`
45
SUD MAJLISIDA GUVOHNING PROTSESSUAL MAQOMINING HUQUQIY
ASOSLARI: NAZARIYA VA AMALIYOT
A.Sh.Xoldorov
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti
Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi
Telefon raqam: +998912352001
https://doi.org/10.5281/zenodo.15624438
Annotatsiya.
Ushbu tezisda guvohning sud majlisidagi protsessual maqomi, uni
belgilovchi huquqiy asoslar, huquq va majburiyatlar tahlil qilinadi. O‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi asosida guvohning suddagi ishtiroki, uning
huquqlari, majburiyatlari va xavfsizligini ta’minlashga oid me’yoriy-huquqiy kafolatlar
o‘rganiladi. Shu bilan birga, xorijiy davlatlar tajribasi asosida guvoh maqomini yanada
mustahkamlovchi huquqiy normalarni milliy qonunchilikka joriy etish zarurati asoslab
berilgan. Tezisda guvohning faoliyati bilan bog‘liq zamonaviy yondashuvlar, xalqaro huquqiy
standartlar va amaliy masalalar chuqur tahlil qilinadi. Ishda guvoh maqomini mustahkamlash
va sud muhokamasining adolatli yuritilishini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab
chiqilgan.
Kalit so‘zlar
: Guvoh, protsessual maqom, jinoyat-protsessual huquq, sud majlisi, guvoh
huquqlari, guvoh majburiyatlari, guvoh xavfsizligi, JPK, xalqaro standartlar, majburlov chorasi,
qasamyod, tergov, so‘roq, advokat, tarjimon.
THE PROCEDURAL STATUS OF A WITNESS IN CRIMINAL PROCEEDINGS AND
RELATED THEORETICAL APPROACHES
A.Sh. Kholdorov
Master’s Student, Tashkent State University of Law
Tashkent, Republic of Uzbekistan
Phone: +998 91 235 2001
Annotation
: This thesis explores the procedural status of a witness in court proceedings,
with particular emphasis on the legal foundations that define and protect this status. The
research is grounded in the provisions of the Criminal Procedure Code of the Republic of
Uzbekistan and examines the procedural rights, duties, and legal guarantees provided to
witnesses during court hearings. The study further analyzes the international standards and
comparative legal practices of foreign jurisdictions such as Ukraine, Belarus, Kazakhstan, and
Moldova, identifying procedural rights granted to witnesses abroad that are not yet
incorporated into national legislation. The work also highlights the role of the witness in the
administration of justice, focusing on the importance of ensuring their legal protection,
impartiality, and cooperation. Based on the findings, the paper proposes a range of
recommendations aimed at improving the legal regulation of witness participation in criminal
proceedings.
Key words
: Witness, procedural status, criminal procedure law, court hearing,
procedural rights, procedural obligations, legal guarantees, procedural coercive measures,
testimony, presumption of innocence, adversarial principle, legal counsel, interpreter, false
testimony, witness protection, procedural participation.
`
46
Ma’lumki sud majlisida, umuman olganda jinoyat protsessida guvohning ishtiroki jinoyat-
protsessual munosabatlar asosida amalga oshiriladi va bu guvoh ishda ishtirok etishi davomida
ushbu munosabatlarga kirishadi. Yuridik manbalarda qayd etilishicha jinoyat-protsessual
munosabatlar vujudga kelishi uchun muayyan asoslar mavjud bo‘lib, ular -
a) jinoyat-
protsessual qonun normalari; b) jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqiy layoqatliligi; c)
yuridik faktlar1
kabilardan iboratdir. Ushbu jihatlar mavjud bo‘lganda shaxs, shu jumladan
guvoh ham jinoyat-protsessual munosabatlar ishtirokchisiga aylandi.
Ushbu jarayonda qonun normalari mazkur munosabatlarning vujudga kelishi, ularning
borishi va tugallanishiga oid tartibni, shuningdek qoidalarni ham belgilab beradi. Bundan
tashqari ushbu munosabatlarda qatnashuvchi vakolatli subyektlarning vakolati doirasi va
munosabatga kirishgan boshqa ishtirokchilarning huquqlari va majburiyatlarini o‘zida
mujassam etadi.
