Авторы

  • Iroda Jamoliddinova
    Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.52429

Ключевые слова:

Konsept “qat’iyat” konsepti konseptosfera lingvomadaniy konsept kognitiv konsept.

Аннотация

Maqolada o‘zbek tilida “qat’iyat”  konsept sifatida shakllanishi haqida so‘z boradi.  “Qat’iyat” konsepti lingvomadaniy jihatdan tadqiq qilinadi.


background image

22

O‘ZBEK TILIDA QAT’IYAT KONSEPTINING SHAKLLANISHI

Jamoliddinova Iroda Bahodir qizi

Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti

tayanch doktoranti

irodajamoliddinova8@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14324729

Annotatsiya.

Maqolada o‘zbek tilida “qat’iyat” konsept sifatida shakllanishi haqida so‘z

boradi. “Qat’iyat” konsepti lingvomadaniy jihatdan tadqiq qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Konsept, “qat’iyat” konsepti, konseptosfera, lingvomadaniy konsept,

kognitiv konsept.

Annotation:

The article talks about the formation of “perseverance” as a concept in the

Uzbek language. The concept of "determination" is studied linguomadanically.

Keywords:

concept, concept of” perseverance", conceptuosphere, linguistic concept,

cognitive concept.

Аннотация:

В статье рассказывается о том, как “решительность” формируется в

узбекском языке как понятие. Понятие” настойчивость " исследуется лингвокультурно.

Ключевые слова:

понятие, понятие “настойчивость”, концептосфера,

лингвокультурное понятие, познавательное понятие.


Konsept lingvomadaniyatshunoslikda katta ahamiyatga ega ham lingvistik, ham madaniy

birlik hisoblanadi. Sh.Usmanova konsept lingvomadaniy birlik sifatida u yoki bu xalq
madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini ifoda qilishini e’tirof etadi[Safarov, 2006:91].

Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, lingvokulturologik konsept etnomadaniy

xususiyatga ega bo‘lgan va borliq haqidagi funksional ahamiyatga ega axborotni uzatadigan
madaniyatning asosiy birligidir. Bu sohada konsept xalqning madaniyati ko‘rsatkichi sifatila
talqin qilinadi. Masalan, o‘zbek tilidagi “qat’iyat” konseptida o‘zbek er kishisining
vatanparvarligi, oilaparvarligi kabi; “vafo” konseptida esa o‘zbek ayolining ibo-hayosi aks etishi
ma’lum usullar, tahlillar orqali ochiqlanishi mumkin.

Lingvokulturologiyada madaniyat konseptlari alohida tadqiq qilinadi, chunki

madaniyatning asosiy konseptlari jamoaviy til ongida muhim ahamiyat kasb etadi.
“Madaniyatning asosiy konseptlari deganda esa mavhum otlar, xususan, vijdon, taqdir, qismat,
iroda, gunoh, qonun, erkinlik vatan vatanparvarlik, muhabbat, go‘zallik, sadoqat, mehr,
mehmondo‘stlik kabilar tushuniladi. Madaniyat konseptlarini A.Y.Guriyevich ikki guruhga
bo‘ladi: 1) “fazoviy”, falsafiy kategoriyalar, ya’ni madaniyatning universal kategoriyalari – vaqt,
makon, sabab, o‘zgarish, harakat kabilar; 2) ijtimoiy kategoriyalar, ya’ni madaniyat
kategoriyalari – erkinlik, huquq, haqiqat, mehnat, boylik, mulk kabi tushunchalar.

Maslova esa bular qatoriga yana bitta guruh, ya’ni milliy madaniyat kategoriyasini ham

kiritish kerakligini aytadi”

31

.

T.Yandasheva konseptlarning quyidagi turlarini keltiradi:

1.

“Dunyo – vaqt, sana, tong, tun vatan kabilar.

2.

Tabiat – gullar, o‘simliklar, daraxtlar, suv, olov, tuproq kabilar.

3.

Inson xususiyatlari – aqllilik, ahmoqlik, qarilik, bilimdonlik, go‘zallik, yoshlik kabilar.

4.

Ma’naviy konseptlar – vijdon, haqiqat, adolat kabilar.

5.

Ijtimoiy tushuncha va munosabatlar – ozodlik, do‘stlik va urush kabilar.


background image

23

6.

Emotsional konseptlar – baxt, xursandchilik, quvonch, qayg‘u.

7.

Ilmiy bilimlar konseptosferasi falsafa, filologiya, matematika, biologiya, fizika kabilar.

8.

San’at konseptosferasi – arxitektura, xattotlik, raqs, musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik

kabilar”[Yandasheva, 2021:21].

Konseptlarning bir umumiy nom ostida birlashishi bevosita lingvokulturologiyada

konseptosfera terminining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Konseptosfera terminini birinchi
bo‘lib D.S.Lixacheva qo‘llagan. Ba’zi olimlar esa konseptlar tizimi degan jumladan foydalanishni
ma’qul ko‘radilar. Bu insonlarning dunyo haqidagi bilim va tafakkurining daliliy tizimi bo‘lib,
tajriba va tildan qay holda foydalanish jarayonidan kelib chiqadi.

