19
REFLEKSIVLIKNI O‘SMIR SHAXSIDA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
N.I.Xalilova
Alfraganus university “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professori,
psixologiya fanlari (DSc)
https://doi.org/10.5281/zenodo.14915841
O‘smirlik davri o‘zini o‘zi anglashning rivojlanishi uchun faol davrdir. Uning rivojlanish
vositasi esa shaxsiy refleksiyadir. O‘smir o‘zini o‘zi anglashini yangi material bilan boyitish
orqali o‘zini o‘rganishni chuqurlashtirib boradi. U o‘zining shaxs xususiyatlari, atrofdagilar
bilan munosabati, imkoniyat va intilishlari, kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib boradi.
Refleksiya kelajak va o‘tmishni bir-biri bilan bog‘laydi, bolalikdagi kattalik hayoti haqidagi
kutishlarini taqqoslab ko‘radilar. Refleksiyaning mazmunli rejasi juda keng bo‘lib, o‘smir atrof-
olamni, boshqa insonlarning o‘zini o‘zi va shaxsiy refleksiyasini tahlil qiladi. Refleksiyaning
muhim xususiyati uning boy emotsionalligidir. Tez o‘zgarayotgan tashqi ko‘rinish, o‘zini
boshqalar bilan idrok qilish, o‘quv faoliyatidagi muvaffaqiyat va qobiliyatlar doimo
refleksiyaning fokusida bo‘ladi hamda kuchli kechinmalarni vujudga keltiradi, natijada ularning
o‘zi ham refleksiyalanadi.
O‘smirlik davri refleksiyasining yana bir muhim xususiyati uning erkin
assotsiatsiyalanishidir. O‘smir o‘zining ruhiy kechinmalari va tashqi vaziyat ta’sirida turli
yo‘nalishlardan kelayotgan fikrlari bilan band bo‘ladi. Biroq, refleksiyaning markazida uning
o‘zi, ya’ni shaxsi turadi. Aynan refleksiyada o‘zini o‘zi identifikatsiyalash ehtiyojini qondiradi,
uni hammadan ko‘proq o‘zining “Men”i qiziqtiradi. O‘smir “Men”ini tushunishga harakat qiladi,
“Men kimman?” degan savolga javob topishi mazkur davrning eng asosiy muammosi
hisoblanadi.
Shubhasiz, refleksiv qobiliyatlar barcha o‘smirlarda bir xil emas. O‘smirlik davrida
refleksiyaning jadalligi va kengligi bolalikdagi oilaviy tarbiya, oilaviy an’analar, yaxshi kitoblar
o‘qish va ularni muhokama qilish, boshqa kishilarning fikrlari va kechinmalariga e’tiborli
bo‘lish, olamning yaratilishidan hayratga tushish kabi omillar ta’siri bilan bevosita
bog‘langandir. Biroq, barcha o‘smirlar uchun xos bo‘lgan xarakterli holat - ularga tabiat
tomonidan berilgan qisqa vaqt ichida o‘zini ma’naviy jihatdan yuqori darajaga ko‘tarish
imkoniyatiga egaligidir.
Ta’kidlash joizki, L.I. Bojovichning fikriga ko‘ra, bu davrda o‘zini faqatgina o‘zigagina xos
bo‘lgan, boshqalardan ajralib turuvchi sifatlarga ega shaxs sifatida anglash ehtiyojlari va
qobiliyatlari paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadigan o‘zini o‘zi anglashning yangi bosqichi yuzaga
keladi. Mazkur davr o‘smir shaxsida o‘zini o‘zi namoyon qilishi va o‘zini o‘zi tarbiyalashga
intilishi kuchayadi [2].
Shuningdek, L.I.Bojovich o‘smirlarda aynan refleksiyaning rivojlantirilishi o‘zini o‘zi
anglashning yangi bosqichga ko‘tarilishiga olib keladi deb hisoblaydi. Aytish mumkinki,
o‘smirlik davrida refleksiya shiddat bilan rivojlanadi, bu esa uning o‘zini bilish jarayonlarida
(tafakkur, xotira, diqqat va boshqalar) insonlar bilan muloqot va xulqida o‘zining shaxsiy
xususiyatlarida namoyon bo‘luvchi sifatida tadqiq etilishiga imkon beradi.