Yuridik faktlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu element jinoyat-protsessual
munosabatlarning predmetini tashkil etadi va mazkur munosabatlarning qaysi masalani hal
etishga qaratilganligini va qay asoslarga ko‘ra vujudga kelganligini ularning davom etishiga oid
ma’lumotlarni o‘zida jamlab, shaxsning aybdor yoki yo‘qligi haqidagi masalani aniqlash,
shundan kelib chiqib tegishli tartibda jazo tayinlash masalasini ham qamrab oladi.
Huquq layoqatiga egalik esa protsess ishtirokchilari, jumladan guvoh uchun ham jinoyat-
protsessual munosabatlar vujudga kelishi uchun eng muhim asoslardan biri sanaladi. “Huquqiy
layoqatlilik” deganda protsessual fanlar doirasida protsess ishtirokchisining, jumladan
guvohning ham huquqqa va o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish qobiliyatiga ega ekanlik
holati anglashiladi2.
Yuqorida keltirilgan tartib asosida jinoyat-protsessual munosabatga kirishgandan so‘ng
ishtirokchilar, shu jumladan guvoh ham huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishadi va ushbu
huquq va majburiyatlar, shuningdek o‘zlarining qonuniy manfaatlarining kafolatlariga ehtiyoj
tug‘iladi. Xususan, guvoh misolida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, uning protsessual maqomini
himoya qiluvchi va guvohning protsessdagi faoliyatini belgilab beruvchi asosiy jihatlar,
huquqiy asoslar O‘zbekiston Respublikasining 66-moddasi bilan mustahkamlanib qo‘yilgan.
Ushbu moddada keltirib o‘tilgan guvohning huquqlari va majburiyatlari, shu bilan bog‘liq
holatlar sud majlisida ham guvohning protsessual maqomining ifodasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ularning har birini tahlil qilish alohida normalar bilan mazkur huquqiy asoslarni kengaytirishi
mumkin. Misol tariqasida tahlil qiladigan bo‘lsak, JPK ning 66-moddasida guvohning muhim
sanalgan qator huquqlari keltirib o‘tilgan bo‘lib, ularni bir-biriga mazmunan yaqin to‘rt
guruhga, ya’ni, a) advokatning yuridik yordamidan foydalanish va tergov harakatlarida advokat
bilan birga ishtirok etish; b) so‘roq tergov harakati o‘tkazilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha
bilmasa, o‘z ona tilida ko‘rsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; v)
tarjimonni rad qilish; g) o‘ziga qarshi ko‘rsatuv bermaslik hamda ko‘rsatuvlarini o‘z qo‘li bilan
yozib berish; d) o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun surishtiruvchining, tergovchining,
prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat qilish va boshqa
1 Aхмaтoв И. И. Уголовно-процессуальное отношение в системе правового регулирования /Юридические науки:
проблемы и перспективы: материалы II междунар. науч. конференции (г. Пермь, январь 2014 г.). -
Пермь: Меркурий, 2014. - С.82-86.
2 Осокина Г. Л. Гражданская-процессуальная право и дееспособность /Российская юстиция, 1997, No 5. -С.35-37.
`
47
huquqlarga ajratish mumkin3. Ushbu huquqlar guvohning suddagi protsessual maqomini
belgilab berish bilan bir qatorda uning o‘z vazifalarini xolis va to‘g‘ri ado etishi uchun ham
ko‘maklashadi deb o‘ylaymiz. Guvohning huquqlaridan kelib chiqib, uning sud majlisida ham,
umuman protsessning istalgan bosqichida advokat himoyasi bilan ta’minlanishi ham uning
ishtiroki davomidagi huquqiy asoslardan biri sanaladi. Ushbu norma JPKning 66
1
-moddasi
bilan mustahkamlab qo‘yilgan.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki guvohning o‘z ona tilida ko‘rsatuv berishi boshqa
ishtirokchilar singari uning ham konstitutsiyaviy huquqi hisoblanadi. Ish yuritilayotgan tilni
bilmagan holatda esa guvohning tarjimondan foydalanishi yoki uni rad etishi mumkin.
Guvohning ushbu huquqdan foydalanish asoslari JPK 71-moddasida ham keltirib o‘tilgan. Bu
uning huquqi sanalashi bilan bir qatorda holatni to‘g‘ri tushunish va bu orqali ishni to‘g‘ri hal
qilishning ham asoslaridandir. Bu holatda tarjimonning mahorati guvoh tomonidan berilgan
ko‘rsatuvlarning yoki guvohning berilgan savolni tushunish aniqligi va batafsilligini
ta’minlaydi. I. B. Jo‘rayevning fikricha tarjima ba’zi talablarga javob berishi kerak bo‘lib, ushbu
talablarga
aniqlik, mukammallik, batafsillik, haqqoniylik, xolislik4
kabilarni kiritadi.
