O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA TIL VA NUTQ HODISALARINING O‘RGANILISHI

Annotasiya

Til va nutq, dialektikasida til o‘ziga xos murakkab tuzilishga (strukturaga) ega bo‘lgan bir butun sistema sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Til “tashqi” jihatdan ham moddiy, ham psixik hodisa. Uning moddiyligi – tovush materiyasi bo‘lsa, psixik hodisaligi xotirada saqlanish xususiyatidir. Tilning ijtimoiy vazifasi moddiylikda ko‘rinadi. Tildagi moddiylik so‘z, so‘z birikmasi va morfemalarning tovush materiyasiga o‘ralganligida namoyon bo‘ladi. Xuddi shu xususiyat tildan ijtimoiy maqsadda foydalanish imkoniyatini beradi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
137-141
75

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Rajabova , I. . (2025). O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA TIL VA NUTQ HODISALARINING O‘RGANILISHI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(4), 137–141. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/73039
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Til va nutq, dialektikasida til o‘ziga xos murakkab tuzilishga (strukturaga) ega bo‘lgan bir butun sistema sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Til “tashqi” jihatdan ham moddiy, ham psixik hodisa. Uning moddiyligi – tovush materiyasi bo‘lsa, psixik hodisaligi xotirada saqlanish xususiyatidir. Tilning ijtimoiy vazifasi moddiylikda ko‘rinadi. Tildagi moddiylik so‘z, so‘z birikmasi va morfemalarning tovush materiyasiga o‘ralganligida namoyon bo‘ladi. Xuddi shu xususiyat tildan ijtimoiy maqsadda foydalanish imkoniyatini beradi.


background image

137

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA TIL VA NUTQ HODISALARINING O‘RGANILISHI

Rajabova Irodaxon Shokir qizi

Axborot texnologiyalari va menejment

universiteti 1-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15037261

Annotatsiya

Til va nutq, dialektikasida til o‘ziga xos murakkab tuzilishga (strukturaga) ega bo‘lgan

bir butun sistema sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Til “tashqi” jihatdan ham moddiy, ham psixik
hodisa. Uning moddiyligi – tovush materiyasi bo‘lsa, psixik hodisaligi xotirada saqlanish
xususiyatidir. Tilning ijtimoiy vazifasi moddiylikda ko‘rinadi. Tildagi moddiylik so‘z, so‘z
birikmasi va morfemalarning tovush materiyasiga o‘ralganligida namoyon bo‘ladi. Xuddi shu
xususiyat tildan ijtimoiy maqsadda foydalanish imkoniyatini beradi.

Kalit so‘zlar:

til, nutq, o‘zbek tili, tafakkur, Sistema, faoliyat, lison, jamiyat.

ИЗУЧЕНИЕ ЯЗЫКОВЫХ И РЕЧЕВЫХ ЯВЛЕНИЙ В УЗБЕКСКОЙ

ЛИНГВИСТИКЕ

Аннотация

Язык и речь, в своей диалектике, язык функционирует как целостная система со

своей сложной структурой (структурой). Язык – это “внешнее” явление, как
материальное, так и психическое. В то время как его материальность – звуковая
материя, его психическая феноменальность-это свойство сохраняться в памяти.
Социальная функция языка проявляется в материальности. Материальность языка
проявляется в том, что слово, словосочетание и морфемы заключены в звуковую
материю. Эта же особенность позволяет использовать язык в социальных целях.

Ключевые слова:

язык, речь, узбекский язык, мышление, система, деятельность,

язык, общество.

THE STUDY OF LINGUISTIC AND SPEECH PHENOMENA IN UZBEK

LINGUISTICS

Annotation

Language and speech, in its dialectic, language functions as an integrated system with its

own complex structure (structure). Language is an “external” phenomenon, both material and
mental. While his materiality is sound matter, his psychic phenomenality is the property of
being preserved in memory. The social function of language is manifested in materiality. The
materiality of language is manifested in the fact that words, phrases and morphemes are
enclosed in sound matter. The same feature allows you to use the language for social
purposes.

Keywords:

language, speech, Uzbek language, thinking, system, activity, language,

society.


Kirish.