L.S.Vigotskiyning fikriga ko‘ra, refleksiya - bu o‘smir ongida o‘zi bilan ro‘y beradigan
jarayonlarning aks ettirilishidir. Refleksiya va o‘zini o‘zi anglashning yuzaga kelishini
rivojlanishi yangi tamoyilga, ya’ni psixik jarayon va xulq-atvorni ichki tartibga solishga ega
bo‘ladi. O‘smirda refleksiyaning rivojlanishi faqatgina o‘zining ichki shaxsiy o‘zgarishlari bilan
20
chegaralanib qolmay, uning yuzaga kelishi bilan o‘smir boshqa kishilarni nisbatan keng va
chuqur tushunadigan bo‘ladi [8].
Yu.M.Lineskiyning ta’kidlashicha, o‘smirlik davridagi shaxsiy refleksiya ularning erishgan
imkoniyatlari hamda rivojlangan refleksiv qobiliyatiga bog‘liq. Tadqiqot jarayonidan
ko‘zlangan asosiy maqsad o‘smirlardagi refleksiv qobiliyatini rivojlantirishni tadqiq etishdan
iborat [4].
P.P.Blonskiy ham o‘smirlik davridagi refleksiya, ya’ni o‘zini o‘zi anglash va baholash
muammosiga alohida e’tibor qaratgan bo‘lib, u muammoni tafakkurni rivojlanganlik darajasiga
bog‘lagan holda tushuntirishga harakat qilgan. Uning fikricha, o‘smirlikda tafakkurning
rivojlanib borishi o‘z xatti-harakatlari va intellektual faoliyatini nazorat qilishga o‘rganadilar
[1].
Refleksiya yordamida shaxsda o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilish tajribasi yuzaga kela
boshlaydi. Bu qadriyatli fikrlash jarayoni bilan bevosita bog‘liq sanaladi. Shuningdek, u shaxsni
tashqi shart-sharoitlarga moslashishga yordam beradi. Asosiysi psixikaning boshqa
imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlarni ham yaratib beradi. O‘smirlik
davrida shaxs o‘z olamiga sho‘ng‘ib ketishi natijasida o‘z fikrlari, hissiyotlari va xatti-
harakatlarini o‘ylashdan zavq oladi. O‘smir o‘zgalar bilan munosabat va muloqot qilish
natijasida refleksiyani amalga oshiradi. Unda atrofdagi hodisa fikrlarni qabul qilish yoki
qilmaslikka nisbatan ichki dialog yuzaga keladi. U bu kabi fikr va qarashlarni inkor etadi yoki
qabul qiladi [5].
T.Yu.Kaminskaya “Maktab o‘quvchilarida o‘zini o‘zi anglashni rivojlanishi “Men” obrazini
motivatsion komponenti” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida “Men” siymosini
rivojlanishida motivatsion komponentining roli, vaziyatni baholashni boshqarish, o‘quvchilar
ongiga shaxsiy qadriyatlarning ta’siri, o‘smirlarda maqsadni tanlash va xulq-atvor uslublari
bilan aloqadorlik masalalari tahlil qilingan. Ayniqsa, o‘smirlik davrida xulq-atvorni boshqarish
sifatlari “Men” obrazini rivojlanishida kognitiv va motivatsion komponentlarning birligi hamda
yosh xususiyatlari ajratib ko‘rsatilgan [3].
Shu o‘rinda refleksiya, o‘zini o‘zi anglash uning tarkibiy komponentlari masalasi qator
tadqiqotchi olimlar tomonidan o‘rganilgan. Xususan, N.G.Serkovnikova tomonidan “Muhitga
adaptatsiya jarayonida o‘smir axloqiy o‘zini o‘zi anglashining psixologik xususiyatlari”
mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida shaxsda axloqiy o‘zini o‘zi anglashning tarkibiy
tuzilmalari, turli muhit sharoitlarida o‘smir axloqiy o‘zini o‘zi anglashning shakllanishi va
undagi gender farqlari tadqiq qilingan. Tadqiqot ishining xarakterli jihatlaridan biri axloqiy
o‘zini o‘zi anglashni shakllanishi deviant xulq-atvorli o‘smirlar nuqtai nazaridan tahlil qilingan
[12].
