FARG’ONA-TOSHKENT MAQOM YO’LLARI VA SEGOH MAQOMI

Annotasiya

Ushbu maqolada Farg’ona-Toshkent   maqom yo’llari haqida va uning o’ziga hos jihatlari, o’ziga hosliklarini yoritib berishga harakat qilingan. Farg’ona-Toshkent maqom yo’llariga kiruvchi Segoh maqomi haqida ham gap boradi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
  • Andijon Davlat Pedagogika instituti “Ijtimoiy gumanitar fanlar va san’at fakulteti” (Tasviriy san’at va musiqa ta’lim) kafedrasi 1-bosqich talabasi
33-35
40

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Tojidinova , S. (2025). FARG’ONA-TOSHKENT MAQOM YO’LLARI VA SEGOH MAQOMI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1), 33–35. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/62929
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Farg’ona-Toshkent   maqom yo’llari haqida va uning o’ziga hos jihatlari, o’ziga hosliklarini yoritib berishga harakat qilingan. Farg’ona-Toshkent maqom yo’llariga kiruvchi Segoh maqomi haqida ham gap boradi.


background image

33

FARG’ONA-TOSHKENT MAQOM YO’LLARI VA SEGOH MAQOMI

Tojidinova Shahnoza Anvarjon qizi

Andijon Davlat Pedagogika instituti

“Ijtimoiy gumanitar fanlar va san’at fakulteti”

(Tasviriy san’at va musiqa ta’lim) kafedrasi

1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14645467

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Farg’ona-Toshkent maqom yo’llari haqida va uning o’ziga

hos jihatlari, o’ziga hosliklarini yoritib berishga harakat qilingan. Farg’ona-Toshkent maqom
yo’llariga kiruvchi Segoh maqomi haqida ham gap boradi.

Kalit so’zlar:

maqom, usul, segoh, arfa, dutor, nay, tonallik, melodiya, cholg’u va ashula

yo’llari.

Abstract:

In this article, an attempt was made to explain the ways of status of Fergana

Tashkent and its specific aspects. There is also talk about the status of Segoh which is part of
Fergana- Tashkent status roads.

Key words:

status, method, segoh, harp, dutor, flute, tonality, melody, instrumental and

singing ways.

Аннотатция:

В данной статье предпринята попьiтка объясрить пути статуса

Фурганьi-Ташкента и его уникальньiе аспектьi. Ходят разговорьi и о статусе Сегоха
которьiй входит в состав дороги статуса Фергана-Ташкент.

Ключевое слова:

макам, усул, сегох, арфа, дутор, флейта, тональность, мелодия,

инструментальньiй и певческий приемьi.


Toshkent va Farg’ona vodiysi shaharlari ( Qo’qon, Namangan, Andijon, Marg’ilon, Quva,

Xo’jand, Farg’ona, Osh) musiqa amaliyotida joriy etilgan maqom yo’llariga nisbatan ‘’Farg’ona-
Toshkent maqom yo’llari’’ yoki ( ‘’Toshkent-Farg’ona maqom yo’llari’’ ) umumlashma iborasi
qo’llaniladi. Bu turdagi maqomlar Buxoro va Xorazm maqomlaridan farqli o’laroq, yaxlit bir
turkumni tashkil etmay, balki alohida-alohida bo’lgan cholg’u va ashula yo’llaridan iboratdir.
Xususan, ‘’Nasrullo I-V’’, ‘’Munojot I-IV ‘’, ‘’Ajam Taronalari ‘’, ‘’MIskin I-V ‘’, ‘’Segoh I-III ‘’,
‘’Mushkiloti Segoh ‘’, ‘’Cho’li Iroq ‘’ kabi cholg’u kuylari hamda ‘’ Chorgoh I-V ‘’, ‘’ Dugoh-Husayn
I-VII ‘’, ‘’ Bayot I-II ‘’, ‘’ Bayoti Sheroziy I-V ‘’, ‘’ Gulyor-Shahnoz I-V ‘’, ‘’ Ko’cha Bog’I I-II ‘’, ‘’ Segoh
‘’, ‘’ Toshkent Irog’I ‘’, ‘’ Munojot ‘’ singari ashula yo’llari shular jumlasidandir.

