Авторы

  • Shaxlo Valiyeva
    Namangan Davlat Universiteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi oʻqituvchisi, 2-bosqich doktarant.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.69374

Ключевые слова:

boshlangʻich sinflar mediakompetentlik didaktik ta’lim animatsiyalar interfaol component raqamli samara dars jarayoni.

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tili oʻqitishda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining mediakompetentligini rivоjlantirishning pedagogik xususiyatlari koʻrsatib berilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, samarali usullardan namunalar berilgan.


background image

4

TA’LIM VA MEDIA: XXI ASR, BOSHLANGʻICH TA’LIMDA INGLIZ TILINI

OʻQITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR VA MEDIA TEXNOLOGIYALAR

Valiyeva Shaxlo Akmalovna

Namangan Davlat Universiteti

Fakultetlararo chet tillar kafedrasi oʻqituvchisi, 2-bosqich doktarant.

shahlovaliyeva13@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14915804

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ingliz tili oʻqitishda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining

mediakompetentligini rivоjlantirishning pedagogik xususiyatlari koʻrsatib berilgan.
Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, samarali usullardan namunalar berilgan.

Kalit soʻzlar:

boshlangʻich sinflar, mediakompetentlik didaktik ta’lim animatsiyalar,

interfaol, component, raqamli, samara, dars jarayoni.

EDUCATION AND MEDIA: 21ST CENTURY, INNOVATIVE APPROACHES AND

MEDIA TECHNOLOGIES IN TEACHING ENGLISH IN PRIMARY EDUCATION

Valiyeva Shakhlo Akmalovna

Namangan State University

department of Department of foreign languages Inter-Faculty

teacher,2

nd

year student of PhD

Annotation:

This article presents the pedagogical features of developing media

competence of primary students in english language teaching. it also provides examples of
modern pedagogical approaches and effective methods.

Key words and expressions:

components, tendency,

media textbook, interactivity,

didactic study, primary school, lesson process, animation.

Kirish.

Intellektual asr deb nom olgan XXI asrning kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarga

xos xarakterli xuxusiyatlari juda koʻp boʻlib, bugungi kun yoshlari qobiliyat, zehn va tirishqoqlik
jihatdan juda yuqori koʻrsatkichlarni qayd etmoqda. Xususan,ular juda erta yoshlaridanoq
innetektual imkoniyatlaridan foydalanishga harakat qilishmoqda ,shu bilan birga oʻzlariga kata
e’tibor talab qilishmoqdaki,buning natijasi oʻlaroq ular tezroq atrofdagi tashqi oʻrab turgan
olamni tzerqo anglashga urinmoqdalar.Bugungi zamon maktab yoshidagi oʻquvchilarning
oʻtgan asr yoshlaridan eng kata farqi shundaki –ular oʻta yuqori darajada faol va
ta’sirchan.Buning natijasida esa ular tez toliqib boladigan va diqqat e’tiborini bir joyga qaratib
,aniq bir maqsad ustida uzoq vaqt tura olmaydigan boʻlib qolishgan. Bugungi zamon bolalari
tugʻma kuchli zehn va idrok egalari boʻlib, ular yangiliklar olishga juda chanqoq.

Atrofda sodir boʻlayotgan axborotgalarga oʻchlik; oynai jahon va kompyuter qarshisida

uzoq vaqt oʻtirishi, ularni njiq va jahldor qilib qoʻymoqda. Ma’lumki, pedagogic tehnologiyalar,
ta’lim tarbiya jarayonini eng ilgʻor vositalari; metodlar, texnik vositalar, usullalrga tayangan
holda takomillashtirish tizimi demakdir. Bu esa avvalo oʻqituvchi tarafidan yaratiladi.va u oʻz
navbatida ta’lim tarbiya bosqichlarini oʻzaro bogʻlsh uchun xizmat qiladi. Bu tizimning
mazmuni esa quyidagilarni jamlaydi: mazmun va vazifalar; maqsadni avvaldan belgilab olish;
ta’lim tarbiya shakllari va vositalarini tayyorlash; oʻquvchi yoshlarda rivojlantirishni maqsad
qiluvchi ma’naviy sifatlarni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan darslarni rejalashtirish. Agar
ta’limning barcha boʻgʻinlari shu yoʻsinda tashkil etilsa u oʻquvchi yoshlarga chuqur va asosli
bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga oʻrgtadi.


background image

5

Ta’lim tizimida pedagogic texnologiyalarning asosiy mohiyati shuki; oʻaquvchilarni fanga

qiziqtirib oʻqitish va shuningdek, bilimlarni toʻliq oʻzlashtirishga erishish. Ta’lim jarayonida
berilayotgan bilimlarni oʻquvchilarning asosiy qismini mukammal oʻzlashtirilishi pedagogik
texnologiya qoʻllashning bosh maqsadi boʻlib xizmat qiladi.

