O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT QONUNCHILIGIDA SHARTLI HUKM QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Annotasiya

Ushbu tezisda shartli hukm qilishning jinoyat qonunchiligida belgilangan tartibi, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 2024-yilda ko‘rib chiqilgan va jazodan shartli ozod etilgan hamda jazoni yengilrog’i bilan almashtirilgan ishlar statistikasi, sudlar tomonidan jazodan shartli ozod qilishda e’tiborga olinadigan holatlar haqida ma’lumot keltirilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
163-165
15

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Kamolov , X. . (2025). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT QONUNCHILIGIDA SHARTLI HUKM QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(7), 163–165. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/79791
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu tezisda shartli hukm qilishning jinoyat qonunchiligida belgilangan tartibi, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 2024-yilda ko‘rib chiqilgan va jazodan shartli ozod etilgan hamda jazoni yengilrog’i bilan almashtirilgan ishlar statistikasi, sudlar tomonidan jazodan shartli ozod qilishda e’tiborga olinadigan holatlar haqida ma’lumot keltirilgan.


background image

163

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT QONUNCHILIGIDA SHARTLI HUKM

QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Kamolov Xayrulloxon Juraxon o‘g’li

Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha

Chirchiq shahar sudining raisi

Tel: +998914674045

https://doi.org/10.5281/zenodo.15241178

Annotatsiya

: Ushbu tezisda shartli hukm qilishning jinoyat qonunchiligida belgilangan

tartibi, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 2024-yilda ko‘rib
chiqilgan va jazodan shartli ozod etilgan hamda jazoni yengilrog’i bilan almashtirilgan ishlar
statistikasi, sudlar tomonidan jazodan shartli ozod qilishda e’tiborga olinadigan holatlar haqida
ma’lumot keltirilgan.

Kalit so‘zlar

: Jinoyat kodeksi, insonparvarlik prinsipi, shartli ozod qilish, ijtimoiy

xavflilik, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, jazo.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida fuqarolar

xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurash olib
borishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni
takomillashtirish, uning samamrali tizimini yaratish, davlatning qonuniylik va huquq-tartibotni
ta’minlash, inson huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, tinchlik va xavfsizlikni
ishonchli himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni alohida e’tirof etish joiz.

O‘zbekiston Respublikasida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarida ko‘rilayotgan ishlarda jinoiy

jazoni aybdorning jinoiy harakatni sodir etishgacha bo‘lgan harakatlari, uning shaxsi,
jamiyatdagi o‘rni, jinoyatni sodir etishga undagan omillar, ya’ni jinoyatni yengillashtiruvchi
holatlardan hamda ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib, shartli hukmga o‘zgartirilmoqda.
Bu esa Jinoyat kodeksining asosiy prinsiplaridan bo‘lmish insonparvarlik tamoyili keng
qo‘llanilayotganidan dalolat. Jinoyat kodeksi 7-moddasiga ko‘ra, jazo va boshqa huquqiy taʼsir
choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini koʼzlamaydi.
Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini
olish uchun zarur hamda yetarli boʼladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi
qo‘llanilishi kerak. Jazolashdan koʼzlangan maqsadga ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli
moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qoʼllash orqali erishib boʼlmaydigan
taqdirdagina ogʼirroq jazo choralari tayinlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan e’lon qilingan rasmiy statistikaga

qaraydigan bo‘lsak, 2024-yilda jinoyat ishlari boʼyicha sudlar tomonidan 77995 nafar shaxsga
nisbatan 61481 ta jinoyat ishi koʼrib chiqilgan. Shundan 723 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya
qilingan bo‘lsa, 7956 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bogʼliq boʼlmagan jazolar
tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilindi, 33151 nafari jazoni oʼtashdan
muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 11581 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan
almashtirildi va 14991 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz
ravishda qoʼyilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi. 124 nafar
shaxsga (yoshlar, ayollar va boshqalar) kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan
bogʼliq boʼlmagan jazolar tayinlangan. 33146 nafar shaxs jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari
shartli ozod qilinib, 11581 nafar shaxsning jazosi yengilrogʼi bilan almashtirilgan. Yarashuv


background image

164

institutining samarali qoʼllanilishi natijasida 13434 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod
etilgan.

Shaxslar qanday hollarda jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etilishi yoki

jazosi yengilrog’i bilan almashtirilishi mumkin?

