Авторы

  • Maysara Eshniyazova
    ISFT instituti Samarqand filiali ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
  • Shohsanam Qilichova
    ISFT instituti Samarqand filiali pedagogika yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.62441

Ключевые слова:

tarix millat ma’naviyati qadriyat ta’lim.

Аннотация

ushbu maqolada milliy tarix va madaniyatning shaxs ma’naviyatini shakllantiruvchi asosiy omil ekanligi, mavuga oid qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, tarixni o‘rganish borasida mavjud imkoniyatlar hamda tavsiyalar haqida so‘z boradi.


background image

98

MILLIY TARIX VA MADANIYAT – SHAXS MA’NAVIYATINI

SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY OMIL SIFATIDA

Eshniyazova Maysara

ISFT instituti Samarqand filiali ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

Qilichova Shohsanam

ISFT instituti Samarqand filiali pedagogika yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14538869

Annotatsiya

: ushbu maqolada milliy tarix va madaniyatning shaxs ma’naviyatini

shakllantiruvchi asosiy omil ekanligi, mavuga oid qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar,
tarixni o‘rganish borasida mavjud imkoniyatlar hamda tavsiyalar haqida so‘z boradi.

Kalit so‘z va birikmalar

: tarix, millat ma’naviyati, qadriyat, ta’lim.


Har bir yosh avlod o‘zi mansub millatning, davlatning munosib vorisi bo‘lib yetishishi

lozim. O‘zbek xalqi kelajak egalarini kamol toptirishda o‘ziga xos tarix va tajribaga, boy
madaniy-ma’naviy meros va cheksiz imkoniyatlarga, zamonaviy shart-sharoitlarga ega
bo‘lgan jamiyatda istiqomat qiladi. Shundan foydalangan holda farzandlarga yoshligidan
milliy tariximizni, qadriyatlarimizni o‘rgatib borishimiz kerak.

Milliy tariximizning shakllanishi oson kechmagan. Ayniqsa, mustaqillikka erishishimiz

bilan mamlakatimiz ma’naviy hayotida yangi uyg‘onish, o‘zlikni anglash davri boshlandi.
Yurtimizda milliy tariximizni tiklash, asrlar qatidagi asl haqiqatlarni chuqurroq anglashimiz
uchun juda ko‘p ishlar amalga oshirildi. Jumladan, qator muzeylar, tarixiy bog‘lar va xotira
maydonlari barpo etildi, ajdodlar qudrati timsoli bo‘lgan obidalar, qadamjolar qayta
ta’mirlandi, haykallari o‘rnatildi, manbalar xolisona yoritildi. Afsuski, hozirgi kunda milliy
tariximizni bilmaydigan yoshlarimiz ham oramizda uchrab turadi. Milliy tariximiz,
madaniyatimizga yoshlarning qiziqishlarini uyg‘otish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan
biridir.

Vatan va xalq tarixini o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti

I.Karimovning O‘zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy tarzda o‘rganishning nazariy-
metodologik asoslarini shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi “Tarixiy xotirasiz kelajak
yo‘q” (1998), “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” (2008), “O‘zbekiston mustaqillikka
enshish ostonasida” (2011) kabi asarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
SH.M.Mirziyoyevning Farmon va qarorlari, qator asarlari, maqola va nutqlari, qabul qilingan
Qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar muhim nazariy-metodologik asos sifatida xizmat qiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”
PQ-4038-son qarori, 2019-yil 11-iyuldagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalini tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4390 Qarori, shubhasiz, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini
chuqur o‘rganish, yosh avlodni milliy qadriyatlar va ajdodlarimizning bebaho merosi asosida
tarbiyalash, jamiyatda vatanparvarlik va g‘urur tuyg‘usini shakllantirish asosida milliy o‘zlikni
anglash hissini mustahkamlash va vatandoshlarimiz dunyoqarashini kengaytirish nechog‘li
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib bermoqda. Xususan, yoshlarimizga tarixni o‘rgatish
maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlanishi, maxsus Tarix fani sifatida esa 5-sinfdan
boshlab to oliy ta’lim muassasalrida ham o‘qitish davom ettirilishi, shuningdek tarix
yo‘nalishida “O‘zbekiston tarixi”, “Sharqshunoslik”, “Meros”, “Moziydan sado”, “O‘zbekiston


