Авторы

  • Oydin Sultonova
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) 2-bosqich magistranti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.77484

Ключевые слова:

Integratsiyalashgan ta’lim boshlang’ich sinf o’quvchilari tadqiqotchilik ko’nikmasi kompitensiyaviy yondashuv.

Аннотация

Maqolada ta’lim sifatiga zamonaviy yondashuvlarning tahlillari va integratsion yondashuv komponentlari pedagogik jihatdan tahlil qilingan bo’lib. Maqolada shu bayon qilinganki bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish, ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish samarali omillardan batafsil ochib berilgan.


background image

76

INTEGRASIYALASHGAN TA’LIM JARAYONI ORQALI BOSHLANG’ICH SINF

OʻQUVCHILARIDA IZLANUVCHANLIKNI SHAKLLANTIRISH

Sultonova Oydin Jumanazarovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

(boshlang’ich ta’lim) 2-bosqich magistranti.

E-mail: oydin1990.0730@gmail.com Tel: +998936388030

https://doi.org/10.5281/zenodo.15152128

Annotatsiya:

Maqolada ta’lim sifatiga zamonaviy yondashuvlarning tahlillari va

integratsion yondashuv komponentlari pedagogik jihatdan tahlil qilingan bo’lib. Maqolada shu
bayon qilinganki bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish va hayot
tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish,
ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish samarali
omillardan batafsil ochib berilgan.

Tayanch so‘zlar:

Integratsiyalashgan ta’lim, boshlang’ich sinf o’quvchilari,

tadqiqotchilik ko’nikmasi, kompitensiyaviy yondashuv.


Ta’lim sifatiga zamonaviy yondashuvning tahlillari shuni koʻrsatmoqdaki, umumta’lim

maktablarida boshlang’ich sinf oʻquvchilarini hayoti davomida oʻqib-oʻrganish, bilim, tajribani
mustaqil ravishda muntazam oshirib borish va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik
turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish, ma’lumotlar bazasini yarata olish,
asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish samarali omillardan hisoblanadi. Ushbu
holat boshlang’ich sinf oʻquvchilarining ijodiy faolligini oshiradi, tayanch kompetensiyalar
asosida tadqiqotchilik koʻnikmalarini shakllantirishga asos yaratadi, bu esa oʻquvchilarning
oʻz kasb yoʻnalishini tanlashlarida oʻta muhimdir [1].

Hozirgi kunda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTSning qabul qilinishi ta’lim

tizimi, shaxs, davlat va jamiyat, fan va ishlab chiqarishdan iborat boʻlgan Milliy modelning
ayrim qismlaridagi ulkan oʻzgarishlar: xususan, davlat va jamiyatning tubdan oʻzgarishi,
hayotimizga kirib kelgan axborot-kommunikasion vositalar, fanning eng soʻnggi yutuqlariga
asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va oldingi yoshlardan tubdan farq
qiluvchi oʻzgacha fikrlovchi yoshlar vujudga kelganliklari bilan izohlanadi [5].

Undan tashqari, butun dunyoda boʻlayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar ham, xususan

Janubiy–Sharqiy Osiyo davlatlari, Yevropa va Amerika qit’alaridagi 10-15 yildan buyon
amalga oshirilayotgan ta’limga oid islohotlar ta’sirida Oʻzbekistonning kompetensiyali ta’lim
strategiyasi yaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy oʻrta

va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat Ta’lim Standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”
187-son Qarori 1-ilovasining (3-bob) “Umumiy oʻrta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy
prinsiplari”da oʻquvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi belgilab
qoʻyilgan. Ushbu qarorda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTSda fanlarga oid
kompetensiyalari alohida ajratib koʻrsatilgan. Jumladan, “Umumiy oʻrta ta’limning malaka
talablari umumta’lim fanlari boʻyicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy
maqsadlariga, oʻquv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qoʻyiladigan talablardan iborat
boʻlib, u quyidagilardan tashkil topadi [4; 5-b]:
a.

Bilim;


background image

77

b.

Koʻnikma;

c.

Malaka;

d.

