27
KISSAVURLIK JINOYATINI OLDINI OLISHDA PROFILAKTIKA
INSPEKTORINING ROLI
Qushboqov Shohrux Xasan o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi katta o‘qituvchisi, kapitan
Xоtamov Abdulboriy Biloljon o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti, safdor
https://doi.org/10.5281/zenodo.14550672
Qadimdan o‘g‘rilik eng yomon illatlardan hisoblangan va og‘ir jazoga loyiq ko‘rilgan.
Xususan, “Islom dini”da o‘g‘rilik jinoyati katta gunohlardan biri hisoblanib, uni sodir etgan
shaxsning qo‘lini kesib tashlashgacha bo‘lgan jazo tayinlangan.
O‘g‘rilik jinoyatining shakli xar-xil bo‘lib, bulardan kissavurlik jinoyatiga to‘xtalib
o‘tishni joiz topdik. Kissavurlik talon-torojning eng ko‘p tarqalgan shakli bo‘lib, uning fosh
etilishi foizlarining pastligi, yashirin ravishda sodir etilishi uning ham ochilishini
qiyinlashtiradi, shu bilan birga ushbu jinoyatning profilaktikasida jamiyatda mavjud bo‘lgan
va hal etilmagan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kissavurlik jinoyatining profilaktikasi obyekti o‘zganing mol-mulkini muhofaza qilish
bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlardir. Shu boisdan, eng avvalo kissavurlik jinoyati
profilaktikasida mol-mulk egalari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning hushyorligini
oshirish, ularning mol-mulklarini qo‘riqlanishini yaxshilash borasidagi ishlarni yaxshilash
muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, kissavurlik jinoyatlari profilaktikasini tashkil etish va amalga
oshirishda profilaktika inspektorlarining faoliyati muhim ahamiyatga ega. Jumladan,
profilaktika inspektorlari o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan ma’muriy hududlarda joylashgan
korxona, tashkilot va muassasalar, istiqomat qilayotgan fuqarolarning mol-mulkini
qo‘riqlanishini va talon-toroj qilinishini oldini olishda keng qamrovli profilaktik tadbirlarni
tashkil etish va amalga oshirishga mas’ul mansabdor shaxsdir.
Albatta, profilaktika inspektorlarining kissavurlik jinoyatlari profilaktikasi bo‘yicha
faoliyatini tashkil etishda ushbu jinoyatlarning sabablari va ularga imkon beradigan shart-
sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga alohida e’tibor qaratish shart.
Tahlillar asosida kissavurlik jinoyatlarining quyidagi asosiy sabablarini keltirib o‘tish
lozim:
– ijtimoiy–iqtisodiy muammolar, ya’ni bunda aholining aksariyat qismining ishsizligi,
kam ta’minlangan oilalar, shu jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarni qo‘llab-
quvvatlar borasidagi kamchiliklar;
– ma’naviyatidagi kamchiliklar, xususan, еngil pul va boylik topish ilinjida bo‘lgan aholi
qatlamining mavjudligi, shuningdek еngil hayot kechirish, o‘yin-kulgiga moyil bo‘lgan еngil
tabiatli shaxslarning shakllanishi;
– giyohvandlik va surunkali alkogolizm kabi illatlarning paydo bo‘lishi, bu toifa
shaxslarning og‘ir mehnat qila olish qobiliyatlarining yo‘qligi va natijada ularda oson yo‘l bilan
pul topishga bo‘lgan xohishning mavjudligi;
– boshqaruv sohasidagi kamchiliklar, xususan aholini ish bilan ta’minlash choralarining
ko‘rilmasligi, davlat boshqaruv organlarida ayrim shaxslarning korrupsiya bilan bog‘liq
jinoyatlarga yo‘l qo‘yishi va hokazo
[1]
.
Shuningdek, jabrlanuvchilar viktim xulqini ham kiritish darkor
[2]
, ya’ni, kissavurlik
28
jinoyatining qurboni bo‘lgan shaxslarning aksariyati o‘zlarining mol-mulklarini qarovsiz
qoldirganliklari yoki ularga beparvolik bilan munosabatda bo‘lganliklarini, shu bilan birga
ayrim hollarda ular o‘zlarining boyliklarini oshkora boshqalarga ko‘z-ko‘z qilganliklari
aniqlangan. Shu boisdan o‘g‘rilik jinoyatlarini oldini olishda nafaqat jinoyatchilarga qarshi
kurash, balki fuqarolarning hushyorligini oshirish, o‘z mol-mulkiga e’tiborli bo‘lishlari va
ularni qarovsiz qoldirmasliklarini tushuntirish, ushbu yo‘nalishda targ‘ibot ishlarini amalga
oshirish ham maqsadga muvofiq.
