76
SIDNI SHELDONNING “TAQDIR TEGIRMONI” ASARIDA QO‘LLANGAN
FRAZEOLOGIK BIRIKMALAR VA TERMINLARNING RUS VA O‘ZBEK
TILLARIDAGI TARJIMASINING QIYOSIY TAHLILI HAQIDA MULOHAZALAR
Sarvar Sog‘lomov
Qarshi DU tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14514374
Annotatsiya:
Maqolada Sidni Sheldonning 1987 yilda yozilgan 1988 yilda roman asosida
aynan shu nomda film suratga olingan “Taqdir tegirmoni” (Windmills of the gods) romani
tahlilga tortilgan. Asarda Kanzas shtat universiteti professori Meri Eshliga AQSH prezidenti Pol
Ellison tomonidan elchi bo‘lish taklif qilinadi. U taklifni rad etadi, chunki uning eri, doktor
Edvard Eshli tibbiy faoliyatni tark etishni istamaydi, Meri esa Edwarddan ajralishni
xohlamaydi. Uning fikricha, Kanzas shtatidagi kichik shaharchada chet eldagi elchidan ko‘ra
yaxshi shifokor topish qiyinroq. Eri to‘satdan yo‘l-transport hodisasida vafot etganida, Eshli
hayotidagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun Prezidentning taklifini qabul qiladi. U Ruminiyaga, Temir
Parda ortida yuboriladi va elchi roliga moslashadi.
Kalit so‘zlar.
Sidni Sheldon, “Taqdir tegirmoni”, frazeologik birikmalar, terminlar,
tarjima.
U elchixonada o‘zidan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan Mayk Sleydni bir zumda yomon
ko‘rib qoladi, lekin uning tayinlanishi prezidentning buyrug‘i bo‘lgani uchun uni lavozimidan
bo‘shata olmaydi. Uning elchi sifatidagi muvaffaqiyati uni Qo‘shma Shtatlar va Ruminiya
o‘rtasidagi tushunish uchun jamoatchilik yuziga aylantiradi. U beva qolgan frantsuz shifokori
Lui Desforj bilan munosabatlarni boshlaydi, chunki Lui Desforj uni o‘g‘irlab ketish va zaharlash
urinishlaridan qutqaradi. Ma’lum muddatdan keyin Desforj Mayk Sleyd tomonidan o‘ldiriladi.
Ushbu hikoya qamrab olgan romanda butun dunyoni Sharqiy va G‘arbiy bloklarga
ajratishga urinayotgan, siyosiy voqealarni uyushtiruvchi, kuchli odamlardan iborat yashirin
jamiyat – “Ozodlik kurashchilari” a’zolarining yig‘ilishlari ko‘rsatilgan. Ular Merini mahv etish
uchun Anxel (Farishta) laqabli xalqaro qotilni yollashadi, ammo ma’lumotlar sizdiriladi va
urinishning oldi olinadi.
Romanning avj nuqtasida Mayk Sleyd “Ozodlik kurashchilari” tashkiloti a’zolari safiga
kirib borgan va ularning rejalarini barbod qilgan agent ekani, Desforj esa Merini Anxel
tomonidan omma oldida o‘ldirishi uchun qutqarib qolgan “Ozodlik kurashchilari”
tashkilotining agenti ekanligi ma’lum bo‘ladi. “Ozodlik kurashchilari” tashkilotining a’zolari
hibsga olindi va ularning raisi (AQSH vitse-prezidenti ekanligi ma’lum bo‘ldi) muvaffaqiyatsiz
suiqasd uchun pul to‘lashdan bosh tortganidan keyin Anxel tomonidan o‘ldiriladi.
Ushbu tahdid bartaraf etilgach, Meri o‘z muvaffaqiyati siyosiy vosita sifatida foydalanish
uchun yaratilgan deb hisoblab, o‘z lavozimini tark etishga harakat qiladi, ammo prezident uni
Sleyd himoyasi ostida o‘z lavozimida qolishga ishontiradi. Oxirgi sahnada “Ozodlik
kurashchilari” tashkiloti faqat ayollardan tashkil topgan yana bir yacheykasi (ehtimol, o‘lgan
Veyepning bevasi boshchiligidagi) keyingi harakatlarini muhokama qilayotgani ko‘rsatilgan.
