Том 4 № 15 (2025)

Том 4 № 15 (2025)
Опубликован: 09-06-2025

Статьи

4-6 141 35

QOBILIYAT VA UNI RIVOJLANTIRUVCHI OMILLAR HAQIDA

Nigina Roʻziyeva

Ushbu maqolada qobiliyat, uning psixologik mohiyati haqida soʻz yuritiladi. Qobiliyatning asosiy turlari va shakllantiruvchi omillari haqida ham bayon qilinadi. Shu bilan birga geniallik haqida ma'lumot va geniylik xarakterlovchi isteʼdod sohiblari keltirib o'tiladi. Qolaversa, qobiliyatning yuqori cho'qqisi hisoblanmish isteʼdod borasidagi fikrlar ham o'rin olgan.

7-9 34 17

ФРАЗЕОЛОГИЗМЫ И ИХ РОЛЬ В ОБУЧЕНИИ РУССКОГО ЯЗЫКА В ВУЗАХ

Дильфуза Мирзалиева , Малохат Мирзарахматова , Динара Абдуллаева , Кумушхон Хакимова , Насиба Жураева

В данной статье раскрываются роль фразеологизмов,  дефиниции понятия, система норм литературного языка, а также описана лингвометодическая модель по развитию речевой культуры школьной молодёжи. В данной статье обращается особое внимание формированию речевой культуры студентов в учебном процессе.

10-12 30 19

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ НА ЗАНЯТИЯХ РУССКОГО ЯЗЫКА

Толибжон Мирзалиев

В  статье   рассматриваются   теоретические проблемы  использования ситуативного метода в учебном процессе, описываются значения понятий «ситуация» и «ситуативный метод»,  особенности данного метода,  а также описываются теоретические основы ситуативного метода.

13-15 173 58

NUTQDAGI NUQSONI BO'LGAN BOLALAR BILAN ISHLASH METODIKASI

Zebiniso Qayumova

Mazkur maqolada nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalarni aniqlash, ularning nutqiy rivojlanishini baholash, korreksion-pedagogik yondashuvlarni tanlash hamda individual reabilitatsiya rejalari asosida ishlash metodikasi yoritilgan. Nutqdagi nuqsonlar bolaning psixologik holati, ijtimoiy moslashuvi va ta’lim jarayonidagi ishtirokiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, maqolada logopedik diagnostika, terapiya usullari, innovatsion yondashuvlar, ota-onalar bilan hamkorlik va multidissiplinar yondashuv kabi masalalar atroflicha ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, amaliy tavsiyalar, samarali metodikalar va pedagogik tajribalar asosida nutq nuqsonlarini bartaraf etishda qo‘llaniladigan yondashuvlar tahlil etilgan. Maqola maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar bilan ishlaydigan logopedlar, defektologlar hamda maxsus pedagoglar uchun metodik qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.

16-18 38 17

BİOLOGİYA FANİNİ O'QİTİSHDA O'QUVCHİLARNİ BİLİSH FAOLİYATİNİ FAOLLASHTİRİSH USULLARİ

Zulayxo Abdunazarova, Lobar Yuldosheva

Mazkur maqolada biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan samarali usullar, pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarning o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarning faolligini oshirishga, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Ayniqsa, tabiiy fanlar, xususan, biologiya fani bu borada keng imkoniyatlarga ega. Biologiya – hayotiy muhim fan bo‘lib, uni o‘qitishda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarur. O‘quvchilarni dars jarayoniga faol jalb qilish, mustaqil fikrlash va muammoli vazifalarni hal qilishga o‘rgatish orqali bilim sifatini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi.

19-21 48 70

SUV ARALASHMASİNİNG TEMPERATURASİNİ ANİQLASH

Zamira Avulova, Inoyat Mirzayeva , Navbahor Mingboyeva , Asila Toshmurodova

Ushbu maqolada suv aralashmasining temperaturasi qanday aniqlanishi, uning fizik-kimyoviy xususiyatlari va amaliy hisoblash usullari yoritilgan. Suvning turli haroratdagi turli miqdorlari aralashganda hosil bo‘ladigan umumiy haroratni aniqlash uchun matematik formulalar va eksperimental metodlar tahlil qilindi. Maqolada aralashmaning issiqlik muvozanati va issiqlik sig‘imi kabi tushunchalar asosida natijalar taqdim etilgan. Shu bilan birga, suv aralashmalarining temperaturasi kundalik hayot va sanoatda keng qo‘llanilishining ahamiyati ko‘rsatildi.   

