Авторы

  • Sh.Sh. Usmonova
    Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kefedrasi katta o’qituvchilari
  • Doniyorbek Igamberdiyev
    Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kefedrasi katta o’qituvchilari
  • Diyora Qobuljonova
    Fizika yo’nalishi 101-guruh talabalari
  • Xumora Adixamjonova
    Fizika yo’nalishi 101-guruh talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.86940

Ключевые слова:

Korrupsiya karrupsiyaviy huquqbuzarlik korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi korrupsiyaviy haf hatar korrupsuyani oldini olish.

Аннотация

Ushbu maqolada xalqaro tajriba asosida korruptsiyaga qarshi kurashning samarali va tizimli usullari tahlil qilinadi. Turli mamlakatlar xususan Skandinaviya davlatlari, Singapur, Janybiy Koreya hamda Gonkong tajribalari asosida korruptsiyani oldini olishda huquqiy mexanizmlar, raqamli boshqaruv tizimlari, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligi va immaviy axborot vositalarining roli keng ekanligi keng yoritildi.


background image

147

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING JAHON TAJRIBASI

Sh.Sh. Usmonova

Igamberdiyev Doniyorbek

Andijon davlat pedagogika instituti

Ijtimoiy fanlar kefedrasi katta o’qituvchilari

Qobuljonova Diyora Xusniddin qizi

Adixamjonova Xumora Sherzodbek qizi

Fizika yo’nalishi 101-guruh talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15385681

Annotatsiya.

Ushbu maqolada xalqaro tajriba asosida korruptsiyaga qarshi kurashning

samarali va tizimli usullari tahlil qilinadi. Turli mamlakatlar xususan Skandinaviya davlatlari,
Singapur, Janybiy Koreya hamda Gonkong tajribalari asosida korruptsiyani oldini olishda
huquqiy mexanizmlar, raqamli boshqaruv tizimlari, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligi
va immaviy axborot vositalarining roli keng ekanligi keng yoritildi.

Kalit so’zlar

: Korrupsiya, karrupsiyaviy huquqbuzarlik, korrupsiyaga qarshi kurashish

tizimi, korrupsiyaviy haf hatar, korrupsuyani oldini olish

.

Abstract:

This article analyzes effective and systematic methods of combating

corruption based on international experience. The experiences of various countries
particularly Scandinavian countries, Singapore, South Korea and Hong Kong are examined to
highlight the importance of legal mechanisms digital governance systems the activeness of
civil society institutions and the wide role of mass media in preventing corruption.

Keywords:

Corruption, corrupt practices, legal violations, anti- corruption system,

corruption risk, prevention of corruption.

Аннотатсия:

В данной статье анализируются эффективные и системные методы

борьбы с коррупцией на основе международного опыта. Рассматриваются примеры
различных стран в частности скандинавских государств Сингапура Южной Кореи и
Гонконга с акцентом на важность правовых механизмов активности институтов
гражданского общества и широкой роли средств массовой информации в
предотвращении коррупции.

Кдючевые слова:

Коррупция, коррупсионные правонарушения, правонврушния,

система борьбы с коррупией, коррупционные риски, предотвращение коррупции.

Kirish.

Korrupsiya- jamiyat kushandasi. So’ngi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning

oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida
korrupsiogen omillarga chek qo’yishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlar izchil amalga
ochirilmoqda. Korrupsiya lotincha “sorruptio” so’zidan olinga bo’lib poraga sotilish, aynish,
tanazzul degan manolarni anglatadi. Shaxsni mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarida
foydalanish bilan bog’liq bo’lgan jinoyat turidir. Korrupsiyaviy faoliyat xufyona
iqtisodiyotning asosiy zararli va yemiruvchi turlaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston
Respublikasining 2017 yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish
to’g’risida” gi qonunida “korrupsiya” tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi:

