Том 4 № 6 (2025)

Том 4 № 6 (2025)
Опубликован: 02-04-2025

Статьи

4-7 73 81

TURIZM VA REKREATSIYA GEOGRAFIYASI FANINI OʻQITISHDA INNOVATSION METODLARNI QOʻLLASH

Aybibi Matchanova, Risolat Gulimmatova

Turizm va rekreatsiya geografiyasi fani zamonaviy ta'lim tizimida muhim o‘rin egallaydi. Bu fan nafaqat geografik joylashuvni, balki turizmning iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy jihatlarini ham o‘rganadi. Bugungi kunda turizm va rekreatsiya geografiyasi fanini o‘qitishda innovatsion metodlarni qo‘llash, talabalar uchun yanada qiziqarli va samarali ta'lim jarayonini yaratishga yordam beradi. Ushbu maqolada innovatsion metodlar, ularning ahamiyati va qo‘llanilishi haqida ma'lumotlar berilgan.

8-10 49 43

TARJIMADA REALIYA HODISASI XUSUSIDA

Fariza Ruzimurodova

Muvaffaqiyatli tillararo muloqotning zaruriy sharti nafaqat qabul qiluvchining xabarni lingvistik ma’noda tushunishi (aniq til birliklarini idrok etish va tushunish), balki qabul qiluvchida (o‘quvchida) jo‘natuvchi (muallif) kutgan reaktsiyaning paydo bo‘lishidir.

11-13 56 60

ARAB TILIDA STILISTIK VA LEKSIK TAHLIL

Zoxid Xidirov

Ushbu maqola arab tilida stilistik va leksik tahlil masalalarini ko‘rib chiqadi. Unda arab tilining boy leksik tarkibi, uslubiy xususiyatlari va ifoda vositalari atroflicha tahlil qilinadi. Shuningdek, stilistik tahlilning asosiy metodlari, badiiy va ilmiy matnlarda qo‘llanilish xususiyatlari yoritiladi. Maqolada arab tilining turli janrlarida uchraydigan leksik birliklar, ularning kontekstga bog‘liq holda qo‘llanishi va semantik o‘zgarishlari ham batafsil o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari arab tilshunosligi va tarjimashunoslik sohasidagi ilmiy izlanishlar uchun muhim ahamiyatga ega.

14-21 63 27

FERMER XO’JALIKLARIDA MARKETING STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRISH VA RAQOBATDOSHLIKNI OSHIRISH OMILLARI

Gulruh Nazarova

Ushbu maqola qishloq xo‘jaligi sohasida fermer xo‘jaliklarining marketing strategiyasini shakllantirish va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan omillarni tahlil qiladi. Tadqiqotda fermer xo‘jaliklarining samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqish, raqamli texnologiyalar va innovatsion marketing vositalaridan foydalanish, bozor segmentatsiyasi, narx siyosati, va brendlash kabi asosiy jihatlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tadqiqotda fermer xo‘jaliklarining mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli sotish va raqobatbardoshligini oshirish uchun zarur bo‘lgan amaliy usullar va yondashuvlar, shu jumladan, ekologik toza mahsulotlar va sifatni oshirish masalalari ham yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, marketing strategiyalarini to‘g‘ri shakllantirish orqali fermerlar o‘z mahsulotlarini keng auditoriyaga taqdim etish, yangi bozorlarni zabt etish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shu bilan birga, raqamli marketing va onlayn savdo platformalaridan foydalanish fermerlarga mahsulotlarini bozorga tezkor va samarali chiqarish imkonini beradi. Tadqiqotda fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshligini oshirish uchun bir qator amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

22-28 79 64

JINOYAT PROTSESSI ISHTIROKCHILARI XAVFSIZIGINI SUD PRPTSESSIDA TA’MINLASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Sh.X. Mamataliyeva

Ushbu tezisda xavfsizlik tushunchasi, xususan, jinoyat protsessining sud bosqichida xavfsizlik tushunchasi haqida gap boradi. Shuningdek, “xavfsizlik” tushunchasi to‘g‘risida olimlar fikri o‘rganilib, ilmiy munozaraga kirishiladi.

