Авторы

  • Oyro’zi Xolmanova
    Samarqand davlat universiteti Kattaqo’rg’on filiali Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish yo’nalishi 4-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.62453

Ключевые слова:

Ijtimoiy ish davlat va jamiyat Insonlarning ehtiyojlari Maslahat berish Himoya qilish Muammoni hal qilish O‘z kasbiy malakasini oshirish.

Аннотация

Ushbu maqolada  Ijtimoiy ishchining o`z oldiga qo`ygan burchlari va majburiyatlari haqida ma`lumotlar berib o`tilgan har bir ijtimoiy hodim o`z oldiga maqsad qilgan holda ish olib borsagina har bir jamiyatda ijtimoiy ko`makka muhtojlar qatlami kamayib borishiga guvoh bo`lishimiz mumkin. Ijtimoiy ish tushunchasi juda qadimiy shakillari ham keltirib o`tilgan. Ijtimoiy ishda mutaxassisning o‘z mijozi bilan aloqasi haqida ham ma`lumotlar keltirib o`tilgan. O`zbekistonda ijtimoiy ishchilar haqida va boshqa davlatlar tajtibasi haqida ham ma`lumotlar berib o`tilgan. Yana bu ma`lumotlardan tashqari takliflar ham keltirib o`tilgan.


background image

55

IJTIMOIY ISHCHINING O`Z OLDIDAGI BURCHI

SOCIAL WORKER'S DUTIES

ОБЯЗАННОСТИ СОЦИАЛЬНОГО РАБОТНИКА

Xolmanova Oyro’zi

Samarqand davlat universiteti Kattaqo’rg’on filiali

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish yo’nalishi 4-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14471172

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Ijtimoiy ishchining o`z oldiga qo`ygan burchlari va

majburiyatlari haqida ma`lumotlar berib o`tilgan har bir ijtimoiy hodim o`z oldiga maqsad
qilgan holda ish olib borsagina har bir jamiyatda ijtimoiy ko`makka muhtojlar qatlami kamayib
borishiga guvoh bo`lishimiz mumkin. Ijtimoiy ish tushunchasi juda qadimiy shakillari ham
keltirib o`tilgan. Ijtimoiy ishda mutaxassisning o‘z mijozi bilan aloqasi haqida ham ma`lumotlar
keltirib o`tilgan. O`zbekistonda ijtimoiy ishchilar haqida va boshqa davlatlar tajtibasi haqida
ham ma`lumotlar berib o`tilgan. Yana bu ma`lumotlardan tashqari takliflar ham keltirib
o`tilgan.

Kalit so`zlar:

Ijtimoiy ish, davlat va jamiyat, Insonlarning ehtiyojlari, Maslahat berish,

Himoya qilish, Himoya qilish, Muammoni hal qilish, O‘z kasbiy malakasini oshirish.

Annotation:

This article provides information about the duties and responsibilities of a

social worker. It is a witness that the number of people in need of social assistance will decrease
in every society only if every social worker works with his own goals in mind. we can be Very
ancient forms of the concept of social work are also mentioned. In social work, information is
also given about the relationship of the specialist with his client. Information was given about
social workers in Uzbekistan and about the work of other countries. In addition to this
information, suggestions have also been made.

Key words:

Social work, state and society, Human needs, Counseling, Protection,

Protection, Problem solving, Professional development.

Аннотация:

В данной статье представлена информация об обязанностях и

ответственности социального работника. Это свидетельство того, что количество
людей, нуждающихся в социальной помощи, будет уменьшаться в каждом обществе
только в том случае, если каждый социальный работник будет работать, исходя из своих
собственных целей. Быть упоминаются также очень древние формы понятия
социальной работы. В социальной работе также дается информация об отношениях
специалиста со своим клиентом. Была дана информация о социальных работниках в
Узбекистане и о работе других стран. Помимо этой информации, были также сделаны
предложения.

Ключевые слова:

Социальная работа, государство и общество, Потребности

человека, Консультирование, Защита, Защита, Решение проблем, Профессиональное
развитие.

KIRISH

Ijtimoiy ish tushunchasi juda qadimda vujudga kelgan bo‘lib, mehr-shavqat, insonning

diniy qarzi, ehtiyojmand insonlarga gumanitar xizmat ko‘rsatish tizimi sifatida mavjud bo‘lgan.
Faqatgina o‘tgan asrga kelibgina maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan mustaqil kasb sifatida


background image

56

tan olindi. Ijtimoiy ishning butun dunyoda qabul qilingan ta’rifi quyidagicha: Ijtimoiy ish
insonga insoniy ya’ni gumanistik munosabatda bo‘lishni anglatadi.