Kompetensiya.
Boshlang’ich sinf oʻquvchisining tayanch kompetensiyalari - u kim va qanday kasb egasi

boʻlishidan qat’iy nazar, shaxsiy hayotida, kasbiy faoliyatida, ijtimoiy munosabatlarda faol
ishtirok etish uchun egallashi lozim boʻlgan layoqatlar, qobiliyatlar va hayotiy malaka va
koʻnikmalar majmuidan iboratdir. Bunda har bir shaxs kommunikativ boʻlishi, axborot bilan
ishlay olishi, shaxs sifatida oʻz-oʻzini rivojlantirishi, ijtimoiy faol fuqaro boʻlishi,
umummadaniy xislatlarga ega va fan-texnika yangiliklaridan xabardor boʻlishi nazarda
tutiladi.

Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida mana shunday xislatlar oʻquvchining yoshi,

psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ta’lim va tarbiyani uygʻun amalga oshirish
bilan fanlarni oʻqitish jarayonida shakllantirilib boriladi[2; 18-b].

Ma’lumki,

Integrasiya

(lot. integratio - tiklash, toʻldirish, integer - butun soʻzidan

olingan):

1) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining oʻzaro bogʻliqlik

holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha;

2) fanlarning yaqinlashishi va oʻzaro aloqa jarayoni, differensiasiya bilan birga kechadi;
3) 2 va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini oʻzaro muvofiqlashtirish va birlashtirish

[4].

Integrativ yondashuv

- axborotlarni tashkil qiluvchi cheksiz koʻp kichik qismlarning

oʻzaro ajralmas bogʻliqligi, ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida yagona toʻgʻri xulosani
aniqlash jarayonidir.

Bu yondashuv oʻrganilayotgan bilimlarning didaktik tizimi chuqur mazmunga ega

boʻlishi, bilimlarga tizimli yondashish, boshlang’ich sinf oʻquvchilari bilimlarini egallashning
eng maqsadga muvofiq yoʻllarini oʻrgatishdan iborat.

Integrativ yondashuv ta’lim-tarbiya jarayonlariga kompleks yondashuv, tizimiy

yondashuv, tizimiy tahlil tadqiqot metodlarini joriy etishda va bilishning induksiya hamda
deduksiya metodlaridan foydalanishda qoʻl keladi.

Integrativ yondashuv ta’lim va tarbiyani ierarxik tizim sifatida qarab, ular ustida olib

boriladigan tadqiqotlar olib borishda ijobiy samaralarni kafolatlaydi.

Oʻquv jarayoni oʻqituvchining oʻqitish vositalari yordamida ta’lim oluvchilarga ma’lum

bir sharoitda, muayyan ketma-ketlikda koʻrsatgan ta’sirini va ta’lim natijasini nazorat
jarayonida baholab beruvchi, texnologiyalashgan ta’limiy tadbirlar olib borishda rivojlanib
boradi.

Integrativ yondashuv bilimlarni oʻzlashtirishning hamma jihatlarini qamrab oluvchi

muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, muammoning echimini baholash faoliyatni tashkil
qilish metodlarini oʻz tarkibiga oladigan kompleks integrativ jarayondan iborat.

Integrasiya

- ta’lim jarayonida ta’lim berishning maqsad va vazifalarini bir butunlikda

birlashtirishdir.

Integrativ funksiya

- bu funksiya umumta’lim va kasbiy ta’limni bogʻlovchi boʻgʻimdir.

Bunda ta’lim mazmunidagi barcha tashkil etuvchi elementlar majmuasini - bilim, koʻnikma,
malaka, me’yor, pedagogik tizimlarni oʻzida mujassamlab: bilimlarni tizimlashtirishni tashkil
etish, boshlang’ich sinf oʻquvchilarida har xil predmetlarda oʻtiladigan va texnik, texnologik


background image

78

jarayonlarda sodir boʻladigan hodisalar, tushunchalar, gʻoyalar, nazariyalar orasidagi oʻzaro
integrasiya va har tomonlama bogʻlanish borligini oʻrnata olish koʻnikmalarini shakllantirish;
bu bogʻlanishlar ilmiy va kasbiy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam beruvchi ekanini
tushuntirishni ta’minlash; boshlang’ich sinf oʻquvchilarida ijodkorlik masalalarini nazariy
toʻgʻri texnik va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq yechishda, turli oʻquv predmetlarini
oʻrganishda olgan bilim va mahoratlari asosida texnikaviy – iqtisodiy, ijtimoiy – ekologik,
tashkiliy – pedagogik tizimlar maqsadi, mezoni va vazifasini toʻgʻri shakllantirish
koʻnikmalarini hosil qilishlarini nazarda tutadi[6; 20-b].