Pedagogik texnologiyalarning asosini ta’lim tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga

mamlakatimiz rivojlanishining oʻziga hos xususiyatlari, tarixiy taraqqiyot tajribalari tashkil
etadi. Bugungi kun oʻquvchilarining uzoq muddatli xotirasi qisqa muddatli xotirasiga nisbatan
mustahkamroqdir. Bu kabi layoqat esa kompyuter texnologiyalari asridagi bolalarga eng jadal
sur’atdagi axborot oqimidan qolib ketmasliklari va ulkan miqdordagi axborotlarni tezkor qabul
qilib uni soniyalar ichida qayta ishlashlari uchun hadya qilingan. Boshlangʻich sinf
oʻquvchilariga nazar soladigan boʻlsak, 1-2-sinf oʻquvchilari til qoidalarini bilmasalarda ulardan
foydalana olishadi; xato qilib qoʻyishdan qoʻrqmaydilar. Shuningdek, ularda yuz ifodalari va qoʻl
harakatlarini toʻgʻri talqin qila olish qobiliyatlari shakllangan boʻladi. 3-4-sinflarni 1-2-
sinflardan quyidagicha farqlaymiz; uchinchi va toʻrtinchi sinf oʻquvchilari nisbatan psixologik
va fiziologik yetukroq boʻladilar. Shuningdek koʻproq yolgʻiz oʻynashni yoqtiruvchi va
narsalarini boshqalarga berishni hoxlamaydigan birinchi va ikkinchi sinf oʻquvchilaridan farqli
uchinchi va toʻrtinchi sinf oʻquvchilari guruh boʻlib oʻynashni yaxshi koʻrishadi va endi ularda
faqat oʻzini deyish ancha yoʻqolishni boshlaydi. Yana bir e’tiborli tarafi shundaki olti yeti yoshli
bolalar ma’lumotlar ma’nosini tushunmasalarda, ularni oʻz-oʻzidan yodlab oladilar.

Yuqoridagi fikrlarni e’tiborga olgan holda boshlangʻich sinflarda oʻquvchilarga chet tilini

oʻrgatayotganda avvalo grammatikani tushuntirishdan boshlamaslik kerak. Agar bunday holat
sodir etiladigan boʻlsa oʻquvchilar boshidanoq charchab qolishlariga va shu bilan birga til
oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqlarini kamaytirishiga sababchi boʻlinadi.

Barcha fanlar qatori chet tilini, ayniqsa, boshlangʻich sinflarda oʻqitish katta mas’uliyatni

va qiyin jarayondir. Bu jihatlarini hisobga oladigan boʻlsak ,boshlangʻich sinflarda Ingliz tilini
qiziqarli va sermazmun oʻrgatish uchun quyidagi bir nechta innovatsion metodlardan
foydalanish mumkin: koʻz bilan koʻrib yodda saqlash – bunda koʻp sonli oʻquvchilar koʻrgan
buyumlarini eshitgan ma’lumotlaridan koʻra koʻproq esda saqlab qolishadi.Shuning uchun dars
jarayonida rang-barang koʻrgazmali qurollardan ,suratlar,kundalik hayotimizda eng koʻp
qoʻllaydigan narsa buyumlarga oʻrgatilayotgan yangi soʻzlarni yozib oʻrgatish va ular
ishtirokida turli xila gaplar tuzish kerak. Buning natijasida har kuni ishlatayotgan bu
buyumlarga doim koʻzga tushib turgani va qoʻllanganligi uchun, ular beixtiyor oʻrganib olishadi

