Авторы

  • Axrorjon Ashirboyev
    O'zbekiston Respublikasi IIVAkademiyasi “Tergov faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi
  • Boyto’ra Boybo’tayev
    O’zbekiston Respublikasi IIVAkademiyasi 3-bosqich 323-guruh kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.98091

Ключевые слова:

Fuqarolarning huquqlari erkinliklari qonuniy manfaatlari jinoyat jinoyat protsessi yarashuv institutei

Аннотация

Ushbu maqolada fuqarolarning huquq va erkinliklarini oliy qadriyatligidan, xalqimizning urf-odatlaridan kelib yarashuv institutining jinoyat va jinoyat protsessual huquq tizimiga kiritilishi, uning rivojlanish bochqichlari, xorijiy davlatlar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining qiyosiy tahlili va ushbu institutning afzallik tomonlari atroflicha bayon qilingan.


background image

144

YARASHUV INSTITUTINING JORIY ETILISHI VA AFZALLIK TOMONLARI

Ashirboyev Axrorjon Tirkash o’g’li

O'zbekiston Respublikasi IIVAkademiyasi

“Tergov faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi

Boybo’tayev Boyto’ra Mamat o’g’li

O’zbekiston Respublikasi IIVAkademiyasi

3-bosqich 323-guruh kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15535647

Annotatsiya

Ushbu maqolada fuqarolarning huquq va erkinliklarini oliy qadriyatligidan, xalqimizning

urf-odatlaridan kelib yarashuv institutining jinoyat va jinoyat protsessual huquq tizimiga
kiritilishi, uning rivojlanish bochqichlari, xorijiy davlatlar va O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligining qiyosiy tahlili va ushbu institutning afzallik tomonlari atroflicha bayon
qilingan.

Kalit so‘zlar

Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari, jinoyat, jinoyat protsessi,

yarashuv institutei


Respublikamizda sud-huquq tizimini isloh qilish va erkinlashtirish borasida amalga

oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlarida inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklariga
alohida e’tibor qaratilib, bu milliy qonunchiligimizda o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda.

Konstitutsiyamizda inson manfaatlari, huquq va erkinliklarining oliy qadriyat deb e’tirof

etilishi, xalqimizning urf-odatlari va an’analaridan kelib chiqqan desak ayni haqiqat. Ayni 2001
yilda jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan jinoyat va jinoyat-protsessual
qonunchiligimizda yarashuv institutining joriy etilganligi ham, jamiyatda fuqarolar o‘rtasida
o‘zaro hurmat va hamjihatlilik, ahillik va mehr-oqibat muhiti mustahkamlanishiga samarali
xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining asosiy vazifasi – shaxs, uning huquq va

erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, mulk, tabiiy muhit, tinchlik hamda insoniyat
xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek, jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni
Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Ushbu vazifani
amalga oshirishda xuquqni muxofaza qilish idoralaridan jinoyat sodir etgan shaxsning
qilmishlariga aniq va xolisona huquqiy baxo berish, jinoyat yo‘liga adashib kirib qolganlarni bu
yo‘ldan qaytarish va qonunga itoatkorlik ruxida tarbiyalash, jabirlanuvchiga yetkazilgan
zararlarning qoplanilishga erishish, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va jabrlanuvchi o‘rtalarida
adovat vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik muxim axamiyatga ega. Shu o‘rinda Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, ichki ishlar organlari faoliyatiga baho berishda jinoiy
ishlarni odilona va sifatli tergov qilish, shaxsning jinoiy qilmishiga munosib adolatli huquqiy
baho berish muhim o‘rin tutadi

1

.

2015 yilning 23 yanvarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida
huquqni qo‘llash amaliyotiga yetarli darajada e’tibor qaratish, qonunlarni ijrochilarga

1

Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и следственного действия //Общество

и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411.


background image

145

yetkazish, huquqni qo‘llash samaradorligini o‘rganish, qabul qilinayotgan qonunlarni amalda
qo‘llashni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash ustuvor vazifalar
sifatida ko‘rsatib o‘tilgan edi. 2017-yil 07-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha xarakatlar strategiyasi”da ham
“Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh etish” aloxida yo‘nalish
sifatida belgilangani ham bejiz emas albatta. Xarakatlar strategiyasiga muvofiq 2018 yil 14 may
kuni Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida №3723-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul
qilinish va qaror doirasida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual
qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Konsepsiyada:

