O‘ZBEKISTONDA BOJXONA TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING MUSTAHKAMLANISHI

Annotasiya

Jamiyatda mavjud har bir sohaning o‘z tarixi bor. Xususan, jahon bojxona sohasi ham uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. Qadimgi davlatlarning paydo bo‘lish davrida, bir hududdan ikkinchi davlat hududiga o‘tish jarayonida boj o‘ndirish ham yuzaga kelgan. Ya’ni qabilalar va davlatlar o‘rtasidagi tovar aylanishida boj to‘lanishi talab etilgan. Boj atamasi turkiy tillardagi “tamg‘a” so‘zidan olingan bo‘lib, O‘rta Osiyoning ko‘chmanchi xalqlari orasida odatda mulk belgisi sifatida turli buyumlarga qo‘yiladigan belgi maʼnosini bildiradi. Ko‘pincha qabilalar o‘z mollariga tamg‘a qo‘yganlar va shu belgi bilan bir biridan ajratganlar.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
86-88
13

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Olimjonova , G. . (2025). O‘ZBEKISTONDA BOJXONA TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING MUSTAHKAMLANISHI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(9), 86–88. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/84022
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Jamiyatda mavjud har bir sohaning o‘z tarixi bor. Xususan, jahon bojxona sohasi ham uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. Qadimgi davlatlarning paydo bo‘lish davrida, bir hududdan ikkinchi davlat hududiga o‘tish jarayonida boj o‘ndirish ham yuzaga kelgan. Ya’ni qabilalar va davlatlar o‘rtasidagi tovar aylanishida boj to‘lanishi talab etilgan. Boj atamasi turkiy tillardagi “tamg‘a” so‘zidan olingan bo‘lib, O‘rta Osiyoning ko‘chmanchi xalqlari orasida odatda mulk belgisi sifatida turli buyumlarga qo‘yiladigan belgi maʼnosini bildiradi. Ko‘pincha qabilalar o‘z mollariga tamg‘a qo‘yganlar va shu belgi bilan bir biridan ajratganlar.


background image

86

O‘ZBEKISTONDA BOJXONA TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING

MUSTAHKAMLANISHI

Olimjonova Gulida Olimjon qizi

Qarshi davlat universiteti tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15332480

Jamiyatda mavjud har bir sohaning o‘z tarixi bor. Xususan, jahon bojxona sohasi ham uzoq

tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. Qadimgi davlatlarning paydo bo‘lish davrida, bir hududdan ikkinchi
davlat hududiga o‘tish jarayonida boj o‘ndirish ham yuzaga kelgan

1

. Ya’ni qabilalar va davlatlar

o‘rtasidagi tovar aylanishida boj to‘lanishi talab etilgan. Boj atamasi turkiy tillardagi “tamg‘a”
so‘zidan olingan bo‘lib, O‘rta Osiyoning ko‘chmanchi xalqlari orasida odatda mulk belgisi
sifatida turli buyumlarga qo‘yiladigan belgi maʼnosini bildiradi

2

. Ko‘pincha qabilalar o‘z

mollariga tamg‘a qo‘yganlar va shu belgi bilan bir biridan ajratganlar.

Jahon tarixida xalqlarning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy hayotida muhim o‘rin

tutgan La’l, Tuz, Shoh, Oltin, Nefrit va boshqa bir necha savdo yo‘llari mavjud bo‘lgan. Ular
ichida eng mashhuri Buyuk Ipak yo‘li hisoblanadi. Dastlab Xitoy hududidan boshlanib, G‘arbga
tomon 12 ming kilometrga cho‘zilgan Sharq bilan G‘arbni tutashtirgan bu savdo yo‘li ulug‘
ajdodlarimiz sa’y-harakatlari bilan umumbashariyat taraqqiyotida yorqin iz qoldirgan,
xususan, bu yo‘lning Vatanimiz sarhadlaridan o‘tganligi uning tarixida, iqtisodiy-madaniy
yuksalishida hamda xorijiy xalqlar bilan izchil hamkorlik va hamjihatlikda bo‘lishida katta
ijobiy o‘rin egallaydi

3

.

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirilib,

yangilash jarayoni davom ettirildi. Xususan, bojxona sohasida ham bu kabi o‘zgarishlar qilinib,
tizimning huquqiy bazasi mustahkamlandi. Davlat bojxona postlari zamonaviy texnik vositalar
va texnologiyalar bilan ta’minlandi. Ammo, bu darajaga erishish uchun qanday og‘ir davrlar
boshdan kechirilganligi va qanday qiyinchiliklar yengib o‘tilganligini faqat tarix satrlarini
varaqlagandagina chuqur anglab yetish mumkin.

