Авторы

  • Nafosat Sobirova
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi o‘qituvchisi, leytenant
  • Jonibek Xalilov
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti, safdor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.62472

Аннотация

Dunyoning barcha davlatlarida aholi turar joylarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash dolzarb vazifa bo‘lib, bu borada ichki ishlar (politsiya) organlarining kuch va vositalarini bevosita aholi punktlariga yo‘naltirish va boshqarish, keng jamoatchilik bilan hamkorligini samarali tashkil etish ushbu sohadagi dolzarb masalalardan biridir.


background image

30

FUQAROLARNING JAMOAT TARTIBINI SAQLASHDA ISHTIROKINING

TARIXIY-NAZARIY AHAMIYATI

Sobirova Nafosat Gulmirzo qizi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi o‘qituvchisi, leytenant

Xalilov Jonibek Uktam o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti, safdor

https://doi.org/10.5281/zenodo.14550682

Dunyoning barcha davlatlarida aholi turar joylarida jamoat tartibini saqlash,

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash dolzarb vazifa bo‘lib, bu
borada ichki ishlar (politsiya) organlarining kuch va vositalarini bevosita aholi punktlariga
yo‘naltirish va boshqarish, keng jamoatchilik bilan hamkorligini samarali tashkil etish ushbu
sohadagi dolzarb masalalardan biridir.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlar

natijasida ma’muriy hududlarda jamoat tartibi va xavfsizlikni, huquqbuzarliklar
profilaktikasini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashni uzluksiz amalga oshirish
imkoniyatiga ega bo‘lgan, xalqimizning ma’naviyati va milliy qadriyatlariga asoslangan yangi
tizim – ichki ishlar organlarining tayanch punktlariga asos solindi. Tayanch punktlari
faoliyatining huquqiy, tashkiliy-metodik, moddiy-texnik va kadrlarga oid asoslari, ularni
boshqarishning o‘ziga xos tizimi shakllandi. Buning natijasida tayanch punktlari aholi turar
joylarida tinchlik va osoyishtalikni, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlovchi asosiy
maskanga aylanib, ularda ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining o‘zaro, davlat organlari
va muassasalari, jamoatchilik tuzilmalari bilan uzviy hamkorligi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Profilaktika inspektorlarini uy-joy, xizmat xonalari va avtomashinalar bilan ta’minlash
masalalari hal qilib berilmoqda. Jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarlikning barvaqt oldini
olish borasidagi sa’y-harakatlar, avvalo, keng jamoatchilikning ishtiroki bilan 2018-yilda
umumiy jinoyatchilikning 36 foizga kamayishiga erishildi. 3 ming 205 ta yoki 35 foizdan
ziyod, mahallada esa bironta ham jinoyat sodir etilmadi

[1]

.

Har qanday davlatda jamoat tartibi va xavfsizligining holati ko‘p jihatdan fuqarolarning

jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi qanchalik faol bo‘lishiga bog‘liq. Bunda fuqarolarning
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga bo‘lgan munosabati va buning natijasida
odamlarning amalga oshirilayotgan ishlarda faol ishtirok etishi, albatta, ularning istagi bilan
o‘lchanadi. Hozirgi kunda huquq-tartibot sohasidagi muammolarni hal qilish samaradorligini
oshirish uchun so‘nggi yillarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquqiy asoslarini
mustahkamlash bo‘yicha ko‘p ishlar amalga oshirildi. Lekin bugungi kun haqiqati shuni
ko‘rsatadiki, davlat huquqni muhofaza qilish tizimi fuqarolarning yordamisiz to‘g‘ri tartibni va
jamoat xavfsizligini to‘liq ta’minlay olmaydilar.

Mamlakatda huquq-tartibotni ta’minlash masalalarini hal etishda fuqarolarning ishtiroki

masalasi tarixini o‘rganish aholini jamoat tartibini muhofaza qilishga jalb etishning tarixiy
an’analari mavjudligidan dalolat beradi.

Bu sohada izlanish olib borgan professor Ziyodullayev M.Z. O‘zbekistonda aholi turar

joylarida jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash tizimlarini 3ta davrga bo‘lib o‘rgangan.