Bundan tashqari o‘g‘rilik jinoyatlari profilaktikasini samarali tashkil uchun profilaktika
inspektorlari tomonidan avval ma’muriy hududda qaysi turdagi o‘g‘riliklar, qayerlarda,
kunning qaysi vaqtlarida sodir etilganligini tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, o‘g‘riliklarning obyekti xususiyatiga ko‘ra quyidagi o‘g‘rilik jinoyatlarini
xonadonlarda sodir etiladigan o‘g‘rilik; mol o‘g‘riligi, ko‘chalarda sodir etiladigan o‘g‘rilik,
transport vositalaridagi o‘g‘rilik, avtotransport o‘g‘riligi, kissavurlik, ya’ni chuntakdan pul va
buyumlar o‘g‘riligi, savdo do‘konlari va omborxonalarda sodir etiladigan o‘g‘rilik kabi turlarga
ajratish mumkin. O‘g‘riliklarning turlariga qarab ularning sodir etilishi mexanizmi, vaqti, joyi
bir-biridan farqlanadi. Shuningdek, o‘g‘riliklarning latentligi ham yuqroi bo‘lib, ayrim
fuqarolar o‘g‘rilangan mol va buyumlarini arzimas hisoblab, ichki ishlar organlariga murojaat
etmaydi.
V.V.Luneyev fikriga ko‘ra, amaldagi jinoyatchilik, odil sudlov xabardor bo‘lgan
jinoyatchilik sonidan, ular xabardor bo‘lgan jinoyatchilik esa – rasmiy ro‘yxatga olinayotgan
jinoyatchilik sonidan bir necha marotaba ko‘proqdir
[3]
.
Shu boisdan, profilaktika inspektorlarining kissavurlik jinoyatlari profilaktikasini tashkil
etish va amalga oshirish faoliyatida quyidagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish
lozim;
– birinchidan, xizmat hududida muqaddam kissavurlik jinoyatlarini sodir etganligi
uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan va profilaktik hisobda turuvchi shaxslarning turmush
tarzini doimiy nazorat qilish, ularning yaqin aloqalarini o‘rganish;
– ikkinchidan, qishloq hududlarida транспорт воситаларини qarovsiz очиқ
qoldirishini oldini olish maqsadida ular bilan muntazam ravishda tushuntirish ishlarini olib
borish;
– uchinchidan, avtotransport vositalarini pullik saqlash joylarini tashkil etish yuzasidan
mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
– тўртинчиdan, ko‘chalar va yo‘llarda kechqurungi yoritish moslamalarini to‘liq
bo‘lishini ta’minlash, bu boradagi kamchiliklar yuzasidan “Elektrta’minot” korxonalariga
kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi shart bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
– бешинчидан, o‘g‘riliklar eng ko‘p sodir etiladigan hududlar, xususan, ko‘chalar,
xiyobonlar va boshqa jamoat joylarida kunduzgi va kechqurungi yangi patrul yo‘nalishlarini
tashkil etish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish;
– олтинчидан, mahallada “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlarini
shakllantirish va ularning faoliyatini samarali tashkil etish;
– еттинчиdan, doimiy ravishda hududda nazorat va profilaktik ishlarni tashkil etish,
shuningdek, aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish. Xulosa qilib, shuni
alohida ta’kidlab o‘tish joizki, profilaktika inspektorlarining faoliyati xizmat olib boradigan
ma’muriy hududda har qanday turdagi jinoyat, shu jumladan o‘g‘riliklarning oldini olishda
29
muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, kissavurlikning profilaktikasini tashkil etish borasida hududning o‘ziga xos
xususiyatlarini chuqur tahlil etish, ushbu jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va ularga
imkon beradigan shart-sharoitlarni aniqlash hamda o‘z vaqtida bartaraf etishlari, o‘g‘rilik
jinoyatlarini barvaqt oldini olishni ta’minlaydi.
FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR:
1.
Kriminologiya. Maxsus qism: Darslik / I. Ismailov, Q.R. Abdurasulova va boshq. – T.:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – 744 b.
2.
Kuznetsova N.F. Проблеми криминологической детерминатсии. – M., 1984. – S.44.
3.
Luneyev V.V Prestupnost ХХ века. Мировие, регионални и российскийе тенденсии. –
M., 1997.–S.125.