Tarjimon ushbu talablarga javob berishi lozim bo‘lib, aks holda guvoh tarjimonni rad etishi
mumkin bo‘ladi. M. Niyozov esa trajimonning ushbu jarayondagi ishtirokiga bo‘lgan ehtiyoj
haqida fikr yuritib, bu holatning jinoyat ishiga jalb qilingan shaxslarning, jumladan guvohning
ham huquq va manfaatlarini qo‘riqlashning kafolatlanishi, bundan tashqari aniqlangan
ma’lumotning to‘g‘ri va yetarli anglashilishini ta’minlash va ishning to‘g‘ri hal qilinishida katta
ahamiyatga egaligini ta’kidlaydi5.
Guvohning yana bir asosiy huquqlaridan biri bu o‘ziga qarshi ko‘rsatuv bermaslikdir.
Ushbu holat ham sud majlisi davomida ham guvohning huquqi hisoblanadi va xalqaro huquq
normalariga ko‘ra ham har bir shaxs o‘ziga qarshi ko‘rsatuv bermaslik huquqiga egadir. Guvoh
o‘ziga qarshi ko‘rsatuv bermaslik huquqi jinoyat protsessida uning huquq va erkinliklari
kafolati va aybsizlik prezumpsiyasining amaliyotda ishlash mexanizmining muhim
jihatlaridandir. Buning sabablaridan biri sifatida ko‘radigan bo‘lsak shaxsning jinoyat sodir
etganligi yoki etmaganligini isbotlash tegishli davlat organlari va mas’ul mansabdor
shaxslarning vazifasi sanaladi va ular ushbu faoliyat davomida zarur holatlarni aniqlashi kerak
bo‘ladi.
Guvoh o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va
sudning harakatlari va qarorlari yuzasidan shikoyatlar berish huquqi shaxsning huquqi va
qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi kafolatining asosiy jihatlaridandir. Mazkur huquq
jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan shaxs yoki shunday davlat organlari tomonidan
guvohning qonun bilan belgilangan manfaatlariga zid hisoblangan xatti-harakatlar sodir etilgan
vaqtda paydo bo‘ladi. Mazkur huquq guvohning qonuniy manfaatlarini kafolatlash bilan bir
qatorda jinoyat protsessdagi nazorat funksiyasi ishlashiga ham ta’sir o‘tkazadi.
3 Пўлатов А.С. Жиноят процессида гувоҳнинг процессуал мақоми ва уни такомиллаштириш масалалари:
12.00.09-жиноят процесси; ю.ф. бўйича фалсафа доктори илмий даражасини олиш учун тайёрланган диссeртация/
А.С. Пўлатов; илмий раҳбар Ф.М. Муҳитдинов. -Тошкент, 2022. –C. 26.
4 Джураев И. Б. Жиноят ишлари юритиладиган тил принципи ва таржмоннинг процессуал макоми: юрид. фан.
номз. дисс. автореферати. - ТДЮИ. 2012. -Б.13.
5 Ниязов М. Жиноят процессига жалб килинган иштирокчиларни рад килиш. Масьул муҳаррир ю.ф.д. Ф.
Мухитдинов. - Т.: NOSHIR» нашриёти, 2013. - Б. 38.
`
48
JPK 66-moddasi doirasida guvohga tegishli huquqlar asosan shulardan iborat bo‘lib,
fikrimizcha bu doira juda tor hisoblanadi va guvohning jinoyat protsessi, xusuan sud majlisida
ham vazifalarini xolis va to‘g‘ri amalga oshirishi, bu jarayonda uning huquqlari va xavfsizligini,
xolisligini ta’minlash uchun mazkur huquqlar va ularning asosi doirasini kengaytirishga ehtiyoj
mavjud deb hisoblaymiz.
Guvohning milliy qonunchiligimizda mavjud bo‘lmagan lekin ayrim xorijiy davlat
qonunchiligida guvohga taqdim etilgan huquqlarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Ukraina,
Belorussiya, Ozarbayjon kabi davlatlarning Jinoyat-protsessual kodeksida guvohlarga
guvohning sud davomida va u bilan bog‘liq holatda sarflagan harajatlarini undirib olish huquqi
berilganligining guvohi bo‘lamiz. Ushbu qoida qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining JPK sida
ham o‘z aksini topgan. Bundan tashqari bunday huquqlar sirasiga Ukraina va Rossiya
Federatsiyasi tomonidan guvohlarga taqdim etilgan o‘zining xavfsizligini ta’minlash yuzasidan
jinoyat ishini yuritishga mas’ul shaxsga yoki sudga iltimosnoma kiritish huquqini kiritish
mumkin.