Qisqacha qilib aytganda, Sidni Sheldonning ushbu romani tarixning eng chirsillagan, eng
katta evrilishlar sodir bo‘layotgan 80-yillarning o‘rtalaridagi davrni ikkita mamlakat, AQSH va
Ruminiya davlatlarining siyosiy aloqalarini aks ettirish orqali tasvirlaydi. Nega bu davr
tarixning eng chirsillagan davri edi? Chunki bu davrda Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘zlari
istamagan holda sotsialistik ta’sirga tushirilgan ba’zi g‘arb davlatlari, xususan Ruminiya ham
77
sotsialistik zanjirlardan xalos bo‘lishga urinayotgan vaqtlar edi. Bu vaqtga kelib “Temir Parda”
ortidagi mamlakatlar yoki “Sotsialistik lager” deb atalgan ulkan hududni qamrab olgan,
kommunistik g‘oyalar asosiga qurilgan davlatlarning yangicha fikrlovchi rahbarlari va xalqi
kommunistik zanjirlarni uzib, erkin demokratik davlat qurib dunyoga chiqishga bel
bog‘layotgan edilar.
Ushbu ilmiy tadqiqot ishining asosiy maqsadi Sheldonning “Windmills of the gods”
(Taqdir tegirmoni) asarining rus va o‘zbek tillariga qilingan tarjimasini tahlil qilish, asliyatda
qo‘llangan frazeologik birliklarning rus va o‘zbek tillarida qanday ifodalanganligini qiyosiy
o‘rganishdan iborat.
Asarda tili juda boy. Asarda ko‘plab idiomalar, kollokatsiyalar, siyosiy terminlar,
toponimlar va turli xil stilistik uslublar (metoforalar, metonimiyalar, va hok.) qo‘llangan.
Misollarga murojaat qilamiz:
1. Asliyatga qo‘llangan idomalarning rus va o‘zbek tillaridagi tarjimalarda qiyosiy
o‘rganilishi:
“They found a new
white knight
to champion: Paul Ellison” [1:14].
“И нашли для этой миссии
рыцаря в белых одеждах
: Пола Эллисона” [2:11].
“Aniqrog‘i, ular o‘zlari uchun yangi,
kelajagi porloq nomzod
sifatida Pol Ellisonni
tanlagan edilar” [3:145].
Asliyatdagi matnda berilgan
“white knight”
jumlasini “oq jo‘mard” deb tarjima qilinsa
hech qanday ma’no anglanmaydi. Ingliz adabiyotida
“white knight”
(oq jo‘mard)
iborasi
quyma mifologik obraz hisoblanadi va
“black knight” (qora jo‘mard)
ga kontrast qilib olinadi.
“White knight”
(oq jo‘mard)
o‘rta asrlar adabiyotida darbadar jo‘mard bo‘lib, ezgulik timsoli
hisoblanib yovuzlikka qarshi kurashadi va muhtojlarga yordam berib yuradi.
“Black knight”
(qora jo‘mard)
esa uning aksi. U yovuzlik timsoli. Bu jumladagi ma’noda asosiy rol o‘ynaydigan
birlik
“white”
so‘zidir. Ma’lumki, dunyo adabiyotida oq rang azaldan yaxshilik, ezgulik belgisi
hisoblangan. Masalan,
Oq-qorani
tanigan.
Yaxshi
bilan
yomonni
farqlay oladigan kishi.
(O‘TIL.
O-harfi 175-bet).
Hozirgi kunda “white knight” (oq jo‘mard) iborasiga ingliz tilining “Cambridge Advanced
Learner’s Dictionary” lug‘atida quyidagi ta’rif beriladi.
“
White knight
is a person or organization that saves a company from financial difficulties
or an unwanted change of ownership by putting money into the company or by buying it” (qiyin
vaziyatda qolgan, moliyaviy ahvoli taranglashgan yoki egalik qilish huquqi boshqa shaxsga o‘tib
ketishi ehtimoli bolgan kompaniyaga pul tikib, uni muqarrar halokatdan olib chiqib ketadigan
kishi yoki tashkilot). Iboraga berilgan ta’riflarga e’tibor qaratsak, “white knight” iborasining
qadimgi qo‘llanishidagi ta’rifi bilan hozirgi kundagi ta’rifi bir xil.
“White knight”
iborasining ruscha tarjimasi ham inglizcha muqobiliga hamohang
ravishda
“рыцаря в белых одеждах”
tarzida o‘girilgan bo‘lib, yuqorida berilgan ta’riflarga
va izohlarga juda mos hisoblanadi. O‘zbekcha tarjimasi esa kontekstdagi ma’nodan kelib chiqib
“kelajagi porloq nomzod” tarzida berilgan va iboraning ma’nosi unga berilgan inglizcha ta’rifga
mazmunan mos hisoblanadi.