Refleksiya o‘spirinning ichki dunyosi maydonini uni dinamik, jonli va dramatik tarzda
qilinadi. Tadqiqotchi N.I.Rutkina tomonidan ilk o‘spirinlik davridagi refleksiyani o‘rganishga
bag‘ishlangan tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, 9-10 sinf o‘quvchilarining 80% ida shaxsiy
rejadagi refleksiya pozitsiyaga (maqomga) o‘tishda muloqotdagi nizoli vaziyatlar (82 %)
tekshiriluvchilarda muhim qo‘zg‘aluvchi sifatida namoyon bo‘ladi va yuqori sinf
o‘quvchilarining o‘zini o‘zi tahlil qilish ob’ektiga aylanadi [9]. Refleksiya ijtimoiy tizimda
konstruktivdir: u tashqi olamga nisbatan shaxsiy maqomni aniqlashga yordam beradi. Bu
yoshda inson o‘zining keyingi davridagi rivojlanishi orqali yoki moddiy qulaylik uchun buni
amalga oshiradi. Mazkur tanlov yoshlarning qadriyatli yo‘nalganligi, refleksiyaga nisbatan
21
qobiliyatidagi farqni aniqlaydi. Ma’naviy imkoniyatlariga ko‘ra, mazkur yosh davri refleksiyaga
nisbatan qobiliyatning rivojlanishda insonga hech narsa bermasligi mumkin. V.S. Muxinaning
ta’kidlashicha, mana shu davrni yashab turib psixologik jihatdan o‘smir bo‘lib qolishi mumkin
[6].
Refleksiyani rivojlanishi uchun senzitiv davr – o‘smirlik va o‘spirinlikdir. Kattalardagi
refleksiv qobiliyatni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda aniqlashicha, uning keyingi
rivojlanishi maxsus tashkil etilgan ta’lim jarayonini mahsuli bo‘lib, o‘smir va o‘spirinlik
davridagiga nisbatan jadal sur’atlarda kechmasligi mumkin [10]. Boshqacha qilib aytganda,
yillar o‘tishi bilan katta kishi hayotiy donoligi bilan o‘z intellektual tajribasini boyitib borishi
mumkin. Biroq, aqlning refleksiv xossalarida bu holat kuzatilmaydi, chunki refleksiyaning
avtomatik rivojlanishi mumkin emas [11]. Buning ustiga, tajribada ko‘rsatilishicha,
o‘spirinlarda aqlning refleksiv intilganligi yillar o‘tishi bilan o‘tmaslashib boradi.
Shu munosabat bilan savol tug‘iladi, o‘zi bilan o‘zi ichki dialogga ega bo‘lgan bunday ajoyib
qobiliyatni saqlab qolish va rivojlantirish uchun nima qilish kerak? Nafaqat sog‘lom fikr, balki
tadqiqot natijalari shuni tasdiqlaydiki, refleksiyaning inson ongida mavjud bo‘lishini yagona
usuli – madaniy boylik, mantiqiy fikrlarga to‘liq muhitdir. Ta’kidlashicha, refleksiyaning
progressiv o‘zgarishi inson ongining “o‘ziga yo‘nalganligini” aks ettirishini doimiy barqaror va
maqsadga muvofiqligini mustahkamlashdir [7].
O‘smir shaxsida refleksivlikni rivojlanishi ulardagi muloqot malakalarini rivojlanganligi
bilan taqozolanadi. Ayniqsa, o‘smirlik davrida o‘z-o‘ziga yo‘nalganlikni tarkib topganligi ularda
boshqa insonlar, faoliyatlariga nisbatan imkoniyatlarini cheklanishlariga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Блонский П.П. Психология и педагогика. Избранные труды 2-изд. стер. - Москва
2.
Божович Л.И. Этапы формирования личности в онтогенезе // Вопросы психологии
1979, №4
3.
Каминская Т.Ю. Роль мотивационного компонента образа-я в развития
самосознания школьников Автореф.кан.псих. Москва-2010. 29 с
4.
Линецкий Ю.М. Развития личностной рефлексии в подростковом возрасте М.: -
2004
5.
Мудрик А.В. Время поисков и решений, или старшеклассникам о них самих.- М.,1989
6.
Мухина В.С. Возрастная психология: феноменология, развития, детство отрочество
М.: Изд – во Академия 1997
7.
Найденов М.М. Групповая рефлексия в решении творческих задач при различной
степени готовности к интеллектуальному Автореф. канд. психол.наук. Киев 1989
8.
Поливанова К.Н. Психологическое содержание подросткого возраста // Вопросы
психологии. – 2010. – N1. С 20-33
9.
Руткина Н.И. Личностная рефлексия в подросковом возрасте: Автореф дис. канд.
психол. наук. – М. 1983
10.
Тульвисте Т.К. О детерминации рефлексии в вербальном мышлении
Дист.канд.психол.наук М. 1985
11.
Холодная М.А. Психология интеллекта Парадоксы исследования – 2 ое изд.,
22
переролб и доп. – СПб.: Питер 2002
12.
Церковникова Н.Г. Психологические особенности нравственного самосознания
подростка в процессе средовой адаптации автореферат дисс канд. Екатеринбург-2004.
23 с