Mustaqillikning dastlabki yillarida mintaqadagi murakkab vaziyatdan kelib chiqilsa,

O‘zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosatida o‘ziga xos o‘rinni
egallaganligini anglash mumkin. XX asrning 90-yillarida endigina mustaqil bo‘lgan Markaziy
Osiyo davlatlarining barchasining oldida izdan chiqqan ijtimoiy-iqtisodiy sohani yo‘lga qo‘yish,
davlat xavfsizligi va chegarani mustahkamlash kabi jiddiy bir muammolar turdi. Ayniqsa,
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muhim bo‘lib, bu davrda mintaqada oziq-ovqat mahsulotlari
tanqisligi kuchli edi. Bu esa o‘z o‘rnida u yoki bu turdagi mahsulotlarni qo‘shni davlatlardan
tashish ehtiyojini kuchaytirdi. Bunday sharoitda bojxona tizimi zimmasiga qo‘shimcha
murakkab vazifalar kelib tushishi tabiiy hol bo‘ldi. Endigina mustaqillikni qo‘lga kiritgan
davlatlarning hududiy chegaralarining ochiqligi va nazoratsizligi noqonuniy tovar aylanishiga
keng yo‘l ochdi

4

. Bu davrda davlat chegaralarini noqonuniy kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar

ko‘payib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq Respublika

1

Андреева О.М. История таможенного дела и таможенной политики России. – Челябинск Издательский центр

ЮУрГУ, 2021. – С.8 -12.

2

Марков Л. Н. Очерки по истории таможенной службы. – Иркутск: Изд-во Иркут. ун-та, 1987. – С. 31. – 156 с

3

Буюк ипак йўли: муносабатлар ва тақдирлар // Аблат Хўжаев. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси Давлат

илмий нашриёти, 2007. – Б.6.

4

Davlat bojxona qo‘mitasi joriy arxivi ma’lumoti.


background image

87

rahbariyati tomonidan chegaralarni mustahkamlash va bojxona ishini yo‘lga qo‘yishga katta
e’tibor qaratildi. 1991-yil sentabr oyida Ichki ishlar vazirligi huzurida “O‘zbekiston
Respublikasi hududidan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini
olish bo‘yicha Inspeksiya” tashkil etildi

5

. Mazkur inspeksiya ham bojxonaga taalluqli qator

vazifalarni bajarib keldi. Xususan, mamlakatdan xorijga olib ketiladigan yuklarning
qonuniyligini aniqlash ishiga jiddiy e’tibor qaratildi. Asta-sekinlik bilan davlat chegarasidan
o‘tish joylarida postlar tashkil etilib, ularni zarur radioelektronika va aloqa vositalari, binolar
bilan ta’minlash choralari sekinlik bilan bo‘lsa-da, amalga oshirila boshlandi. Respublikaning
chegaradosh joylarida qo‘nalg‘alar, aeroportlarda, shoxbekatlarda, temir yo‘l stansiyalarida
nazorat postlari ochildi

6

. Eng qiyini bu davrda mamlakatda chegara qo‘shinlari ham mavjud

emas edi.

Nihoyat 1991-yil 25-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining Farmoni

bilan Bojxona qo‘mitasi tuzildi. Qo‘mitaning shtatlar birligi 415 nafar etib belgilandi

7

. Vazirlar

Mahkamasining “Respublika bojxona xizmatini tashkil etish va uning faoliyati masalalari
haqida”gi 272-son qaroriga muvofiq Bojxona qo‘mitasining tuzilmasi shakllantirildi

8

. Demak,

hukumat tomonidan Respublikada bojxona xizmatini yo‘lga qo‘yish yo‘lidagi harakati
mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun
shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qildi

9

. Bojxona qo‘mitasi faoliyatini yo‘lga qo‘yishda,

avvalo, jahonda bu boradagi tajriba va amaliyot hamda standartlarga amal qilindi. Bu davlat
iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi. Bojxona sohasiga doir Prezident
Farmoni va hukumat qarorlaridan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent,
Samarqand, Buxoro, Termiz va Farg‘ona hududiy bojxona muassasalari va ularga buysunuvchi
40 ta bojxona postlari ochildi. Ushbu nazorat postlar zimmasiga davlat chegaralaridan olib
o‘tilayotgan har bir tovarlarni qat’iy nazoratdan o‘tkazish vazifasi yuklandi.

O‘zbekiston bevosita mamlakat hududida bojxona tizimini yo‘lga qo‘yish bilan birga, bu

boradagi xalqaro huquqiy normalarni o‘rganish va ularga a’zo bo‘lish harakatlarini olib bordi.
Masalan, 1992-yil 8-iyulda O‘zbekiston Respublikasi “Bojxona hamkorligi kengashini ta’sis
etish to‘g‘risida”gi xalqaro Konvensiyaga, shu yilning 28-iyulda esa Jahon bojxona tashkilotiga
a’zo bo‘ldi.

Mustaqillikning ilk davrida O‘zbekiston hukumati oldida bojxona tizimi normativ-

huquqiy bazasini mustahkamlash, bojxona qonunchiligiga doir loyihalarni ishlab chiqish va
amalga oshirish, kadrlar masalasini hal etish, moddiy-texnika ta’minotini kuchaytirish, chegara
postlarini bino va zarur texnika vositalari bilan ta’minlash kabi vazifalarni bajarish kundalang
turdi. O‘zbekiston bojxona tizimi huquqiy bazasini kuchaytirish maqsadida 1992-yil 10-
avgustda e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi
Bojxona qo‘mitasi bilan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “O‘zbekiston Respublikasi hududidan
tovar-moddiy boyliklarning noqununiy olib chiqib ketilishini oldini olish bo‘yicha Inspeksiya”si
birlashtirilib, “Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarmalari”ni tashkil qilish haqidagi Farmoni

5

Камилов У. Т., Алимбаев С. А. Божхона қонун ҳужжатларидаги янгиликлар. 1-қисм. – Т., 1998. – Б.21.