Tilshunoslik boshqa fanlardan ajratilib, o‘zicha alohida mustaqil fan sifatida

tanilgan davrlardayoq til va nutqni farqlashga e’tibor berilgan edi. Ammo fan taraqqiyoti tarixi
davomida hamma jihatdan ham til bilan nutq bir-biridan farqlanavermadi. Shuning uchun,
ko‘pincha, nutqqa xos hodisalar til hodisasi sifatida talqin qilinib kelindi.


background image

138

Til va nutq bir-biriga bog‘liq hodisalardir. Til nutq uchun moddiy material, bu material

asosida nutq tashkil topadi. Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo‘ladi. Tilda
ruhiy va moddiy material mavjud bo‘lib, so‘zning kishilar xotirasidagi obrazli ruhiy material,
nutq yaratilish jarayonida qo‘llaniladigan so‘z shakllari, morfemalar, tovushlar moddiy
material hisoblanadi. Tilning ruhiy hodisa ekanligi uning ongda saqlanishi bo‘lsa, moddiy
hodisaligi undagi til vositalari orqali belgilanadi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review).

Nutq – bu til deb ataluvchi,

o‘ta muhim vazifalarni bajaruvchi noyob quroldan foydalanish jarayoni, til birliklari
imkoniyatlarining borliq, tafakkur, ong hamda vaziyat kabi hodisalar bilan munosabatda
namoyon bo‘lishidir. Nutq harakatdagi til bo‘lib, nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo
bo‘ladi va so‘z shakllari, so’z birikmalari va gaplardan tashkil topadi. Nutq madaniyati,
madaniy gapirishga intilish tushunchasi barcha xalq tillarida qadimdan mavjud.

Til va nutq hodisalariga o‘zaro farqlab yondashishni dastlab VIII-IX asrlarda arab

tilshunosligida, keyinchalik tilning turli qirralarini uzviy tarzda birlashtirib, uni yaxlit bir
butunlik, bir sistema sifatida o‘rganuvchi (XX asrning 20-yillarida shakllangan va sistem-
struktur tilshunoslik nomi bilan mashhur bo‘lgan) tilshunoslik namoyandalari V.Gumboldt,
A.Shteyntal, Boduen de Kurtene[1] ta‘limotlarida uchratamiz.

Umumiy nazariy tilshunoslikning asoschisi, til ilmining buyuk bilimdoni yevropalik

Vilgelm fon Gumboldt til masalalariga – tilning ta’rifi muammosiga alohida jiddiy ahamiyat
bergan. Aniqrog‘i, V.fon Gumboldt tilning mohiyatini ochishda, unga asosli ilmiy ta’rif berishda
antinomiya (Antinomiya lotincha anti (qarshi) va nomos (qonun) so‘zlaridan tashkil topib,
qonundagi qarama-qarshilik ifodasini beradi) metodini (usulini) qo‘llaydi. Ya’ni u antinomiya
usuli orqali tilning mohiyatini, tabiatini ilmiy yoritib berishga harakat qiladi va bu jarayonda
til sistemasiga nisbatan bir qator antinomiyalarni qayd etadi. Bular:

1.Til va tafakkurning o‘zaro dialektik munosabati, ya’ni:
a) til va tafakkur o‘zaro ajralmas, bir butundir;
b) til va tafakkur o‘zaro “ajraluvchi”, ichki qarama-qarshilikka egadir”.

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).

Boshqacha aytganda, til

tafakkurni, fikrni ifodalash uchun xizmat qiladi. Tafakkur (fikr) til orqali yuzaga chiqadi. Tilsiz
tafakkur, tafakkursiz til yo‘q. Ayni vaqtda til (til materiali) moddiy, tafakkur esa ruhiy (psixik).
Til tashqi (shaklan), tafakkur esa ichki, til aniq (eshitish va ko‘rishga ko‘ra), tafakkur esa
mavhum, til – real, tafakkur esa – irreal.

2.Til – faoliyat, harakat, o‘zgarish, o‘zgaruvchanlik. Ayni vaqtda til faoliyat mahsuli,

turg‘un, barqaror, bunyod etilgan o‘zgarmaslikdir. Demak, til bir vaqtning o‘zida ham faoliyat,
jarayon, ham faoliyat mahsuli sifatida mavjuddir. “Aslida esa, V.Gumboldt fikricha til – faoliyat
mahsuli (ergon) emas, balki faoliyatdir (energia). Demak, til faoliyat mahsuli sifatida diaxron
(tarixiy) kategoriya bo‘lsa, til faoliyat sifatida sinxron (zamonaviy) kategoriyadir. Anig‘i, til
faoliyat sifatida nutqdir, nutq faoliyatidir, nutq jarayonida voqelanishdir. Til faoliyat mahsuli
sifatida asrlardan asrlarga o‘tib boruvchi, jamiyat taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlovchi
taraqqiyot mezonidir, muayyan tarixiy norma (me’yor)dir.

