Авторы

  • Malika Yadgarova
    TDIU.”Bank hisobi va auditi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.103546

Аннотация

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga ko‘ra, «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida mamlakatimiz rivojlanishining ustuvor yondashuvlari etib bir qancha vazifalar  belgilandi, jumladan:


background image

`

52

RESPUBLIKAMIZDA “YASHIL IQTISODIYOT” TAMOYILLARINI JADAL

RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Yadgarova Malika Lutpillayevna

TDIU.”Bank hisobi va auditi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15624489

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida

amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi. Mazkur
farmonga ko‘ra, «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida mamlakatimiz
rivojlanishining ustuvor yondashuvlari etib bir qancha vazifalar belgilandi, jumladan:

-

mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish;

-

aholining ekologik turmush tarzini shakllantirish;

-

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni tejash;

-

o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash, ko‘paytirish;

-

«yashil iqtisodiyot» tamoyillarini keng joriy qilish;
Yashil iqtisodiyot atamasi birinchi bo'lib 1989 yilda Buyuk Britaniya hukumatiga bir

guruh yetakchi ekologiya iqtisodchilari Pearce, Markandya va Barbier tomonidan "Yashil
iqtisod rejasi" deb nomlangan hisobotida kiritilgan

1

.

So‘nggi 15-20 yillarda nafaqat yurtimizda, balki jahonning boshqa turli xududlarida global

ekologik muammolarning keskinlashuvini kuzatyapmiz. Ekspertlar vaziyatni o‘nglash uchun
jahon iqtisodiyotida “yashil taraqqiyot” tamoyillarini joriy etish zarurligini ta’kidlamoqda.
Mazkur yondashuv BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlarida ham o‘z ifodasini topgan.

S.N.Bobilovning “Zelyonaya» ekonomika” kitobida “yashil iqtisodiyot” - bu insonlarning

resurslarga mas’uliyatli munosabatini nazarda tutadigan iqtisodiy rivojlanish modeli deb ta’rif
bergan

2

. Tabiiy resurslardan, qayta ishlab chiqarish orqali energiya resurslarini tejash davr

talabi deb kitobda xorijiy mamlakatlar tajribasidan misollar keltiriladi. U tabiiy resurslardan
oqilona va samarali foydalanib yuqori ko‘rsatkichlarga erishish mumkinligini misollar orqali
yoritgan. Shu o‘rinda, muallif yashil iqtisodiyotga o

sish davlatlarda iqtisodiy tengsizlik,

kambag’allik bo

yicha muammolarni hal qiladi degan fikr bildiradi.

Sh.Sh.Xamzina, K.X.Shadiyevlar

yashil iqtisodiyot - bu atrof-muhitni saqlash va zararli

gazlar, chiqindilarini kamaytirishni nazarda tutadigan iqtisodiy model sifatida qarash lozim
deya fikr bildirgan “Osnovi zelyonoy ekonomiki” kitobida. Yashil iqtisodiyot va yashil o‘sishga
qaratilgan yo‘nalishlarni to‘g‘ri tanlashning ahamiyati rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar misolida tahlil qilingan

3

.

Bugun insoniyat yangi tahdidlar oldida turibdi, dunyo aholisining ko‘payishi davom

etyapti, tabiiy resurslar zaxirasi esa muttasil ravishda qisqarmoqda. Bu holat dunyo
mamlakatlarini qiyin ahvolga solib global muammo darajasiga yetgan desak mubolag‘a
bo‘lmaydi.

1

Вахобов А., Хажибеков Ш., Утемуратова Г.идр. «Зелёная экономика» 2023г. Т.: Издательство «Инновационное

развитие» 2023, стр 11.

2

Бобылев, В. С. Вишнякова, И. И. Комаров С.Н «Зелёная» экономика. Новая парадигма развития страны / С. Н.