6

Davlat bojxona qo‘mitasi joriy arxivi ma’lumoti.

7

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1991 йил 25 октябрьдаги “Ўзбекистон Республикаси Божхона

Комитетини ташкил этиш тўғрисида” ПФ-284-сон Фармони // https://lex.uz/docs/227742

8

Камилов У.Т., Алимбаев С.А. Божхона қонун ҳужжатларидаги янгиликлар. 1-қисм. – Т., 1998. –Б.26.

9

Ўзбекистон божхона хизмати. – Тошкент, 2005.–Б.62.


background image

88

bojxona xizmatini yanada mustahkamlashda muhim hujjat bo‘ldi

10

.

Asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, bojxona tizimini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida

e’lon qilingan farmon va qarorlar soni ko‘payib bordi. Masalan, 1993-yil 1-martda
O‘zRVMsining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatining ba’zi masalalari
to‘g‘risida”gi e’lon qilingan qaroriga muvofiq “Bojxona sohasi shaxsiy tarkibi uchun maxsus
unvonlar berish to‘g‘risida”gi vaqtinchalik Nizom ham tasdiqlandi

11

. Bojxona qo‘mitasining

vakolat doirasi ham kengayib bordi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda
e’lon qilingan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonun hujjatiga muvofiq bojxona
organlariga ham valyutani tartibga solishni ta’minlash vazifasi topshirildi.

1993-yil 7-oktabrda O‘zRVMsining farmoyishiga asosan 1994-yil 1-yanvardan boshlab

Respublikaga olib kiriladigan va olib chiqiladigan barcha turdagi tovar va transport vositalari
majburiy deklaratsiyalanishi tartibi joriy etildi

12

.

1994-yil 18-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Davlat

bojxona qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasiga aylantirilib, Davlat soliq qo‘mitasi tarkibiga
kiritildi. Shu bilan birga soha kadrlarini tayyorlash masalalariga ham e’tibor qaratila boshlandi.
1994-yil sentabr oyidan DSQ Bosh bojxona boshqarmasi O‘quv markazida bojxona organlariga
qabul qilingan xodimlar uchun 1 oylik boshlang‘ich tayyorgarlik kurslari ochildi

13

.

Shu tariqa bojxona tizimi davlat va hukumatning eng muhim strukturalaridan biriga

aylanib, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashdagi roli ortib bordi. Birgina 1993-yili Respublika
Davlat bojxona qo‘mitasiga Vazirlar Mahkamasining 43 ta qarori va 20 ta farmoyishi kelib
tushgan. Hukumatning 6 ta qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘mitaga va tarkibiy
bo‘linmalariga ularning faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan. Mazkur
hujjatlar ijrosi yuzasidan 23 ta qaror ijroga qabul qilinib, ular faoliyatiga rahbarlik qilish uchun
hududiy boshqarmalar va boshqa bo‘linmalarga yetkazilgan

14

.

1993-yilda Bojxona qo‘mitasining Surxondaryo, Sirdaryo, Navoiy va Farg‘ona viloyatlari

bo‘yicha boshqarmalari faoliyatida kompleks tekshirishlar o‘tkazilib, ularning uchtasi bo‘yicha
natijalari hay’at yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilib, ushbu masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul
qilindi. Shu davr mobaynida barcha hududiy boshqarmalarda ham hukumat qarorlari ijrosi, ijro
intizomi va qonuniyligi holatini o‘rganish, kadrlar bilan ishlash bo‘yicha 6 ta maqsadli
tekshiruvlar o‘tkazilib, natijalari Davlat bojxona qo‘mitasi raisi huzuridagi tezkor yig‘ilishlarda
muhokama qilindi

15

. Davlat bojxona qo‘mitasi apparatida ham yuqori tashkilotlarning

topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarmaslik holatlari uchrab turdi. Chunonchi, kelib tushgan 63 ta
hukumat qaroridan 10 tasi belgilangan muddat buzilgan yoki to‘liq bajarilmagan holda amalga
oshirilgan

16

.

10

Davlat bojxona qo‘mitasi joriy arxivi ma’lumoti.

11

https://lex.uz/docs/619554

12

Davlat bojxona qo‘mitasi joriy arxivi ma’lumoti.

13

Камилов У.Т., Алимбаев С.А. Божхона қонун ҳужжатларидаги янгиликлар. 1-қисм. – Т., 1998.–Б. 29.

14

O‘z MA, M-76-fond, 1-ro‘yxat, 365-ish, 15-varaq.

15

O‘z MA, M-76-fond, 1-ro‘yxat, 217-ish, 74-varaq.

16

Davlat Bojxona qo‘mitasining joriy arxivi, 1993 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot papkasi ma’lumoti, 23-

varaq.