- surishtiruv va dastlabki tergov jinoyat-protsessual institutlarini yanada

takomillashtirish, jinoyat ishlarining ketma-ketligini tartibga soluvchi jinoyat-protsessual
normalarni differensiatsiyalash;

- tergovga qadar tekshiruv va sud bosqichlarida ishlarni ko‘rib chiqishda yarashuv

institutini qo‘llash doirasini kengaytirish kabi bandlarning kiritilishi ushbu inistitut axamiyati
nechog‘lik ortib borayotganligini ko‘rsatdi.

Mustaqillik yillarida sud-huquq tizimini erkinlashtirish va demokratlashtirish borasida

muhim qadamlar qo‘yilganini e’tirof etish lozim. Uning natijasida mamlakatimizda zamonaviy
demokratiya talablariga javob bera oladigan sud tizimi shakllanmoqda. Sud bugungi kunda
avvalgidek hukmron kommunistik tizimning qatag‘on va jazolash apparati emas, balki u har bir
inson, fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ishonchli tarzda qo‘riqlash va himoya qilishga
qaratilgan chinakam mustaqil davlat institutiga aylanmoqda. Fuqarolarning sudga ishonchi
mustahkamlanib bormoqda

2

. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining «Jinoiy

jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-
protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va
qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 2001-yil 29-avgust qonuni qabul qilindi.

Mazkur qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksida 66¹-

moddasi (Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etish) va Jinoyat-
protsessual kodeksida 62-bob (Yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yuritish) o‘z aksini
topdilar. Bu yarashuv institutining paydo bo‘lishiga birinchi qadam bo‘ldi. Biroq dunyoning
rivojlangan davlatlari sud amaliyotida to‘liq sinovdan o‘tgan, huquqiy demokratik davlat va
kuchli fuqarolik jamiyatida insonparvarlik tamoyillariga batamom mos keladigan yarashuv
instituti milliy qonunchiligimizga faqat xorijiy tajriba asosida kirib kelgan emas.

Mazkur institut xalqimizning urf-odatlari va an’analaridan kelib chiqib, milliy

qonunchiligimizda ifoda etilganligi uchun ham, bugungi kunda eng samarali qo‘llanilayotgan
institutlardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu haqda Birinchi Prezident Islom
Karimovning «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da – «Mazkur institutning samaradorligi hamda o‘zbek
xalqining rahmdillik va kechirimlilik kabi ko‘p asrlik an’analariga mosligi uning izchillik bilan
kengayib borishiga asos bo‘ldi»

i

– deb ta’kidlab o‘tgan

3

.

2

Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном процессе //Общество и

инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.

3

Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари //Академические

исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.


background image

146

Masalaning yana bir muhim jihati xorijiy davlatlar, xususan Ozarbayjon, Gruziya,

Qirg‘iziston, Mug‘uliston, Rossiya, Turkmaniston, Ukraina va boshqa davlatlarning
qonunchiligiga ko‘ra yarashuv institutini faqat jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxslarga
nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lsa, respublikamiz Jinoyat kodeksining 66¹-moddasiga muvofiq,
jinoyatni nafaqat birinchi marta sodir etgan shaxslar, balki muqaddam ijtimoiy xavfi katta
bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxslarga
nisbatan, hatto ularning sudlangan holati bekor qilinmay turib ham yarashuv institutini qo‘llash
mumkin. E’tiborli tomoni shundaki, bugungi kunga kelib, amaldagi qonun normalariga ko‘ra,
og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallangan yoki
sudlanganligi olib tashlangan shaxslarni ham jinoiy javobgarlikdan ozod bo‘lish imkoniyatiga
ega. Bu esa qonunlarimizning nechog‘lik liberal ekanligidan dalolatdir. Amaldagi jinoyat qonuni
normasiga muvofiq, yarashuv institutini qo‘llash uchun quyidagi shartlar bajarilgan bo‘lishi
lozim: 1) sodir etilgan jinoiy qilmish Jinoyat kodeksining 66¹-moddasida qayd etilgan bo‘lishi
lozim; 2) jinoyat sodir etgan shaxs (gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi)ning
aybiga iqror bo‘lganligi; 3) jabrlanuvchiga yetkazilgan zararning bartaraf qilganligi; 4)
jabrlanuvchi bilan jinoyat sodir etgan shaxsni yarashganligi, ya’ni jabrlanuvchining
kechirganligi. Ushbu shartlardan birortasining bajarilmasligi jinoyat ishi bo‘yicha yarashuv
institutini qo‘llashni istisno etadi

4

.