Yana bir shunday huquqlardan hisoblanmish jinoyat ishiga oid o‘zi yoki yaqin
qarindoshining zarariga ishlaydigan hujjat, shuningdek ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh
tortish huquqi Armaniston Respublikasi qonunchiligida uchraydi. Va eng kerakli va boshqa
MDH mamlakatlar qonunchiligida uchramaydigan huquqlardan tovush va tashqi ko‘rinishni
o‘zgartirgan holda video-aloqa orqali ko‘rsatuv berish huquqiga ega ekanlik va bu haqida
ma’lumotga ega bo‘lish huquqi Moldova milliy qonunchiligida mavjud bo‘lib, ular qatorini
guvohning xavfsizligini ta’minlash uchun guvohga tegishli ma’lumotlarning ajratilgan holda
saqlanadigan bayonnomada yuritilishini talab qilish huquqi davom ettiradi.
Ushbu tahlildan kelib chiqib aytish mumkinki, mamlakatimizda guvohning isbotlashda
tutgan o‘rnidan kelib chiqib uning protsessdagi o‘z vazifalarini xolis va haqqoniy bajarishi
uchun sharoit yaratadigan huquqlarning yetarli emasligi va ularni takomillashtirishga
talabning mavjudligi namoyon bo‘ladi.
Undan ham muhimi guvoh sud majlisida o‘zining protsessual maqomidan kelib chiqib
protsessdagi o‘ziga yuklatilgan vazifani to‘liq va to‘g‘ri amalga oshirishi uchun unga qanday
huquq va kafolatlar taqdim etilishi lozim degan savol tug‘iladi va o‘ylaymizki ushbu tezisda olib
boriladigan tadqiqotlar natijasida ushbu savollarga yechim topamiz.
Guvohning huquqlarini uning protsessual maqomiga mutanosiblashtirish jarayonida
uning majburiyatlari haqidagi masalalarni ham tartibga solish dolzarblik kasb etadi deb
o‘ylaymiz. Guvohning huquqlari bilan bir qatorda uning majburiyatlari ham JPK ning 66-
moddasida belgilab qo‘yilgan. Ushbu holatda majburiyat tushunchasiga to‘xtalib o‘tadigan
bo‘lsak, u shaxsning qonun bilan belgilab qo‘yilgan va u asosida biror harakatni bajarishda
namoyon bo‘ladigan, shaxs o‘z faoliyati davomida amal qilishi shart bo‘lgan va amal qilmaganlik
uchun tegishli majburlovga olib keladigan harakatlar jamlanmasidir. Protsessual majburiyatlar
tushunchasi haqida ayrim olimlar fikr yuritib, bu borada bir qator mulohazalarni ilgari
surishadi. Jumladan,
M.O. Bayev
tomonidan bildirilgan fikrlarga ko‘ra protsessual
majburiyatlar deganda jinoyat protsessi ishtirokchilari qonunda belgilangan talablarni amalga
oshirishga qaratilga harakatlar va bu jarayonda ayrim harakatlardan tiyilish chegarasini
belgilovchi, mazkur talablarni bajarmaganlik uchun tegishli sanksiyalar qo‘llanishiga sabab
`
49
bo‘luvchi qoidalar tizimi tushuniladi6. Bizning fikrimizcha guvohning majburiyatlari sifatida
jinoyat ishi uchun ahamiyatli muayyan ma’lumot va ishga tegishli biror ashyoga egalik
qilayotgan shaxsning odil sudlovni amalga oshirish jarayonidagi vazifalarini bajarishiga oid o‘z
fuqarolik burchini yetarli darajada bajarishini belgilovchi protsessual normalar majmuasi
ko‘rilishi lozim.