1

Hozirgi vaqtda ijtimoiy ish davlat va jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylangan,

ijtimoiy xizmat xodimlari jamiyat va ijtimoiy munosabatlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
tuzilmalariga kiritilgan bir paytda, ijtimoiy sohada faoliyatning axloqiy me‘yorlariga hamda
aholini ijtimoiy himoya qilish sohasini tashkillashtirishga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Zero, barcha
ijtimoiy institutlar singari, ijtimoiy himoya va ijtimoiy ish instituti ham davlat va jamiyat uchun
eng muhim vazifani – sotsiumni barqarorlashtirish va saqlash, mavjud ijtimoiy munosabatlarni
qo‘llab-quvvatlash va uyg‘unlashtirish, uni yanada har tomonlama rivojlantirish uchun shart-
sharoitlarni ta‘minlash vazifasini bajaradi. Demakki, aslida bu davlat barqarorligi va
xavfsizligini ta‘minlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Kasbga qo‘yiladigan umumiy talablar orasida har doim odamlarning mashg‘uloti va

ma‘lum bir kasbga mansubligini aks ettiruvchi xarakterli xususiyatlarni topish mumkin. Bu
tabiiy holdir, chunki bu turli kasblar bilan shug‘ullanadigan kishilar uchun ma‘lum talablarni
nazarda tutadi. Qoidaga ko‘ra, bu nafaqat ishlab chiqarish, balki birinchi navbatda axloqiy
talablar sanaladi. Biroq, bu dunyoda qancha kasblar mavjud bo‘lsa, shunchalik kop axloqning
turlari borligini anglatmaydi. Kasbiy etika har doim ijtimoiy axloqining u yoki bu ko‘rinishi
sifatida namoyon bo‘ladi, odamlarning axloqiy ongiga va ularning hattiharakatlariga esa
muqarrar ravishda ularning mehnat faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari ta‘sir qiladi.

ASOSIY QISM

Dunyoda ijtimoiy ish rivojlanishining hozirgi bosqichining o‘ziga xos xususiyati - bu

muayyan ijtimoiy kasbiy faoliyat turining eng xilma-xil sohalarida axloqiy baholash mezonini
joriy etishga intilish hisoblanadi. Mutaxassislar ishini axloqiy tartibga solish masalasi ijtimoiy
ishda juda jiddiy masaladir, chunki inson mutaxassis (mutaxassislar guruhi) tomonidan
bevosita ta‘sir ko‘rsatish ob‘ekti hisoblanadi. Ijtimoiy ishda mutaxassisning o‘z mijozi bilan
aloqasi bevosita amalga oshiriladi va asosan tibbiy, ijtimoiy, psixologik, pedagogik, yuridik va
boshqa xizmatlarni iste‘mol qilish bilan bog‘liq. Mutaxassisning o‘z mijozi bilan o‘zaro
munosabati natijalari bu holatda xizmat iste‘molchisi bo‘lgan shaxsning turmushi va taqdiriga
sezilarli ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, shu bilan birga nafaqat unga bevosita, balki bilvosita, ya‘ni
shaxs va sotsiumning yaqin ijtimoiy muhitiga ham ta‘sir qiladi. Shu munosabat bilan jamiyat va
ijtimoiy institutlar, ijtimoiy xodimlarning o‘zlari mutaxassislar faoliyatini nazorat qilishlari va
baholashlari mumkin bo‘lgan umumiy axloqiy me‘yorlar va tamoyillar yetarli bo‘lmaydi, chunki
jamoat axloqining me‘yorlari va tamoyillari asosan faoliyatni yakuniy natijasini uning ijtimoiy
ongning axloqiy stereotiplariga muvofiqligi nazorat qilish hamda baholashga imkon beradi.
Biroq, uni amalga oshirish jarayonida faoliyatning o‘zini nazorat qilmaydi. Ijtimoiy ish o‘zining
insonparvarlik mohiyati va mazmunini saqlash va qo‘llab-quvvatlashni, uning kasbiy faoliyat
va ijtimoiy institut sifatida samaradorligini oshirishni kafolatlaydigan maxsus axloqiy tartibni
talab qiladi. Axloqiy tizim mijoz va ijtimoiy xodimning huquqlariga, jamiyat manfaatlariga rioya
etilishini kafolatlashi, mutaxassisning zarur shaxsiy, axloqiy va kasbiy qiyofasini
shakllantirishga hamda uning kasbiy burchini bajarishga yordam berishi, shu bilan jamiyatning
insoniyligi va axloqiy darajasiga ta‘sir ko‘rsatishi lozim

2

.