Farg’ona-Toshkent maqom yo’llari
Hijoz maqomi (Segoh)
Mushkiloti Segoh I-III Segoh Suvora I-III
Mushkiloti Segoh Nim Cho’poniy Suvora I
Garduni Segoh Suvora II
Ufori Segoh Suvora Suvora III
Yalang Davron I-II
Yalang Davron Ilg’or
Yalang Davron Ufori
Segoh I-III
Segoh
Ufori Segoh


background image

34

Nasri Segoh
O’tmishda Farg’ona-Toshkent maqom yo’llari nafaqat xon saroylarida, balki xalq hayoti

bilan bog’liq turli sharoit va vaziyat (xalq tamosha va sayillari, dorbozlar o’yinlari, to’y bazmlari
va h.k.) larda ham mudom ijro etib kelingan. Ayni paytda bu maqomlarning Shashmaqom
tizimidan farqli o’laroq ‘’ tarqoq tizim ‘’ shaklida bo’lishi sababini mutaxassislar aksariyat holda
‘’ shahar madaniyati ‘’ omili bilan izohlaydilar. Jumladan professor V.M. Belyayev Farg’ona-
Toshkent maqom yo’llarining yaxlit bir butun tizimga ega emasligini ularning asosan ‘’Shahar
savdogarlari va hunarmandlari muhitida ‘’ yashab kelganligi bilan sharhlaydi.

Farg’ona-Toshkent maqom yo’llariga nisbatan ‘’ Chormaqom ‘’ iborasining ishlatilishi

asossiz ekanligi juda to’g’ri tanqid qilingan. Darhaqiqat, Farg’ona- Toshkent maqom uslubida
ishlangan qanchadan-qancha cholg’u va ashula yo’llari borki, ular o’z mohiyati bilan mazkur
maqomlar guruhiga mansubdir.

Segoh-musiqiy va nazariy jihatdan arab musiqa nazariyasida mavjud bo’lgan

maqomlardan biridir. Bu maqom o’zining o’ziga xos tonalligi, tuzilishi va yirik aksentlari bilan
tanilgan. Segoh maqomi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib an’anaviy arab musiqa tizimida,
shuningdek, turk, o’zbek va boshqa mintaqaviy musiqalarda ham o’rin olgan. Segoh maqomi
Arab musiqasi va uning turli o’zgargan shakllarida chuqur ildizlarga ega. U bir vaqtlar arab
dunyosida keng tarqalgan va o’zining noyob tonalligi bilan musiqiy asarlarda keng qo’llanilgab.
Segoh maqomi, o’zining nafasini o’zgartiradigon, juda boy va nozik nuqtalar bilan to’ldirilgan.
Segoh maqomida tonalliklarning o’zaro joylashuvi, ularning o’zgarishi va qayta ishlanishi
alohida e’tiborga loyiq. Segoh maqomi melodik jihatdan ancha o’zgacha. Bu maqomda tinch va
jim o’rinlarda ko’proq ifodaviy ohanglar ishlatiladi. Bu maqomning asosiy xususiyati shundaki,
u yuqori va past ohanglarning hamohangligini yaratishga qaratilgan. Segoh maqomini ijro etish
musiqachi uchun nozik vazifa hisoblanadi. U butunlay o’ziga hos bir uslubni talab qiladi, bu esa
musiqachining texnikasi va ifoda qilish mahoratini sinovdan o’tkazadi. Segoh maqomi
O’zbekiston musiqasida ham keng qo’llaniladi o’zbek klassik musiqasida segoh asosan,
ijrochilar tamonidan arfa, dutor, nay kabi an’anaviy musiqa asboblari bilan ijro etiladi. O’zbek
musiqasida segoh maqomi milliy musiqaning murakkab qatlamlarini o’zida mujassam etgan va
u o’zbek madaniyatining musiqiy merosining muhim qismi hisoblanadi.