JPKning 66-moddasida belgilangan majburiyatlar yuqoridagi holatlarni tartibga solishga
ko‘ra mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu majburiyatlarning bajarilishi davlat tomonidan
ta’minlanib, ularning bajarilmaganligi natijasida davlatning majburlovi vujudga kelib, ushbu
holatda majburlov mexanzimi asosida majburiyatlarning bajarilishi ta’minlanadi. JPK 66-
moddasida belgilangan majburiyatlardan yolg‘on guvohlik berish va ko‘rsatuv berishdan bosh
tortishi ularga nisbatan tegishli javobgarlik kelib chiqishiga asos bo‘ladi. Shuningdek ushbu
tarzdagi javobgarlik sud muhokamasi tartibini buzganlik holatida ham vujudga keladi. Ushbu
holatlarda javobgarlik kelib chiqadigan bo‘lsa, guvoh uzrsiz sababga ko‘ra sud majlisi olib
borilayotgan joyga kelmagan holatda esa unga nisbatan protsessual majburlov chorasi
qo‘llanilib, majburiy keltirish amalga oshiriladi.
Guvohning majburiy keltirilish tartibi va uning asoslari JPK ning 262-moddasida
mustahkamlab qo‘yilgan. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, guvohni sudga majburiy keltirish
uchun sud ajrim chiqaradi. Ushbu ajrim ham guvohning protsessual maqomini belgilovchi
asoslardan biridir. Chunki ushbu ajrimda majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxs haqidagi
ma’lumotlar bilan birgalikda uning protsessual maqomi ham ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Guvohning huquqlari bilan bir qatorda majburlov choralari va ular belgilangan normalar
ham guvohning protsessdagi, jumladan sud majlisidagi protsessual maqomining huquqiy
asoslari sirasiga kirib, uning protsess davomidagi faoliyatining asoslarini tashkil etadi.
Sud majlisida guvohning protsessual maqomining huquqiy asoslariga oid tahlilni davom
ettiradigan bo‘lsak, JPK 19-moddasiga ko‘ra agar protsess ishtirokchilarining, shu jumladan
guvohning ham xavfsizligini ta’minlash maqsadida sud majlisining yopiq tarzda o‘tkazilishiga
yo‘l qo‘yilishi belgilangan. Ushbu holat ham guvohning maqomi va uning vazifalarini to‘g‘ri ado
etishi uchun muhim huquqiy asoslardan biri deb o‘ylaymiz.
JPK ning 75-moddasida guvohning oylik maoshi u sud majlisida bo‘lgan barcha vaqtdagi
saqlanishi, shuningdek ishlamaydigan shaxslarga ular kundalik mashg‘ulotlari uchun
shug‘ullana olmaganligi uchun haq to‘lanishi, bundan tashqari sudda ishtirok etish bilan bog‘liq
holatda sarflagan barcha harajatlarini undirish huquqi kafolatlanadi. Bundan tashqari JPKning
319-moddasida ham o‘rtacha ish haqining saqlanishini tartibga soluvchi norma mavjud. Ushbu
holat ham protsessning boshqa ishtirokchilari qatori guvohning ham suddagi ishtirokining
ta’minlanishini tashkil etuvchi asoslaridandir.
Shuningdek guvohning suddagi protsessual-huquqiy maqomiga oid huquqiy asoslardan
yana biri JPK ning 97-moddasida keltirib o‘tilgan bo‘lib, unga ko‘ra guvoh so‘roq qilinishi uchun
sudga chaqiruv qog‘ozi asosida chaqiriladi. Ushbu chaqiruv qog‘ozida uning maqomi, borishi
lozim bo‘lgan vaqt va manzil, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganda vujudga
keladigan oqibatlar ham ko‘rsatilib o‘tiladi. Ushbu asos ham guvohning sud majlisida guvoh
6 Баев М. О. Уголовно-процессуальные обязанности. Запреты и ограничения как структурообразный фактор
предупреждения злаупотребления правом адвокатом-защитником в уголвоном судопроизводстве / Судебная
власть и уголовный процесс. 2014. Nº3. -С.107-116.
`
50
sifatidagi protsessual maqomidan dalolat beradi. JPK ning 114-moddasiga ko‘ra guvoh sudda
advokati bilan hozir bo‘lganda uni so‘roq qilish advokat ishtirokida amalga oshiriladi.
Shuningdek guvohni so‘roq qilish so‘roq qilishning umumiy qoidalari asosida (JPKning 96-108-
moddalariga asosan) amalga oshirilishi lozim. Shu o‘rinda shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki
guvoh sud davomida sudya tomonidan olib boriladigan tergov harakatlariga jalb etilishi
mumkin. Bu ham uning suddagi protsessual maqomiga va uning huquqiy asoslariga oid holat
hisoblanadi.