1

FIRUZ DAVRONOVICH MUZAFFAROV XOSIYAT RAVSHANOVNA NAFIDDINOVA IJTIMOIY ISH TARIXI O‘QUV QO‘LLANMA

2

Yusupov R.K. Ijtimoiy ishga kirish. O`quvqo`llanma. - Samarqand: SamDUnashri, 2020.


background image

57

Ijtimoiy ishchining o‘z oldidagi burchi ijtimoiy muammolarni hal qilishda insonlarga

yordam berish, ularning turmush sharoitini yaxshilash va jamiyatdagi ijtimoiy adolatni
ta'minlashga qaratilgan. Quyida ijtimoiy ishchining asosiy burchlari keltirilgan:

Insonlarning ehtiyojlarini aniqlash

: Ijtimoiy ishchi odamlarning ijtimoiy, iqtisodiy va

psixologik ehtiyojlarini tushunib, ularga mos yordam ko‘rsatishi kerak.

Maslahat berish va yo‘naltirish

: Fuqarolarni ijtimoiy xizmatlar va dasturlardan

xabardor qilish hamda ularga yo‘naltirish.

Himoya qilish

: Himoyaga muhtoj bo‘lgan, ayniqsa, bolalar, qariyalar va nogironlar kabi

zaif guruhlarning huquqlarini himoya qilish.

Muammoni hal qilish usullarini ishlab chiqish

: Muayyan muammolarni bartaraf etish

uchun strategiyalar ishlab chiqish va amalga oshirish.

O‘z kasbiy malakasini oshirish

: Ijtimoiy ishchi yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish

uchun doimiy ravishda o‘zini rivojlantirishi lozim.

Ijtimoiy adolatni ta'minlash

: Jamiyatda tenglik va adolat tamoyillarini qo‘llab-

quvvatlash, kamsitish va diskriminatsiyaga qarshi kurashish.

Ish etikasi va axloq qoidalariga rioya qilish

: Ish jarayonida insoniylik, halollik, sir

saqlash va kasbiy mas’uliyat tamoyillariga amal qilish.

3

Bu burchlarni bajarish orqali ijtimoiy ishchi jamiyatdagi muammolarni yumshatib,

odamlarga yanada barqaror va yaxshiroq hayot qurishda yordam beradi.

Xulosa

Ijtimoiy ishchi jamiyatning ijtimoiy farovonligini ta'minlaydigan kuchli poydevordir.

O‘zbekistonning milliy tizimi insonparvarlik tamoyillariga asoslanib, xalqaro tajribalarni
o‘zlashtirish orqali yanada rivojlanishi mumkin. Dunyoning turli davlatlari tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, ijtimoiy ishning asosiy yutug‘i — innovatsiyalar va insoniy qadriyatlarning
uyg‘unlashuvida. Shu sababdan, O‘zbekistondagi ijtimoiy ishchilarning faoliyati jamiyatni
nafaqat rivojlantirish, balki xalqaro hamkorlik uchun ulkan imkoniyatlar yaratishda ham
muhim o‘rin tutadi.

Ijtimoiy ishchi – inson huquqlari, tenglik va ijtimoiy adolatni barqaror

qilishga intiluvchi kasb egasi. Uning faoliyati nafaqat mahalliy ehtiyojlar, balki xalqaro
me'yorlar va tajribalar bilan uyg‘un holda rivojlanadi. O‘zbekistonning ijtimoiy ish bo‘yicha
amaliyoti boshqa davlatlar tajribasi bilan qiyoslanganda o‘ziga xos ustuvorliklarga ega, biroq
xalqaro tamoyillarni o‘zlashtirish orqali bu sohani yanada takomillashtirish mumkin.
O‘zbekiston ijtimoiy ish sohasida mahalla tizimiga tayangan holda aholining ehtiyojlariga
bevosita javob beruvchi xizmatlarni ko‘rsatmoqda. Mahalliy ishchilarning asosiy burchlari
jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatishdan iborat. Bu milliy
modelda quyidagi ustuvorliklar kuzatiladi:

Mahalliy resurslardan samarali foydalanish.