Birinchi davr

Chor Rossiyasi istilosigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, unda asosan

yurtimizga arablar bosqinidan so‘ng sud-huquq tizimiga shariat ahkomlari kirib kelgani, Amir
Temur davridagi saltanat boshqaruvi va xonliklar hukmronligi davrida jamoat tartibining


background image

31

saqlanishini hamda ushbu faoliyat bilan bevosita shug‘ullanuvchi mansabdor shaxslar
to‘g‘risida ma’lumot bergan.

Ikkinchi davr

Chor Rossiyasi va Sovet Ittifoqi hukmronligi davri deb nomlanib, bu davr

III faoliyati yo‘lga qo‘yilishi va hududlarda uchastka inspektori lavozimi joriy etilishi bilan
xarakterlanadi. Professor bu davrda faoliyat olib borgan uchastka inspektorlarining
vazifalarini keng yoritib bergan. Bundan tashqari jamoatchilik bilan hamkorlikda
“jamoatchilik va militsiya aholi tayanch punktlari” faoliyati yo‘lga qo‘yilganligini ham keltirib
o‘tgan. 1974-yilda esa rus olimi E.A.Smirnov “jamoatchilik va militsiya aholi tayanch
punktlari”ni yagona nomda – “Huquq tartibotni saqlash tayanch punktlari” deb nomlanishi
ular faoliyatini to‘liq qamrashini va mos kelishini asoslab berdi.

[2]

Keyinchalik huquq

tartibotni saqlash tayanch punktlari faoliyati uchastka inspektorlari, ko‘ngilli xalq drujinalari
va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilgan. Bu esa jamoat tartibini saqlashda
fuqarolar ishtirokining jamiyat uchun ma’muriy ko‘rinishi sifatida baholangan.

Shu bilan birga, Turkistonda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash tizimining

shakllanishi va rivojlanishi yuridik adabiyotlarda, xususan professor T.A.Jalilovning ilmiy
ishlarida ham atroflicha yoritib berilganligini ko‘rishimiz mumkin.

[3]

Uchinchi davrda

professor Ziyodullayev Mustaqillik davridagi jamoat tartibi saqlanishiga

to‘xtalib o‘tgan. Bu davrda ham asosiy urg‘u uchastka inspektorlariga qaratilgan bo‘lib,
mahallalardagi fuqarolar bilan bevosita ishlarni tashkil etish va nazoratini olib borish
uchastka inspektori tomonidan amalga oshirilganligi mustaqil O‘zbekiston misolida yoritib
berilgan.

[4]

Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlarni inobatga hozirgi zamonamizga mos ravishda biz jamoat

tartibini saqlashdagi yurtimiz tarixini 4 bosqichga bo‘lib o‘rganish kerak deb hisoblaymiz.
Bunda to‘rtinchi davr Yangi O‘zbekiston davri deb nomlanib, hozirdagi inson qadrini ulug‘lash
va xalq farovonligi yo‘lida joylardagi jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini himoya
qilishning amaldagi holati yoritilishi kerak deb hisoblaymiz.

Fuqarolar va mansabdor shaxslarning ish joyidagi xulq-atvorini nazorat qilish, yashash

joyida, jamoat joylarida va boshqa joylarda qonunchilikdagi farqiga qaramay, fuqarolarning
jamoat tartibini himoya qilishdagi ishtirokining ko‘plab ijobiy misollarini o‘z ichiga olgan va
to‘plangan mahalliy va xorijiy tajriba muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin. Shu o‘rinda, yuridik
fanlar nomzodi Mirzohofiziyon Mirzoali Mirzohofiz o‘zining ilmiy ishida “fuqarolarning
ishtirok etishi sohasidagi muammolarni ko‘rib chiqish va ularni hal etish bo‘yicha dalillarga
asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish uchun xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish zarur”
ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

[5]