[и др.]; под общ. ред. А. В. Шевчука. — М.: СОПС, 2018. — С. 68

3

Хамзина Ш. Ш., Шадиев К. Х. Издательство: ООО Первое экономическое издательство ISBN 978-5-91292-359-

3; 2020 г.


background image

`

53

O‘zbekiston 2019- yilda “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasi”ni qabul qildi. Yaqin o‘n

yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ekologik toza va resurs
tejamkor texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi, samarali energiya manbalaridan keng
foydalanish ko‘zda tutilgan. Respublikamizda yashil iqtisodiyot tamoyillari quyidagilar:

-

Tabiiy resurslarni samarali va tejamkorlik bilan qo‘llash;

-

Qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish;

-

Atrof-muhitni muhofaza qilish va ifloslanishni kamaytirish;

-

Iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlikni uyg‘unlashtirish;

-

Yashil texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish;

-

Hamkorlik va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish;

-

Qonunchilik va siyosatni takomillashtirish.

Mamlakatimizda aholi sonining ortishi kelgusida, energetika resurslariga bo‘lgan

talabning ham ortishini bildiradi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish va ulardan
samarali foydalanish esa “Yashil iqtisodiyot”ning muhim komponenti bo‘lib hisoblanadi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, respublikamizda muqobil energiya, jumladan quyosh
energiyasining yillik zaxirasi 270 million tonna shartli yoqilg‘i ekvivalentiga teng, bu esa real
ehtiyojimizdan uch karra ko‘p bo‘lib, mamlakatimizda bu imkoniyatlarning yetarli ekanligini
ko‘rsatadi. Boz ustiga, “yashil energetika” sohasidagi loyihalarni amalga oshirish O‘zbekistonda
yaqin o‘n yilda qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 3 barobardan ziyodga
ko‘paytirish imkonini beradi

4

.

Ayrim davlatlarda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish tajribasi*

Davlatlar

Foizda

Bajarilgan ishlar

Daniya

75,32

Shamol energiyasidan foydalanish

Shvetsiya

75,09

Qayta tiklanadigan energiya manbalari

Avstriya

72.32

Qayta tiklanadigan energiya manbalari va

chiqindilarni qayta ishlash

Finlyandiya

71.69

Chiqindilarni qayta ishlash

Rossiya

50

Chiqindilarni qayta ishlash va energiya

sohasida transformatsiya

*Muallif tomonidan tuzilgan
Oxirgi yillarda “yashil o‘sish” yo‘lini tanlagan mamlakatlar ham xalqaro tashkilotlar

hamda biznes doiralarning e’tiborini tortmoqda. Tashqi kreditor va investorlar xam ushbu
davlatlarga sarmoya kiritishni ma’qul ko‘ryapti. Yaqin yillarda yangi mahsulot va xizmat
turlari, yangi bozorlarning paydo bo‘lishi aniq. Bu iqtisodiyotda “yashil” tarmoqlar yuzaga
kelishi bilan bog‘liq. Bir qancha sohalarda ishlab chiqarish quvvatlari qisqarishi ehtimoli
yuqori, sababi korxonalarning barchasi ham “yashil o‘sish” tamoyillarini qabul qilishga tayyor
emas. Yuqorida keltirib o‘tilganidek, o‘tish davrida davlat tadbirkorlik sub’ektlari, ayniqsa,

4

https://www.senat.uz/oz/articles/post-1673.


background image

`

54

kichik biznesga yordam qo‘lini cho‘zishi, yangi o‘yin qoidalariga moslashishga yordam
beradigan moliyaviy instrumentlarni ishga solishi muhim.

Lekin, bu borada amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar bilan birga muammolar ham

yetarli ekanligini tan olishimiz zarur. Masalan, energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarning
salkam yarmi eskirgan holda bo‘lib, ularni modernizatsiya qilish katta mablag‘ talab qiladi.
O‘rniga esa ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan samaraliroq bo‘lgan “yashil energetika”ga
o‘tish ming chandon afzal. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ham mazkur tanlovni to‘g‘ri
ekanligini ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlaridan birinchi bo‘lib mazkur
harakatga qo‘shildi.

Shu o‘rinda aytish joizki, “yashil iqtisodiyot” faqat energetika sohasini isloh qilishdan

iborat emas. U toza ichimlik suvi muammolari, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi
sohasidagi innovatsiyalar, barqaror shaharlar, chiqindilarni qayta ishlash, o‘rmonlarni tashkil
qilish, cho‘llanishni qisqartirish kabi keng tarmoqli chora-tadbirlarni ham qamrab oladi.