22-26 45 34

O‘ZBEK XALQ OG‘ZAKI IJODINI INTEGRATIV O‘QITISH: “ALPOMISH” DOSTONI ASOSIDA METODIK IZLANISH

Mohina Boboqulova

Ushbu maqolada H. Gardnerning «Turfa zakovatlar» nazariyasi va STEAM yondashuvi asosida “Alpomish” dostonini fanlararo integratsiya orqali o‘qitish metodikasi yoritiladi. Har bir o‘quvchining individualligini inobatga olgan holda, doston mazmuni fanlar (biologiya, texnologiya, san’at, matematika) bilan uyg‘unlashtirilgan topshiriqlar orqali o‘zlashtiriladi. Bu usul o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va milliy qadriyatlarga qiziqishni kuchaytiradi.

27-33 42 30

OМОДЕЛИ КОРПОРАТИВНОГО СПОНСОРСТВА В УСЛОВИЯХ ТРАНСФОРМИРУЮЩЕЙСЯ ЭКОНОМИКИ: СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ПРАКТИК УЗБЕКСКИХ КОМПАНИЙ SAFIA И KORZINKA

Гузал Тулаганова

В статье представлен сравнительный анализ моделей корпоративного спонсорства двух ведущих узбекских компаний - кондитерского дома Safia и сети супермаркетов Korzinka. Исследование выявляет два различных подхода к использованию спонсорства как инструмента управления корпоративным имиджем: эмоционально-ориентированную модель (Safia) и технологически-ориентированную модель (Korzinka). Анализируются механизмы ассоциативного переноса имиджа, роль социальной ответственности бизнеса в формировании спонсорских стратегий и особенности адаптации международных практик к локальному контексту. Результаты показывают, что успешность спонсорства определяется глубиной интеграции с корпоративной стратегией, соответствием ценностям целевой аудитории и способностью создавать долгосрочную эмоциональную связь с потребителями.

34-35 33 16

МЕХНАТНИ РАГБАТЛАНТИРИШНИНГ, МОТИВАЦИЯНИНГ ЗАМОНАВИЙ ЁНДАШУВ ОМИЛЛАРИ

Лазиза Туляганова

Ушбу ишда ходимларни мотивация қилишнинг замонавий ёндашувлари ҳамда замонавий назариялар нуқтаи назаридан кўриб чиқилади, улар қуйидагиларни ўз ичига олади: ходимларни рағбатлантиришдаги адолат назарияси, олдинга қўйилган жамийки мақсадларни белгилаш назарияси, ҳар томонлама мустаҳкамлаш назарияси ва натижаларни кутишлар назарияси.

36-41 23 14

ОTA-ОNALARNING TENG HUQUQLILIGI TAMОYILINI TAKОMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Narsis Murodullayeva

Mazkur tezisda ota-onalarning teng huquqliligi tamoyilining huquqiy asoslari, amaliy tatbiq etilishi hamda uni takomillashtirishning dolzarb yo‘nalishlari tahlil etilgan. Oila institutida ota va onaning farzand tarbiyasidagi teng mas’uliyati, ularning huquq va majburiyatlarining muvozanatli taqsimlanishi jamiyat taraqqiyoti va sog‘lom avlod tarbiyasida muhim omil sifatida ko‘rilmoqda. Tezisda milliy qonunchilik va xalqaro huquqiy hujjatlar doirasida ota-onalik huquqlari tahlil qilinib, mavjud muammolar va taklif etilayotgan islohotlar yoritilgan. Shuningdek, ota-onalarning teng huquqliligi tamoyilini takomillashtirish bo‘yicha huquqiy, institutsional va ijtimoiy mexanizmlarni rivojlantirish istiqbollari asoslab berilgan.

