“TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ” ASARINING BOSHLANGʻICH TA’LIM OʻQUV - TARBIYAVIY JARAYONLARIDA AMALIY QOʻLLANISHI

Аннотация

Mazkur maqolada Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarining umumta’lim maktablarida, xususan, boshlang‘ich sinflarda o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda amaliy qo‘llash imkoniyatlari tahlil etilgan. Shu bilan birga, asar parchalari asosida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, fikrlash madaniyatini o‘stirishga qaratilgan metodik tavsiyalar berilgan. Maqolada, shuningdek, asarning hozirgi ta’lim talablari va kompetensiyalariga uyg‘unligi, pedagogik-psixologik jihatdan qanday foydalanish mumkinligi ham ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
82-85
16

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Abrorxonova , K. ., & Rajabova , S. (2025). “TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ” ASARINING BOSHLANGʻICH TA’LIM OʻQUV - TARBIYAVIY JARAYONLARIDA AMALIY QOʻLLANISHI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(9), 82–85. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/84023
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarining umumta’lim maktablarida, xususan, boshlang‘ich sinflarda o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda amaliy qo‘llash imkoniyatlari tahlil etilgan. Shu bilan birga, asar parchalari asosida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, fikrlash madaniyatini o‘stirishga qaratilgan metodik tavsiyalar berilgan. Maqolada, shuningdek, asarning hozirgi ta’lim talablari va kompetensiyalariga uyg‘unligi, pedagogik-psixologik jihatdan qanday foydalanish mumkinligi ham ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.


background image

82

“TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ” ASARINING BOSHLANGʻICH TA’LIM

OʻQUV - TARBIYAVIY JARAYONLARIDA AMALIY QOʻLLANISHI

Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlangʻich taʼlim

pedagogikasi kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),

dotsent.

kabrorxonovna@mail.ru Tel: +998974451446

Rajabova Sarvinoz Shovkatjon qizi

Nizomiy nomidagi TDPUning Boshlangʻich ta’lim fakulteti 2-bosqich talabasi.

sarvinozr1209@gmail.com Tel: +998903934099

https://doi.org/10.5281/zenodo.15331458

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Turkiy Guliston

yoxud axloq” asarining umumta’lim maktablarida, xususan, boshlang‘ich sinflarda o‘quv-
tarbiyaviy jarayonlarda amaliy qo‘llash imkoniyatlari tahlil etilgan. Shu bilan birga, asar
parchalari asosida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, fikrlash
madaniyatini o‘stirishga qaratilgan metodik tavsiyalar berilgan. Maqolada, shuningdek,
asarning hozirgi ta’lim talablari va kompetensiyalariga uyg‘unligi, pedagogik-psixologik
jihatdan qanday foydalanish mumkinligi ham ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar:

Turkiy Guliston, axloqiy tarbiya, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik jarayon,

psixologik ta’sir, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat, nutqni rivojlantirish, Abdulla Avloniy, didaktik
materiallar, milliy qadriyatlar.


Bugungi globallashuv va axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan davrda yosh

avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Chunki ma’naviy barkamol, vatanparvar, bilimli va axloqli yoshlarni voyaga
yetkazish – davlat taraqqiyotining hal qiluvchi omillaridan biridir. Shu nuqtayi nazardan,
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Yangi O‘zbekistonni barpo etishda
ma’naviy yetuk yosh avlod hal qiluvchi kuchga aylanishi zarur” [1]. Bu esa yoshlarni har
tomonlama sog‘lom va komil inson qilib tarbiyalashda ulug‘ allomalarimizning boy ma’naviy
merosidan keng foydalanishni taqozo etadi. Bu borada Abdulla Avloniy ijodi, xususan, uning
“Turkiy Guliston yoxud axloq” asari dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu asarda bayon etilgan
axloqiy va ma’naviy tushunchalar o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda keng qo‘llanilishi,
yoshlarning nutqiy rivojiga hamda axloqiy fazilatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishda bu asarning
pedagogik va psixologik imkoniyatlari beqiyosdir. Bu fikrlar O‘zbekiston Respublikasining
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan ustuvor vazifalar bilan ham uzviy bog‘liqdir [2].
Avloniy asarining o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi amaliy ahamiyati uning har bir bobida
jamlangan ma’naviy-axloqiy g‘oyalar orqali namoyon bo‘ladi. Jumladan, “Ilm” yoki “Axloq”
kabi bo‘limlar darslik materiallarini boyitishga, mavzularni hayotiy misollar bilan bog‘lashga
imkon beradi. Boshlang‘ich ta’lim tizimida bu kabi yondashuvlar o‘quvchilarning mavzuga
bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda mustahkam hayotiy va axloqiy qarashlar shakllantirishda
muhim rol o‘ynaydi.

“Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridan foydalanish orqali o‘qituvchi faqatgina

ma’lumot beruvchi emas, balki tarbiyachi sifatida ham faoliyat yuritadi. Bu esa bugungi
kundagi ta’limda zarur bo‘lgan kompetensiyaviy yondashuv bilan hamohang bo‘lib,


background image

83

o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, o‘z fikrini erkin bayon qilishga undaydi. Mazkur asar bilan
ishlash jarayonida o‘quvchilarga turli metodlar, masalan, matnli tahlil, savol-javob, rolli
o‘yinlar, muhokamalar orqali bilim berish ularning ijodkorligini, nutqiy faolligini va axloqiy
qadriyatlarga sadoqatini oshirishga xizmat qiladi. Shu jihatlari bilan Avloniy merosi ta’lim
jarayonining ichki tarkibiy qismiga aylanishi zarur. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari o‘z
mohiyatiga ko‘ra, o‘quvchilarga nafaqat axloqiy tushunchalarni singdiradi, balki ularda
fikrlash, tahlil qilish, nutqiy ifoda qilish, muomala madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bu asarning har bir bobida berilgan hayotiy masalalar, pand-nasihatlar boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari uchun tushunarli va qiziqarli shaklda yoritilgan bo‘lib, ular orqali ta’lim berish
samaradorligi oshadi. Masalan, “Axloq” bobida Avloniy to‘g‘ri so‘zlash, halollik, odob,
rostgo‘ylik, hurmat va shaxsiy mas’uliyat kabi fazilatlarni muhim deb hisoblaydi. U bu
fazilatlarni inson kamolotining asosi sifatida ko‘rsatadi. O‘qituvchi ushbu bo‘limdagi
mazmunni o‘quvchilarga sodda tilda yetkazish bilan birga, uni darslikdagi mavzular bilan
bog‘lab, nutqiy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlashi mumkin. Masalan, o‘quvchilardan axloqli
inson qanday bo‘lishi kerakligi haqida hikoya tuzish, real hayotdan namunalar keltirish yoki
rolli o‘yinlar tashkil qilish orqali ularning og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalari rivojlanadi.
Shuningdek, asarning “Vatanni sevmoq” bobida berilgan ijtimoiy-tarbiyaviy fikrlar orqali
o‘quvchilarda vatanparvarlik, sadoqat, mas’uliyat kabi tuyg‘ular shakllanadi. Mazkur fikrlar
o‘quvchilarning fuqarolik pozitsiyasini barvaqt shakllantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat
qiladi. Asar matnlari bilan ishlash jarayonida o‘qituvchi multimodal yondashuvdan foydalansa
— ya’ni matnni o‘qish, muhokama qilish, sahnalashtirish, rasm chizish, roliklar tayyorlash
kabi metodlarni uyg‘unlashtirsa — bu o‘quvchilarning nafaqat nutqini, balki ijodiy fikrlashini
ham rivojlantiradi. Ayniqsa, “vijdon”, “mehr-shafqat”, “halollik” kabi tushunchalar ustida
muhokamalar o‘tkazish orqali o‘quvchilar psixologik jihatdan ijobiy shaxs sifatida shakllana
boshlaydi. Shu tariqa, “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda
qo‘llanilishi orqali nafaqat axloqiy tarbiya, balki nutqiy, psixologik, ijodiy, tanqidiy fikrlash
kabi ko‘nikmalarni shakllantirish mumkin bo‘ladi. Asarning zamonaviy ta’lim maqsadlariga
mosligi uni amaliy jihatdan o‘qituvchilar faoliyatiga joriy etishni talab etadi.