29-31 38 63

ҲУЖЖАТЛАРНИ ҚАЛБАКИЛАШТИРИШ, СОТИШ ЁКИ УЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ ЖИНОЯТИНИ КВАЛИФИКАЦИЯ ҚИЛИШНИНГ НАЗАРИЙ ВА АМАЛИЙ МУАММОЛАРИ

Жахонгир Садуллаев

Мазкур тадқиқот ҳужжатларни қалбакилаштириш жиноятларини квалификация қилишнинг долзарб назарий ва амалий муаммоларини таҳлил қилади. Тадқиқотда жиноят таркибининг элементлари чуқур ўрганилган, электрон ҳужжатлар билан боғлиқ янги жиноий қилмишлар таҳлил қилинган ва қонунчиликни такомиллаштириш бўйича таклифлар ишлаб чиқилган. Криминологик тадқиқотлар асосида ушбу турдаги жиноятларнинг замонавий тенденциялари аниқланган.

32-34 39 19

INSON QADRI VA GO‘ZALLIKNI O‘ZARO UYG‘UNLASHTIRISHNING IJTIMOIY VA ESTETIK AHAMIYATI

Pulotjon Qaxorov

Maqola "Inson qadri va go‘zallikni o‘zaro uyg‘unlashtirishning ijtimoiy va estetik ahamiyati" mavzusida inson qadri va go‘zallik tushunchalarining o‘zaro aloqasi, ularning ijtimoiy va estetik kontekstda ahamiyati tahlil qilinadi. Ushbu maqola, go‘zallikni faqat tashqi ko‘rinish bilan emas, balki ichki axloqiy fazilatlar bilan ham bog‘lash zarurligini ta’kidlaydi. Inson qadri va go‘zallikning uyg‘unligi, jamiyatda adolat, tenglik va etika me’yorlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada, shuningdek, go‘zallikni qadrlashdagi ijtimoiy me’yorlar va estetik qarashlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar ko‘rib chiqiladi.

35-37 39 26

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARIDA TOLERANTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI

Na’muna Bozarboyeva

Ushbu maqola davlat fukorolik xizmatchilari o‘rtasida tolerantlikni shakllantirishning ahamiyati va psixologik usullari haqida so‘z yuritadi. Tolerantlik, ya'ni boshqalarga nisbatan sabr-toqat, hurmat va tushunish, davlat xizmatida fuqarolar bilan samarali va adolatli muloqot o‘rnatish uchun zaruriy sifatdir. Maqolada, davlat xodimlari uchun tolereantlikni shakllantirishning asosiy psixologik metodlari va usullari, shu jumladan, kognitiv yondashuvlar, empatiya rivojlantirish, jamoaviy ish va muloqot ko‘nikmalarini yaxshilash kabilar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mazkur jarayon davlat xizmatining sifatini oshirishga, fuqarolar bilan yaxshi aloqalar o‘rnatishga va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shadi. Ushbu maqola davlat fukorolik xizmatining samaradorligini oshirish uchun aniq psixologik tavsiyalarni taqdim etilgan.

38-42 152 29

THE ROLE AND IMPORTANCE OF WOMEN IN SOCIETY

Mohira Egamova , Muyassar Akhmedova

Women play an integral role in the society. They are the backbone of families and are crucial to the growth and development of communities. Yet, for centuries, women have been relegated to the sidelines, subjected to discrimination and marginalization. In recent years, however, there has been a growing awareness of the importance of women in society. This article will explore the role of women in society and highlight the importance of empowering women to create a better future for all.

43-48 320 125

ADVANTAGE AND DISADVANTAGE SIDES OF SOCIAL MEDIA FOR YOUNGSTERS

Malika Abduraxmanova , Muyassar Akhmedova

Social media benefits include connection, learning and creativity. Risks include exposure to inappropriate content, cyberbullying, and privacy and data breaches. Written guidelines can help pre-teens and teenagers get benefits while using social media responsibly, respectfully and safely. In this article we explore the advantages and disadvantages of social media for youth.

49-51 63 28

THEORETICAL AND PRACTICAL ASPECTS OF PUBLIC PARTICIPATION IN LEGISLATIVE ACTIVITY IN UZBEKISTAN

Saida Abdimalikova

This thesis is devoted to the public participation in the process of legislative activity, in which the documents adopted in this area are analyzed. Moreover, theoretical and practical aspects of public participation in legislative activity in Uzbekistan was described.

