Авторы

  • Dilafruz Berdiyarova
    O’zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.132897

Аннотация

Ma’naviy tafakkurimiz mahsuli bo’lgan joy nomlariga milliy qadriyatlarimizning ajralmas bir qismi sifatida qarash har birimizning burchimizdir. Bu qadriyatlar esa insoniyat uchun barcha zamonlarda ham eng muhim buyuk ma’naviy boylik bo’lib xizmat qilganligi dalillarda o’z ifodasini topgan.


background image

`

44

MILLIY QADRIYATLARIMIZNI AKS ETTIRUVCHI JOY NOMLARI

Berdiyarova Dilafruz Tojinorovna

O’zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16777491

Ma’naviy tafakkurimiz mahsuli bo’lgan joy nomlariga milliy qadriyatlarimizning

ajralmas bir qismi sifatida qarash har birimizning burchimizdir. Bu qadriyatlar esa insoniyat
uchun barcha zamonlarda ham eng muhim buyuk ma’naviy boylik bo’lib xizmat qilganligi
dalillarda o’z ifodasini topgan.

“Respublikamizda har bir mikro va makro hududdagi geografik obyektlar nomlari

sirasiga ro’yxatga olinishi zarur. Agar bu haqida bugun g’amxo’rlik qilinmasa, bu ish
kechiktirilib, amalga oshirilmay qoladigan bo’lsa, - deb ta’kidlaydi N.V.Podolskaya
(Н.В.Подольская),- fan uchun yo’qotish bo’ladi. Katta hajmdagi leksik material keksa avlod
bilan birga ketadi, bebaho material abadiy yo’qoladi”

1

. Zamonlar o’zgarishi bilan nomlar ham

o’zgarib boradi, chunki insonlarning dunyoqarashi va yashash tarzi ham o’zgarib boradi. Nom
qancha qadimiy bo’lsa, uning etimologiyasini bilish ham shuncha murakkab bo’ladi. Mazmuni
ahglashilmagan nomlarni o’zgartirib, boshqacha atash yoki talqin qilish, minglab yillarning
mahsuli bo’lgan ma’naviy qadriyat yodgorliklarimizga jiddiy talofat, ya’ni ko’r-ko’rona ziyon
yetkazish demakdir. Fikrimizcha, milliy qadriyatlarimizni nomoyon etib turuvchi
toponimlarni vohalar kesimida tadqiq qilish va hududiy o’rganib borish, tadqiqotimizning
asosiy maqsadlaridan biridir.

O’zbekistonning ko’plab hududlarida soha olimlari tomonidan joy nomlari bo’yicha yirik

fundamental tadqiqotlar olib borilishiga qaramay, Paxtachi tumani toponimlari
o’rganilmagan, ya’ni tadqiqot ishlari olib borilmagan. Vaholanki bu zaminda, buyuk Turon
tarixida o’ziga xos o’rinni egallagan, uch ming yillik tarixga ega Dabusqal’a, Ziyovuddin,
Qarnabota kabi tarix zarvaraqlarida o’z o’rniga ega ma’lum va mashhur maskanlari bor.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-aprel 2021-yilda Samarqand shahrida

bo’lib o’tgan yig’ilishda, Paxtachi tumanidan kelgan onaxon bilan suhbatda Paxtachi
tumanining nomini o’zgartirishni taklif qildi. “Menga Paxtachi degan nom yoqmaydi. Nimaga
Paxtachi, shuni tarixini biladiganlar bormi? Paxtachi tumanining juda katta tarixiy joylari bor.
Kelajakda shoshmasdan fursatdan foydalanib nomini ham o’zimizga munosib qo’yaylik.
Paxtachi bo’lib o’tib ketaveramizmi?”, - dedi prezidentimiz o’z nutqida.

2

Shundan so’ng,

prezidentimiz tegishli mutasaddilarga vazifa qilib belgilab berdi. Demak, tumanimizda nafaqat
tariximizni, milliy qadriyatlarimizni va tarixiy udum va an’analarimizni qayta tiklash, shu
bilan birgalikda toponimlarni o’rganish vaqti keldi.