Xususan, dunyoning umumiy manzarasi har bir madaniyat vakilida quyidagi universal

konseptlar – makon, zamon, taqdir, tinchlik, olov, suv, haqiqat, qonuniyat va sevgi-muhabbat
kabi tushunchalardan iborat bo‘ladi. Amerikalik psixolog D.Millerning fikriga ko‘ra, har bir
madaniyatda o‘ziga xos miflar mavjud bo‘ladi va madaniyatlar bevosita qaysidir bir mif asosida
shakllanadi. Bu esa bevosita o‘ziga xos konseptosferani shakllantiradi.

Ma’lum bir tildagi konseptlarni tahlil qilish jarayonida ana shu xususiyatlarni hisobga

olish muhim hisoblanadi. Umuman olganda, esa konsept lingvokulturologik birlik sifatida
ma’lum bir millat tarixi va madaniyatidan xabar beruvchi o‘ziga xos vosita bo‘lib, u o‘zi
ifodalayotgan tushunchani millat va elat a’zolarining xos xususiyatlaridan va lisoniy
imkoniyatlaridan kelib chiqib tasvirlaydi. Umuman, konseptning lingvomadaniy va kognitiv
ta’riflari chambarchas bog‘liqdir, chunki bilish tafakkur, til va madaniyat orqali amalga
oshiriladi. Uning leksik ma’no va tushunchadan asosiy farqi shundaki, u o‘zida faqatgina ma’no
komponentlarini emas, inson hayotiy tajribasida orttirilgan bilimlari, ongdagi axborot
yig‘indisi, u yoki bu predmet-hodisa haqidagi ensiklopedik bilimlari majmuidan iborat.

Biz tadqiqotimizda “qat’iyat” konseptini lingvomadaniy konsept sifatida tadqiq qilishga

harakat qilamiz. Zero, ushbu konseptga til egalarining qadriyatli baho munosabati mavjud
bo‘lib, uni o‘zbek milliy madaniyati bilan bog‘lab o‘rganish ilmiy tadqiqotimizning maqsadini
tashkil etadi.

Qat’iyat

tushunchasi kishining o‘z fikrini, so‘zini, qarorini o‘zgartirmasdan qattiq turish

holatini, fazilatini anglatar ekan, bu tushunchaning psixologiya fanida o‘ziga xos talqinlari
mavjud.

“Kishi ba’zan tez qarorga keladi bu qarorning bajarilishi mumkinligiga ishonadi. Buni

qat’iyat deb ataymiz… Qat’iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas, shuningdek, bu
qarorni tez va dadil bajarishda ham zohir bo‘ladi. Tezlik bilan qarorga kelish va uni aniq
belgilangan muddatda bajarish– qat’iyatni namoyon qilish demakdir. Qaror qabul qilinsa-yu,
keyin o‘zgartirilsa, yoki boshqa qaror bilan almashtirilsa, yoxud butunlay bekor qilinsa, bunday
qarorni yuzaki yoki bo‘sh qaror deb ataladi. Qat’iyat va mustahkam qarorga kelish irodaning
yuksak sifatidir”[Safayev, 2013:21].

Xulosa qilib aytganda, o‘zbek tilida ham “qat’iyat” konsept darajasidagi tushunchadir.

Zero, o‘zbek xalqining bu tushuncha haqidagi milliy qarashlari, baho munosabati, obrazli
ifodalari mavjud. O‘zbeklardagi qat’iyatning shalkllanishiga qadim madaniyat o‘chog‘i sanalgan
bu diyorning uzoq zamonlardan beri qancha-qancha bosqinlarga bardosh berganligi; vatan,
yurt, makon va oila uchun er kishilarining qat’iyat bilan kurashlari, matonati va ayollarining
oilasiga sadoqati sabab bo‘lgan deyish mumkin. Darhaqiqat, agar millat qat’iyat bilan o‘zligini
saqlashga kirishmasa, u bosqinchilarga yengiladi, xalqlar, tillar chatishuvchi yuzaga keladi.


background image

24

References:

1.

Сафаров Ш. С. Когнитив тилшунослик. – Жиззах: Сангзор, 2006. – Б. 91

2.

Яндашева Т. Ўзбек ва инглиз тилларида “гўзаллик” концептининг ифодаланиши ва

лингвопоэтикаси. Филол. фан. бўйича фалсафа д-ри (PhD) дисс. – Тошкент, 2021. 21-бет.
3.

Safayev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti”:

– T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013. -Б.
4.

Мещанинов И.И. Члены предложения и части речи. - М.-Л., 1978. –C.82-84.

Библиографические ссылки

Сафаров Ш. С. Когнитив тилшунослик. – Жиззах: Сангзор, 2006. – Б. 91

Яндашева Т. Ўзбек ва инглиз тилларида “гўзаллик” концептининг ифодаланиши ва лингвопоэтикаси. Филол. фан. бўйича фалсафа д-ри (PhD) дисс. – Тошкент, 2021. 21-бет.

Safayev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti”: – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013. -Б.

Мещанинов И.И. Члены предложения и части речи. - М.-Л., 1978. –C.82-84.