background image

99

arxeologiyasi”, “O‘zbekiston moddiy madaniyati tarixi”, “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar”,
“O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari” va boshqa bir qator doimiy ilmiy
nashrlar yo‘lga qo‘yilganligi milliy tariximiz va madaniyatimizni o‘rganish borasida amalga
oshirilayotgan ishlarning ko‘lamini belgilab beradi.

“Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri

bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni
tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur”, – dedi Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev. Zero, milliy taraqqiyotni ta’minlashda tarixiy madaniyatning, milliy
ma’naviyatning o‘rni beqiyos. Milliy ma’naviyatning shakllanish bosqichlari sifatida
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1) shaxs ma’naviyati; 2) milliy ma’naviyat; 3) mintaqaviy
ma’naviyat; 4) umuminsoniy ma’naviyat.

Shaxs ma’naviyati har bir shaxsga tegishli bo‘lib, uning ruhiy holati va xatti-harakatlarini

namoyon qilsa, milliy ma’naviyat muayyan millatimizga tegishli bo‘lgan ajdodlarga xos g‘oyat
qimmatbaho ma’naviy tushuncha hisoblanadi. Mintaqaviy ma’naviyat – muayyan mintaqaga,
millatga, umuminsoniy ma’naviyat esa butun insoniyatga tegishli bo‘lgan axloqiy ma’naviy
boylikdir. Shaxs ma’naviyati - har bir odamning o‘zini insoniyat farzandi, millat vakilli, davlat
fuqarosi deb bilishidir, shu bilan birga o‘z vatanining jamiyki boyliklarini asrash, jamiyat
a’zolarining huquq va erkinliklarini hurmat qilish, iymon-e’tiqod, sadoqat, halollik,
dovyuraklik, fidoiylik va aqliy teranlik bilan faoliyat olib borishidir. Shaxs ma’naviyati
deganda uzoq tarix davomida turli sinovlardan o‘tgan, sayqal topib kelayotgan va faqat ijobiy
fazilatlar tarzida e’zozlanadigan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar nazarda tutiladi. Bu tushuncha
xalqimizning shonli tarixi, benazir o‘tmishi, turmush tarzi, urf-odatlari hamda an’analariga,
uning boy og‘zaki va yozma ijodi, mumtoz adabiyoti va san’atiga singib ketgan bo‘lib, inson
ma’naviy takomilda beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Insonning qadr-qimmati, sha’ni, or-nomusi, g‘ururi milliy qadriyatlar bilan bevosita

bog‘liq. Milliy qadriyatlar har bir millatning o‘ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari,
alomatlarini ifodalovchi falsafiy, tushuncha bo‘lib, o‘sha millat bosib o‘tgan ijtimoiy taraqqiyot
jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga qo‘shgan hissasini, ulushini
ifodalaydi. Xuddi shu milliy o‘ziga xoslik, o‘ziga moslik, millat madaniyatida, adabiyotida,
san’atida, tilda, dinida, tarixiy xotirasida, yashash, ishlash va fikrlash tarzida, urf-odatlarida,
rasm-rusumlarda baytam-u sayillarida o‘z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar milliy ma’naviy
madaniyat ifodasi bo‘lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo‘shgan munosib
hissasining hosilasidir.

