HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA BLOGERLAR BILAN O‘ZARO HAMKORLIGINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI

Аннотация

Profilaktika inspektorlarining huquqbuzarliklar profilaktikasida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan, lekin ushbu hamkorlik har tomonlama tashkiliy va huquqiy jihatdan yetarli darajada mustahkam ko‘rinishga ega emas. Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligining tashkiliy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning farmon va qarorlarida, Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi, Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunlarda ko‘rsatilgan talablar va qoidalar asosida tashkil etiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
4-6
22

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Xudayberdiyev, A., & Abdujabborov , S. (2024). HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA BLOGERLAR BILAN O‘ZARO HAMKORLIGINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(Maxsus son 12), 4–6. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/62868
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Profilaktika inspektorlarining huquqbuzarliklar profilaktikasida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan, lekin ushbu hamkorlik har tomonlama tashkiliy va huquqiy jihatdan yetarli darajada mustahkam ko‘rinishga ega emas. Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligining tashkiliy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning farmon va qarorlarida, Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi, Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunlarda ko‘rsatilgan talablar va qoidalar asosida tashkil etiladi.


background image

4

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA PROFILAKTIKA

INSPEKTORINING OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA BLOGERLAR BILAN

O‘ZARO HAMKORLIGINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI

Xudayberdiyev Abdurashid Abdirasulovich

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi ma’muriy huquq kafedrasi dotsenti

yu.f.b.f.d. (PhD), dotsent

Abdujabborov Sardor Abdurahim o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti, safdor

https://doi.org/10.5281/zenodo.14550636

Profilaktika inspektorlarining huquqbuzarliklar profilaktikasida ommaviy axborot

vositalari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan, lekin ushbu hamkorlik har tomonlama tashkiliy va
huquqiy jihatdan yetarli darajada mustahkam ko‘rinishga ega emas. Profilaktika
inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida ommaviy axborot vositalari bilan
hamkorligining tashkiliy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyevning farmon va qarorlarida, Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi, Ommaviy
axborot vositalari to‘g‘risidagi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunlarda
ko‘rsatilgan talablar va qoidalar asosida tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi

to‘g‘risida»gi qonunida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok
etuvchi organlar hamda muassasalarning vakolatlari belgilangan bo‘lib, ichki ishlar
organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha vakolatlari uning 10-moddasida o‘z
aksini topgan[1].

Mazkur qonunda profilaktika (katta) inspektorining ichki ishlar organlari, sohaviy

xizmatlar,huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va ishtirok etuvchi
davlat organlari va muassasalari, mahalliy hokimliklar huzuridagi komissiyalar, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat, notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi,
shuningdek, profilaktika (katta) inspektorining amalga oshirgan ishlari bo‘yicha aholi oldidagi
hisobot uchrashuvini tashkil etish va o‘tkazish tartibi, xizmat faoliyatiga oid hujjatlar va ularni
yuritish, ichki ishlar organlari tayanch punkti, uni tashkil etish, tarkibiy tuzilishi, moddiy-
texnik ta’minlash, jihozlash va ta’mirlash tartibi, Ichki ishlar organlarining tayanch punkti
faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ichki ishlar organi rahbarlarining vazifalari batafsil ko‘rsatib
berilgan.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi milliy tizimida ommaviy axborot vositalarining o‘rni

beqiyosligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi,

birinchidan, ularning aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdagi ta’sirchanlik

doirasi kengligi;

ikkinchidan, ko‘p sonli turli toifadagi auditoriya qatlamini bir joyga jam eta olish

imkoniyati;

uchinchidan, yo‘naltiruvchi, yo‘l boshlovchi funksiyasi orqali davlat va jamiyat o‘rtasida

ishonchli vositachi bo‘la olish qobiliyatini alohida ta’kidlab o‘tish joiz[2].

Bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy sohaga ixtisoslashgan yuzga yaqin ommaviy

axborot vositalari faoliyat yuritmoqda. Birgina televideniye misolida oladigan bo‘lsak,
telekanallarda aynan mazkur mavzuda yigirmadan ortiq maxsus ko‘rsatuvlarning muntazam
efirga uzatib kelinayotganligi, informatsion dasturlarda inson huquqlari va aholining huquqiy


background image

5

madaniyatini yuksaltirishga alohida yondashuvning mavjudligi, ayniqsa huquqbuzarliklar
profilaktikasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sa’y-harakatlar va tadbirlar haqida
muntazam axborotlar berib borilayotganligi biz so‘z yuritayotgan milliy tizimning
samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Birgina, 2013–2014-yillarda ish boshlagan «Madaniyat va ma’rifat», «Dunyo bo‘ylab»,

«Diyor», «Bolajon», «Oilaviy», «Mahalla», «Mening yurtim» telekanallaridagi inson tafakkurini
boyitish va ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan ko‘rsatuv va dasturlar milliy qadriyatlarni
va istiqlol g‘oyalarini aholi, ayniqsa yoshlar ongiga singdirish, bolalar tarbiyasida oila, mahalla
va ta’lim muassasalari mas’uliyatini oshirishni targ‘ib qilish orqali huquqbuzarliklar
profilaktikasini ta’minlashda ishtirok etmoqda.

Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida ommaviy axborot

vositalari bilan hamkorligini tashkil yetish quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga

itoatkorlik xulq-atvorini hamda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish hissini
singdirishda : jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonun
buzilishiga murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularga qonunga itoatkorlik xulq-atvorini
hamda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish hissini singdirishga maqsadida
teleko‘rsatuvlar, radio eshittirishlar olib borish;

aholi o‘rtasida huquqiy bilimni targ‘ib qilish va qonunchilik normalari mazmun-

mohiyatini, shuningdek mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va
vazifalarini tushuntirishda; huquqbuzarliklardan jabrlangan shaxslar, g‘ayriijtimoiy xulqli,
huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil va sodir etgan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiya
hamda ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda; aholi o‘rtasida huquqiy
targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha axborot, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqishda
namoyon bo‘ladi.

Fikrimizcha, huquqbuzarliklar profilaktikasida profilaktika inspektorining ommaviy

axborot vositalari va blogerlar bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish, bu borada
qonunchilik normalarini tizimlashtirish va uyg‘unlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada
kuchaytirish yo‘nalishlari etib quyidagilarni belgilash mumkin:

huquqbuzarliklar profilaktikasida profilaktika inspektorining ommaviy axborot

vositalari va blogerlar bilan o‘zaro hamkorligiga oid qonunchilikni uning xalqaro
standartlarga muvofiqligi nuqtayi nazaridan inventarizatsiya qilish asosida normativ-huquqiy
hujjatlar bazasini kengaytirish;

ichki ishlar organlarida turlicha talqin qilinadigan yoki korrupsiyaning yuzaga kelishiga

yo‘l qo‘yadigan yoxud ularni qo‘llash bo‘yicha tushuntirish talab etuvchi normalardan voz
kechish, shuningdek, qonun normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash amaliyotiga to‘liq o‘tish;

huquqbuzarliklar profilaktikasida profilaktika inspektorining ommaviy axborot

vositalari va blogerlar bilan o‘zaro hamkorligiga oid qonunchilikda foydalaniladigan atama va
tushunchalarning huquqiy ma’nosini aniq ifodalash va ularning bir xilda qo‘llanilishini
ta’minlash;

Ichki ishlar organlari tasarrufidagi muassasalar hamda organlar faoliyati ustidan

jamoatchilik nazoratini ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish;

huquqbuzarliklar profilaktikasida profilaktika inspektorining ommaviy axborot

vositalari va blogerlar bilan o‘zaro hamkorligiga oid qonunchilikning normalarini unifikatsiya


background image

6

qilish.

FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi

to‘g‘risida»gi qonuni
2.

M.Z.Ziyodullayev, J.S Muxtorov, J.X.Yuldashev va boshq.; mas’ul muharrir I.Ismailov

/Ichki ishlar organlari faoliyati: IIV akademik litseylari uchun darslik /– T.: O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2020. – 382 b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonuni

M.Z.Ziyodullayev, J.S Muxtorov, J.X.Yuldashev va boshq.; mas’ul muharrir I.Ismailov /Ichki ishlar organlari faoliyati: IIV akademik litseylari uchun darslik /– T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2020. – 382 b.