2. Asliyatga qo‘llangan kollokatsiyalarning rus va o‘zbek tillaridagi tarjimalarda qiyosiy
o‘rganilishi:
“There was a second, perhaps greater irony: Stanton Rogers’ wife, Elizabeth, was social,
beautiful and intelligent, and the two of them
shared a common interest
in almost everything,
78
whereas Barbara, the woman Rogers
fell in love
with and eventually married after a much
headlined divorce, was five years older than Stanton, pleasant-faced, rather than pretty, and
seemed to have nothing in common with him.” [1:13]
“Возможно, еще большая ирония заключалась в том, что Элизабет, жена Стентона,
была общительна, прекрасна и умна. У них
нашлось немало общих интересов
, в то
время как Барбара, женщина, на которой Роджерс женился после широко освещенного в
СМИ развода, была на пять лет старше его и могла считаться скорее приятной, чем
хорошенькой, да и не было между ними, казалось, ничего общего.” [2:8]
“Taqdirning o‘yinini qarangki, Stenton Rodjersning turmush o‘rtog‘i – Elizabet
hamisha
uning manfaatlarini ko‘zlab ish tutadigan
oqila va kelishgan ayol bo‘lsa, Rodjers sevib
qolgan va sharmandali ajralishdan keyin uylangan xotin – Barbara esa aksincha, Stentondan
besh yosh katt, xunukkina va qiziqishlari tamomila o‘zgacha ayol edi” [3:145]/
Bu gapda
verb + noun
(
fe’l + ot
) li kollokatsiya ishtirok etgan. Ma’lumki, kollokatsiyalar
kamida ikkita so‘zdan tashkil topishi kerak va ingliz tilida kollokatsiyalar
ot + ot, sifat + ot,
ravish + sifat, ravish + ravish, fe’l + ot, fe’l + sifat, fe’l + ravish
va hkz. shaklida bo‘ladi.
Kollokatsiyalarda so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi. Yuqoridagi misolda asliyatda
to share an
interest in
kollokatsiyasiga ingliz tilining “Cambridge Advanced Learner’s Dictionary” lug‘atida
quyidagi ta’rif beriladi: “
If two or more people or things share a feeling, quality, or experience,
they both or all have the same feeling, quality, or experience
”, va bu kollokatsiya o‘zbek tilida “
ikki
yoki undan ortiq kishilarda his tuyg‘u, xarakter va kechmishlarning bir xil bo‘lishi va ularni birga
baham ko‘rmoq”
degan ma’noni anglatadi. Asliyatdan olingan parchada keltirilgan “
shared a
common interest
” kollokatsiyasi rus tilida “
нашлось немало общих интересов
” va o‘zbek
tilida “
hamisha uning manfaatlarini ko‘zlab ish tutadigan
” kabi ifodalangan va bu matnning
mazmunida to‘la mos keladi.
3. Asliyatga qo‘llangan o‘xshatish (metofora) rus va o‘zbek tillaridagi tarjimalarda qiyosiy
o‘rganilishi:
“This politician is nodiv’s’yes’ man. He was
an oak in the forest of willows
.” [1:16].
“Этот политик не был марионеткой. Но оказался
дубом в ивовой роще
.” [2:9].
“Bu siyosatchi hammaga yaxshi ko‘rinishga intilmas edi. …” [3:147].
Asliyatda berilgan “
oak
” va “
willow
” so‘zlari denotativ ma’noda rus tilida “
дуб
” va “
ива
”,
o‘zbek tiliga esa “
eman
” va “
majnuntol
” deb tarjima qilinadi. Lekin, metaforik ma’noda, “
oak
”
so‘zi “
qatiiy irodali, bukilmas inson
”, “
willow
” so‘zi esa “
labbaygo‘y, laganbardor, har doim
qo‘li ko‘sida turadigan inson
” degan ma’noni anglatadi. O‘zbek tilida ham “
eman
” daraxti
“
bukilmas, egilmas, mag‘rur
” ma’nolarini aks ettirish uchun ishlatiladi.
“
Eman daraxtining egilgani – singani, er yigitning uyalgani – o‘lgani
.” (maqol. O‘TIL. E harfi.