“Turkiy Guliston yoxud axloq” asarini o‘quv-tarbiyaviy jarayonda samarali qo‘llash

uchun uni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yoshiga moslab, tushunarli va qiziqarli tarzda taqdim
etish muhimdir. Asardagi “Vijdon”, “Odob”, " Adolat” kabi bo‘limlar asosida savol-javob, rolli
o‘yinlar, suhbatlar tashkil etish orqali o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirish, fikrlash
doirasini kengaytirish mumkin. Shu bilan birga, “Bu gapdan qanday xulosa chiqarish
mumkin?”, “Agar sen bo‘lganingda nima qilarding?” kabi topshiriqlar orqali yozma nutqni
shakllantirish, mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish tavsiya etiladi. Asardagi
axloqiy tushunchalarni hayotiy misollar bilan muhokama qilish, kichik sahna ko‘rinishlari
tayyorlash orqali o‘quvchilarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi samarali
metodik yondashuvlar shakllantiriladi. Shuningdek, “Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridagi
hikmatlarni o‘quvchilar uchun yanada qiziqarli va samarali qilish maqsadida, ularni
guruhlarga bo‘lib, kichik loyihalar yaratishga yo‘naltirish mumkin. Masalan, har bir guruhga
asardagi biror mavzuni tanlab, uni hayotda qanday qo‘llanilishini tushuntirish vazifasini
berish orqali o‘quvchilarning yaratqonlik va analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish
mumkin. Bunday yondashuv o‘quvchilarning o‘z nutqlarini mantiqiy va ravon tarzda
ifodalashiga yordam beradi. [3] Bundan tashqari, asarda keltirilgan axloqiy va tarbiyaviy


background image

84

qadriyatlarni o‘quvchilarga ko‘rsatib, ularda ijtimoiy mas’uliyat hissini uyg‘otish muhimdir.
Misol uchun, o‘quvchilarni o‘z sinfi va maktabi ichida odob-axloq, vijdonli bo‘lish va yaxshilik
qilishga undash orqali, ular o‘zlarining ijtimoiy roli va ahamiyatini his qilishadi. [4] Natijada,
o‘quvchilarning nafaqat til, balki axloqiy qadr-qimmatlari ham shakllanadi va bu ularni
kelajakda har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida jamiyatga foyda keltiradigan yuksak
insonlar bo‘lishiga yordam beradi. Shuningdek, ushbu asar asosida o‘quvchilar bilan bahs-
munozara darslarini tashkil etish ham samarali natija beradi. Bahs-munozara jarayonida
o‘quvchilar muayyan axloqiy tushunchalarni turli nuqtai nazardan tahlil qilishadi, o‘z
fikrlarini asoslab aytish, boshqalarni tinglash, savol-javoblar orqali nutqini rivojlantirish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu nafaqat og‘zaki nutqni, balki tanqidiy va mantiqiy fikrlashni
ham rivojlantiradi. Asarda uchraydigan ijtimoiy xatti-harakatlar, axloqiy me’yorlar haqida
o‘quvchilar mustaqil fikr bildirganlarida, ular o‘z hayotiy tajribalari bilan bog‘laydi, shaxsiy
dunyoqarashi kengayadi. Bu kabi dars shakllari orqali o‘quvchi faqat bilim egallabgina
qolmay, balki o‘zining fikrlash va ifoda qilish madaniyatini ham yuksaltiradi. “Turkiy Guliston
yoxud axloq” asarini o‘quv-tarbiyaviy jarayonda qo‘llashda ijodiy yozuv topshiriqlari ham
katta ahamiyatga ega. Masalan, o‘quvchilardan asarda uchraydigan axloqiy mavzular asosida
kichik insho yoki voqeaviy hikoya yozish so‘ralganda, ular o‘z fikrlarini yozma tarzda izchil,
mantiqiy va mazmunli ifodalashga odatlanadilar. Bu orqali nafaqat yozma nutq ko‘nikmalari
shakllanadi, balki axloqiy tushunchalar chuqurroq anglanadi, hayotiy misollar bilan boyitiladi.
Shu bilan birga, yozuv jarayonida o‘quvchilarning lug‘at boyligi kengayadi, fikrlari aniq va
ravon ifodalanadi. Bu esa ularning yozma nutqini bosqichma-bosqich mukammallashtiradi.