Ta’kidlaganimizdek, jabrlanuvchi Jinoyat kodeksining 66¹-moddasida nazarda tutilgan

jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan
yarashgan taqdirda jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 62-bobida belgilangan tartibda
sud tomonidan ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatilishi mumkin. Binobarin,
yarashuv instituti – bu faqatgina jabrlanuvchi tomonidan kechirish emas, balki jinoyat sodir
etgan shaxsga nisbatan jabrlanuvchining dastlabki bildirilgan talab va da’volaridan voz
kechishi hamdir

5

.

Yarashuvning afzallik tomonlari nimalardan iborat?
Birinchidan, u jabrlanuvchi va huquqbuzar o‘rtasidagi nizolar jino-iy jazo choralarini

qo‘llamasdan hal qilish, zararning tez va to‘la qoplanishini ta’minlashi, qayta jinoyat sodir
etishni oldini olish hamda aybdorni jamiyatdan ajratmasdan turib tuzatishdan iborat.

Ikkinchidan, u bevosita zararni qoplash orqali nizoning tezda hal etilishiga ta’sir qiladi

moddiy yoki ma’naviy qoplanishini ortiqcha qog‘ozbozliksiz amalga oshirilishini ta’minlaydi va
kechirish imkoniyatini beradi.

Uchinchidan, yarashtiruv instituti bevosita jamiyat va odil sudlov uchun foydali, jamiyatni

huquqiy tarbiyalashda yordam beradi, fuqarolarga jinoyatlardan himoyalanganlik va
xavfsizligini ta’minlanganlik hissini mustahkamlaydi

6

.

To‘rtinchidan, residiv jinoyatchilikning kamayishiga sabab bo‘ladi, odil sudlov idoralarni

4

Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп моддаларни ўтказиш мақсадини

кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш, сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда
қўшиб ҳисоблаш методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.

5

Суюнов Ш. Понятие преступления по незаконному изготовлению, приобретению, хранению наркотических

средств, их аналогов или психотропных веществ без цели сбыта //Общество и инновации. – 2025. – Т. 6. – №. 1/S.
– С. 267-277.

6

Усманалиев Н. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан боғлиқ айрим мулоҳазалар

//Теоретические аспекты становления педагогических наук. – 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.


background image

147

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishdan
ozod qiladi, mablag‘ va vaqtni tejaydi, hamda jinoiy jazoni ijro etish muassasalarida ijtimoiy-
ruhiy muhitni yaxshilashga xizmat qiladi. Demak, shunday ekan, O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat qonunchiligiga kiritilgan yarashuv instituti biz uchun tasodifiy emas, balki u tarixiy
merosimiz va hozirgi zamon tajribasini o‘rganib ilmiy tadqiq qilib asoslangan tarzda kiritildi

7

.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Toshkent” 2024.

2.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessula kodeksi .

3.

O’zbekiston Respublikasi Jinopyat kodeksi.

4.

O’zbeksiton Respublikasining 2010-yil 1-iyunda qabul qilingan 249-sonli

5.

“Sud ekspertizasi to’g’risida”gi qonuni.

6.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-may kuni qabul qilingan “Jinoyat va

jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirishchora-tadbirlari to’g’risida”gi
3723-son qarori.
7.

“Jinoyat ishini yuritishda ekspertiza: mazmuni, axamiyati, tayinlash va o’tkazish asoslari”

uslubiy qo’llanma, O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi 2016- yil. 7.“Qasddan badanga
shikat yetkazish jinoyatlarini tergov qilishda ilgari surilgan versiyalarni tekshirishning ayrim
masalalari” maqola Yesimbetova.B.Y
8.

“Qasddan badanga og’ir yoki o’rtacha og’irlikda tan jarohati yetkazish jinoyatlarini

kvalifikatsiya qilish masalalari ” maqola Yesimbetova.B.Y 2024-yil 15-mart.
9.