Xullas, ushbu antinomiya asosini hozirgi tilshunoslikda talqin etilayotgan lison (til) va

nutqning o‘zaro munosabati, til va nutq dialektikasi tashkil qiladi.

3. Tildagi ijtimoiylik (sotsiallik) va shaxsiylik, alohidalik (individuallik) orasidagi

antinomiya. Til individga, shaxsga tegishli bo‘lgani holda, ayni vaqtda, o‘zida ijtimoiy (sotsial)


background image

139

jarayonlarni, faktorlarni aks ettiradi, ma’lum bir jamiyat uchun umumiydir.

4. Til muayyan sistema sifatida mavjud bo‘lgani holda, ayni vaqtda, nutq faoliyatining

alohida aktlari ko‘rinishida voqelashadi.

5. Til (nutq) va nutqni tushunish antinomiyasi. Nutq va nutqni tushunish, anglash nutqiy

faoliyatning muhim, eng asosiy jihatlarini tashkil qiladi. Shunga ko‘ra jamiyat a’zolari o‘rtasida
kommunikativ jarayon amalga oshadi.

6. Til amaliyotidagi obyektiv va subyektiv jihatlar. Aytmoqchimizki, har bir inson

obyektiv ravishda jamiyat mahsuli bo‘lgan tildan, uning qonun-qoidalaridan foydalanadi.
Subyektiv ravishda esa har bir inson o‘z nutqi faoliyatida tilning taraqqiyotiga, undagi
o‘zgarishlarga, yangiliklarning yuzaga kelishiga xizmat qiladi, ta’sir ko‘rsatadi.

7. Lisoniy jarayondagi jamoaviy (kollektiv) va shaxsiy (individual) jihatlar. Tildagi

individual jihatlar shundaki, til, aniqrog‘i, nutq shaxsga - individga xos bo‘lib, alohida
shaxslarning faoliyati hisoblanadi, ya’ni nutq-indivudal, shaxsiy. Til esa ijtimoiy hodisa bo‘lib,
jamoa mahsulidir. Boshqacha aytganda, til – sotsial, ijtimoiy.

Tahlil va natijalar (Analysis аnd results).

Demak, alohida shaxslar – individlar o‘z

nutqida – nutq faoliyatida jamiyat a’zolari tomonidan yaratilgan tildan foydalanadilar, fikr
almashadilar. Lekin til bilan nutq hodisalarini va ularga xos birliklarni ilmiy va amaliy
farqlash, shu tushunchalarni batamom yangi mazmunda qo‘llash Ferdinand de Sossyur va
uning izdoshlari yaratgan ta‘limot bilan bog‘liqdir. Lison(til) va nutqning farqlanishi, tilga
tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida inqilobga teng hodisa sifatida baholandi.
Chunki bu hodisa tilshunoslikdagi mavjud qarashlarni tubdan o‘zgartirib yubordi. Tilga,
xususan, o‘zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabki yillarida lison o‘rnida til
atamasi qo‘llanilib, bu so‘z ko‘p ma‘nolilik tabiatiga ega bo‘lganligi sababli, ayrim
chalkashliklarni keltirib chiqarardi, chunki insonning nutq so‘zlash qobiliyati ham, nutqi ham
shu atama bilan yuritilar edi. Atamalarga esa, odatda, bir ma‘nolilik xosdir.