42-44 41 20

TASVIRGA BO‘LGAN HUQUQNING TIJORATLASHITIRILISHI: HUQUQIY ASOSLAR, NAZARIY QARASHLAR VA MUNOZARALAR

Bobur Koryog’diyev

Mazkur ish tasvir huquqining tijoratlashtirilishi bilan bog‘liq huquqiy asoslar, nazariy yondashuvlar va xalqaro hamda milliy amaliyotdagi dolzarb muammolarni tahlil qiladi. Unda shaxsiy hayot daxlsizligi va iqtisodiy manfaatlar o‘rtasidagi muvozanat, taniqli shaxslarning tasviridan tijorat maqsadida foydalanish, sun’iy intellekt va OAV faoliyatidagi huquqiy cheklovlar yoritilgan. Muallif O‘zbekiston qonunchiligi doirasida ushbu sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar beradi.

45-51 38 67

SUD MAJLISIDA GUVOHNING PROTSESSUAL MAQOMINING HUQUQIY ASOSLARI: NAZARIYA VA AMALIYOT

A.Sh. Xoldorov

Ushbu tezisda guvohning sud majlisidagi protsessual maqomi, uni belgilovchi huquqiy asoslar, huquq va majburiyatlar tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi asosida guvohning suddagi ishtiroki, uning huquqlari, majburiyatlari va xavfsizligini ta’minlashga oid me’yoriy-huquqiy kafolatlar o‘rganiladi. Shu bilan birga, xorijiy davlatlar tajribasi asosida guvoh maqomini yanada mustahkamlovchi huquqiy normalarni milliy qonunchilikka joriy etish zarurati asoslab berilgan. Tezisda guvohning faoliyati bilan bog‘liq zamonaviy yondashuvlar, xalqaro huquqiy standartlar va amaliy masalalar chuqur tahlil qilinadi. Ishda guvoh maqomini mustahkamlash va sud muhokamasining adolatli yuritilishini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

52-56 31 18

RESPUBLIKAMIZDA “YASHIL IQTISODIYOT” TAMOYILLARINI JADAL RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Malika Yadgarova

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga ko‘ra, «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida mamlakatimiz rivojlanishining ustuvor yondashuvlari etib bir qancha vazifalar  belgilandi, jumladan:

57-58 43 24

BOSHLANGʻICH SINFLARDA QOʻSHISH VA AYIRISHNI OʻRGATISHGA DASTLABKI QADAM

Eʼzozaxon Haydarova

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilariga qoʻshish va ayirish amallarini oʻrgatishning dastlabki bosqichlari, ularning psixologik va didaktik xususiyatlari, shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida samarali metodlar haqida so‘z yuritiladi.

59-63 58 18

JINSIY ERKINLIKGA QARSHI QARATILGAN JINOYATLARNI TERGOV QILISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Azamat Tadjiyev , Muhammadali Jamolov

Ushbu maqolada jinsiy erkinlikga qarshi qaratilgan jinoyatlar tushunchasi, jinsiy erkinlikga qarshi qaratilgan jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy-amaliy tahlil qilingan.

64-70 40 24

JINOYAT PROTSESSIDA MUTAXASSIS ISHTIROKINING AHAMIYATI VA MUTAXASSISNING PROTSESSUAL MAQOMINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID AYRIM MULOHAZALAR

Najmiddin Usmonaliyev , Javlon Zokirov

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsesual qonunchiligida mutaxassis instituti, uning mazmun va mohiyati, mutaxassis va ekspertlarning huquq va majburiyatlari, ular ishtirokining jinoiy-protsessual ahamiyati tahlil qilingan.