52-56 251 79

THE IMPACT OF SOCIAL MEDIA ON ENGLISH LANGUAGE ACQUISITION

Sarvinoz Olimova , Muyassar Akhmedova

This article examines the profound impact of social media platforms on the acquisition of the English language, particularly among young learners and language enthusiasts worldwide. The study delves into how social media tools such as Facebook, Instagram, Twitter, TikTok, and YouTube have become unconventional yet effective learning environments where users acquire language skills both consciously and subconsciously. By analyzing various studies and statistical data, the paper presents the opportunities and challenges that social media brings to English language learning. The research further evaluates how the interactive nature of social media fosters vocabulary development, grammatical accuracy, and communicative competence. Ultimately, it argues that when used strategically, social media can complement formal language education and provide learners with immersive, real-life contexts to practice and refine their English language skills.

57-61 56 38

EFFECTIVE TECHNIQUES FOR TEACHING SPEAKING AND PRONUNCIATION

Hulkar Abdullayeva , Muyassar Axmedova

Speaking and pronunciation are crucial aspects of language acquisition, particularly in English, where clarity in communication can significantly impact both social and academic success. For learners, mastering speaking and pronunciation skills is not just about verbalizing words but also about conveying meaning effectively and sounding natural. This article explores the effective techniques for teaching speaking and pronunciation, providing educators with strategies to help their students improve these essential language skills.

62-68 50 80

TOP ONLINE PLATFORMS FOR ENGLISH SKILLS DEVELOPMENT

Farangiz Eshonqulova , Muyassar Axmedova

In today’s digital age, improving your English has never been easier. This article explores the best online platforms that offer a variety of tools and resources to improve your English. From interactive lessons to personalized learning paths, these platforms cater to a range of skill levels to make language learning convenient and effective. Whether you want to improve your grammar, expand your vocabulary, improve your speaking skills, or improve your writing, this article highlights the best platforms that offer a wide range of English learning experiences. Discover platforms that can help you improve your language skills with flexibility and convenience tailored to your individual needs and learning pace.

69-75 55 45

YURIDIK TA’LIMDA VA HUQUQSHUNOS KASBIY FAOLIYATIDA “SUN’IY INTELLEKT”NING O’RNI VA AHAMIYATI

Karimjon Salimov

Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi huquqshunoslik sohasida ham sezilarli o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Mazkur maqolada sun’iy intellekt haqida ma’lumotlar, sun’iy intellektning yuridik sohadagi ahamiyati ko’rib chiqilgan holda huquqshunos faoliyatida samaradorlik omillari, soha rivojida sun’iy intellekt bilan bog’liq qilinishi lozim bo’lgan ishlar va uning ravnaqida olib borilayotgan chora-tadbirlar, huquqiy soha va yuridik tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni har tomonlama hal qilishda va ularni rivoj topdirishda sun’iy intellektning o’rni va roli haqida so’z yuritilgan.

70-72 42 35

PIROTEXNIKA BUYUMLARINING NOQONUNIY MUOMALASIGA OID ILMIY TADQIQOTLAR VA QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH ZARURATI

Ilyosbеk Tojaliyеv

Maqola pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq huquqiy, texnik va ijtimoiy muammolarni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Xalqaro tadqiqotlar va amaliy misollar asosida pirotexnikaning sog‘liqqa, ekologiyaga va xavfsizlikka salbiy ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda ushbu masalani tartibga solish uchun qonunchilikni takomillashtirish zarurati ilmiy asoslanadi. Tadqiqotda pirotexnika vositalarining texnik xususiyatlari, ularning noqonuniy savdosi va foydalanishining kriminologik jihatlari ikki guruhga bo‘linib o‘rganiladi. Maqola xavfsiz bayramlarni ta’minlash uchun qonun ijrosini kuchaytirish va aholini ma’lumotlantirish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

73-75 108 60

KIRISH GAPLI MURAKKABLASHGAN SODDA GAPLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Shoxsanam Nurillayeva

Kirish gaplar sodda gaplarni ham mazmunan, ham shaklan  murakkablashtirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada kirish gaplar vositasida murakkablashgan sodda gaplarni ergash gapli qo‘shma gaplardan hamda kiritma qurilmalar vositasida murakkablashgan sodda gaplardan farqlovchi jihatlar tahlil qilinadi.

76-78 41 29

INTEGRASIYALASHGAN TA’LIM JARAYONI ORQALI BOSHLANG’ICH SINF OʻQUVCHILARIDA IZLANUVCHANLIKNI SHAKLLANTIRISH

Oydin Sultonova

Maqolada ta’lim sifatiga zamonaviy yondashuvlarning tahlillari va integratsion yondashuv komponentlari pedagogik jihatdan tahlil qilingan bo’lib. Maqolada shu bayon qilinganki bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish, ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish samarali omillardan batafsil ochib berilgan.