Ma’lumki, mutavotir qiroatlar 10 ta bo‘lishiga qaramay, ularning ichida Hafsning Osimdan qilgan rivoyati islom olamining aksariyat qismida keng tarqalgan. Buning bir qancha sabablari bo‘lib, ulardan eng asosiysi, undagi tajvid qoidalarining murakkab emasligi hamda qiroatning oson o‘zlashtirilishidir.