71-75 61 16

НОМУСГА ТЕГИШ ЖИНОЯТИНИНГ ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ

Шукрулло Агоев , Руслан Илесбаев

Мазкур мақола ҳозирги кунда жинсий эркинликка дахл қилувчи жиночт тури ҳисобланган номусга тегишнинг психологик ва шахслараро муросабатлардаги тутган ўрни ва тергов органлар томонидан ушбу жиноятни тергов қилишда учрайдиган турли хилдаги вазиятларда терговчи шахси ўлароқ вазиятни тўғри муқобил ечим еча олишида намоён булиб, ушбу ҳолатлар ҳақида қисқача малумот беришдан иборатдир.

76-82 114 40

TRANSPORT VOSITASINI OLIB QOCHISH JINOYATI

Zokirjon Jabborov , Azizbek Yuldoshev

Ushbu maqolada, o`zganing transport vositasini olib qochish jinoyati tushunchasi, obyektiv, subyektiv belgilari, motivi, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarga tayinlangan jazo choralari haqida bayon qilingan.

83-87 56 28

BOSQINCHILIK JINOYATINI SODIR ETILISHINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Axrorjon Ashirboyev , Suxrobjon Hazratov

O‘zbekistonda bosqinchilik jinoyati,uni boshqa jinoiy huquqbuzarliklardan ajratib turadigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlarni tushunish huquqshunoslar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va keng jamoatchilik uchun juda muhimdir. Ushbu maqola O'zbekistonda bosqinchilik jinoyatini sodir etishning o'ziga xos xususiyatlarini yoritishga qaratilgan.

88-93 45 38

JINOYAT QONUNCHILIGIDA JAVOBGARLIKKA TORTISH MUDDATINING O'TIB KETGANLIGI SABABLI JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISHNING AYRIM O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI

Zokirjon Jabborov , Jahongirxon Umarxonov

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida javobgarlikka tortish muddatining o'tib ketganligi sababli jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning ayrim o‘ziga xos hususiyatlari, uning mazmun va mohiyati, amalga oshirish shakllari ilmiy tahlil qilingan.

94-101 272 57

O’ZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM

Shoira Do’rmanova

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv taʼlimni joriy etish, milliy qonunchilik va davlat siyosati doirasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, mamlakatdagi mavjud muammolar,  pedagog kadrlar tayyorlash, Maqola yakunida inklyuziv taʼlimni kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan. Ushbu tadqiqot natijalari imkoniyati cheklangan bolalarning teng huquqli taʼlim olishlarini taʼminlashda amaliy ahamiyatga ega.

102-106 31 32

SHARQ MUTAFFAKKIRLARINING TA’LIM – TARBIYA BORASIDAGI O’RNI

Husniddin Homidov , Sabina Avezova

Maqolada, Sharq olamining buyuk ilmiy, falsafiy va ijtimoiy mutaffakkirlari, masalan, al-Farobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, va boshqa ko'plab allomalar o'z asarlarida ta'lim va tarbiya masalalariga qanday yondashganlari tahlil qilinadi. Maqolada, mutaffakkirlarning inson tarbiyasini rivojlantirishdagi roli, ahamiyati va ta'limning maqsadlariga erishish uchun zarur bo'lgan me'yorlar ko'rsatiladi. Maqola Sharq mutaffakkirlarining ta'limga oid fikrlarini yoritib, ular asarlarining bugungi kunda ham ta'lim tizimiga qo'shgan ulkan hissa va ahamiyatini ta'kidlaydi.

107-109 43 33

LEXICAL BLENDING AS A MECHANISM OF LEXICAL INNOVATION IN CONTEMPORARY ENGLISH

Lexical blending, a non-canonical yet increasingly prolific word formation process, occupies a significant role in the evolution of contemporary English. By integrating segments from two or more lexemes into a novel, semantically cohesive unit, blending serves as a locus of linguistic creativity and socio-cognitive relevance. This study investigates the morphological structures, phonological constraints, and semantic mechanisms underlying blend formation. It also explores the cognitive operations facilitating blend comprehension and the sociolinguistic contexts driving their proliferation. Drawing on recent examples from corpora and digital discourse, this paper demonstrates that lexical blending is not merely a peripheral phenomenon but a productive, rule-governed, and socially salient mechanism of neologism.