Navbatdagi uslubda esa yodda saqlanishi va tushunishi qiyin boʻlgan soʻzlarni qoʻshiq va

she’rlar orqali kuylab oʻrgatish uslubi boʻlib, bu juda samarali hisoblanadi va soʻzimizning isboti
oʻlaroq, Ingliz tilida Alifboni qoʻshiq qilib oʻrganishni yodalashdan koʻra samaraliroq ekanini
koʻrsata olamiz. Soʻnggi uslubimiz esa oʻzaro raqobat boʻlib, grammatika va soʻz boyligini
oʻstirishga yordam beruvchi oʻyinlarni oʻz ichiga oladi. Bu jarayonda oʻquvchilar dars
jarayonida oʻqituvchi bergan rang-barang topshiriqlarni bajaradi va natijada oʻquvchilar
oʻrtasida raqobat paydo boʻladi. Natijada oʻquvchilarda darsga boʻlgan til oʻrganishga boʻlgan
qiziqish yanada ortadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Mashxur Xitoy faylasufi insonning barcha qiziqishlari raqaobat orqali vujudga kelishini

bir necha bor ta’kidlab oʻtgan. Galdagi uslubimiz aralash metod boʻlib bu jaryonda bir nechta
texnikalarni beixtiyor birlashtirib olib boriladi. Bunda oʻquvchilar bir vaqtning oʻzida ham


background image

6

oʻyin oʻynab rasm chizishlari, qoʻshiq aytib turli harakatlar bilan oʻrganilgan soʻzlarni koʻrsatib
berishlari mumkin. Texnikaning eng afzal jihati ham uning rang -barangligida. Oʻqituvchi bu
orqali birgina narsa bilan cheklanib qolmaydi.Shuningdek multfilimlar va turli xil qiziqarli
oʻyinlar orqali ingliz tilini oʻrgatish ham mislsiz natijalar beradi[1.76].

Soʻnggi paytlarda biz media degan soʻzga koʻp bora duch kelib qolyapmiz. Aslida, oʻzi

media nima, nima maqsadlarda foydalanilyapti, uning foydali zararli taraflari nimalardan
iborat ekanligini keling bir koʻrib chiqaylik, bunda albatta manbalarga murojaat qilamiz. Media
bu-biz uchun ma’lum oʻsha videolar, audiolar, taqdimotlar, matn koʻrinishidagi axborotlarni
tarqatish mumkin boʻlgan barcha qurilmalarni oʻz ichiga oladi.

Media atamasi ilk bor Toronto aloqa nazariyasi maktabining asosiy atamasi sifatida paydo

boʻlgan boʻlib, lotin tilida medium soʻzining koʻplik shakli boʻlib, “oʻrta” yoki “vositachi” degan
ma’nolarni bildiradi. Zamonaviy asrimizda aloqa vositalari juda keng tushuncha boʻlib,axborot
koʻrinishidagi xabarlarni insonlarga ma’lum bir koʻrinishda yetkazish uchun xizmat qila
oladigan texnologik vositalar va aloqa usullarining barcha majmuini qamrab oladi.

Shuningdek, biz media matn, ommaviy axborot vositalari, media-makon, media-

kompetentsiya, media-ma'lumotlar, media-xabar, mediaga bogʻliqlik, yangi ommaviy axborot
vositalari, muqobil ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy media kabi shunga oʻxshash atamalarni
ham uchratishimiz mumkin.

Media shu qadar keng qamrovli soʻz boʻlib, u barcha aloqa kanallarini; eng kichik bozma

qogʻozdan toki raqamli ma’lumotlargacha boʻlgan ulkan ma’nolarni oʻzida aks ettiradi.
Zamonaviy til bilan aytadigan boʻlsak, ommaviy axborot vositalari yangiliklari, san’at ta’lim
mazmuni va insonlarga yetib borishi yoki ta’sir eta olishi mumkin boʻlgan har qanday turdagi
axborot; jumladan, televizor, radio, kitoblar va jurnallar, internet mediani bir koʻrinishidir.