Xulosa qilib aytganda, “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarining boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishdagi ahamiyati juda katta. Asarda
ilgari surilgan halollik, vijdon, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi axloqiy fazilatlar
o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytiradi, nutqiy faolligini oshiradi va shaxs sifatida
kamol topishiga xizmat qiladi. Dars jarayonida ushbu asardan foydalanish orqali
o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, o‘z pozitsiyasini ifodalash, yozma va og‘zaki nutqni boyitish,
shuningdek, ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlarni anglash ko‘nikmalari shakllanadi. Matn
asosida suhbatlar o‘tkazish, ijodiy topshiriqlar berish, rolli o‘yinlar tashkil etish kabi usullar
o‘quvchilarning qiziqishini oshirib, ularni faol, bilimli va barkamol shaxs bo‘lib voyaga
yetishiga zamin yaratadi. Shuningdek, asardan olingan parchalarni dramatizatsiya qilish,
kichik guruhli muhokamalar uyushtirish orqali o‘quvchilar orasida hamkorlikda ishlash, fikr
almashish va tinglash madaniyati ham rivojlanadi. Shu sababli, asarni o‘quv-tarbiyaviy
jarayonga samarali qo‘shish dolzarb bo‘lib, u nafaqat til o‘rgatish, balki komil inson tarbiyasini
ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston – yangicha tafakkur va yangicha yondashuv asosida

taraqqiyot sari intilayotgan xalqimizning ezgu orzu-umidlarining ifodasidir // Xalq so‘zi,
2021-yil, 29-dekabr.
2.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020-yil 23-sentabr, 3-

modda.


background image

85

3.

Qodirova G. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muloqot madaniyatini shakllantirishda

badiiy asarlarning o‘rni. – “Ilm sarchashmalari” jurnali, 2023-yil, 1-son.
4.

Inoyatova Sh., Karimova R. Bosh­langʻich ta’lim metodikasi. — Toshkent: TDPU

nashriyoti, 2021.
5.

Avloniy A. Turkiy Guliston yoxud axloq. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020.

6.

Nishonova S. va boshq. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent:

TDPU nashriyoti, 2021.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston – yangicha tafakkur va yangicha yondashuv asosida taraqqiyot sari intilayotgan xalqimizning ezgu orzu-umidlarining ifodasidir // Xalq so‘zi, 2021-yil, 29-dekabr.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020-yil 23-sentabr, 3-modda.

Qodirova G. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muloqot madaniyatini shakllantirishda badiiy asarlarning o‘rni. – “Ilm sarchashmalari” jurnali, 2023-yil, 1-son.

Inoyatova Sh., Karimova R. Bosh­langʻich ta’lim metodikasi. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021.

Avloniy A. Turkiy Guliston yoxud axloq. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020.

Nishonova S. va boshq. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021.