Avvalo bu mavzu doirasida xorijiy davlatlar tarixiga nazar tashlasak, Yevropa

davlatlaridan Buyuk Britaniyada tartibni saqlash uchun mas’ul bo‘lgan birinchi ko‘ngillilar XI
asrda paydo bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. XIII asrda esa ularning huquqlari va
majburiyatlari qonun bilan mustahkamlangan. Keyingi asrlarda Buyuk Britaniyada faoliyat
yurituvchi ixtiyoriy tartibni saqlovchilar instituti rivojlanib, o‘zgartirildi. Hozirgi vaqtda,
mamlakatda ixtiyoriy politsiya (maxsus Konstabulary) mavjud bo‘lib, uning xodimi 18
yoshdan oshgan har qanday fuqaro bo‘lishi mumkin. U politsiya xodimlarining umumiy
talablariga javob berishi va maxsus tayyorgarlik kursidan o‘tishi kerak. Bu kabi ixtiyoriy
politsiya bo‘linmalari Buyuk Britaniyaning barcha politsiya bo‘linmalarida ishlaydi. Ularning
a’zolari asosan patrul vazifalarini bajaradilar, ammo ommaviy tadbirlar paytida jamoat


background image

32

xavfsizligini ta’minlashda, politsiya reydlarida ham qatnashishlari mumkin. Shuningdek,
Buyuk Britaniyada o‘z ixtiyori bilan tartibni saqlashda ishtirok etuvchi ko‘ngillilar
professional politsiyachilar bilan bir xil maxsus vositalar bilan ta’minlangan. Ularning har biri
tartibni saqlash tadbirlarida oyiga ma’lum bir soat ishlashi kerakligi belgilangan. Buning
uchun ko‘ngillilarga ma’lum turdagi imtiyozlar berilgan va ularning ijtimoiy himoyasi ham
davlat tomonidan kafolatlangan. Misol uchun, 2002-yildagi “Politsiyani isloh qilish
to‘g‘risida”gi Buyuk Britaniya qonuniga binoan, ko‘ngillilar xizmat paytida jarohat olgan
taqdirda sog‘lig‘ini tiklash bo‘yicha pul to‘lovlari bilan, agarda xizmat vazifasini ado etayotgan
vaqtda olgan tan jarohati nogironlikka olib kelsa nogironlik nafaqasi bilan to‘liq ta’minlanishi
belgilangan. Bundan tashqari, Buyuk Britaniyada ixtiyoriy jamoat politsiyasini qo‘llab-
quvvatlash xizmati (jamoat xizmati xodimlari dasturi) mavjud bo‘lib, u asosan politsiya va
aholi o‘rtasida doimiy aloqachi bo‘lib ishlaydi. Ular yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
jinoyatlarning oldini olish va aniqlash, shuningdek bu kabi ko‘ngilsiz hodisalar haqida
politsiyani xabardor qilish ishlari bilan shug‘ullanadi. Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi
katta yoshdagi fuqarolarning 80% dan ortig‘i ushbu ixtiyoriy dasturlarda kamida bir marta
qatnashganligini ko‘rishimiz mumkin.

Osiyo davlatlaridan Xitoy, Suriya, Eron va Saudiya Arabistoni davlatlarida fuqarolarning

jamoat tartibini saqlashdagi faol ishtiroki mavjudligini ko‘rishimiz mumkin:

1) Xitoyda ko‘ngillilar harakati ikki toifaga, ya’ni doimiy va vaqtinchalikka bo‘linadi.