110-113 40 18

THE ROLE AND PLACE OF GAMES IN LEARNING LEXICAL MATERIAL

Muhammadjon Ergashev, Nazokatxon Ziyaboyeva

The following article illustrates the importance of games in teaching. Moreover, it show the role of games in learning lexical materials as well as discusses some ways of teaching with the help of various games.

114-116 58 538

ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ SHAXSLARNI INKYUZIV TA’LIM KONSEPSIYASINING MOHIYATI VA ASOSIY QOIDALARI

Aziza Turdiyeva

Mazkur maqolada alohida yordamga muhtoj shaxslar uchun yaratilayotgan inklyuziv ta’lim tizimining mohiyati, asosiy tamoyillari va ularning jamiyatdagi o‘rni yoritilgan. Inklyuziv ta’lim – bu barcha bolalar, shu jumladan, jismoniy yoki aqliy cheklovlarga ega bo‘lgan shaxslar uchun teng ta’lim olish imkonini yaratish g‘oyasiga asoslanadi. Maqolada inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari, didaktik yondashuvlari hamda o‘qituvchi va jamiyatning bunday ta’limdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, inklyuziv muhitda ta’lim jarayonini tashkil etishdagi dolzarb muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha takliflar berilgan.

117-120 65 19

TA’LIM SIFATI MONITORINGI TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI VA ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Umidjon Dusnazarov

Mazkur tezisda ta’lim sifati monitoringi tizimining mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari va xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Monitoring jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash, tahlil qilish, aniqlik va shaffoflikni ta’minlash orqali ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari yoritiladi.

121-123 27 25

ROBERT BYORNS SHE’RIYATI TARJIMALARIDA ZAMON RUHI VA MILLIY KOLORIT MASALALARI

Iskandar Sattibaev

The research intends to examine the specific features of poetical translation of Robert Burns’ poetry from English into Uzbek and the importance of the zeitgeist and national identity. It also focuses on the methods of achieving a poetical effect similar to the original in the language of translation.

124-126 158 16

IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REESTR – AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASINI TA'MINLASHDA SAMARALI VOSITA SIFATIDA

Gulsinoy Nuralimova

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida joriy etilgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimining mazmun-mohiyati, asosiy funksiyalari va uning ijtimoiy adolatni ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, tizim orqali yordamga muhtoj aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning ochiqligi va samaradorligi tahlil qilingan. Mazkur reyestr orqali ijtimoiy himoyaning yangi va raqamlashtirilgan bosqichga o‘tganligi asoslab berilgan.

127-131 71 11

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI VA ADVOKATURA O‘RTASIDAGI HUQUQIY MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISH”

Sholpanay Abdijemilova

O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabr kuni qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunida advokatura va uning vazifalari, O‘zbekiston Respublikasining advokatura to‘g’risidagi qonunchiligi, advokat tushunchasi, advokat maqomiga ega bo‘lish, advokatura faoliyatining prinsiplari va tashkiliy shakllari, advokatlar hay'ati, yuridik maslahatxona, advokatlik faoliyatining turlari, advokatning huquqlari, advokatning vazifalari, advokat so'rovi, advokatning yordamchisi, advokatning stajyori, advokat siri, yuridik yordam ko‘rsatish to‘g’risidagi bitim (shartnoma), advokatlik faoliyatining kafolatlari, advokatlar mehnatiga haq to‘lash, advokatning ijtimoiy huquqlari, Advokatlar palatasi, advokatlar palatasining asosiy vazifalari, advokatlar palatasining organlari va mansabdor shaxslari, advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari, malaka komissiyalari, advokat maqomini to'xtatib turish, advokatning intizomiy javobgarligi, litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish, litsenziyaning amal qilishini tugatish, advokatura va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar to‘g’risida belgilab qo‘yilgan.

132-134 22 15

O‘TKIR HOSHIMOV HIKOYALARIDA XALQ MAQOLLARINING AKS ETISHI

Muratbay Urazbayev

Mazkur maqolada O‘tkir Hoshimov hikoyalarida uchraydigan xalq maqollari, iboralar, urf-odatlar borasida atroflicha mulohaza yuritiladi.