“Korrupsiya” deganda shaxning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlari

yoxud o’zga shaxslarning manfaatlaini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida
qonunga xilof ravishda taqdim etish tushiniladi.Korrupsiyaga oid xuquqbuzarlik- korrupsiya
alomatlariga ega bo’lgan, sodir etilganligi uchun qonun xujjatlarida javobgarlik nazarda


background image

148

tutilgan qilmish tushuniladi. Insoniyat tarixidan ma’lumki korrupsiya jamiyatni yemiradigan,
shaxsni axloqiy jihatdan inqirozga uchratadigan har qanday davlat iqtisodiyotiga salbiy
ta’sir qiladigan ijtimoiy illatdir. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev korrupsiyani mohiyati va
unga qarshi kurashish zarurligi haqida quyidagi fikr bejiz aytmagan edi: ,, Jamiyat rivojiga g’ov
bo’layotgan yana bir illat – bu korrupsiya balosidir. Bunday hatarga qarshi kurashish
maqsadida yaqinda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan
,,Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi’’ qonuni tezroq amaliyotga joriy etish chora-
tadbirlarini ko’rishimiz lozim. Bularning barchasi o’z navbatida inson xuquq va
manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirishga xalqimizning davlat
xokimiyatiga bo’lgan ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. BMT ning xalqaro
miqiyosda korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha ma’lumotida shunday deyiladi: ,,Korrupsiya –
bu shaxsiy naf ko’rish maqsadlarida davlat xokimyatini suiiste’mol qilishdir’’. Korrupsiya
tushunchasiga berilgan shu kabi ta’rif jahon bankining xozirgi dunyoda davlatning roliga
bag’ishlangan xisobotida ham berilgan : korrupsiya - shaxsiy naf ko’rish yo’lida davlat
xokimyatini suiiste’mol qilishdir. BMT korrupsiyaga qarshi kurash borasida quyidagi
xujjatlarni qabul qilgan: Xuquqiy tartibotni saqlash bo’yicha mansabdor shaxslarning xulq-
atvor Kodeksi. Xuquqiy tartibotni saqlash bo’yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor
Kodeksini samarali amalga oshirilishi uchun rahbariy prinsiplar. Davlat mansabdor
shaxslarining Xalqaro xulq-atvor kodeksi. BMT ning Xalqaro tijorat operatsiyalarida
korrupsiya va poraxorlikga qarshi kurash to’g’risidagi Deklaratsiyasi. Terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurash to’g’risidagi xalqaro konvensiya. BMT ning Transmilliy
uyushgan jinoyatchilikga qarshi kurash to’g’risidagi konvensiyasi. BMT Forumining ofshorlar
bo’yicha kommunikesi. BMT Bosh kotibining korrupsiyaga oid maruzasi. Korrupsiyaga qarshi
kurash bo’yicha chora tadbirlar to’plami. Korrupsiyaga qarshi kurash choralari pulni
tozalashga qarshi kurash choralari jinoyatchilik va odil sudlov:XXI asr chorloviga javoblar
to’g’risidagi Vena deklaratsiyasi amalga oshirish harakat rejasi. BMTning korrupsiyaga qarshi
kurash to’g’risidagi konvensiyasi.

Xulosa.

Korrupsiyaning Jahon tajribasi shuni ko’rsadmoqdaki, korrupsiyani bartaraf

etish faqat jazolovchi choralar bilan emas, balki komleks yondashuv ya’ni huquqiy
institutsional, ma’naviy va axborot texnalogiyalariga asoslangan strateegiyalar orqali amalga
oshirildi. Rivojlangan davlatlar tajribasi korrupsiyaga qarshi samarali tizim barpo etishda
yuqori darajadagi siyosiy iroda, fuqarolik jamiyatining faolligi oshkorlik va hisobdorlik
tamoyillarining muhimligini tasdiqlaydi. Shuningdek raqamli boshqaruv tizimlari va ochiq
ma’lumotlardan foydalanish korrupsion xavflarni sezilarli darajada kamaytirishga xizmat
qilmoqda. Ushbu tajribalar O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash siyosatini yanada
takomillashtirishda muhim ilmiy- amaliy asos bo’lib xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Davronov. Z. Shermuhamedova, N. Qahharova M. Nurmatova M. Husanov B. Sultonova A.

Falsafa. Tosheknt:TMU, 2019
2.

Madaeva Sh. Shermuhamedova N. falsafa o’quv qo’llanma. Toshkent 2019

3.

Muhammadjonova L.A. L.A. Abdulla Sher, Shodimetova G, Axloq falsafasi, Toshkent 2023

Библиографические ссылки

Davronov. Z. Shermuhamedova, N. Qahharova M. Nurmatova M. Husanov B. Sultonova A. Falsafa. Tosheknt:TMU, 2019

Madaeva Sh. Shermuhamedova N. falsafa o’quv qo’llanma. Toshkent 2019

Muhammadjonova L.A. L.A. Abdulla Sher, Shodimetova G, Axloq falsafasi, Toshkent 2023