Doimiy ko‘ngillilar harakatini rivojlantirishda asosiy rolni kommunistik yoshlar Ittifoqidagi
ko‘ngillilar bilan ishlash bo‘limi amalga oshiradi. Kommunistik yoshlar Ittifoqiga 18 yoshga
to‘lgan fuqarolar a’zo bo‘lib, ko‘ngilli asosda qo‘shilishlari mumkin. Ba’zi hollarda esa,
faqatgina ota-onasining ruxsati bilan 14 yoshdan ham a’zo bo‘lishlari mumkinligi belgilangan.
Vaqtinchalik ko‘ngillilar esa, “ular xalq jangchilari” deb ham ataladi, ommaviy tadbirlar
arafasida va paytida qatnashuvchi fuqarolardan tashkil topadi. Shuningdek, ular hududlarda
patrullik qilish tadbirlarida jamoat tartibini saqlash va atrof muhitni muhofaza qilish kabi
vazifalarni bajarishadi. Xususan, ular jamoat tartibini buzayotgan, ko‘chalarni
ifloslantirayotgan, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmayotgan va mashinalarini taqiqlangan
yoki boshqalarga xalaqit beruvchi fuqarolarga nisbatan tushuntirish ishlari olib boradilar.
Bundan tashqari katta tadbirlarda keng ko‘lamdagi ko‘chalarni nazorat qilishda ham
vaqtinchalik ko‘ngilli fuqarolardan foydalaniladi. Misol uchun, 2012-yil noyabr oyida Pekinda
18-Butun xitoy qurultoyi bo‘lib o‘tganida, shahar ko‘chalarida delegatlar xavfsizligi va
tartibini ta’minlash uchun 1,4 million ko‘ngilli jalb qilindi. Keyinchalik Xitoyda 2014-yil 12-
iyundan boshlab Pekinda terrorizmga qarshi yirik kampaniya doirasida 50 yoshdan 70
yoshgacha bo‘lgan 850 ming ko‘ngilli ishlay boshladi. Ularning asosiy vazifalari etib
politsiyaga jinoyatchilarni topishda yordam berish, metro stansiyalarida yo‘lovchilar va
ularning narsalarini tekshirish kabilar belgilandi.

2) Yaqin sharq mamlakatlaridan Suriyada ham fuqarolar tomonidan jamoat tartibini

saqlanishining yaqin tarixi kurdlar yashaydigan hududlarda “xalq mudofaasi qo‘mitalari”
vujudga kelishiga borib taqadi. Ular 2011-yilda boshlangan mamlakatda qurolli to‘qnashuv
munosabati bilan yaratilgan bo‘lib, o‘sha vaqtda ular saflariga 15 mingga yaqin fuqarolar
faoliyat yuritgan. Ularning asosiy maqsadi kurd hududlarini egallab olishga intilayotgan
islomiy guruhlarning hujumlarini qaytarish va hududi va oilasini himoya qilish bo‘lgan.

3) Yana bir yaqin sharq mamlakatlaridan biri bo‘lmish Eronda 1979-yilda


background image

33

harbiylashtirilgan “Basij” tashkil etildi. Basij so‘zi fors tilidan tarjimasi “kam ta’minlangan
Eron xalqini safarbar qilish”ni degan ma’noni anglatadi. Dastlab, Basij otryadlari faqat xalq
militsiyasi sifatida faoliyat yuritgan. 1980-1988-yillardagi Eron-Iroq urushi paytida esa “Basij”
saflaridan frontga 12 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan 450 mingga yaqin qurolsiz ko‘ngillilarni
yuborilganligini ko‘rishimiz mumkin. Tinchlik davrida “Basij” ning asosiy vazifasi butun
mamlakat aholisining harbiy tayyorgarligini tashkil etish hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Eronda
faoliyat yuritayotgan Basij otryadlari ichki xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash,
dissidentlarning chiqishlarini bostirish, ijtimoiy yordam ko‘rsatish, tabiiy ofatlar oqibatlarini
bartaraf etishda yordam berish kabi tadbirlarda ishtirok etmoqda. Shuningdek, ular mahalliy
sudlarda sud ijrochisi bo‘lib ham xizmat qilishadi. Iroq bilan chegarada faoliyat olib boruvchi
ko‘ngillilar esa chegara qo‘riqchisi sifatida harakat qilishadi. “Basij” markazlashtirilmagan
tarmoq tuzilishiga ega bo‘lib, uning bo‘linmalari barcha shaharlarda, qishloqlarda va kichik
shaharlarda tashkil etilgan. Din ulamolar esa ularga rahbarlik qiladi. Shuningdek, Basij
rahbariyati Eron qurolli kuchlarining elita bo‘linmasi bo‘lgan Islom inqilobi qo‘riqchilari
korpusini (IRGC) tashkil qiladi. Bundan tashqari, u shakllanishning mafkuraviy, siyosiy va
harbiy tayyorgarligi bilan shug‘ullanadi. 2008-yildan beri Basij IRGC quruqlikdagi kuchlarga
kiritilgan. 2014-yil ma’lumotlariga ko‘ra, uning soni taxminan 40 ming kishini tashkil qiladi.
Hozirga kelib Basij saflarida 12 milliondan ortiq kishi harbiy tayyorgarlikdan o‘tdi. uning
a’zoligiga 15 yoshdan boshlab qabul qilinadi.