Bugungi kunda davlatimiz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh

tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga koʻtarilmoqda. Ayni davrda
ham milliy qadriyatlar, shaxs ma’naviyati, millat taqdiri eng asosiy va oliy qadriyat sifatida
yuksak o‘rnini saqlab qoladi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Prezidentimiz aytganlaridek, milliy ruh bilan yaratilgan

o‘ziga xos tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘lgan milliy tariximizni va madaniyatimizni o‘sib
kelayotgan yosh avlod ongiga singdirishimiz zarur. Buning uchun bir necha tavsiyalarimizni
bayon qilmoqni lozim topdik:

- o‘quvchilar-yoshlar o‘z milliy qadriyatlarini yanada chuqurroq o‘rganishi uchun

mafkuraviy bilimga va sog‘lom fikrga ega bo‘lishiga e’tibor qaratish;

- yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini, huquqiy bilimdonligini oshirish;


background image

100

- voqelikka xolis munosabat bildira oladigan erkin fikrli, mantiqiy mushohada quvvati va

intellektual qobiliyati yuqori yoshlarni tarbiyalashga e’tibor qaratish, bunday qatlamni
yanada qo‘llab-quvvatlash;

- milliy qadriyatlarni qadrlaydigan, o‘z ona tili, adabiyoti va tarixini mukammal darajada

biladigan avlodni tarbiyalashga jiddiy munosabatda bo‘lish shart va bu talab jamiyatning
barcha qatlami (ta’lim, sport, ommaviy axborot vositalari, huquq, harbiy soha)ga tegishli
masala bo‘lmog‘i;

- ta’lim muassasalarida ona tili, adabiyot, tarbiya va tarix fanlarini chuqurroq o‘rgatishni

oldingi o‘ringa qo‘yish;

- har bir millatning kelajagi oʻqituvchilar saviyasiga bogʻliq ekan, zamonaviy ilmlarni va

sohaviy bilimlarni mukammal egallagan, ijodiy fikrlovchi va kasbiga kreativ yondashuvchi
pedagog kadrlarni tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratish;

- shonli tariximiz va buyuk ajdodlarimiz hayoti va bebaho merosi haqidagi sifatli video

va audiolavhalar tayyorlab, ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlarga yetkazish;

- kitobxonlik haftaliklarini tashkil etish va unga aholining barcha qatlamlarini jalb qilish

lozim.

Milliy tarix va madaniyat – shaxs ma’naviyatini shakllantiruvchi asosiy omil sifatida

qaralar ekan, bu jarayonga daxldor bo‘lgan biror harakat nazardan chetda qolmasligiga
erishish va har bir soha mutaxassisi o‘z ishiga mas’uliyat bilan va vijdonan yondashib faoliyat
yuritishi lozimligini anglab yetishi davr talabidir.

References:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent, “O‘zbekiston”

nashriyoti, 2023. – 416 b.
2.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев. Инсонпарварлик,

эзгулик ва бунёдкорлик – миллий ғоямизнинг пойдеворидир. – Тошкент: “Тасвир”
нашриёт уйи, 2021. -36 б.
3.

Янги Ўзбекистонда эркин ва фаровон яшайлик! - Тошкент: “Тасвир” нашриёт уйи,

2021. -52 б.
4.

Eshniyazova M. Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish - davr talabi. "Scientific-

methodical journal of scientific progress", march, 2021. 103-109-betlar
5.

Eshniyazova M. Sohada o’zbek tilini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash

samaradorligi. Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture. Innovative
Academy Research Support Center. 02nd June 2022.
6.

www.lex.uz

7.

www.ziyonet.uz

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent, “O‘zbekiston” nashriyoti, 2023. – 416 b.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик – миллий ғоямизнинг пойдеворидир. – Тошкент: “Тасвир” нашриёт уйи, 2021. -36 б.

Янги Ўзбекистонда эркин ва фаровон яшайлик! - Тошкент: “Тасвир” нашриёт уйи, 2021. -52 б.

Eshniyazova M. Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish - davr talabi. "Scientific-methodical journal of scientific progress", march, 2021. 103-109-betlar

Eshniyazova M. Sohada o’zbek tilini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash samaradorligi. Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture. Innovative Academy Research Support Center. 02nd June 2022.

www.lex.uz

www.ziyonet.uz