Sudlar shaxslarga nisbatan shartli hukm qo‘llashda Jinoyat kodeksi 72-moddasiga

asoslangan va biz yuqorida keltirganimizdek shaxslarning jinoyatni sodir etishgacha bo‘lgan
xulqi va ijtimoiy xavflilik darajasini inobatga olib mustaqil tarzda ayblov hukmini e’lon qiladi.
Jinoyat kodeksi 72-moddasiga ko‘ra, agar sud ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga
jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazolarini tayinlash vaqtida sodir
etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi va ishdagi boshqa
holatlarni e’tiborga olib, aybdor tayinlangan jazoni o‘tamasdan turib ham uning xulqini nazorat
qilish orqali tuzatish mumkin, degan qat’iy fikrga kelsa, shartli hukm qo‘llashi mumkin. Bunday
holda sud, basharti, belgilangan sinov muddati davomida jazoning shartliligini bekor qilish
asoslari kelib chiqmasa, tayinlangan jazoni ijro etmaslik to‘g‘risida qaror chiqaradi.

Sinov muddati bir yildan uch yilgacha belgilanib, hukm chiqarilgan kundan boshlab

hisoblanadi. Basharti, shartli hukm qilish to‘g‘risidagi qaror yuqori sud tomonidan chiqarilgan
taqdirda ham, sinov muddatini hisoblash shu kundan boshlanadi.

Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud bo‘lsa, sud mahkumga muayyan

vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki o‘qishga kirish, yashash joyi, ish
yoki o‘qish joyi o‘zgarib qolsa, bu haqda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat
olib boruvchi organga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda ro‘yxatdan o‘tib
turish, muayyan joylarda bo‘lmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida bo‘lishi, alkogolizm,
giyovandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini o‘tashi kabi
majburiyatlarni yuklashi mumkin.

Shartli hukm qilingan shaxslarning xulqi ustidan ichki ishlar organlari, harbiy

xizmatchilar xulqi ustidan esa, harbiy qism yoki muassasaning qo‘mondonligi nazorat olib
boradi.

Hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organning taqdimi bilan sud

sinov muddati davomida unga yuklatilgan majburiyatlarning hammasini yoki bir qismini olib
tashlashi yoki uning zimmasiga yangi majburiyatlar yuklashi ham mumkin.

Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan

majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga
ma’muriy yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa sud uning xulqi ustidan nazorat olib
boruvchi organ taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan
jazoni ijro etish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.

Shartli hukm o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan

sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga
nisbatan qo‘llanilmaydi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar, birinchi va ikkinchi guruh
nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan oshgan shaxslar bundan
mustasno.

Jinoyat qonunchiligiga asosan jazo shaxsni muayyan huquq va erkinliklardan mahrum

qilish yoki ulardan cheklash dan iborat majburlov chorasi hisoblanib, muayyan muddat
davomida shaxsda sudlanganlik holatining mavjud bo‘lishiga sabab bo‘ladi, shartli hukm qilish
esa shaxs tomonidan sinov muddati davomida sud tomonidan unga yuklatilgan majburiyatlar


background image

165

bajarilsa u axloqan tuzalganligidan dalolat beradi hamda shartli hukm bekor qilinib
sudlanganlik tugatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan

jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g’risida”gi 1-sonli qaroriga asosan “shartli hukm
yuridik tabiatiga ko‘ra jinoiy jazodan ozod qilishning bir turi hisoblanadi”.

Xulosa qilib aytganda shartli hukm alohida bir jazo turi emas balki, sud tomonidan

shaxsning qilmishi uchun tayinlangan jazoni muayyan muddat ijro etilmasdan turilishi hamda
shaxsning o‘z xatti-harakatini qonunga xilof ekanligini anglangani va bundan pushaymonligini
bilgani holda unga sodir qilgan jinoiy qilmishini tuzatishi, oqibatlarini bartaraf etishga
imkoniyat berish bo‘lib, keyinchalik uning asosida jazodan ozod qilishdir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. 22.09.1994-yil.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan

jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g’risida”gi 1-sonli qarori.
3.

Ochilov X.R., Xaydarov Sh.D., Shamsiddinov Z.Z., “Jinoyat huquqi” (umumiy qism). O‘quv

qo‘llanma -T.: TDYU nashriyoti, 2021. 172 bet.
4.

www.lex.uz

5.

https://t.me/oliysuduz/41451

6.

www.sud.uz

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. 22.09.1994-yil.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g’risida”gi 1-sonli qarori.

Ochilov X.R., Xaydarov Sh.D., Shamsiddinov Z.Z., “Jinoyat huquqi” (umumiy qism). O‘quv qo‘llanma -T.: TDYU nashriyoti, 2021. 172 bet.

www.lex.uz

https://t.me/oliysuduz/41451

www.sud.uz