Guvohning suddagi ishtirokiga oid holatni tartibga soluvchi yana bir muhim normalardan
biri ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yishdir. Ushbu jarayon JPKning 12
1
-bobi bilan
tartibga solinib, guvoh keyinchalik sudda ishtirok etolmay qolishiga asoslar bo‘lgan uning
ko‘rsatuvlarini sud tomonidan oldindan mustahkamlab qo‘yish amalga oshiriladi. Guvohning
maqomi va uning xavfsizligini ta’minlovchi huquqiy asos sifatida JPKning 270-moddasini
keltirib o‘tish mumkin.
Bundan tashqari ushbu masala O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-yanvardagi
515-sonli “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini
himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni7 bilan ham tartibga solinadi.
Guvohning suddagi protsessual maqomi haqidagi fikrlarni davom ettiradigan bo‘lsak,
guvoh sudda guvoh tariqasida ishtirok etishi uchun jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov yoki
surishtiruvda ham guvoh sifatida ishtirok etgan bo‘lishi lozim (JPK 387-moddasi). Bu ham
qaysidir ma’noda uning guvoh sifatida sudda ishtirok etishiga oid talablardandir va maqomidan
dalolat beradi.
Sudda guvoh sifatida ishtirok etgan shaxslar ko‘rsatuvlar beradi va lozim hollarda sud
majlisi bayonnomasidagi o‘z ko‘rsatuvlarini imzolaydilar (JPK 426-m). Guvohlar xolisligini
ta’minlash uchun ular raislik qiluvchi farmoyishiga ko‘ra alohida xonaga chiqib turishadi va
so‘roq qilinmagan guvohlar so‘roq qilingan guvohlar va sud zalidagi boshqa ishtirokchilar bilan
muloqot qilmasligi lozim bo‘ladi (JPK 432-m).
Guvoh sudda amalga oshiradigan muhim ishlardan yana biri bu guvohlik qasamyodini
qabul qilishdan iboratdir. Guvoh ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‘on
ko‘rsatuv berganlik uchun ogohlantirilgandan keyin u guvohning qasamyodini qabul qiladi.
Shundan so‘ng guvohdan uning majburiyati va javobgarligi tushuntirilgani haqidagi tilxat
olinib, sud majlisi bayonnomasiga ilova qilinadi. Ammo 16 yoshga to‘lmagan guvohga
qasamyod qabul qilish taklif etilsada, u ko‘rsatuv berishdan bosh tortgani yoki bila turib yolg‘on
ko‘rsatuv bergani uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilmaydi va undan tilxat olinmaydi
(JPK 441-m).
Apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida hamda ishni taftish tartibida ko‘rish
jarayinida ham guvohning protsessual maqomi birinchi instansiya sudida bo‘lganligi kabi
saqlanadi va u shunga mutanosib huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, sud majlisida guvohning protsessual maqomining huquqiy
asoslari yetarli darajada belgilanmagan va bu boradagi qonunchilik normalarini
takomillashtirish ehtiyoji mavjud. Bu holat guvohning sud majlisidagi vazifa va funksiyasini
7 Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-yanvardagi O‘RQ-515-sonli “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va
jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son.
`
51
yanada aniq qilib belgilab, uning xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etib,
guvoh tomonidan beriladigan ko‘rsatuvlarning ishonchli va xolisligini, uning to‘g‘riligini ijobiy
tomonga o‘zgartirishda muhim ahamiyatga ega deb o‘ylaymiz.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. – Toshkent, 2024.
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining
boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019-yil 14-yanvar.
3.
Jurayev I.B. “Jinoyat protsessi nazariyasi”. – Toshkent: TDYuI nashriyoti, 2022.
4.
Niyozov M. “Jinoyat-protsessual huquq: nazariya va amaliyot”. – Toshkent: Adolat, 2021.
5.
Bayev M.O. “Protsessual majburiyatlar va ularning javobgarlik bilan bog‘liqligi”. – Yuridik
fanlar jurnali, 2020, №3.
6.
Ukraina Jinoyat-protsessual kodeksi. – Kyiv: Юридична література, 2021.
7.
Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksi. – Moskva: Проспект, 2020.
8.
Qozog‘iston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. – Nur-Sultan, 2022.
9.
Armaniston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. – Yerevan, 2021.
10.
Moldova Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. – Kishinev, 2021.
11.