70
PIROTEXNIKA BUYUMLARINING NOQONUNIY MUOMALASIGA OID ILMIY
TADQIQOTLAR VA QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH ZARURATI
Ilyosbеk Tojaliyеv
Jamoat xavfsizligi univеrsitеti mustaqil izlanuvchisi
e-mail: alfargoniy.uz@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15151935
Annotatsiya:
Maqola pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq
huquqiy, texnik va ijtimoiy muammolarni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Xalqaro tadqiqotlar va
amaliy misollar asosida pirotexnikaning sog‘liqqa, ekologiyaga va xavfsizlikka salbiy ta’siri
ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda ushbu masalani tartibga solish uchun
qonunchilikni takomillashtirish zarurati ilmiy asoslanadi. Tadqiqotda pirotexnika
vositalarining texnik xususiyatlari, ularning noqonuniy savdosi va foydalanishining
kriminologik jihatlari ikki guruhga bo‘linib o‘rganiladi. Maqola xavfsiz bayramlarni ta’minlash
uchun qonun ijrosini kuchaytirish va aholini ma’lumotlantirish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Kalit so‘zlar:
pirotexnika, noqonuniy muomala, xavfsizlik, ekologiya , sog‘liqni saqlash,
kriminologiya, javobgarlik,
Pirotexnika buyumlari bugungi kunda bir qator bayramlarda faol ishlatib kelinmoqda.
Odatda yangi yilyaqinlashib kelishi bilan, pirotexnika vositalarini respublika hududiga olib
kirishga va noqonuniy savdosiga urinishlar ortadi. Ushbu buyumlar inson uchun estetik zavq
va yoshlar uchun hushmanzara jarayonni keltirib chiqarishi mumkun, lekin uning
foydalanishda bir qator huquqiy va texnik talablar mavjud bo‘lib, ma’lum bir me’yorlar
qonunlar va qonun osti hujjatlari belgilab kelinmoqda. Xalqaro qonunchilik va turli tadqiqot
natijalari pirotexnika buyumlaridan meyoridan ko‘p foydalanish va noqonuniy savdosiga chek
qo‘yishga oid qonunlarni yanada kuchaytirishni talab etmoqda. Pirotexnika buyumlarining
qonunga xilof muomalasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni o‘rganish jarayonida bir qator xorijiy va
mahalliy olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari, statistik ma’lumotlar va
pirotexnika buyumlarini foydalanishning inson va tabiyat uchun zararli oqibatlariga oid
ma’lumotlarga ega bo‘ldik.
Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi bo‘yicha nazariy yondashuvlar va
ilmiy tadqiqotlarni o‘rganilish natijasiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh,
perotexnika buyumlarini texnik xolati, yasalishi, moddalar tarkibi oid tadqiqotlar. Ikkinchi
guruh tadqiqotlarga uning kiriminalogiyasi ya’ni pirotexnika buyumlarining qonunga xilof
muomalasi, chegaralarni aylanib o‘tib kirib kelishi, jinoiy javobgarlikni belgilash va uni oldini
olishga oid ma’lumotlarni kiritish mumkin. Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof
muomalasi bo‘yicha xalaqaro tajribalar va tadqiqot natijalari asosida O‘zbekistonda ham
ushbu buyumlarni noqonuniy ishlatishga oid qonunlarni takomillashtirish hamda
javobgarlikni yanada kuchaytirishni zarur ekanligini anglatmoqda.
C.Michael va boshqalar tomonidan olib borilgan “Uncontrolled Burn Dimming the Spark
of Illegal Fireworks in San Francisco” San-Fransisko shahri va okrugi 2023–2024 yilgi
fuqarolik Grand Jury tadqiqotlarga asoslangan hisobotida San-Fransiskoda noqonuniy
mushakbozlik keng tarqalgan va bu xavfsizlikka, sog‘liqni saqlashga, ekologiyaga va ijtimoiy
tartibga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan. Shuningdek, amaldagi qonunlar noqonuniy
mushakbozlikni nazorat qilish uchun yetarlicha samara bermayotganligi va jarimalar va
71
jazolar yetarlicha qo‘llanilmayotgani pirotexnika maxsulotlarini noqonuniy savdosini
oshirishi sabab bo‘layotganligi tahlil qilingan. “2018 -yildan 2023 - yilgacha bo‘lgan davrda
mushakbozlik bilan bog‘liq 960 ta murojaat politsiya tomonidan qayd etilgan. Pirotexnikani
faol foydalanish natijasida politsiya va shifokorlarga murojaatlar asosan iyun-iyul oylarida
ko‘paygan. Chunki ushbu oylarda AQShda milliy bayramlar o‘tkaziladi. San-Fransiskodagi
taxminan 100,000 ta xonadon (har to‘rttadan biri) uy hayvonlariga ega bo‘lib,
mushakbozlikning shovqini natijasida stressga tushganligi”[1] dan norozilik murojaatlari
kelib tushgan. Tadqiqot hisobotida San-Fransisko shahrida noqonuniy mushakbozlikning
xavflarini kamaytirish va xavfsiz bayramlar uchun keng ko‘lamli choralar ko‘rish zarurligini
ta’kidlaydi. Bu nafaqat qonun ijrosini kuchaytirish, balki aholi bilan yaqindan ishlash va
ularning ushbu masalalarga bo‘lgan yondashuvini o‘zgartirishni talab qiladi.