Bir qator olimlar til va nutq o‘zaro farqlanmaydi, aslida farqlanmaydigan bitta obyekt

mavjuddir, til va nutq bir narsa, desa, boshqa bir qator olimlar til va nutqni farqlash, albatta,
kerak, bular farqlanadi, degan g‘oyani ilgari suradi. Til va nutq dialektikasida til o‘ziga xos
murakkab tuzilishga (strukturaga) ega bo‘lgan bir butun sistema sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Demak, F. de Sossyur mutlaqo to‘g‘ri ta’kidlaganidek, til sistemadir. Til sistemasining bir-biri
bilan uzviy bog‘langan tovush tomoni, lug‘at tarkibi, grammatik qurilishi mavjud bo‘lib, ular
birgalikda bir butunlikni, sistemani tashkil qiladi. Tilning sistem xarakteri aslida qayd etilgan
sathlar, qatlamlar (yaruslar) bilan belgilanadi, asoslanadi. Ayni vaqtda ushbu sathlarning har
biri o‘ziga xos sistema – ichki sistema bo‘lib, til sistemasining tarkibiga kiradi. Demak, til
sistemalar sistemasi – supersistema, makrosistema sifatida jamiyatga xizmat qiladi, ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‘ladi, ijtimoiy-amaliy vazifa bajaradi.

Til va nutqqa aloqador fikrlarni Koshg‘ariy asarlarida ham ko‘rish mumkin. Koshg‘ariy

til va nutqning asosiy birligi bo‘lgan so‘zga e’tibor qaratib, leksikolog, seminolog, semisiolog ,
leksikograf sifatida to‘xtalar ekan, bunda so‘zning ma’no anglatish, bir so‘zning o‘z va ko‘chma
ma’noda kelish xususiyatiga diqqat qaratadilar. Bu haqida “Devon-u lug‘otit turk”[2]
asarlarida yetarlicha ma’lumot qoldiradilar. Navoiy bilan zamondosh Koshifiy ham
“Futuvvatnomayi sultoniy” asarida til va nutq masalasiga atroflicha e’tibor qaratib fikr va
mulohazalarini bergan. Ular shunday yozadilar. “Agar so‘z senikimi yoki sen so‘znikimi, deb
so‘rasalar aytgil: men so‘zniki va so‘z esa menikidir. Chunki so‘z insonlik daraxti mevasidir,


background image

140

mevani daraxtdan , daraxtni mevadan ajratib bo‘lmaydi” [3:75]. So‘zni farzandga qiyos etib,
yaxshi so‘zni qobil farzand atasa, nomaqbul so‘zni noqobil farzandga qiyos etadilar. Bu kabi
misollarni juda ko‘plab keltirish mumkin. Ammo til va nutq haqidagi asosiy o‘rganish ishlari
XX asr tilshunosligining — sistem tilshunoslikning bosh, asosiy mezoni til va nutq
munosabati, til va nutq hodisalarini, birliklarini farqlash bo‘ldi.

Ushbu muammo tarixiga nazar tashlasak, professor Ne’matovning ma’lumot berishicha,

til va nutq hodisalarini o‘zaro farqlash dastlab VII-IX asrlarda shakllangan arab
tilshunosligining til o‘rganish usullarida ko‘rish mumkin[4]. Ta’kidlash shart, til va nutq,
dialektik munosabati o‘zining dastlabki haqiqiy, mukammal ilmiy-nazariy yechimini
tilshunoslik fanida keskin burilish yasagan buyuk tilshunos olim Ferdinand de Sossyur
asarlarida topdi.

Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).