Farg’ona-Toshkent maqom yo’llariga kiruvchi Segoh asarini adabiy tahlil qilib chiqamiz.

Undan oldin g’azalni matnini keltirib o’tamiz:

Hijron tuni jafosila jon bo’ldi beqaror,
Bo’ldi sirin butun jahon axliga oshkor.
El etdi tanalar bilan ozorim ixtiyor,
Sen ham jafolaring bila etma meni xokisor.
Ey ko’nglimni qilguvchi alam bila zor-zor,
Bitdi firoqi jabrini tortmoqqa toqatim.
Rashkila mavj bo’ldi qaroru halovatim,
Nundek egildi g’am yuki ostida qomatim.
Fikrim sening visolingu yo’q o’zga hojatim,
Ammo sen o’zga bazmi bilan mastu baxtiyor.

Birinchi xat, hijron chekkan tunlarimdan jonim beqanoat bo’ldi sirm butun jahon ahliga

ochiq-oydin bo’ldi, ikkinchi xat, el meni qildi xatolarim bilan azob ravo ko’rdi. Sen ham
qiynoqlaring bilan qilma meni itoat qilguvchi uchinchi xat, ey ko’nglimni alamlaring bilan zor-


background image

35

zor tugadi azob jabrlarni tortmoqqa sabru toqatim. Kuy tahlili esa an’anaviy ashula shakliga
mos daromad, miyonxat, dunasr, va pirovard kabi bosqichlarni ko’rsatadi. Asarni ijro uslubi
juda sokin, dardli yangraydi. Bu esa maqom falsafasi va talqinining yaqqol namunasidir.

Xulosa:

sifatida shuni aytishimiz mumkinki, Farg’ona-Toshkent maqom yo’llari

O’zbekistonning musiqiy merosining ajralmas qismlaridir. Ularning har biri o’ziga xos melodik,
ritmik, va ijro uslublari bilan ajralib turadi. Farg’ona maqomi ko’proq mahalliy an’analar va
musiqiy shakllarga asoslanib, o’zining uzoq va mukammal ijro uslubi bilan ajralib turadi,
Toshkent maqomi esa kengroq ta’sirlar va xalqaro musiqiy aloqalar bilan boyitilgan. Har ikki
maqom yo’li ham xalqning tarixini, madaniyatini va dunyoqarashini aks ettiradi. Segoh maqomi
o’ziga xos musiqiy tizimi bo’lib, arab, turk, o’zbek va boshqa xalqlarning musiqasida katta
o’ringa ega. Uning, melodik va tonallik xususiyatlari musiqiy asarlarda o’zining inoyatli ifodaligi
va murakkabligi bilan ajralib turadi. Segoh maqomi nafaqat musiqasining tashqi tuzilishini,
balki uning ichki ma’nolarini ham o’zida mujassam etadi. Bu maqomni o’rganish va ijro etish
nafaqat musiqiy, balki san’atni anglash va his etishning yangi bir qirrasini ochadi.

References:

1.

Isxoq Rajabov ‘’ Maqomlar ‘’ 2006-y 401 b

2.

I.O. Akbarovich ‘’ Maqom asoslari ‘’ 2018-y 115 b

3.

Otanazar Matyoqubov ‘’ Maqomot ‘’ 2004-y 86 b

4.

http://zenodo.org/records/14377407

Bibliografik manbalar

Isxoq Rajabov ‘’ Maqomlar ‘’ 2006-y 401 b

I.O. Akbarovich ‘’ Maqom asoslari ‘’ 2018-y 115 b

Otanazar Matyoqubov ‘’ Maqomot ‘’ 2004-y 86 b

http://zenodo.org/records/14377407