135-136 23 11

O‘TIBBIYOTDA ISHLATILADIGAN SUN’IY SHIRINLIKLARNING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI

Farangiz Aliyeva

Zamonaviy oziq – ovqat va farmasevtika sanoatida sun’iy shirinliklar keng qo’llanilmoqda. Bu moddalarning asosiy vazifasi – ta’mni yaxshilash, kaloriyani kamaytirish va ba’zi holatlarda glyukoza darajasini boshqarishdir. Sun’iy shirinlikar diabet kasalligiga chalingan bemorlar, semizlikdan aziyat chekayotganlar va shakarga allergiyasi bor shaxslar uchun shakarga alternativ vosita sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo ularning uzoq muddatli iste’moli inson salomatligiga  qanday ta’sir qilishi masalasi hanuz ilmiy tadqiqotlar markazida turibdi.

137-141 43 11

МАРКАЗИЙ ОСИЁНИНГ БИРДАМЛИГИ СИЁСАТИ: МИНТАҚАДА БАРҚАРОРЛИКНИ ТАЪМИНЛАШДА ЎЗБЕКИСТОН ОМИЛИ

Наргиза Турсунбоева

Марказий Осиё давлатлари, айниқса Ўзбекистон, халқаро дипломатияда ҳамкорлик ва тинчликнинг асосий йўналишларида муҳим роль ўйнамоқда. Мақола, Ўзбекистоннинг Марказий Осиёдаги олий даражадаги дипломатик ташаббусларини, жаҳон савдоси ва транспорт йўлакларидаги стратегик позициясини, шунингдек минтақавий хавфсизлик ва экологик муаммоларни ҳал қилишдаги фаол иштирокини таҳлил қилади. Ўзбекистоннинг минтақадаги етакчи роли ва Афғонистон билан иқтисодий интеграция масалалари ҳамда ШҲТ ва БМТ доирасидаги иштироки охирги йилларда жаҳон сиёсатдаги ўрнини мустаҳкамлади. Бу мақола Ўзбекистоннинг Марказий Осиёдаги дипломатик таъсири ва минтақавий ҳамкорликнинг ўсиб бораётган аҳамиятига бағишланган.

142-146 32 14

ASOSIY VOSITALARNI ESG KO‘RSATKICHLARI ASOSIDA BAHOLASH MEXANIZMI VA UNING AUDITINING XUSUSIYATLARI

Abdurauf Rizakulov

Tadqiqotda asosiy vositalarning ekologik (E), ijtimoiy (S) va korporativ boshqaruv (G) ko‘rsatkichlari asosida baholash mexanizmi va ularning auditini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Zamonaviy korxonalar faoliyatida barqaror rivojlanish tamoyillarini tatbiq etish, xususan, ESG mezonlariga asoslangan baholash va hisobotlilik jarayonlari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

147-149 26 13

FIZIKA FANIDAN YORUG’LIKNING SINISHINI O’RGANISHDA SIMULYATSIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Gulbadan Seytimbetova , Kamila Embergenova

Ushbu maqola fizika fanida yorug’likning sinishini simulyatsiyalardan foydalanib o’rganishning ahamiyati, bunda esa PhET simulyatsiyalaridan foydalanish va uning yaratilish tarixi haqida bir qancha ma’lumotlar berilgan.

150-153 19 25

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA SOGʻLOM TURMUSH TARZINI TASHKIL ETISH

Gulnoza Mamatova

ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va uni tashkil etishga qaratilgan masalalar xaqida ma’lumot beriladi.

154-156 23 7

MAKTABGACHA TA’LIMDA OMMAVIY SPORTNI TARGʻIB ETISHNING AHAMIYATI

Nigora Holmatova

ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini va ommaviy sportni targʻib qilish va uni tashkil etishga qaratilgan masalalar xaqida ma’lumot beriladi.

