`
64
TA'LIM MUASSASALARIDA ERKAK PEDAGOGLAR SONINI OSHIRISHNING
DOLZARBLIGI: MUAMMO, IMKONIYAT VA YECHIMLAR
Eshmirzayeva Surayyo
Namangan Davlat Universiteti 5-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16785159
1.Introduction (Kirish)
Mavzu va muammo.
Bugungi globallashuv davrida har bir jamiyatning taraqqiyot darajasi, avvalo, uning ta'lim
tizimi sifatida namoyon boʻlmoqda.Ta'lim sifatini oshirish esa, eng avvalo, pedagog kadrlarning
malakasi va tarkibiy holatiga bogʻliq.Ayni damda, Oʻzbekiston ta'lim muassasalarida erkak
oʻqituvchilar sonining yetarli emasligi dolzarb masalalardan biri sifatida kun tartibida turibdi.
Ayrim mutaxassislar bu holatni oylik maoshlarining pastligi bilan izohlashmoqda. Bu esa, ta'lim
tizimidagi gender muvozanatining buzilishiga, ayniqsa, oʻquv tarbiya jarayonlarida salbiy ta'sir
koʻrsatmoqda.
Tadqiqot maqsadi.
Mazkur maqola orqali ta'lim muassasalarida erkak pedagoglar sonining kamligi sabablari,
bu holatning ta'lim sifati va oʻquvchilarning ruhiy - psixologik holatiga ta'siri, shuningdek,
mavjud muammoning mumkin boʻlgan yechimlarini ilmiy tahlil qilish maqsad qilingan.
Tadqiqot savoli
•Erkak oʻqituvchilarning ta'lim jarayonidagi roli qanday?
• Nima uchun erkaklar pedagogik sohani kamroq tanlashmoqda?
• Erkak pedagoglar sonini koʻpaytirish orqali qanday ijobiy natijalarga erishish mumkin?
Asosiy kontekst
Oldingi tadqiqotlar, jumladan, gender balansining ta'limdagi samaradorlikka ta'siri
haqidagi izlanishlar, erkak oʻqituvchilarning mavjudligi oʻquvchilarda intizom, jismoniy va
ruhiy rivojlanish, shuningdek, bilim sifatiga ijobiy ta'sir koʻrsatishini koʻrsatmoqda. Shu nuqtai
nazardan, bu maqola mazkur mavzuni milliy kontekstda tahlil qilishga urinishdir.
2.Methods(Metodologiya)Tadqiqot
dizayni
Mazkur tadqiqot sifat jihatidan kuzatuv va analitik tahlil uslubida olib borildi. Mavjud
holat, ommaviy fikrlar, statistik ma'lumotlar asosida ilmiy xulosalar chiqarildi.
Namunalar.
Tadqiqotda asosan Oʻzbekistonning umumta'lim maktablaridagi pedagoglar soni,
oʻquvchilar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlardagi holatlar, shuningdek, "PISA" xalqaro
baholash dasturidan olingan natijalar misol sifatida keltirildi.
Usullar va vositalar.
Tahlil uchun tahliliy esse shaklidagi yozma manbalar, rasmiy statistik ma'lumotlar, ta'lim
sohasidagi soʻnggi yangiliklar, xalqaro baholashlar natijalari, shuningdek, shaxsiy kuzatish va
mulohazalar asos qilib olindi.
Tahlil usullari
Muammo - tahlil - yechim asosida yozilgan matnlar tematik jihatdan ajratildi, mavzuga
doir asosiy fikrlar mantiqiy bogʻliqlikda tahlil qilindi va umumlashtirildi. Qisman statistik
faktlardan (masalan, "PISA" natijalari) foydalanildi.
3. Results ( Natijalar)Tadqiqot natijalari.
`
65
•Ta'lim muassasalarida erkak oʻqituvchilar sonining ortishi intizom va dars sifati
oshishiga sabab boʻlishi aniqlangan.
• Erkak pedagoglar ayniqsa, matematika, fizika, geografiya kabi aniq fanlar yoʻnalishlarida
samarali ishlashi kuzatilgan.
• 2023 - yilda "PISA" xalqaro baholash dasturida eng yuqori natijalar aynan erkak
oʻqituvchilar dars bergan sinflarda qayd etilgan.