F. de Sossyur fikricha, til kishilik

jamiyatida bajaradigan funksiyasiga ko’ra aloqa quroli, fikrni ifodalaydigan vositadir. Ijtimoiy
tabiati jihatidan-qaralganda til madaniy-tarixiy va ijtimoiy hodisadir. Ichki tuzilishiga ko’ra til
sof belgilar sistemasidir. F. de Sossyurning ta’rificha, tilshunoslik fanining obyekti shartli
belgilar sistemasi bo‘lgan tilni o‘rganishdir. Shuning uchun ham tilshunoslik belgilarni
o‘rganadigan semiotik fanlar qatoriga kiradi. F. de Sossyurning ta’kidlashicha, insonning nutq
faoliyati ko‘p tomonlama hodisa bo‘lib, falsafa, psixologiya, fiziologiya, antropologiya,
filologiya kabi turli fanlar tomonidan o‘rganilishi lozim. Shuning uchun nutq faoliyatini
o‘rganishda F. de Sossyur ham V. fon Gumboldt kabi antinomiya metodidan foydalandi.
Tilshunoslik fanining chegarasini, predmetini aniqroq ta’riflash maqsadida F. de Sossyur til
bilan nutqni ajratib, bir-biriga qarama-qarshi qo‘ydi. Uning fikricha, til nutq faoliyatining faqat
bir tomonini tashkil etadi. Til bilan nutqning asosiy farqi - til ijtimoiy, nutq esa individual
hodisadir. Til bilan nutqning o‘zaro munosabatini F. de Sossyur quyidagi sxemada ko‘rsatadi:
(Ijtimoiy tabiati jihatidan qaralganda til madaniy-tarixiy va ijtimoiy hodisadir. Ichki tuzilishiga
ko‘ra til sof belgilar sistemasidir). Garchi, F. de Sossyur til bilan nutq o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘lanishni e’tirof etsa-da, ikkala hodisani alohida-alohida o‘rganishni taklif qildi. Fanning bu
ikkala tomonini o‘rganish uchun F. de Sossyur til lingvistikasi va nutq lingvistikasi degan nom
ham berdi. F. de Sossyur fikriga ko‘ra, tilshunoslik fanining asosiy vazifasi va predmeti til
lingvistikasini o‘rganishdan iboratdir. Nutq lingvistikasi esa tilshunoslik uchun ikkinchi
darajali masala bo‘lib, boshqa fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin. F. de Sossyur ichki va
tashqi lingvistikani ajratib, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ydi. Uning fikricha, tilshunoslik
fanining asosiy vazifasi tilning ichki qurilishi (strukturasi)ni o‘rganadigan lingvistika, tashqi
lingvistika esa tilning xalq madaniyati, tarixi bilan aloqasini o‘rganadigan lingvistika bo’lib,
tilshunoslik fani uchun ikkinchi darajali hodisadir. Tilshunoslik fanining predmetini yanada
aniqroq tasavvur etish maqsadida F. de Sossyur tilni o‘rganishda sinxronik (bir vaqtda) va
diaxronik (ketma-ket, tadrijiy suratda yuz beradigan yoki tarixiy) aspektlarni ajratib, bir-
biriga qarama-qarshi qo‘ydi va ko‘proq sinxronik aspektga ahamiyat berdi. F. de Sossyur
fikricha, sinxronik aspekt bilan diaxronik aspektlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ma’lum aspektni
tanlash o‘z oldiga qo‘yilgan ilmiy maqsadlarni nazarda tutadi. Sinxronik aspekt til sistemasini
o‘rganadi, ammo diaxronik aspekt o‘rganadigan obyekt esa sistemani tashkil qilmaydi. F. de
Sossyur nazariyasida asosiy antinomiya til va nutq antinomiyasidir. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan
tashqi va ichki lingvistika, sinxroniya va diaxroniya antinomiyalari til va nutq
aitinomiyasining natijasidir. Shunday qilib, F. de Sossyur nazariyasi tilshunoslik fanining


background image

141

predmetini o‘rganishga qo‘shilgan katta hissa bo‘ldi. F. de Sossyur nazariyasi ta’sirida XX
asrda “Strukturalizm” nomi bilan atalgan yangi lingvistik oqim vujudga keldi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Тошкент: Fan va texnologiya markazi, – 2010. –

323 Б.
2.

Маҳмуд Кошғарий. Туркий сўзлар девони (Девони луғотит турк). 3 жилдлик. 1-

жилд. Таржимон ва нашрга тайёрловчи: Солиҳ Муталлибов. Тошкент: Фан, 1960

.

3.

Хусайн Воиз Кошифий. Футувватномаи султоний ёхуд жавонмардлик тариқати,

Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халк мероси нашриети, 1994. – 112 б.
4.

Неъматов Ҳ ., Бозоров О. Тил ва нутқ, – Тошкент: Уқитувчи, 1993. – 32 б.

Bibliografik manbalar

Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Тошкент: Fan va texnologiya markazi, – 2010. – 323 Б.

Маҳмуд Кошғарий. Туркий сўзлар девони (Девони луғотит турк). 3 жилдлик. 1-жилд. Таржимон ва нашрга тайёрловчи: Солиҳ Муталлибов. Тошкент: Фан, 1960.

Хусайн Воиз Кошифий. Футувватномаи султоний ёхуд жавонмардлик тариқати, Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халк мероси нашриети, 1994. – 112 б.

Неъматов Ҳ ., Бозоров О. Тил ва нутқ, – Тошкент: Уқитувчи, 1993. – 32 б.