43
BIOLOGIYA O’QITISH JARAYONIDA O’QUVCHILARNING TADQIQOTCHILIK
FAOLIYATINI STEAM TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH
Toshboyev Ermat Ergashevich
Termiz davlat universitei akademik litseyi
“Tabiiy fanlar kafedrasi” o’qituvchisi
Ermattoshboyev29@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14376803
Annotatsiya:
Ushbu tezisda biologiya fanining o’qitish metodikalarini STEAM
texnologiysaning Science (tabiiy fan) fanlararo integratsiya yo’nalishi bo’yicha o’qitishga
o’rgatish nazariy va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
biologiya, integratsiya, amaliy, nazariy, Science, STEAM.
Jahonda fan va texnika taraqqiyotining jadallik bilan amalga oshishi, innovatsion
texnologiyalarni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy
va madaniy o’zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Bunday o’zgarishlar globallashuv sharoitida
barcha sohalarda kuchli raqobat muhitini shakllantirib, o’z navbatida ta’lim sohasiga nisbatan
yangi talablarni qo’ymoqda. Natijada eng noyob kapital sifatida qadrlanayotgan ta’limning
barcha bosqichlarida, ta’lim-tarbiya berish va natijalarni baholash samaradorligini oshirish,
o’qitish usullarini takomillashtirish orqali barcha insonlar uchun ularning hayoti davomida
sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratish muhim dolzarblik kasb etmoqda.
Bugungi kunda Milliy o’quv dasturidagi STEAM texnologiyasi yordamida o’quvchilar
tabiiy fanlar (Science)ni fanlararo integratsiya va amaliy yondashuvga asoslangan holda
o’rganadilar. STEAM o’quvchilarning o’quv tadqiqotchilik faoliyatini maktabda va maktabdan
tashqarida amalga oshirilishi imkonini beradi. Nafaqat, tabiiy fan balki biologiya fanlari
doirasida qo’llash ham yaxshi natijalar beradi.
O’quvchilarning biologiya kursi bo’yicha olib boradigan ilmiy tadqiqot ishlari
o’quvchilarda mustaqil ishlash, tajribalar qo’yish, kuzatishlar olib borish, natijalarni qayta
ishlash, to’g’ri xulosalar chiqara olish ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi va tadqiqot
ishlarining elgoritmini egallashlariga imkon yaratadi. O’quvchilarni tadqiqot ishlariga jalb
etish uchun eng avvalo ularning qiziqishlariga ega bo’lishi va qiziqishini hamda bilim
darajasini oshirish lozim. Biroq taklif etilayotgan mavzular va tadqiqot metodlari
o’quvchilarning psixologik – fiziologik imkoniyatlari darajasidan oshmasligi kerak. Tadqiqot
faoliyati o’quvchilarni o’zining tushunarsiz va murakkabligi bilan o’qishga, ishlashga xohish,
istaklarini so’ndirmasligi, aksincha ularni to’g’ri faoliyatga yo’naltirishi kerak.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda o’quvchilar uchun botanikadan quyidagi tadqiqot
turlarini taklif etish mumkin:
Tezkor (ekspress) tadqiqotlar. O’quvchilar quyidagi mavzularda ekspress – tadqiqotlar
o’tkazishlari mumkin:
1.
Shahar ko’chalarini ko’kalamzorlashtirish uchun ekiladigan daraxtlarni o’rganish.
2.
Shahar ko’chalarini ko’kalamzorlashtirish uchun ekiladigan butalarni o’rganish.
3.
Shahar ko’chalarini ko’kalamzorlashtirish uchun ekiladigan bir yillik o’t o’simliklarini
o’rganish.
Nazariy tadqiqotlar. Bunday tadqiqotlar turli manbalarda mavjud materiallarni,
dalillarni o’rganish va umumlashtirishga qaratilgan. Bunday tadqiqotlar uchun tanlangan
44
mavzular o’quvchilarga ob’ektlarni real muhitda, faoliyatda o’rganishlari va izlanishlari uchun
keng ko’lamda materiallar berishi, turli taxminlar tuzishiga imkoniyat berishi kerak. Bu esa
o’quvchilarda tadqiqot ishlari olib borishga qiziqishlarning orttiradi va ularni mustaqil bilish
faoliyatiga undaydi.
O’quvchilar dasturda berilgan mavzular bo’yicha quyidagi tadqiqot ishlarini olib
borishlari mumkin:
1.
Adir o’simliklarining yashash muhitiga moslanishlari
2.
Avstraliyalik “Mirzaterak”
3.
Bakteriyalar olamiga sayohat
4.
Bakteriyalar bizga do’stmi yo dushman
5.
Cho’l o’simliklarining yashash muhitiga moslanishlari
6.
Dorivor o’simliklar
7.
Fotosintez yoki yashil o’simlikning buyuk siri
8.
Hashoratxo’r o’simliklar
9.
Insonning yashil do’stlari
10.