Tarixiy ma’nosini olib qaraydigan boʻlsak “media” soʻzi XVI asrda ikki dunyoni Ingliz tilida

paydo boʻlishining sababi moddoy va ma’naviy dunyo orasida bir-biriga bogʻlovchi boʻlib
xizmat qiladigan insonlarni belgilashdan iborat edi. Oradan bir asr oʻtib bu tushuncha falsafa
tiliga koʻchib oʻtdi va uni endi jamiyatda kezib yuruvchi axborotlarga ta’sir etuvchi va yangi
ijtimoiy ma’nolarni shakllantiruvchi muhit tarzida talqin etildi. XVIII asrdan buyon media
tushunchasi qoʻllanila boshlandi va bizning birgina haqiqiy chegaramiz-efir, boshqacha soʻz
bilan aytganda: ommaviy axborot vositalaridir. Mislsiz kengayib borayotgan ommaviy axborot
vositalari chinakamiga yashash joyiga aylanib ulgurdi. Cove Marshall McLuhan shunday
ta’kidlaydi: Bu ajralmas oʻz-oʻzini tashkil etuvchi modda boʻlib, qon tomirlari kabi butun
ijtimoiy organizmni, hayotimizning barcha jabhalarini qamrab oladi, u endi hayotimizning
ajralmas boʻlagidir. Shuningdek ayrim vaqtlarda insonning oʻzi ommaviy axborot vositasiga
aylanadi.

Ma’lumki kompetensiya soʻzi lotinch “compote” soʻzidan olingan boʻlib (erishaman,

loyiqman, mos kelaman ma’nosini anglatadi)-kishilar tomonidan egallangan ma’lum bir bilim,
koʻnikma va malakalar majmuasini bildiradi. Kompetensiya tushunchasi yangi tushuncha
boʻlib, 1960-yillar yakuni, 1970-yllar boshlaridan keng koʻlamda qoʻllanila boshladi.
Kompetnsiya-muayyan sohada samarali faoliyat olib borish uchun kerak boʻladigan kadrning
ta’limiy tayyorgarligiga qaratilgan talab demakdir. Kompatensiya davlat tasarrufida boʻlgan,
avvaldan belgilangan ma’lum ijtimoiy talab boʻlib, oʻquvchilarning ma’lum sahada samarali
faoliyat yuritishi uchun kerak boʻladigan ta’limiy tayyorgarlik darajasiga nisbatan qoʻyiladi.
Kompetensiyalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan ta’lim-oʻquvchilarga egallagan bilimi,


background image

7

koʻnikmasi va malakalarini oʻzining shaxsiy va kasbiy, shuningdek ijtimoiy faoliyatlarida amaliy
foydlana olish imkonini beradi.

Kompetensiyaviy yondashuvga aylangan ta’limning eng kata yutugʻi bu-oʻquvchilarda

mustaqillik, jamiyatda faol oʻrinni egallsh, tashabbuskorlik, mediamanbalardan oʻz faoliyatida
oqilona foydalanish, ongli ravishda kasb-hunar tanlab olish, sogʻlom raqobat va shu bilan birga
butunmadaniy koʻnikmalarni hosil qiladi. Qolaversa, har bir oʻquv fanini ta’limtizimida
oʻzgartirish jarayonida oʻquvchilarda, shu fanning oʻziga xos jihatlari, mazmunidan kelib
chiqqan holda esa, shu sohaga tegishli muqobil kompetensiyalar ham shakllantirilib boriladi.

Tahlil va natijalar.

Kompetensiyaviy yopndashar ekanmiz hozirgi zamon jamiyatimiz va

ta’limning asosiy sharti kompetentlikni shakllantirishni talab etadi. Bunday talabni talabni esa
bevosita oʻqituvchi va pedagoglarga ham tegishlidir. Bugungi rivojlanayotgan dunyo ta’limini
yanada yangilashning eng muhim yoʻnalishi ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuv
orqali real hayotni butun dunyoni, kasbiy faoliyatni butun tizimli koʻrish, unda uzluksiz tizimli
faoliyat olib borish, eng soʻngi muammo va topshiriqlarni qiyinchiliklarsiz hal etish tajribasini
hosil qilishdan tashkil topadi.

Ta’lim tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogikaning eng asosiy muammolaridan biri esa

– eng asosiy kompetensiyani aniqlab olish. Huddi shunday bosh kompetensiyani aniqlab olish,
dunyo pedagoglari tajribalarini oʻrganish, an’anaviy Oʻzbek pedagogikasi me’yorlaridan kelib
chiqadigan boʻlsak, bu sohada fikrlar juda xilma xil boʻlib, hali ham oʻz yechimini topmagan
masalalar koʻplab topiladi.