157-159 22 2

XALQ DONOLIGI KO'ZGUSI: O'ZBEK MAQOLLARIDA "IT" LEXEMASINING RAMZIY MA'NOLARI

Gulmera Qurbonova

O'zbek xalq maqollarida "it" so'zining ifodalanishi nihoyatda boy va ko'p qirrali bo'lib, u xalqning itga bo'lgan munosabatini, uning jamiyatdagi o'rnini, shuningdek, inson xarakterining turli jihatlarini metaforik tarzda aks ettiradi. Maqollarda it obrazidan ham salbiy, ham ijobiy, ham neytral ma'nolarda foydalaniladi, bu esa so'zning ramziy yukini chuqurlashtiradi.

160-162 147 11

AVTANOM NERV SISTEMASI

Dilnora Hakimova, Ziyofat Xosilova

Ushbu maqolada avtonom nerv sistemasining (ANS) inson organizmidagi roli, uning tuzilishi va asosiy funksiyalari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Avtonom nerv sistemasi markaziy nerv tizimidan mustaqil tarzda faoliyat yurituvchi va ichki organlar, qon tomirlar, yurak urishi, nafas olish, ovqat hazm qilish, termoregulyatsiya kabi hayotiy muhim jarayonlarni boshqaruvchi murakkab fiziologik tuzilma hisoblanadi. Maqolada ANSning ikkita asosiy bo‘linmasi — simpatik va parasimpatik sistemalar — ularning o‘zaro ta’siri, funksional antagonizmi, neyrotransmitterlari va regulyator mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, avtonom nerv tizimidagi buzilishlar (masalan, disautonomiya, ortostatik gipotenziya) sabablari, klinik ko‘rinishlari va ularni davolash usullari haqida fikr yuritiladi. Maqola shuningdek, zamonaviy neyrofiziologiya va tibbiyot fanlaridagi yutuqlar asosida ANSni chuqurroq o‘rganishning ahamiyatini ham ko‘rsatadi. Tadqiqotlar, statistik ma’lumotlar va amaliy kuzatuvlarga tayanib, ANSning sog‘liqni saqlash tizimidagi diagnostik va terapevtik ahamiyati yoritilgan.

163-165 54 15

XALQ PEDAGOGIKASIDA MILLIY HARAKATLI O'YINLARNING ROLI VA ULARNING YOSH XUSUSIYATLARIGA MOSLIGI

Gulchexra Xakimova , Nodira Ustamova, Dilobar Normatova

Ushbu maqolada xalq pedagogikasida harakatli o‘yinlarning o‘rni va ularning yosh xususiyatlariga mosligi masalasi yoritilgan. Xalq o‘yinlari asrlar davomida bolalarni tarbiyalashda muhim vosita bo‘lib kelgan. Ular nafaqat bolalarning jismoniy rivojlanishiga, balki aqliy, axloqiy va estetik kamolotiga ham xizmat qiladi. Harakatli o‘yinlar bolalarning yoshiga qarab tanlab olinishi zarurligi ta’kidlanadi, chunki har bir yosh bosqichi bolaning jismoniy va psixologik imkoniyatlariga mos yondashuvni talab etadi. Ishda an’anaviy o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati, ular orqali uzatiladigan milliy qadriyatlar, jamoada ishlash, diqqatni jamlash, chaqqonlik va boshqa ko‘nikmalarni shakllantirishdagi roli ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, harakatli o‘yinlarni zamonaviy ta’lim jarayoniga integratsiyalash zarurati asoslab berilgan. Mazkur mavzu xalq pedagogikasini chuqur o‘rganish va uni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega.

166-170 39 10

LIMON MEVASINI SAQLASHDA YUZAGA KELADIGAN ASOSIY MUAMMOLAR

Aziza G‘anieva

Ushbu maqolada limon mevasini saqlash jarayonida yuzaga keladigan asosiy muammolar tahlil qilingan. Xususan, harorat va nisbiy namlikning meva sifatini saqlab qolishdagi ahamiyati, mikrobiologik zararlanish, fizik va kimyoviy o‘zgarishlar hamda saqlash davomiyligiga ta’sir etuvchi omillar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mavjud muammolarni kamaytirish uchun amalga oshirilayotgan zamonaviy yondashuvlar va samarali usullar tavsiya etilgan.