Integrasiyalash

- lotincha “integer” - umumiylik, “integerara” - umumiylikni toʻldirish,

yaratish, tiklash degan ma’noni bildirib, u ta’lim mazmunidagi uygʻunliklarni ta’minlash
muammolari ham integrasiyalashning shugʻullanadigan sohasi hisoblanadi. Ta’lim va
tarbiyada esa bilimlar, tushunchalar, koʻnikmalar va malakalarni shakllantirishlarni
umumlashtirib, qonun yoki qoida koʻrinishiga keltirishni amalga oshiradi.

Integrasiyalash tushunchasi muhim ilmiy termin boʻlib, u umumlashtirish,

xulosalashlarda metodologik vosita boʻlib hisoblanadi, chunki uning yordamida jarayon va
hodisalar mazmunlari orasidagi umumiy uygʻunlik algoritmlari yaratiladi.

Tadqiqot ishlarini bajarishda va turli fanlardagi ta’lim mazmunlarini umumlashtirish va

toʻldirishda integrasiyalash jarayoni doimo qoʻl keladi va koʻzlangan maqsadga erishishni
kafolatlashga yordam beradi.

Yuqoridagilarga asoslanib, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarining

yangi oʻquv texnologiyalarini ishlab chiqish uchun oʻquv jarayonini tashkil etish va
boshqarishning didaktik tamoyillari, shaxs faoliyatining asosiy qoidalari va boshlang’ich sinf
oʻquvchilarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻrganish uchun shaxsga
yoʻnaltirilgan integrativ yondashuvlarga asoslangan holda barcha kerakli imkoniyatlar
mavjud boʻlishi mumkin degan xulosaga kelish mumkin.

References

1.

Axunova G.N., Golish L.V., Fayzullaeva D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish

va rejalashtirish. -T.: “Iqtisodiyot”, 2009. -B.6.
2.

Babanskiy Yu.K. Problemi povisheniya effektivnosti pedagogicheskix issledovaniy. - M.:

Prosveshenie, 1982. –S. 151.
3.

Djuraeva B.R. Formirovanie pedagogicheskoy kulturi budushix uchiteley v prosesse

izucheniya dissiplin pedagogicheskogo sikla. Monografiya. - T.: “Fan”, 2003. –S. 177.
4.

Jumaev M.E. Oʻquv jarayonida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining pedagogik

madaniyatini tarbiyalash:. Ped. fan. nom. ... diss.: - T.: 1999. –B.137.
5.

Zagvyazinskiy V.I. Ideya, zamisel i gipoteza pedagogicheskogoissledovaniya. T.,

Pedagogika, 1997. - № 2. -S. 9-14.
6.

Skribiskiy E.G., Skribiskaya I.Yu. Formirovanie komponentnosti nachinayushego

issledovatelya//J. Innovasii v obrazovanii. 2007. №9. –S.80-90.

Библиографические ссылки

Axunova G.N., Golish L.V., Fayzullaeva D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish. -T.: “Iqtisodiyot”, 2009. -B.6.

Babanskiy Yu.K. Problemi povisheniya effektivnosti pedagogicheskix issledovaniy. - M.: Prosveshenie, 1982. –S. 151.

Djuraeva B.R. Formirovanie pedagogicheskoy kulturi budushix uchiteley v prosesse izucheniya dissiplin pedagogicheskogo sikla. Monografiya. - T.: “Fan”, 2003. –S. 177.

Jumaev M.E. Oʻquv jarayonida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining pedagogik madaniyatini tarbiyalash:. Ped. fan. nom. ... diss.: - T.: 1999. –B.137.

Zagvyazinskiy V.I. Ideya, zamisel i gipoteza pedagogicheskogoissledovaniya. T., Pedagogika, 1997. - № 2. -S. 9-14.

Skribiskiy E.G., Skribiskaya I.Yu. Formirovanie komponentnosti nachinayushego issledovatelya//J. Innovasii v obrazovanii. 2007. №9. –S.80-90.