Jahon tajribasidan ma’lum bo‘lishicha, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “yashil

texnologiyalar”ni joriy etish aholining yashash sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida
shaharlarda iqlim o‘zgaradi, hayot qulaylashadi, bolalar o‘limi qisqaradi, o‘rtacha umr ko‘rish
davomiyligi uzayadi va hokazo.

O‘zbekiston BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlari hamda iqlim bo‘yicha Parij

bitimiga ham qo‘shilgan. Bu esa hukumatlar zimmasiga “yashil taraqqiyot” talablarini bajarish
majburiyatini yuklaydi. Muqobil energiya manbalari bilan ishlash imkonini beradigan huquqiy
normalarni yaratish zarur. Masalan, quyosh energiyani kim va qancha miqdorda ishlab
chiqaradi, u aholiga qay tartibda, qanday tarif bo‘yicha yetkazib beriladi? Bularni qonun
hujjutlarida aks ettirish, yangi bozor sub’ektlari o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish
zarur. Yana davlat qaysi moliyaviy resurslardan foydalanish masalalariga ham aniqlik kiritish
lozim. Chunki dastlabki bosqichda bu loyihalar uchun yetarlicha investitsiya talab qilinadi.
Katta ehtimol bilan bu resurslar chetdan jalb qilinadi. U holda esa bu qanday shartlarda taqdim
etiladi? Aholi, tadbirkorlik va xo‘jalik sub’ektlari uni qayday shaklda olishi mumkin? Biznesda
“yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida ishlash uchun rag‘batlantirilmasa, davlatning bu borada
barcha harakatlari zoye ketadi. Demak, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, ishlab
chiqarish jarayonida “yashil texnologiyalar”ni qo‘llash va tegishli asbob-uskunalar xarid qilish
uchun imtiyozli kreditlar, subsidiya hamda grantlar, soliq imtiyozlari taqdim etilishi maqsadga
muvofiq.

Yuqorida keltirilgan moliyaviy ko‘maklar birinchi navbatda, kichik biznes sub’ektlariga

tadbiq etilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz. Sababi ular bozor kon’yukturasidagi
har qanday o‘zgarishlarga tez moslashadi, lekin ularda resurslar cheklangan. Yirik
korxonalarda esa zahira “himoya yostiqchasi” mavjudligi sabab “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishda
qiynalmaydi.

“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishda. mashinasozlik, avtomobilsozlik va yengil sanoat, hamda

dastlabki bosqichda turizm va xizmat ko‘rsatish sohalariga investitsiya kiritgan maqsadga
muvofiq. Qaysi sohani, qanday tartibda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tkazishni darhol hal qilish
zarur.


background image

`

55

Yana O‘zbekistonda “yashil taraqqiyot”ning mutaxassislarini tayyorlash vazifasi ham

nihoyatda muhim. Bu ishga hozirdan kirishish, kelgusida katta xarajatlarni va xorijiy
davlatlarga qaram bo‘lmaslikni oldini oladi.

Oxirgi o‘n yilda dunyo miqyosida quyosh energiyasidan foydalanish xarajatlari 80 foizga

qisqardi. “Yashil iqtisodiyot”ga tezroq o‘tish uchun ilm-fan va innovatsiyalarni jadal
rivojlantirishimiz zarur. Bu turdagi iqtisodiyot esa avvalambor ilm-fan yutuqlari hamda
samarali innovatsion yechimlarga tayanadi. Olimlar, muhandis va texnologlar esa mavjud
uskunalarni takomillashtirish, yangilarini yaratish, tannarxini tushirish bo‘yicha tinmay
izlanyapti. Bunday tadqiqotlarni O‘zbekistonda ham olib borish ham maqsadga muvofiq.
Maqsad, innovatsion mahsulotlarni hadeb xorijdan eksport qilmay, o‘zimizda ishlab chiqarish.