4) Isroil mamlakatida esa “Mishmar ezrahi” ixtiyoriy politsiya yordamchilari tashkiloti

mavjud (IVR bilan. – “Fuqarolik qo‘riqchisi”). U 1974-yilda Falastin jangarilari tomonidan
amalga oshirilgan bir qator teraktlardan so‘ng tashkil etilgan. Barcha ko‘ngillilar politsiyani
tayyorlash dasturi bo‘yicha asosiy mashg‘ulotlardan o‘tkazilgan, ularning har biri jamoat
tartibini saqlashda oyiga kamida sakkiz soat ishlashi kerak deb belgilangan. Xususan, ularga
huquqbuzarlarni hibsga olish va hibsda saqlash vakolatlari berilgan. Politsiya yordamchilari
litsenziya talab qiladigan karabinlar va shaxsiy to‘pponchalar bilan qurollangan. Ko‘ngillilar
xizmatidan asosan patrul xizmatida, transport politsiyasida, tergov organlarida va balog‘atga
yetmagan bolalar tizimida, chegara politsiyasida va ommaviy tartibsizliklarga qarshi
kurashish maqsadida foydalanilgan.

5) Saudiya Arabistonida 1940-yildan beri fazilatni targ‘ib qilish va yomonlikdan

saqlanish bo‘yicha qo‘mita faoliyat yuritgan, uning maqsadi shariat qonunlarini amalga
oshirishga ko‘maklash hisoblangan. Qo‘mita tarkibiga 3,5 mingga yaqin davlat diniy politsiyasi
vakillari (mutavviin) va ko‘plab ko‘ngillilar kirgan. Ular doimiy ravishda ko‘chalarda, savdo
markazlarida va boshqa jamoat joylarida patrullik qilishgan. Ularning asosiy vazifasi
quyidagilardan iborat bo‘lgan:

- aholining (ayniqsa ayollarning) tashqi qiyofasi va kiyim-kechaklarini kuzatish;
- qarindosh bo‘lmagan erkaklar va ayollarning qat’iy bo‘linishini nazorat qilish;
- shariat axloqiga rioya qilish;
- turli tadbirlarda aholining xatti-harakatlarini kuzatish;
- cho‘chqa go‘shti, alkogol va giyohvand moddalarni iste’mol qilishni taqiqlash va

boshqalar.

Ko‘pincha qo‘mita vakillari jinoyat sodir bo‘lgan joyga fuqarolarning o‘zlari tomonidan

chaqirilgan.

AQShda esa jamoat tartibining holatini nazorat qilish “Mahalla soati” ixtiyoriy


background image

34

tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan. Ularning asosiy vazifasi jinoiy fe’l-atvordagi har
qanday ma’lumotni politsiya e’tiboriga etkazish va hududni patrul qilishdan iborat bo‘lgan.
Birinchi ixtiyoriy patrul 1964-yilda Nyu-Yorkda, yosh ayol Kitti Genovese o‘ldirilgan Kvins
hududida paydo bo‘lgan. Qotillik jamoatchilikning katta noroziligiga sabab bo‘lgan va mahalla
aholisi otryadlarga qo‘shilib, ko‘chalarni qo‘riqlay boshlaganlar. Keyinchalik bu tashabbus
butun mamlakatga tarqalgan. 1972-yilda “qo‘shnilar” harakati milliy sheriflar uyushmasi
tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Shu vaqtdan boshlab politsiya ko‘ngillilar bilan faol
hamkorlik qiladi, ularni reydlarida va profilaktika tadbirlarida jalb qiladi. Hozirgi kunda
“Mahalla patrullari” a’zolari yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, oiladagi zo‘ravonlikka qarshi
kurashishda qatnashadilar.