Paxtachi Samarqand viloyati tarkibidagi tuman nomi. Tuman 1935-yil 9-fevralda

Narpay tumani hududining bir qismida Paxtakor tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1963
yilda Narpay tumaniga qo’shilgan. 1973-yil 12-aprelda Paxtachi tumani nomi bilan yana
Narpay tumanidan alohida tuman qilib ajratigan. Paxtachi vohasi joylashgan hudud o’rta
paleolit davriga mansub. Qolaversa, Paxtachi vohasi tarixi, turmush tarzini o’zida aks ettirgan
joy nomlari, ajdodlarimiz ma’naviyati va madaniyati yuqori saviyada bo’lganligini namoyon

1

S.N.Bo’riyev. Urgut tumani mikrotoponimlarining leksik-semantik tahlili. Toshkent. 2010-y. 21-bet

2

http://www.gazeta.uz/uz


background image

`

45

etish bilan birga qadriyatlarimizning bebaho ekanligini ko’rsatib turadi. Bu esa toponimlar
milliy ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizda o’rganishda asos bo’lishini belgilab beradi.

Boshqa tillardan sun’iy ravishda o’zlashib qolgan yoki ma’lum davrlar siyosati tufayli

qo’yilgan nomlar (Kalinin, Kommunizm, Sverdlov, Kirov, Karl Marks va boshqalar) o’rniga
qadimiy manbalardagi asl tarixiy nomlarni tiklashga e’tibor qaratildi. Buni hozirgi kunda
faoliyat yuritayotgan tumandagi 59 ta MFYning nomlanishida va qishloq hamda ko’cha
nomlari misolida ko’rishimiz mumkin. Fikrimizning dalili sifatida Po’latchi, Nayman,
Dabusqal’a, Tog’olon, Toma, Mojor, Naxripay, Ukrash, Chorgusha, Jana, Qo’shhovuz, Gulshan,
Yovu, Mirzo Nodim,Ko’rpa, Quvondiq, Sardoba, Saroy, Qaynarbuloq, Shamsnazar, Do’ng, Hayit
Elbegi, Urganji, Bodoy kabi mahalla fuqarolar yig’inlarini hamda Boymat, Jastovon, Mirkan,
Bog’oloni, Bekto’p, Momoy, Qarluq, Beshtentak, Qayishfurush, Kalqishloq kabi qishloq
nomlarini keltirib o’tishimiz mumkin. Bu nomlarning kelib chiqishida chin insoniylik,
vatanparvarlik tuyg’ulari aks etgan tarixiy voqealar va xalqi, yurti uchun xizmat qilgan
jonbozlik ko’rsatgan insonlarning siymolari gavdalantirilgan. Shu bilan birga joy nomlarining
xalqning hazil mutoyibaga yo’naltirgan og’zaki ijodi namunalari, urf odatlari, qadriyatlari
asosidagi voqealar sabab yuzaga kelganligi bilan ham o’z ahamiyatiga egadir.

Demak, vohadagi ko’plab toponim va etnotoponimlarni o’rganishda ushbu hududda

yashovchi xalqning tilida uchraydigan rivoyat va afsonalar toponimlarni o’rganishda asos
bo’la oladi. Toponimlar asrlar mevasi, geografik nomlar turli davrlar guvohidir. Turkiy tillar
toponimikasi va unda Paxtachi vohasi toponimlarining ham o’rni beqiyosdir. Vohada ham
turkiy tillarning kelib chiqishi, hamda rivojlanishini o’z ichiga oluvchi qadimiy yodgorliklar va
manbalar juda ko’p. Yuqorida qayd etilgan toponim va etnotoponimlar o’rganilishi turkiy
tillarning tarixiy rivojlanishini fonetik, morfologik va semantik o’zgarish jarayonlarini
aniqlashga yordam beradi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

S.N.Bo’riyev. Urgut tumani mikrotoponimlarining leksik-semantik tahlili. Toshkent.

2010-y. 21-bet
2.

http://www.gazeta.uz/uz

3.

https://paxtachi.uz/ru/bolim/31/

4.

4. X.O’tanov, S.Erkinov. Ziyovuddin vohasi tarixi Tashkent. 6-8 may .2024-yil 532-bet.

Библиографические ссылки

S.N.Bo’riyev. Urgut tumani mikrotoponimlarining leksik-semantik tahlili. Toshkent. 2010-y. 21-bet

X.O’tanov, S.Erkinov. Ziyovuddin vohasi tarixi Tashkent. 6-8 may .2024-yil 532-bet.