Koʻplab izlanishar natijasi oʻlaroq, mediata’lim oʻquvchini erkin fikrlashga, ijodkorligini

yanada oshirishga axborotlarni qabul qilish, ularni qayta ishlash, jamlash va yakuniy xulosa
chiqarishga oʻrgatadi. Ta’lim berish jarayonida oʻqituvchilar qay darajada mediata’limga e’tibor
brib oʻquvchilarga bilim berish yoʻlida samarali foydalanishsa, albatta, yosh avlodning
dunyoqarashini boyitishga, intelektual salohiyatini shu darajada rivojlanishiga yordam beradi.
Zamonaviy dunyoyimizda mediata’lim rivojlanish jarayoni deb ta’rif berilsa ayni haqiqatni
ta’riflagan boʻlamiz. Biz bilamizki, ommaviy axborot vositalari oʻzaro munosabat madaniyatini
shakllantirishga yoʻnaltirilgan, uning yordamida insonlar ijodiy, tanqidiy fikrlash, idrok etish va
talqin etish, media matnlarni esa tahlil eta olish, ularni baholash va shuningdek, oʻzini oʻzi erkin
ifoda qila olishning turli shakllarini oʻrganadi.

Mediata’limning asosiy maqsadi mediasavodxonlikni shakllantirishdan iborat, chunki

savodxonlikning aynan shu turi insonlarga axborot maydonida televideniye, radio dasturlari,
video materiallari, matbuot va internet orqali kirib kelayotgan media-madaniyatning tilini
tushunishga, axborotlarni toʻgʻri tahlil etish orqali qabul qilishga va ulardan keng va faol
foydalanish uchun yordam beradi. Media savodxon odam jamiyatdagi median tahlil eta olish va
baho berish qobiliyatiga egadir.

Media kompetentlik-bu insonlarga turli shakllarda kelayotgan media matnlarni tanlash,

foydalanish, tahlil qilish, ularni baholash, yaratish va uzatishga tayyor ekanligini namoyon
etadigan sifatlari, turlari va shakllari, jamiyatdagi ommaviy axborot vositalari faoliyatining
jamiki jarayonlarini tahlil etishdir. Bu tushuncha juda koʻp qirraki va keng qamrovli boʻlib, bir
vaqtda u bilimni ham, faoliyat usullarini ham, shaxsiy xususiyatlarini ham ifodalaydi. Ilmiy
sohalarga nazar solar ekanmiz, media kompetentlik ham ilmiy soha ham fanlar aro
xususiyatlarga egadir. Mediakompetentlikning oʻziga hos vazifalari juda koʻp boʻlib, buning
sababi uni oʻrganish bir vaqtning oʻzida ham kasbiy, ham ijtimoiy va kundalik hayotimizdagi


background image

8

eng dolzarb vazifalardir.

Mediakompetentlik media-ta’lim doirasida vijudga kelgan ikki tushuncha media-

savodxonlik va media-madaniyatga asoslanadi. Ayrim hollarda mediakompetensiya
mediasavodxonikning sinonimi tarzida tushuniladi: ya’nikim yetib kelayotgan xabarlardan
foydalanish, ularni tahlil qilish va erkin muloqot qilish qobiliyati shakllaridir. Ayni paytda jahon
pedagogikasida bu atama allaqachon faollik bilan foydalanib kelinmoqda. Eng avvalo
oʻquvchilarning mediakompetentligini paydo qilish uchun, oʻqituvchi ham matbuotga oid
malaka va koʻnikmalarga ega boʻlishi va barcha yoshdagi oʻquvchilarga mediata’lim bilimini
berishi lozim.

Munozara.

Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi insonlarning ommaviy

axborot vositalaridan foydalanish usullarni tubdan oʻzgartirib yubordi. Mediasavodxonlik
bugungi kunda dolzarb masala darajasiga yetib chiqdi, buning sabablaridab biri esa avvalo
ommaviy axborot vositalarining eng irinchi galda onlayn shaklda yaratilishi va qabul
qilinishidir. Ta’lim jarayonida oʻquvchilarni axborotni aqlan istemol qilishlari uchun eng kerakli
koʻnikmalarni ularga oʻrgatib, kelayotgan yangiliklarni baholay olish, xavfsiz raqamli
suhbatlarda ishtirok etish qobiliyatini shakllantirishga mediakompetentlik yordam beradi.
Agar oʻqituvchi yordami boʻlmasa oʻquvchilar qaysi axborot va qaysi manbalar ishonchli
ekanligini qanday bilib olishadi? Ular tinimsiz Youtube tomosha qilmoqda, yangiliklarni
oʻqimoqda, tasvirlarni kuzatmoqda va ular bu axborotlarning haqiqiy yoki soxta ekanligini
ajratish uchun koʻnikmaga muhtoj boʻlib borishmioqda. Oʻquvchilarning ommaviy axborot
vositalarini tahlil qilishga va savol berishni oʻrgatish kerak: ularda muallif kim, maqsadi nima?

Boshqa insonlar bu habarlarni qanday talqin qilishmoqda? Ularning asosi bormi, manbasi

berilganmi, Grammatik va imloviy xatolari bormi? Media ta’lim berish natijasida
mediasavodxonlik oʻquvchilarga faqatgina zamonaviy axborot bilan tanishish, yangiliklarni
osonlik bilan tanqidiy qabul qilish bilan chegaralanib qolmaydi. Endi oʻquvchilar tez va
qiyinchiliklarsiz saytlarga kirish, axborotlardan foydalanish va shu kabi bir nechta vazifalarni
bajara olishmoqda [4.89].

Obyektning tasvirini haqiqatning oʻzidan kam emasligini aytib oʻtadi. Eng soʻnggi

ma’lumotlarga koʻra internet orqali tarqatilayotgan axborotlarning deyarli yarmi zoʻravonlik
yozvuzlik, qolgani esa axloqsizlikni targʻibotiga xizmat qilmoqda, chorak qism axborot esa
yolgʻon uydurma, uchdan bir qismi esa umuman haqiqatdan batamom yiroq ma’lumotlardir. Bu
esa oʻquvchi yoshlar ongiga buzgʻunchi gʻoyalar, zararli odat va koʻnikmalar ,milliy urf
odatimizga zid axborortlarni olib kirib zarar yetkazmoqda. Medianing shu kabi salbiy tomonlari
juda koʻp. Yurtimiz aholisi oʻttiz olti milliondan oshirib borayotgan bir paytda ,Oʻzbekistonda
media foydalanuvchilari soni soat sayin ortib bormoqda. Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining bergan soʻnggi ma’lumotlariga koʻra, Internet
foydalanuvchilari ayni paytda yigirma ikki million kishiga yetgan, ularning oʻn toʻqqiz millioni
esa telefon orqali muloqot qilmoqdalar [5.243].

XULOSA

Ayni paytda respublikamizning koʻp sonli ta’lim muassasalarida mediasavodxonlik dars

sifatida oʻqitilib kelinmoqda: Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston jurnalistika va
ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Qarshi
davlat universiteti, Oʻzbekiston davlat Jahon tillari universiteti, Samarqand davlat chet tillari
universitetlarini jurnalistika va boshqa bir qancha yoʻnalishlarida mediasavodxonlik va


background image

9

axborot madaniyati fan sifatida oʻqitilib kelinmoqda [6/87].

Chet tili oʻqitishning qay darajada keng imkoniyatlar berishi haqida toʻliq ma’lumot berib,

oʻquvchilarni qiziqtirish lozim. Ammo oʻquvchilar, ayniqsa, boshlangʻich sinf oʻquvchilari
bosimning hech qanday turiga chiday olmaydi va albatta qarshilik koʻrsatadi. Oʻquvchilarga
chet tilini bilish dunyo boʻylab sayohat, istalgan xorijiy davlatlarda ta’lim olish imkonini berishi
haqida toʻgʻri tushuncha berilsa, ularda tilni bilishga xohish payda boʻladi. Boshlangʻich
sinflarda Ingliz tilini oʻrganishquyidagi keltirilgan natijalarni beradi:

1.Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarga muloqot qilish qobilyatini shakllantiradi. Shu

bilan birga suhbatdoshini tinglash, suhbat qilish va uni qoʻllab quvatlash qobilyatini hosil qiladi.

2.Oʻquvchilarning shakllanishiga xususan kitoblar bilan, ma’lumotlar bilan ishlash

qobiliyatini hosil qiladi.