Tarixiy nuqtai nazardan jamoat tartibini saqlashda xorijiy tajribani o‘rganish davomida

Yevropa davlatlaridan Buyuk Britaniya, Osiyo davlatlaridan Xitoy, Suriya, Eron va Saudiya
Arabistoni va AQSh mamlakatlarida politsiya tomonidan o‘tkazilayotgan turli jamoat
hamkorlik dasturlari tahlil qilindi va bu tahlil natijalari, aholini jalb qilish shakllari va
usullarini tanlashga yondashuvlar xilma-xilligiga qaramay, bir qator umumiy tendensiyalar
mavjudligini ko‘rsatdi. Aytish mumkinki, ularning ko‘pgina hamkorlik dasturlaridan asosiy
maqsadi - aholining militsiya faoliyatiga nisbatan ijobiy munosabatini shakllantirish va
ulardan sodir etilgan yoki sodir bo‘layotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlar to‘g‘risida bevosita
ishtirok etmasdan ma’lumot olishlarini ta’minlashdir.

Xulosa sifatida shuni aytishimiz kerakki, jamoat tartibini saqlashda o‘zimizning milliy

tariximizni o‘rganishimiz va ularni fuqarolarimiz va endigina hayotga kirib kelayotgan yosh,
navqiron va barkamol yoshlarimizga o‘rnak sifatida o‘rgatishimiz kelgusida yurtimiz uchun
vatanparvar va yurtga sadoqatli avlodlarni tarbiyalashda muhim o‘rin egallaydi. Bu boradagi
xorijiy tajribalar esa biz uchun maktab vazifasini bajaradi. Albatta, bu fuqarolarimizning
jamoat tartibini saqlashdagi ishtiroklarini yanada faol tarzda davom ettirishimizga yordam
beradi.

FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR:

1.

Mirziѐev Sh.M. Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon haѐtning,

do‘stona hamkorlik esa taraqqiѐtning kafolatidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza // Xalq so‘zi. –
2018. – 8 dek.
2.

Petrov A.I., Polishux A.D. Opornыe punktы oxranы pravoporyadka. – Kiev. 1976.- S. 10.

3.

Djalilov T. stranisы istorii militsii Xorazme i Buxarы. – T., 1970. – S. 10.; Djalilov T.

Vernыe otchizneyu Iz istorii raboche-krestyanskoy militsii v Turkestane (1917 – 1924g.g.). –
T., 1968. – S.35.; Yerapxin M.I. Razvitie organov militsii v sovetskom gosudarstve. – M. , 1967.
– S. 13.
4.

Ziyodullaev Muzaffar Ziyodullaevich “Militsiya tayanch punktlarining jamoat tartibi va

xavfsizligini taminlash faoliyatini boshqarishni takomillashtirish”
5.

Mirzohofiziyon

Mirzoali

Mirzohofiz

“Mexanizm

administrativno-pravovogo

regulirovaniya uchastiya grajdan Respubliki Tajikistan v obespechenii obshestvenogo
poryadka”

Библиографические ссылки

Mirziѐev Sh.M. Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon haѐtning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiѐtning kafolatidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza // Xalq so‘zi. – 2018. – 8 dek.

Petrov A.I., Polishux A.D. Opornыe punktы oxranы pravoporyadka. – Kiev. 1976.- S. 10.

Djalilov T. stranisы istorii militsii Xorazme i Buxarы. – T., 1970. – S. 10.; Djalilov T. Vernыe otchizneyu Iz istorii raboche-krestyanskoy militsii v Turkestane (1917 – 1924g.g.). – T., 1968. – S.35.; Yerapxin M.I. Razvitie organov militsii v sovetskom gosudarstve. – M. , 1967. – S. 13.

Ziyodullaev Muzaffar Ziyodullaevich “Militsiya tayanch punktlarining jamoat tartibi va xavfsizligini taminlash faoliyatini boshqarishni takomillashtirish”

Mirzohofiziyon Mirzoali Mirzohofiz “Mexanizm administrativno-pravovogo regulirovaniya uchastiya grajdan Respubliki Tajikistan v obespechenii obshestvenogo poryadka”