`
59
YASHIL BRENDING ASOSIDA KORXONADA EKOLOGIK MARKETING
STRATEGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Rahmatov Dilshod Shermat o‘g‘li
TDIU ning mustaqil tadqiqotchisi
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv
va texnologiyalar universiteti
Taʻlimni raqamlashtirish va talabalar
amaliyotini tashkil etish boshqarmasi menejeri
https://doi.org/10.5281/zenodo.16785081
Global iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning kamayib borishi va iste’molchilarning
ekologik ong darajasining ortib borayotgani korxonalarni marketing strategiyalarini qayta
ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda. Bugungi kunda bozorda muvaffaqiyat qozonish uchun oddiy
reklama yoki narx ustunligi yetarli emas – iste’molchilar brendning ijtimoiy va ekologik
mas’uliyatini ham hisobga olmoqda. Shu sababli, yashil brend yaratish va uni asosli marketing
strategiyasi bilan uyg‘unlashtirish korxonaning uzoq muddatli barqarorligiga xizmat qiladigan
dolzarb yondashuvga aylanmoqda. Yashil brending (green branding) – bu korxonaning
ekologik qadriyatlar asosidagi marketing siyosati bo‘lib, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik,
resurslardan tejamli foydalanish va ekologik innovatsiyalar orqali ijobiy brend imijini
yaratishga qaratilgan. Mazkur maqolada yashil brending asosida ekologik marketing
strategiyalarini takomillashtirishning zarurati, asosiy tamoyillari va amaliy yondashuvlari
tahlil qilinadi.
Yashil brend – bu korxonaning ekologik tamoyillar asosida ishlab chiqilgan, atrof-muhitni
asrashga qaratilgan qadriyatlarini ifodalaydigan brend konsepsiyasidir. Ekologik marketing
esa shu brendni bozorda ilgari surish, mijozlar bilan ekologik qadriyatlarga asoslangan aloqa
o‘rnatish va brendga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda xizmat qiladi. Yashil brendni
shakllantirish quyidagi elementlarga asoslanadi:
1-rasm.
Yashil brendni shakllantirish elementlari
Ekologik marketing esa mazkur afzalliklarni iste’molchiga to‘g‘ri va ishonchli tarzda
yetkazib, raqobatbardosh ustunlikka aylantirishga xizmat qiladi..
Mahsulot ekologik tozaligi
(biodegradatsiyalanuvchan, qayta ishlanadigan,
toksik bo‘lmagan xomashyo)
Ishlab chiqarish jarayonlarining ekologik
xavfsizligi (energiya tejovchi texnologiyalar,
chiqindilarni minimallashtirish)
Ijtimoiy kommunikatsiya va ochiqlik
(iste’molchiga ekologik afzalliklar haqida to‘liq
ma’lumot berish)
`
60
Amaliy misollarda ko’radigan bo’lsak Tesla kompaniyasi ekologik avtomobillar ishlab
chiqarish orqali nafaqat innovatsion texnologiyalarni, balki ekologik ongni ham ilgari
surmoqda. Kompaniyaning elektromobillari karbon gazlarini chiqarishsiz harakatlanadi, bu
esa global isishga qarshi kurashda muhim qadamlardan biridir. Tesla o‘z brendini “kelajak
energetikasi” va “yashil texnologiyalar” konsepsiyasiga asoslaydi. Reklama va ommaviy
axborot vositalarida ekologik ustunliklar doimiy ta’kidlanadi, bu esa iste’molchilarda brendga
nisbatan ishonchni va sodiqlikni oshiradi.
AQShning Patagonia brendi kiyim-kechak sanoatida ekologik marketing strategiyalarini
eng muvaffaqiyatli amalga oshirgan kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya
mahsulotlarini faqat ekologik toza, qayta tiklanuvchi xomashyodan ishlab chiqaradi va
iste’molchilarga keraksiz xarid qilmaslikni tavsiya etadi. Ularning mashhur “Don’t buy this
jacket” kampaniyasi iste’molchilarni atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli bo‘lishga undagan va
keng jamoatchilik e’tiborini tortgan. Bu yondashuv nafaqat savdoni kamaytirmagan, balki
brend sodiqligini kuchaytirgan.
Mahalliy darajada esa O‘zbekistonning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan
“Artel” kompaniyasi energiyani tejovchi maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali
yashil brend imijini shakllantirishga harakat qilmoqda. Kompaniya o‘z mahsulotlarida A++
energiya samaradorligi yorliqlaridan foydalanadi va ekologik toza ishlab chiqarish
jarayonlarini joriy etmoqda. “Artel” mahsulotlarini eksport qilishda ekologik standartlarga
muvofiqlikni ustuvor deb biladi. Bu strategiya kompaniyaga Yevropa bozorlarida
raqobatbardosh bo‘lish imkonini bergan.
Yashil brending nafaqat ekologik mas’uliyatni aks ettiradi, balki korxonaning
raqobatbardoshligi, barqarorligi va ijtimoiy obro‘sini oshiruvchi strategik vositadir. Ekologik
marketing esa bu brendni bozorga to‘g‘ri va samarali olib chiqish, iste’molchi ongida
mustahkam brend imijini yaratishning vositasi sifatida xizmat qiladi. Korxona o‘z
mahsulotlarini nafaqat texnik ko‘rsatkichlari, balki ekologik qadriyatlar orqali ham
differensiallasa, u o‘z sohasida yetakchilikka erishadi. Shuning uchun, bugungi kunda yashil
brending va ekologik marketingni uyg‘unlashtirgan holda strategik yondashuvlarni ishlab
chiqish korxonalar uchun dolzarb zarurat hisoblanadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Peattie, K. (1995). Environmental Marketing: A Reflective Strategy for Green Times.
2.
Ottman, J. (2011). The New Rules of Green Marketing. Greenleaf Publishing.
3.
OECD Green Growth Indicators, 2021.
4.
UNCTAD. Sustainable branding in emerging markets, 2020.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi haqidagi PF-
6024-sonli farmoni, 2020.
