Mazkur maqolada XXI asr o‘zbek she’riyatida Oy obrazining badiiy talqini Shodmonqul Salom she’rlari misolida tahlil etiladi. Shoir ijodida Oy obrazi faqatgina tabiat manzarasini yaratish vositasi sifatida emas, balki ruhiy holatni ifodalash, voqealarning kechayotgan muhitini belgilash, yorni go‘zallik timsoli sifatida tasvirlash vositasi sifatida ham ishlatilgan. Maqolada ushbu obrazning mazmun va vazifalari misollar asosida yoritilgan.