`
135
O‘TIBBIYOTDA ISHLATILADIGAN SUN’IY SHIRINLIKLARNING INSON
SALOMATLIGIGA TA’SIRI
Aliyeva Farangiz
Alfraganus Universiteti Tibbiyot Fakulteti
Farmasevtika Yo’nalishi 2 – kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15646124
Zamonaviy oziq – ovqat va farmasevtika sanoatida sun’iy shirinliklar keng qo’llanilmoqda.
Bu moddalarning asosiy vazifasi – ta’mni yaxshilash, kaloriyani kamaytirish va ba’zi holatlarda
glyukoza darajasini boshqarishdir. Sun’iy shirinlikar diabet kasalligiga chalingan bemorlar,
semizlikdan aziyat chekayotganlar va shakarga allergiyasi bor shaxslar uchun shakarga
alternativ vosita sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo ularning uzoq muddatli iste’moli
inson salomatligiga qanday ta’sir qilishi masalasi hanuz ilmiy tadqiqotlar markazida turibdi.
Sun’iy shirinliklarning turlari.
Sun’iy shirinliklar – sintetik yoki tabiiy manbadan olinadigan, kaloriyasi past, lekin
shirinligi yuqori bo’lgan moddalar bo’lib , quyidagi guruhlarga bo’linadi .
1.
Aspartam – shakardan 200 marta shirin, ammo isiqlikka chidamsiz.
2.
Saxarin – 300 – 500 marta shirin, uzoq saqlanadi.
3.
Sukraloza – shakardan 600 marta shirin, tana tomonidan so’rilmaydi.
4.
Atsesulfam K – pishiriqlar va dori vositalarida keng ishlatiladi.
5.
Stevyozid – tabiiy manbadan (Stevia o’simligidan) olinadi, organizmga nisbatan xavfsiz
hisoblanadi.
Tibbiyotda qo’llanilishi.
Farmasevtika sohasida sun’iy shirinliklar asosan quyidagi maqsadlarda qo’llaniladi.
-
Dori vositalarining ta’mini yaxshilash, ayniqsa bolalar uchun siroplar va chaynash
tabletkalari.
-
Diabetik bemorlar uchun mahsulotlar: glyukozani oshirmasdan shirin ta’m berish.
-
Og’iz bo’shlig’i gigiyenasi mahsulotlari: tish pastalari va og’iz chayqovchilari tarkibida.
Xulosa
Sun’iy shirinliklar zamonaviy tibbiyot va oziq – ovqat sanoatida muhim rol o’ynaydi.
Ularning ba’zilari sog’liq uchun nisbatan xavfsiz bo’lsa-da, noto’g’ri yoki ortiqcha iste’mol
qilingan taqdirda salomatlikka zarar yetkazishi mumkin. Shu bois ularni ehtiyotkorlik bilan,
belgilangan me’yorlarda va shifokor maslahatiga asosan iste’mol qilishi lozim. Kelajakda bu
moddalarning inson organizmiga uzoq muddatli ta’siri borasida yanada chuqurroq tadqiqotlar
o’tkazilishi zarur.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Tibbiyot ensiklopediyasi – Toshkent 2021.
2.
“Farmasevtika texnologiyasi asoslari” – darslik, Toshkent farmasevtika instituti 2022.
3.
Karimov A. Turg’unova D. “Tibbiy biokimyo va oziqlanish asoslari” – Toshkent: Tibbiyot
nashriyoti, 2021
4.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) “Shakar o’rnini bosuvchi moddalardan
`
136
foydalanish bo’yicha tavsiyalar” – Jeneva, 2023
5.
AQSH oziq – ovqat va dori vositalari boshqarmasi (FDA). “Sun’iy shirinliklar va saraton
kasalligi o’rtasidagi bog’liqlik” – Washington, 2022.