O‘ZBEK TILINING JAMIYATDAGI O‘RNI: FALSAFIY NUQTAI NAZAR

Annotasiya

Ushbu maqola tilshunoslik to‘g‘risida ba’zi faylasuflarning falsafiy qarashlari bayon etilgan. Falsafaning tilshunoslikka ta’sir qilgan jihatlari. Til to‘g‘risida ba’zi tavsiflar, fikr va muloxazalar keltirib o’tilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
  • O‘zbekiston Respublikasining Toshkent viloyatidagi “Astraxan davlat texnika universiteti”, Ijtimoiy, gumanitar va umumiy kasbiy fanlar kafedrasi assistenti
41-42
11

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Umarova , G. (2025). O‘ZBEK TILINING JAMIYATDAGI O‘RNI: FALSAFIY NUQTAI NAZAR. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(2), 41–42. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/66212
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola tilshunoslik to‘g‘risida ba’zi faylasuflarning falsafiy qarashlari bayon etilgan. Falsafaning tilshunoslikka ta’sir qilgan jihatlari. Til to‘g‘risida ba’zi tavsiflar, fikr va muloxazalar keltirib o’tilgan.


background image

41

O‘ZBEK TILINING JAMIYATDAGI O‘RNI: FALSAFIY NUQTAI NAZAR

Umarova Gulbahor Aubakirovna

O‘zbekiston Respublikasining Toshkent viloyatidagi

“Astraxan davlat texnika universiteti”,

Ijtimoiy, gumanitar va umumiy kasbiy fanlar

kafedrasi assistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14855112

Annotatsiya:

Ushbu maqola tilshunoslik to‘g‘risida ba’zi faylasuflarning falsafiy

qarashlari bayon etilgan. Falsafaning tilshunoslikka ta’sir qilgan jihatlari. Til to‘g‘risida ba’zi
tavsiflar, fikr va muloxazalar keltirib o’tilgan.

Tayanch so‘zlar:

til, jamiyat, falsafa, antik tilshunosligi, sotsiolingvistika.


Lingvistik falsafa bilishning mohiyatini uning tildagi shaklidan ajratib qoʻyib, falsafiy va

lingvistik tadqiqotlarni qorishtirib yuboradi. Til kishilik jamiyatida yaratilgan aloqa vositasi
sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Uning ijtimoiy tabiati ayrim shaxsga
emas, balki jamiyat uchun xizmat qilishda namoyon bo‘ladi. Til insoniyatning tarixiy
taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha madaniy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan va
avloddan avlodga meros qoladigan asosiy vositadir. jamiyat a’zolarining siyosiy, diniy yoki
huquqiy qarashlari jamiyat taraqqiyotining har bir tarixiy bosqichi (feodalizm, kapitalizm)
bilan, uning talablari bilan mushtarak holda yashaydi, til esa bunday xususiyatga ega emas. U
har doim, jamiyat a‘zolarining siyosiy, diniy hamda huquqiy qarashlaridan qat’iy nazar,
ularning barchasiga bir xilda xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida, til bazasining ustqurmasi
emasligidan dalolat beradi, zero, u ming yillar davomida yashab kelayotgan hodisadir.
Shuning uchun ham u jamiyat a‘zolarining barchasiga tushunarli bo’ladi. Yuqoridagilar bilan
bir qatorda shuni ham aytish lozimki, tilni madaniyat bilan ham to‘g‘ridan to‘g‘ri tenglashtirib
bo‘lmaydi. Chunki madaniyat asl ma’nosiga ko‘ra mafkuradir, til esa har qanday mafkura
uchun ham bir xilda xizmat qiladi. Biroq har bir millatning tili uning milliy madaniyatini
taqozo etadi, zotan, u milliy madaniyatning ajralmas qismidir. Boshqacha aytganda, millatning
madaniyati uning tilida ham ko„rinadi. Tilning jamiyatdagi vazifasini uning kishilar o„rtasida
aloqa quroli ekanligida ko„ramiz. Biroq buni til ishlab chiqarish quroli ham bo‘la oladi deb
tushunmaslik kerak. Ba’zi tilshunoslar esa uni ishlab chiqarish quroli bilan tenglashtirishga
harakat qiladilar H.Marr). Albatta, bunday g‘aliz g‘oya bilan qo‘shilish qiyin. Ishlab chiqarish
quroli mahsulot yetishtiradi va u o‘zining ma‘lum bir shakliy ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Til esa,
hech narsa ishlab chiqmaydi, u jism tarzidagi shakliy ko‘rinishga ham ega emas; uning
strukturasi va sistemasi mavjud, xolos. Ana shu sistema belgilari orqali kishilar o‘zaro fikr
almashadilar. Bu esa til bilan tafakkur haqida mulohaza yuritishga undaydi. Albatta, til bilan
tafakkur munosabati o‘ta uzviydir. Lekin ular mushtarak hodisalar emas. Buni quyidagilarda
ko‘ramiz: Til jamiyatning yutug‘i bo‘lib, u asrlar davomida sayqal topadi va asrlar davomida
yashaydi. [1, 53.].