“Badanga tan jarohati etkazish jinoyatlarini tergov qilishdagi ekspertiza va mutaxassislik

bilimlari” maqola Yesimbetova.B.Y 2024-yil 5-noyabr “Ilm-fan yangiliklari konferensiyasi”
10.

Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном

процессе //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.
11.

Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и

следственного действия //Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411.
12.

Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари

//Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.
13.

Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп

моддаларни ўтказиш мақсадини кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш,
сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда қўшиб ҳисоблаш
методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире:
теоретические и практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.
14.

Суюнов Ш. Понятие преступления по незаконному изготовлению, приобретению,

хранению наркотических средств, их аналогов или психотропных веществ без цели
сбыта //Общество и инновации. – 2025. – Т. 6. – №. 1/S. – С. 267-277.
15.

Хушвактова Н.А. Effective use of the opportunities of specialists and interpreters who

are public representatives in the investigation process// Proceedings of the XXIV International

7

Аширбоев А. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро тажриба ва ўзбекистон

қонунчилигини такомиллаштириш истиқболлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.


background image

148

Multidisciplinary Conference «Prospects and Key Tendencies of Science in Contemporary
World».

Bubok

Publishing

S.L.,

Madrid,

Spain.

2022..

Б.

65-

68.DOI:10.32743/SpainConf.2022.10.24.346229
16.

Хушвактова Н.А. Факторы, препятствующие эффективному использо¬ванию

общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова // Теоретические
аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по материалам LXV
Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие аспекты
юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд. «Интернаука»,
2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588
17.

Усманалиев Н. “Oқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий

жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.
18.

Усманалиев Н. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан

боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук.
– 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.
19.

Аширбоев А. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро

тажриба

ва

ўзбекистон

қонунчилигини

такомиллаштириш

истиқболлари

//Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Toshkent” 2024.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessula kodeksi .

O’zbekiston Respublikasi Jinopyat kodeksi.

O’zbeksiton Respublikasining 2010-yil 1-iyunda qabul qilingan 249-sonli

“Sud ekspertizasi to’g’risida”gi qonuni.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-may kuni qabul qilingan “Jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirishchora-tadbirlari to’g’risida”gi 3723-son qarori.

“Jinoyat ishini yuritishda ekspertiza: mazmuni, axamiyati, tayinlash va o’tkazish asoslari” uslubiy qo’llanma, O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi 2016- yil. 7.“Qasddan badanga shikat yetkazish jinoyatlarini tergov qilishda ilgari surilgan versiyalarni tekshirishning ayrim masalalari” maqola Yesimbetova.B.Y

“Qasddan badanga og’ir yoki o’rtacha og’irlikda tan jarohati yetkazish jinoyatlarini kvalifikatsiya qilish masalalari ” maqola Yesimbetova.B.Y 2024-yil 15-mart.

“Badanga tan jarohati etkazish jinoyatlarini tergov qilishdagi ekspertiza va mutaxassislik bilimlari” maqola Yesimbetova.B.Y 2024-yil 5-noyabr “Ilm-fan yangiliklari konferensiyasi”

Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном процессе //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.

Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и следственного действия //Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411.

Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.

Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп моддаларни ўтказиш мақсадини кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш, сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда қўшиб ҳисоблаш методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.

Суюнов Ш. Понятие преступления по незаконному изготовлению, приобретению, хранению наркотических средств, их аналогов или психотропных веществ без цели сбыта //Общество и инновации. – 2025. – Т. 6. – №. 1/S. – С. 267-277.

Хушвактова Н.А. Effective use of the opportunities of specialists and interpreters who are public representatives in the investigation process// Proceedings of the XXIV International Multidisciplinary Conference «Prospects and Key Tendencies of Science in Contemporary World». Bubok Publishing S.L., Madrid, Spain. 2022.. – Б. 65-68.DOI:10.32743/SpainConf.2022.10.24.346229

Хушвактова Н.А. Факторы, препятствующие эффективному использо¬ванию общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова // Теоретические аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по материалам LXV Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд. «Интернаука», 2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588

Усманалиев Н. “Oқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.

Усманалиев Н. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук. – 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.

Аширбоев А. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро тажриба ва ўзбекистон қонунчилигини такомиллаштириш истиқболлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.