• Biroq, erkak oʻqituvchilar sonining kamligi ularning bu sohaga qiziqishining sustligi va
ayniqsa, oylik maoshlarining kamligi bilan bogʻliq ekani ta'kidlangan.
• Ba'zi holatlarda erkak pedagoglar tomonidan haddan tashqari qattiqqoʻl, sovuq
munosabatlar kuzatilgani, bu esa, oʻquvchilarning psixologik holatiga salbiy ta'sir koʻrsatishi
mumkinligi aytilgan.
Objektivlik
Bu natijalar faqat tahliliy mulohazalarga asoslangan boʻlib, muallifiy izohlar va hissiy
fikrlar qatnashmagan.
4.Discussion(Muhokama)
Natijalarning talqini. Erkak pedagoglarning ta'lim jarayonidagi ishtiroki oʻquv intizomi va
dars jarayonidagi muvozanatni ta'minlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, oʻgʻil bolalar orasida
ijtimoiy xulq - atvor me'yorlariga rioya qilish, mas'uliyatli yondashuv va bilim olishga boʻlgan
intilish kuchayadi. Shu bilan birga, erkak oʻqituvchilarning qattiqqoʻl yondashuvi ayrim
holatlarda salbiy ruhiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.
Oldingi tadqiqotlar bilan solishtirish
Xalqaro tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, rivojlangan mamlakatlarda gender muvozanatiga
erishilgan ta'lim tizimlari yuqori natijalarga erishmoqda. Oʻzbekiston PISA dasturidagi
natijalarda erkak pedagoglar faoliyat yuritgan sinflarda yuqori koʻrsatkichlarga erishgani - bu
fikrni yana bir bor tasdiqlaydi.
Amaliy ahamiyat
Maqolada keltirilgan tavsiyalar asosida ta'lim tizimida erkak oʻqituvchilarga koʻproq
e'tibor qaratilsa, ularning soni va sifati ortadi, natijada ta'lim sifati yanada oshadi. Qoʻshimcha
ustamalar, imtiyozlar va ijtimoiy qoʻllab - quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish bu
yoʻnalishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Cheklovlar
Mazkur tahlil koʻproq mulohazalarga asoslangan boʻlib, chuqur statistik va eksperimental
tadqiqotlar bilan toʻldirilmagan. Shuningdek, ayrim xulosalar umumiy tajribalar asosida
chiqarilgan boʻlishi mumkin.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, ta'lim muassasalarida erkak pedagoglar sonini oshirish ta'lim sifati
va oʻquv intizomi uchun muhim omildir. Bu borada iqtisodiy ragʻbatlantirish, ijtimoiy
imtiyozlar joriy etish, kasbning ijtimoiy mavqeyini koʻtarish orqali ijobiy natijalarga erishish
mumkin. Kelgusidagi tadqiqotlar aynan ushbu yoʻnalishdagi aniq chora- tadbirlar
samaradorligini oʻrganishga qaratilishi lozim.
References:
`
66
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori."Oliy va oʻrta maxsus ta'lim tizimida
mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada oshirish chora - tadbirlari toʻgʻrisida" - PQ - 3775 - son,
2018 - yil 26 - iyun
2.
"Oʻzbekiston Respublikasi Statistika agentligi. Umumta'lim maktablarida faoliyat
yuritayotgan pedagoglar soni boʻyicha ma'lumotlar"- 2023 - yil.https://stat.uz
3.
"Erkak pedagoglarga ehtiyoj bor"-Yuz.uz. https://yuz.uz/uz/news/ularga - ehtiyoj - bor
4.
"Maktablarda
erkak
pedagoglar
soni
oshdi"
-
Kun.uz.
https:
kun.uz/uz/news/2023/05/01/maktabda - ta'lim - berayotgan - erkak - pedagoglar - soni -
oshdi
5.
"Oʻzbekiston
hududlarida
erkak
pedagoglar
soni"
-
Daryo.uz.
https:
//daryo.uz/2023/05/03/0o'zbekistonda - erkak - pedagoglar - soni - oshdi
6.
Sattorov, A.( 2021).Pedagogik faoliyatda gender muvozanati va uning ijtimoiy
ahamiyati.Toshkent: TDPU Nashriyoti.
7.
Abdullayeva, Z.(2020).Zamonaviy maktabda erkak oʻqituvchilarning roli. Ma'rifat
gazetasi, 2020 - yil, 15-may soni.