Kartoshlaning tarixi
11.
Yaylov o’simliklarining yashash muhitiga moslanishlari va boshqalar.
Tajribaga asoslangan (eks’erimental) tadqiqotlar (kuzatishlar, amaliy mashg’ulotlar,
tajribalar). Tajribalar qo’yish ko’nikmalarini o’quvchilar botanika darslarida olib boradigan
labaratoriya va amaliy mashg’ulotlar o’tkazish davomida hamda darsdan tashqari ishlar
davomida hosil qiladilar.
1.
Dukkakdoshlarning siri
2.
Ildizmeva – mevami?
3.
Kartoshka ko’chatini chopiq qilishning ahamiyati
4.
Mineral o’g’itlarning oshpiyoz rivojiga ta’siri
5.
O’simliklarning tuproqsiz o’stirish
6.
O’simlikning yuqori haroratga moslashuvi
7.
O’simlikning urug’dan rivojlanishi
8.
Organik o’g’itlarning lavlagi rivojiga ta’siri
Tadqiqotchilik loyihalarini o’quvchining tadqiqotchilik faoliyatining eng yuqori bosqichi
deb hisoblash mumkin. Nazariy – ekspress tadqiqotlar, tajribalar o’tkazish usullarini
egallagan o’quvchilar maxsus tanlab olingan metodikalar bo’yicha tadqiqotchilikka
qiziqishning namoyon bo’lishi, tadqiqot o’tkazishning bir qancha bosqichlarini o’tishi
kelgusida ularning ilmiy jamiyat sari qo’ygan birinchi qadami bo’ladi. Masalan:
1.
Ajoyib kaktuslar
2.
Aloe – derazamdagi yashil doktor
3.
Atirgul – gullar malikasi
4.
Barchaga tanish archa va boshqalar
O’quv faniga qiziqishning ortishi, adabiyotlar bilan ishlash va tajribalar qo’yish
ko’nikmalarining ortishi, darsdan tashqari vaqtda qo’shimcha shug’ullanish istagining paydo
bo’lishi, mustaqil ishlashga intilishi, o’zining “kashfiyotlar” va muvaffaqiyatlari bilan
o’rtoqlashishi – bularning barchasi o’quvchilar olib brogan tadqiqotchilik faoliyatidan kutilgan
va muhim ahamiyatli natijalardir. Tadqiqotchilik ishlari faoliyatidan kutilgan va muhim
ahamiyatli natijalardir. Tadqiqotchilik ishlari o’quvchilarda yuksak ijodiy faollikka, mustaqil
45
fikr yuritishga erishishlari uchun yordam beradi.
O’quvchilarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyati o’zi nima, nimadan boshlanadi, qanday olib
boriladi kabi savollarga javob berishdan avval ilm nima degan savolga oydinlik kiritaylik.
Umuman olganda javob juda oddiy: ilm – noma’lumni, yangi aniqlash, yangi bilimlarni
egallash jarayoni. Olim ham, tolib ham ilm oladi, ya’ni yangi bilimlarni o’rganadi. Tolib
boshqalarga ma’lum, faqat o’zi uchun noma’lum ilmlarni o’ziga kashf etsa, olim esa hech
kimga noma’lum bilimlarni kashf etadi. Olim ham, tolib ham izlanadi, tadqiq etadi,
yangiliklarni kashf etadi, ya’ni olamni taniydi. Shunday ekan, har bir tolib, har bir o’quvchi
qandaydir ma’noda izlanuvchi – tadqiqotchidir.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar bugungi kunda pedagogik jarayonda o’quvchilarda yangi
bilimlarni mustaqil izlab topish, ularni egallash, zarur axborotlarni to’plash, farazlarni ilgari
surish, muayyan fikrga kelish, yakuniy xulosa chiqarish ko’nikmalarini shakllantiradigan
usullardan foydalanish ektual ekanligi ko’rsatmoqda. Ta’limning vazifasi o’quvchilarga kelajak
hayotda zarur bo’ladigan shunday usullarni egallashlariga yordam berishdan iboratki, bunda
o’quvchilar o’z kuchi, imkoniyati, qobiliyati, layoqati, qiziqishlarini ob’ektiv baholash orqali
to’g’ri qaror qabul qila olsinlar.
References:
1.
Saidaxmedov N. S. Pedagogik amaliyotda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash
namunalari. T. RTM. 2000 y
2.
Ponomaryova I va boshqalar. Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi. Moskva 2003 y
3.
Tolipova J, G’ofurov A.T. Biologiya o’qitish metodikasi. Metodik qo’llanma. Akademik
litsey va kasb-hunar kollejlari uchun 2004 y
4.
G’ofurov A. T, Nosirov O. M. Maktab biologiya kursida tabiat muhofazasi tushunchasini
shakllantirish. O’qituvchi 1985 y
5.
Tolipova J. O va boshqalar. Botanika o’qitish metodikasi. Toshkent. O’zbekiston 2003 y