Jamiyatning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan tilning bir butunligiga asoslanib, uni tirik

organizmga o‘xshatish noto‘g‘ridir. Til o‘zining tuzilishi bilan, ayrim unsurlarining o‘zaro
munosabati bilan butun bir tizimni tashkil etadi. Til hayotiy bo‘lishi uchun shu tildan
foydalanadigan jamiyat zarur bo‘ladi.

Tilshunoslikning vujudga kelishida antik davridagi yunon-rim faylasuflarining o‘rni


background image

42

beqiyosdir. Qadimgi yunonlarda til nazariyasi falsafaning bir bo‘lagi dеb qaralgan. Tarixchi va
yunon ritorikasi professori Demosfen barcha texnikalarni o‘zlashtirgani sababli tarixdagi
buyuk notiqlardan biri deb tan olingan.

Dеmоkrit so‘z va prеdmеt o‘rtasida mоslik yo‘q, balki o‘rganish, оdat mavjud dеydi.
U bunga asоs qilib quyidagilarni aytadi:
1. Ko‘pgina so‘zlar bir nеcha ma’nоlariga ega.
2. Ko‘pgina tushunchalar bir nеcha nоmlariga ega.
3. Bir so‘z ikkinchi so‘z bilan almashtirilishi mumkin.
4. Ko‘pgina tushunchalarni so‘z bilan ifоda qilib bo‘lmaydi.
Dastlabki davrlarda yunon adabiyoti og‘zaki “iste’mol qilish” uchun mo‘ljallangan va

shuning uchun kitoblarga yoki o‘quvchilarga bog‘liq bo‘lmagan. Yunonistonga alifbo
eramizdan avvalgi 800-yilda kirib kelgan bo‘lsa-da, qadimgi Yunoniston ko‘p jihatdan yozma
so‘zdan og‘zaki so‘z ustun turgan jamiyat bo‘lgan. [2, 37.].

Olam haqidagi axborotlarning katta qismi insonga til orqali yetib keladi. Inson

tushunchalar olamida yashaydi. Tushuncha esa narsani real ko‘rsatmasligi mumkin.
Tushunchalar olami aqliy, ruhiy va ijtimoiy ehtiyoj natijasida yuzaga keladi. Bu olamga
axborot so‘z orqali kiradi. Insonning jamiyatdagi yutuqlari uning so‘zdan qanday foydalana
olishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Muvaffaqiyatning sababi nutq madaniyati hamda tilning sirli
olamiga kira olish qobiliyati bilan aloqadordir. Til va madaniyatning bir-biriga munosabatini
tavsiflash jarayoni haqida turli xil fikr-mulohazalarga duch kelish tabiiy, chunki bu ikki
tushunchaning o‘zaro munosabati keng qamrovli va bir necha yillar davomida olimlarning
diqqati markazidan o‘rin olib kelmoqda. Avvalgi va hozirgi tadqiqotlar natijalarini
umumlashtirib, til va madaniyat ikkisi bir butunlikni tashkil etadi. Ular o„zaro birbirini taqazo
etadi, shuningdek, bir-birini to„ldirib keladi. O‘zbek milliy madaniyatining mashhur
vakillaridan biri, ma‘rifatparvar olim Abdulla Avloniy : “Har bir millatning o‘zligini
ko‘rsatadurg‘on oynai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo„qotmak millatning ruhini
yo‘qotmakdur”, - deb ta‘kidlaydi

Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva

esa xalqning bir guruhigagina taalluqli. Til ko‘p vazifali, hamma uchun umumiy bo‘lgan aloqa-
munosabat vositasi, sheva esa, vazifa nuqtai nazaridan chegaralangan bo‘lib, tilning nutqiy
ko‘rinishini tashkil etadi.

References:

1.

T.A.Amirova, B.A.Ol`xovikov, Yu.V.Rojdestvenskiy. Ocherki po istorii lingvistiki. M., 1975.

2.

S.Usmonov. Umumiy tilshunoslik. T., 1972.

3.

Tilshunoslikga kirish M.Irisqulov 1992 Indiana Universiteti

4.

Dadaboyev H.A tilshunoslik nazariyasi va metadologiyasi T 2004

5.

N.A.Baskakov,

A.S.Sodiqov,

A.A.Abduazizov.

Umumiy

Tilshunoslik

T.,

1979.1Tilshunoslikga kirish.Qo‟llanma Xolmonova.Z.T.T 2000
6.

Tilshunoslikga kirish .M.Irisqulov 1992 India

Bibliografik manbalar

T.A.Amirova, B.A.Ol`xovikov, Yu.V.Rojdestvenskiy. Ocherki po istorii lingvistiki. M., 1975.

S.Usmonov. Umumiy tilshunoslik. T., 1972.

Tilshunoslikga kirish M.Irisqulov 1992 Indiana Universiteti

Dadaboyev H.A tilshunoslik nazariyasi va metadologiyasi T 2004

N.A.Baskakov, A.S.Sodiqov, A.A.Abduazizov. Umumiy Tilshunoslik T., 1979.1Tilshunoslikga kirish.Qo‟llanma Xolmonova.Z.T.T 2000

Tilshunoslikga kirish .M.Irisqulov 1992 India