Ulbricht, Julia, Elke Doberentz, va Burkhard Madea tomonidan yozilgan “Death on New
Year’s Eve caused by illegal fireworks-a firework shell”[2] maqolada Germaniyada yangi
yilkechasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa haqida so‘z yuritiladi. Ushbu hodisada noqonuniy
ravishda ishlatilgan pirotexnika (firework shell) bir kishining o‘limiga sabab bo‘ladi. Tadqiqot
hodisa tafsilotlarini, sud-tibbiy ekspertiza natijalarini va pirotexnik vositalarning noqonuniy
muomalasi bilan bog‘liq xavflarni o‘rganishga qaratilgan. Maqolada ochib berilgan baxtsiz
xodisa “Germaniyaning pirotexnika vositalarini ishlab chiqarish va foydalanish bo‘yicha
tartibga solinuvchi qonunchiligi doirasida ko‘rib chiqilgan. Germaniya qonuniy pirotexnika
vositalari DIN-EN 15947 standartlariga javob berishi kerak, bunday vositalar davlat organlari
tomonidan sinovdan o‘tkazilib, xavfsizlik belgisi bilan tasdiqlanadi.”[3] Tadqiqotda
“noqonuniy pirotexnika natijasida yuzaga keladigan xavflar va sog‘liqni saqlashga noqonuniy
vositalarning jiddiy xavfini keltirib chiqarishga oid xulosalar ilmiy asoslangan. Hodisa qurboni
pirotexnika vositalarini noqonuniy va noto‘g‘ri qo‘llashi natijasida og‘ir tan jarohati bilan
hayotdan ko‘z yumgan. Sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvlari marhumning bosh sohasidagi
kuchli shikastlanishlar va boshqa og‘ir jarohatlar o‘lim sabablari ekanligi isbotlangan. Ilmiy
tahlillar asosida tadqiqotchilar qonunchilikni kuchaytirish va noqonuniy pirotexnika
vositalarining muomalasini nazorat fuqarolarga xavfsiz pirotexnika vositalaridan foydalanish
bo‘yicha targ‘ibot olib borish zarur”[4] ligi taklif qilinadi.
A.A.Gadjimov
tomonidan yozilgan “Analiz otvetstvennosti za nezakonniy oborot
pirotexnicheskix izdeliy i provedeniye paralleli so vzrivnimi ustroystvami”[5] maqolada
noqonuniy pirotexnika mahsulotlari savdosi va ulardan foydalanish bilan bogʻliq masalalar,
ularning harbiylikda foydalniladigan portlovchi qurollarning texnik oʻxshash jihatlari huquqiy
nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Maqola “Rossiya qonunchiligidagi ko‘rsatilmagan bandlarni
to‘ldirish va ularni bartaraf etish yoʻllarini ilmiy asoslagan. Muallif tomonidan pirotexnika
buyumlarini noqonuniy yo‘llar bilan savdo qilinishiga Rossiya qonunchiligi zaif va ekanligini
asoslaydi. Unda Pirotexnika mahsulotlarini sotish va sotib olish uchun ruxsatnomalar berish
tartibi haqidagi maxsus qonun yoki moddalar belgilanmagan. Noqonuniy pirotexnika
savdosiga nisbatan jazo choralari qo‘llash uchun texnik talablar yetarlicha qattiq emas.”[6]
Pirotexnika buyumlari bayramlarda estetik zavq keltirsa-da, ularning noqonuniy
muomalasi jiddiy xavf-xatarlarni keltirib chiqarmoqda. Maqolada pirotexnika vositalarining
qonunga xilof ishlatilishi va savdosi bo‘yicha xalqaro tajribalar (San-Fransisko, Germaniya,
Rossiya) va ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Tadqiqotlar natijalari pirotexnikaning inson
salomatligiga, ekologiyaga va ijtimoiy xavfsizlikka salbiy ta’sirini tasdiqlaydi. San-Fransiskoda
72
noqonuniy mushakbozlikning keng tarqalishi, Germaniyada o‘limga sabab bo‘lgan hodisa va
Rossiyada qonunchilikning zaifligi ushbu muammoning dolzarbligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston
uchun ham ushbu masalada qonunchilikni takomillashtirish, javobgarlikni kuchaytirish va
aholini xabardor qilish choralari zaruriyat sifatida ilgari suriladi. Noqonuniy pirotexnika
muomalasini bartaraf etish uchun nafaqat qonuniy choralar, balki xavfsiz foydalanish bo‘yicha
targ‘ibot va aholi bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega.
References
1.
Michael C. et al. “Uncontrolled Burn Dimming the Spark of Illegal Fireworks in San
Francisco” City and county of San Francisco 2023–2024 civil Grand Jury, May 28, 2024, p- 48.
2.
Ulbricht, Julia, Elke Doberentz, and Burkhard Madea. "Death on New Year’s Eve caused
by illegal fireworks—a firework shell."
Forensic Science, Medicine and Pathology
20.1 (2024):
https://doi.org/10.1007/s12024-023-00633-2
3.
APA 87–1: Standard for construction and approval for transportation of freworks and
novelties,
49
CFR
173.56(j)(1).
American
Pyrotechnics
Association.
https://law.resource.org/pub/us/cfr/ibr/ 002/apa.87-1.2001.pdf.
4.
Ulbricht, Julia, Elke Doberentz, and Burkhard Madea. "Death on New Year’s Eve caused
by illegal fireworks—a firework shell."
Forensic Science, Medicine and Pathology
20.1 (2024):
https://doi.org/10.1007/s12024-023-00633-2
5.
Гаджиметов
А.А.
"Анализ
ответственности
за
незаконный
оборот
пиротехнических
изделий
и
проведение
параллели
со
взрывными
устройствами." Пробелы в российском законодательстве. Юридический журнал 2
(2017): 29-32.
6.
Гаджиметов
А.А.
“Анализ
ответственности
за
незаконный
оборот
пиротехнических
изделий
и
проведение
параллели
со
взрывными
устройствами."Пробелы в российском законодательстве. Юридический журнал 2
(2017): 30.