3.Axborot texnologiyalaridan keng va samarali foydalanishga yordam beradi.
Eng avvalo, Ingliz tili qoidalarini ularga kutilmaganda aytish kerak, shunda oʻquvchilar

oʻzlari uchun umuman yangi vaziyatdan qanday chiqishni oʻrganishadi. Bu esa boshlangʻich
sinflarda Ingliz tilini oʻqitishning muhim vazifasi boʻlgan oʻquvchilarning hissiy va ijtimoiy
rivojlamtiruvchi vazifasidir. Qolaversa bu davrda darslarni juftlik guruh boʻlib ishlarsiz tashkil
etilmasa boʻlmaydi. Bu esa oʻzaro bir-birini fikrini hurmat qilish, hamkorlik va bagʻrikenglik,
munozaralar olib borish nizoli holatlardan chiqish-ya’ni muloqot koʻnikmalarini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Vaholanki ayni shu yoshdagi oʻquvchilar bilan ishlayotgan
oʻqituvchilar yoshi kichik ammo allaqachon shaxs boʻlib qolgan oʻquvchilar bilan
ishlayotganliklarini doim yodda tutishlari kerak[7/67].

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Jalolov J.J. Ingliz til oʻqitish metodikasi: Chet tillar oliy oʻquv yurtlari (fakultetlari)

talabalari uchun darslik. – T.: Oʻqituvchi, 2012. – 432 b.
2.

Гальскова Н.Д., Никитенко З.Н. Теория и практика обучения иностранным языкам.

Начальная школа: Методическое пособие. – М.: Айрисс-пресс, 2004. – 240 с.
3.

Oʻzbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining Davlat ta’lim standartlari. – Xalq

ta’limi. – № 4. – 2013. – B. 4-32. .
4.

Zhilavskaya, I. V. (2009).

Mediaobrazovanie molodezhnoj auditorii

[Media education for

youth audience]. Tomsk: TIIT (in Russian) [Жилавская, И. В. (2009).

Медиаобразование

молодежной аудитории

. Томск: ТИИТ]

5.

Borchers, J.O. (1999) "Electronic Books: Definition, Genres, Interaction Design

Patterns".

Conference on Human Factors in Computing Systems, CHI99 Workshop: Designing

Electronic Books,

Pittsburgh, May

6.

Bostock, S. (1998)

Courseware Engineering - an overview of the courseware development

process

. University of Keele

7.

Sh.Valiyeva “

Requirements for the structure, content and design of multimedia electronic

textbooks

” Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA issue 04, volume 96 published April

30, 2021

8.

NAMLE: Core Principles of Media Literacy Education in the United States //

http://www.namle.net/core-principles/namle-cpmle-w-questions.pdf (дата обращения:
06.09.2018).

Библиографические ссылки

Jalolov J.J. Ingliz til oʻqitish metodikasi: Chet tillar oliy oʻquv yurtlari (fakultetlari) talabalari uchun darslik. – T.: Oʻqituvchi, 2012. – 432 b.

Гальскова Н.Д., Никитенко З.Н. Теория и практика обучения иностранным языкам. Начальная школа: Методическое пособие. – М.: Айрисс-пресс, 2004. – 240 с.

Oʻzbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining Davlat ta’lim standartlari. – Xalq ta’limi. – № 4. – 2013. – B. 4-32. .

Zhilavskaya, I. V. (2009). Mediaobrazovanie molodezhnoj auditorii [Media education for youth audience]. Tomsk: TIIT (in Russian) [Жилавская, И. В. (2009). Медиаобразование молодежной аудитории. Томск: ТИИТ]

Borchers, J.O. (1999) "Electronic Books: Definition, Genres, Interaction Design Patterns". Conference on Human Factors in Computing Systems, CHI99 Workshop: Designing Electronic Books, Pittsburgh, May

Bostock, S. (1998) Courseware Engineering - an overview of the courseware development process. University of Keele

Sh.Valiyeva “Requirements for the structure, content and design of multimedia electronic textbooks” Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA issue 04, volume 96 published April 30, 2021

NAMLE: Core Principles of Media Literacy Education in the United States // http://www.namle.net/core-principles/namle-cpmle-w-questions.pdf (дата обращения: 06.09.2018).