35-bet)
4. Asliyatga qo‘llangan siyosiy terminlarning rus va o‘zbek tillaridagi tarjimalarda qiyosiy
o‘rganilishi:
“Mossad had a complete file on the Romanian
dissident
.” (1. 23)
“В Моссаде имелось досье на румынского
диссидента
. ” (2. 23)
“Mossad maxfiy xizmatida ruminiyalik ana shu
siyosiy muhojir
haqida to‘liq ma’lumotlar
to‘plangan edi.” (2. 151).
Yuqoridagi parchada keltirilgan siyosiy idora nomi (MOSSAD) va boshqa siyosiy terminlar
rus va o‘zbek tillariga mos holda o‘girilgan. Faqat “
dissident
” so‘zining tarjimasiga e’tibor
79
qaratamiz. “
Dissident
” so‘ziga ingliz tili lug‘atlarida “
a person who publicly disagrees with
and criticizes their government
” deya ta’rif berilgan va rus tiliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
“
диссидент
” tarzida tarjima qilinadi. O‘zbek tiliga esa “
siyosiy muhojir
” tarzida tarjima
qilingan va bu asliyatda berilgan “
dissident
” so‘zining ma’nosiga mos emas. “
Muhojir
” so‘ziga
o‘zbek tilining izohli lug‘atida quyidagicha ta’rif beriladi:
Muhojir
– hijrat qilgan, boshqa joyga
ko‘chib ketgan. O‘zi fuqaro bo‘lib turgan yoki doimiy yashayotgan mamlakatini tashlab, boshqa
davlatga doimiy yashash uchun jo‘nab ketuvchi kishi
. “
Muhojir
” so‘ziga O‘zbek tilining izohli
lug‘atida berilgan ta’rif bilan, “
dissident
” so‘ziga ingliz tilining izohli lug‘atida berilgan ta’rif bir-
biriga ma’no jihatdan mos kelmaydi. “
Dissident
” so‘ziga ingliz tili lug‘atlarida berilgan ta’rif “
a
person who publicly disagrees with and criticizes their government
” o‘zbek tilida “
o‘zi
yashab turgan davlatning hukumatini ochiq tanqid qiladigan va uning yuritayotgan siyosatidan
norozi bo‘lgan shaxs
” degan ma’noni anglatadi. S.I.Ojegovning “Тольковый словарь Русского
языка” lug‘atida ham “
диссидент
” so‘ziga berilgan ta’rif “
Человек, не согласный с
господствующей идеологией, инакомыслящий
” o‘zbek tilidagi “
siyosiy muhojir
” degan
ma’noni bermaydi. Asliyatda berilgan “Dissident” so‘zining o‘rniga tarjimon “
siyosiy muxolif
”
so‘zini ishlatganda juda mos bo‘lar edi. “
Muxolif
” so‘ziga o‘zbek tilining izohli lug‘atida
quyidagicha ta’rif beriladi: “
Muxolif – teskari, qarama-qarshi; itoatsiz; dushman. Qarama-qarshi
fikrda bo‘lgan, qarshi chiquvchi, qarshi
” Aynan “
muxolif
” so‘zining o‘zbek tilining izohli lug‘atida
berilgan ta’rifi “
dissident
” so‘ziga ingliz tilining izohli lug‘atida berilgan ta’rifga juda mos keladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, frazeologik birliklar (kollokatsiyalar, idiomalar,
metaforalar) va siyosiy terminlarni bir tildan boshqa bir tilga o‘girish masalasi ancha mushkul
vazifa. Aynan frazeologik birliklar (kollokatsiyalar, idiomalar, metaforalar) va siyosiy
terminlarni tarjimoni ham filologiya, ham siyosat va siyosatshunoslik bo‘yicha yuqori
darajadagi asosiy malakaga ega bo‘lishi va bu sohadagi ilmiy munozaralarning mohiyatini
tushunishi kerak.
References:
1.
Sydney Sheldon. Windmills of the gods. London, Book Club Associates, 2002.
2.
Сидни Шелдон. Мелницы богов. перевод с английского Татьяна Перцева. Москва,
издательство АСТ, 2013.
3.
Sidni Sheldon. Taqdir tegirmoni. Rus tilidan Bahodir Zokir tarjimasi. “Jahon adabiyoti”
jurnali, 2009-yil 1-son.
4.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. E – harfi. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Беш жилдлик. М
- ҳарфи. 35-bet. – Toshkent, O‘z ME. 2008.
5.
С. И. Ожегов. Тольковый словарь Русского языка. Москва, 1960.
