Asar qahramonlari 13 kishi bo‘lsada 2 mingta qurollangan soqchi qo‘riqlaydigan

qamoqxonaning 91-qavatidagi kameradan qo‘mondon Dordonni qutqarib o‘z vatanlariga
qaytishadi. Bu juda xatarli va mashaqqatli mehnat natijasida erishilgan g‘alaba edi. Bu
harakatlarning hammasi nima uchun edi? Albatta Miksliklarning an’anasiga sodiq qolish
uchun edi. Bu ishdagi yordami uchun Ahmad, Margol va Mokilar koinot xaritasining bir
bo‘lagini qo‘lga kiritishdi ham.

Mazkur voqealar davomida yana bitta jihat o‘quvchini diqqatini tortadi. Qo‘mondon

Dordonni qutqarish vaqtida droid Moki hamrohlaridan ortda qolib ketadi. Barcha askarlar va
Margol ham uni tashlab ketaverish lozimligini aytishadi, faqat Ahmadgina bunga qattiq
qarshilik qiladi. U uchun ko‘z yosh ham to‘kadi.

“Mokining ovozini eshitgan Ahmadning koʻzlariga yosh keldi. Chunki Moki uning chin

doʻstiga aylanib qolgandi. Mana, hozir ham Moki oʻzi yolgʻiz qolib ketganiga qaramay,
doʻstlarini unutib qoʻymadi. Ularning joniga oro kirib, liftni yurgizib berdi.

– Seni tushundik, oʻzingni ehtiyot qil, droid doʻstim!
Ahmad yoʻl boʻyi do‘stini tashlab ketishga majbur bo‘lgani uchun oʻzini kechira olmay

yigʻlab keldi. Margol esa uni yupatishga urinar, Mokiga hech narsa qilmasligini, qoʻriqchilar
uchun bunday droidlar ahamiyatsiz ekanini tushuntirmoqchi boʻlib.

“– Bilasanmi, Salmirga yetib borsak oʻzimning eng aqlli droidimni senga sovgʻa qilaman,

– dedi Margol xuddi yosh bolani ovutganday,” bu gap Ahmadga yoqmaydi va shunday javob
beradi:

“– U bir oʻyinchoq emas, mening doʻstim edi!”

[3]

Bu suhbatdan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, do‘stlik tushunchasi asar qahramoni uchun

juda muqaddas, do‘stlarini va yaqinlarini juda qadrlaydi. Hattoki u yasalgan droid yoki robot
bo‘lsa ham. Bu asarning tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi. Bu asarni o‘quvchi kitobxon asosan


background image

134

bolalar, bilamizki, asar bolalar adabiyoti mahsuli hisoblanadi. Bolalar tarbiyasida muhim
bo‘lgan jihatlarni ijodkor mahorat bilan sarguzasht-fantastik voqealar zamiriga singdirib
yuborgan. Asar vorealari sujetiga berilib ketgan o‘quvchi uchraydigan bu jihatga albatta
ta’sirlanmay qolmaydi, o‘ziga do‘stlarni qadrlash lozimligini sezmagan holda, saboq sifatida
qabul qilib ketadi.

Asardan yana bitta jihat haqida so‘z yurutamiz. Xususan, qaroqchilik bilan hayot

kechiruvchi gikslarning salomlashishda, hol-ahvol so‘rashda ishlatiladigan “qo‘ling
qayrilmasin”, “hech qachon qo‘ling qayrilmasin”, unga javob tariqasida “seniki ham
qayrilmasin” kabi birliklardan foydalanishadi. Bu birliklar gikslarning tarixiy qadriyatlari, urf-
odatlari, mintaleti va hayot tarzidan kelib chiqib amalda foydalaniladi. Ijodkor “qo‘ling
qayrilmasin” jumlasini shunday izohlaydi:

“…gikslar shunday salomlashishadi. Chunki ular uchun eng ogʻir jazo bu asirga tushib,

qoʻli orqaga qayrilish edi” (11-bet) gikslar qaroqchilik bilan kun kechiradigan, asosan
urushlarda ko‘p ishtirok etadigan xalqligini bildik, bunday insonlar uchun albatta qo‘l
qayrilmasligi, ya’ni asirga tushmasligi judi muhim hisoblanadi. Ijodkor xalqlarning yashash
tarziga mos birliklarni mohirona tanlagan va o‘rni bilan qo‘llagan.

Asarda do‘stlik milliy qadriyatlar, ota-ona mehri, insoniylik, ezgulik kabi umuminsoniy

tuyg‘ular tasviri ham yetarlicha mavjud. Kitobxon bu kitobdan ham milliy an’ana va
qadriyatlarni ulug‘laydigan jihatlarni ko‘ra oladi. Milliy qadriyatlarimizni saqlab qolish va
kelajakda ham ularga sobit tura olish borasida Sa’dulla Quronovning “Gallaktikada bir kun”
asaridagi ko‘plab o‘rinlardan xulosalar olsak arziydi. Bu o‘rinlarda yana bir jihat e’tiborni
tortadi, 2036-yilda ham, undan keyin ham ona doimo ona bo‘lib qolishi, ota-onaga muhabbat,
hurmat tuyg‘ulari abadiy ustuvor ekanini ham ijodkor mohirona tasvirlagan.

References:

1.

Sh.Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent. O‘zbekiston. 2021 y. -B. 270.

2.

Mirziyoyev Sh.M. 2023-yil, 28-fevraldagi PF-27-sonli farmoni.

3.

3.Mirsanova, M. (2021). ERKIN VOHIDOVNING ADABIY TANQIDIY QARASHLARIGA

DOIR.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

,

1

(10), 954-960.

4.

Quronov S. Gallaktikada bir kun, ilmiy-fantastik qissa,Toshkent :. 2018-y, 90 b

5.

https://yuz.uz

6.

https://www.iiau.uz

Библиографические ссылки

Sh.Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent. O‘zbekiston. 2021 y. -B. 270.

Mirziyoyev Sh.M. 2023-yil, 28-fevraldagi PF-27-sonli farmoni.

Mirsanova, M. (2021). ERKIN VOHIDOVNING ADABIY TANQIDIY QARASHLARIGA DOIR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 954-960.

Quronov S. Gallaktikada bir kun, ilmiy-fantastik qissa,Toshkent :. 2018-y, 90 b