Oilaviy muammolarni hal qilishda keng qamrovli yondashuv.

Mahalla tizimi orqali aholining bevosita ishtirokini ta’minlash.

Xorijiy tajriba bilan taqqoslash
Shvetsiya va Norvegiya

kabi davlatlarda ijtimoiy ishchilar huquqiy davlat tamoyillariga

tayangan holda faoliyat yuritadi. Bu davlatlarda ijtimoiy ishchilarning vazifalari qattiq
me’yorlashtirilgan va resurslar davlat tomonidan yuqori darajada moliyalashtiriladi.

3

Payne, M. (2015).

Modern Social Work Theory

. Oxford University Press.


background image

58

AQSh va Kanada

tajribasida ijtimoiy ishning innovatsion texnologiyalar, jumladan, sun'iy

intellekt va data analitikaga asoslangan ilg‘or tizimlar orqali boshqarilishi diqqatga sazovor. Bu
esa ish samaradorligini oshiradi va murakkab muammolarni hal qilishda zamonaviy
yondashuvlarni tatbiq etadi.

Hindiston

yoki

Janubiy Afrika

davlatlari esa ko‘proq jamoatchilik bilan ishlashga

qaratilgan dasturlari bilan ajralib turadi. Ularning modeli ijtimoiy adolatni ta'minlashda zaif
qatlamlarni mobilizatsiya qilishni maqsad qilgan.

O‘zbekiston ijtimoiy ishchilarining burchlari va majburiyatlari xalqaro tajribani

o‘zlashtirgan holda quyidagi yo‘nalishlarda yanada takomillashishi mumkin:

Mahalla tizimini modernizatsiya qilish:

Fuqarolar va ijtimoiy ishchilar o‘rtasida o‘zaro

samarali aloqa uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish (masalan, mahalliy “Smart hudud”
platformalarini yaratish).

Kasbiy tayyorgarlikni kuchaytirish:

Xalqaro treninglar va sertifikatsiya dasturlari

orqali ijtimoiy ishchilar malakasini oshirish.

Innovatsiyalarni tatbiq etish:

Shvetsiya va Kanada tajribasidan kelib chiqib, davlatning

ijtimoiy sohadagi xizmatlarni avtomatlashtirishga e'tibor qaratishi.

Zaif guruhlarni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish:

Xalqaro konvensiyalar

asosida ijtimoiy himoya choralari va monitoring mexanizmlarini kuchaytirish.

Taklif
ELEKTRON KASBIY TADBIRLAR DASTURI

Tavsifi:

Ijtimoiy ishchilarning kunlik vazifalari va tadbirlarini rejalashtirish uchun maxsus elektron
dastur.

Funktsiyalari:
Kundalik ishlarni boshqarish.
Fuqarolar bilan uchrashuvlarni rejalashtirish.
Vaqtni samarali taqsimlash.
Qulayliklari:
Ishchilarning samaradorligini oshiradi.
Ishdagi tartibsizliklarni bartaraf etadi.

References:

1.

FIRUZ DAVRONOVICH MUZAFFAROV XOSIYAT RAVSHANOVNA NAFIDDINOVA IJTIMOIY

ISH TARIXI O‘QUV QO‘LLANMA
2.

Payne, M. (2015).

Modern Social Work Theory

. Oxford University Press.

3.

Yusupov R.K. Ijtimoiy ishga kirish. O„quvqo„llanma. - Samarqand: SamDUnashri, 2020.

4.

Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta‟minotga kirish: Darslik. A.V.Vaxabov, Sh.Sh.Zaxidova,

B.B.Baxtiyorov, D.Sh.Odinayev, J.N.Fayzullayev; T.: Iqtisod-Moliya, 2018.

Библиографические ссылки

FIRUZ DAVRONOVICH MUZAFFAROV XOSIYAT RAVSHANOVNA NAFIDDINOVA IJTIMOIY ISH TARIXI O‘QUV QO‘LLANMA

Payne, M. (2015). Modern Social Work Theory. Oxford University Press.

Yusupov R.K. Ijtimoiy ishga kirish. O„quvqo„llanma. - Samarqand: SamDUnashri, 2020.

Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta‟minotga kirish: Darslik. A.V.Vaxabov, Sh.Sh.Zaxidova, B.B.Baxtiyorov, D.Sh.Odinayev, J.N.Fayzullayev; T.: Iqtisod-Moliya, 2018.