Mamlakatimiz rahbari tomonidan O‘zbekiston “Yashil o‘sish” va global maqsadlar uchun

hamkorlik” “P4G” yo‘nalishidagi sheriklikka qo‘shilishga tayyor ekani aytildi

5

. Bu esa yaqin

yillar ichida ilgari surilgan yirik xalqaro tashabbus hisoblanadi. Hozir loyihaning o‘ndan ortiq
a’zosi bor. Mazkur platforma doirasida ishtirokchilar “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishga yordam
beradigan innovatsion yechimlar yaratish borasida o‘zaro hamkorlik qiladi. “P4G” bir qator
nufuzli xalqaro birlashmalar, moliyaviy institutlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Uning
yordamida O‘zbekiston “Yashil iqtisodiyot” strategiyasi”ni amalga oshirish uchun zarur
investitsiyalarni jalb qilishi mumkin. Avvalo “Yashil iqtisodiyot” oddiy xalqning manfaatlari va
istiqboliga xizmat qiladi. “P4G” yo‘nalishidagi sheriklikka qo‘shilishimiz natijasida
o‘zbekistonliklar hayot sifatining ortishi, shaharlarning yashash uchun qulaylashuvi,
mintaqamizda ekologik muvozanatning tiklanishi va boshqa ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarga olib
keladi.

Oxirgi yillarda “yashil o‘sish” yo‘lini tanlagan mamlakatlar ham xalqaro tashkilotlar

hamda biznes doiralarning e’tiborini tortmoqda. Tashqi kreditor va investorlar ushbu
davlatlarga sarmoya kiritishni ma’qul ko‘ryapti. Yaqin yillarda yangi mahsulot va xizmat
turlari, yangi bozorlarning paydo bo‘lishi aniq. Bu iqtisodiyotda “yashil” tarmoqlar yuzaga
kelishi bilan bog‘liq. Bir qancha sohalarda ishlab chiqarish quvvatlari qisqarishi ehtimoli
yuqori, sababi korxonalarning barchasi ham “yashil o‘sish” tamoyillarini qabul qilishga tayyor
emas. Yuqorida keltirib o‘tilganidek, o‘tish davrida davlat tadbirkorlik sub’ektlari, ayniqsa,
kichik biznesga yordam qo‘lini cho‘zishi, yangi o‘yin qoidalariga moslashishga yordam
beradigan moliyaviy instrumentlarni ishga solishi muhim.

Yashil iqtisodiy o‘sish milliy strategiyasi tabiiy va energiya resurslaridan samarali

foydalanish orqali atrof-muhitga zararni kamaytirish, iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlarga
chidamlilikni oshirishni ko‘zda tutadi. Jahon amaliyotiga ko‘ra, iqtisodiyot tarmoqlariga
“yashil” texnologiyalarni joriy etish aholi turmush sifatini yaxshilaydi, shaharlarda yashashni
qulaylashtiradi, sog‘liq ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida davlat-

xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal
va suv xo‘jaligida umumiy qiymati 14 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish
rejalashtirilgan.

5

https://yuz.uz/news/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoevning-yashil-osish-va-global-maqsadlar-

uchun-hamkorlik--2030-p4g-ikkinchi-xalqaro-sammitidagi-nutqi


background image

`

56

Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish uchun:
– YaIMda uglerod sig‘imini kamaytirish maqsadida yashil texnologiyalarni joriy etish;
– Parij kelishuvi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish;
– Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va iqlim loyihalariga investitsiya jalb etish;
– Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini bartaraf etishga moliyaviy resurslar ajratish;
– Yashil iqtisodiyotning afzalliklarini keng targ‘ib qilish;
– Uglerodga bog‘liq sohalardagi xodimlarni qayta tayyorlash orqali yangi ish o‘rinlari

yaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. .

Shuningdek, aholi daromadlaridagi tafovutni kamaytirish, doimiy ish o

rinlari yaratish va

tadbirkorlikni qo

llab-quvvatlash orqali yangi o

rta sinfni shakllantirish ham ustuvor yo

nalishlardan hisoblanadi. Yashil iqtisodiyot tamoyillaridan samarali foydalanish tabiiy
resurslarni tejash, ekologiya muammolarini hal qilish va iqtisodiy o

sishni ta

minlash imkonini

beradi.