Авторы

  • Zebo Yaxshiyeva
    Filologiya fanlari doktori (DSc), Turon universiteti professori, Turon fanlar akademiyasi akademigi,
  • Durdona Jumayeva
    Qarshi Xalqaro universiteti magistri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.134227

Ключевые слова:

K.Marlo xronotop sintaksis shart ergash gapli qo’shma gaplar morfologiya punktuatsiya Tamburlaine

Аннотация

Ushbu maqolada Amir Temur haqida yozilgan o’zbek va jahon nasridgi asarlarda nutq poetikasi hamda ularda qo’llanilgan shart ergash gapli qo’shma gaplar turlari va bu qo’shma gaplarning ishlatilishidan mualliflarning maqsad muddaolari tahlilga tortilgan. Shuningdek, mualliflarning davr va makon silsilasida turli zamonlarda va turli hududlarda yaratilgan buyuk Sohibqiron haqida yaratilgan asarlarda aynan shart ergash gapli qo’shma gaplarning ishlatilishidan ko’zlangan vazifalarni ilmiy tadqiq etdik.


background image

`

144

AMIR TEMURGA BAG’ISHLANGAN DRAMATIK ASARLARDA NUTQ, QO’SHMA

GAPLAR SINTAKSISI

Yaxshiyeva Zebo Rashidovna

Filologiya fanlari doktori (DSc), Turon universiteti professori,

Turon fanlar akademiyasi akademigi,

Jumayeva Durdona Azamat qizi,

Qarshi Xalqaro universiteti magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.16886350

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Amir Temur haqida yozilgan o’zbek va jahon nasridgi

asarlarda nutq poetikasi hamda ularda qo’llanilgan shart ergash gapli qo’shma gaplar turlari va
bu qo’shma gaplarning ishlatilishidan mualliflarning maqsad muddaolari tahlilga tortilgan.
Shuningdek, mualliflarning davr va makon silsilasida turli zamonlarda va turli hududlarda
yaratilgan buyuk Sohibqiron haqida yaratilgan asarlarda aynan shart ergash gapli qo’shma
gaplarning ishlatilishidan ko’zlangan vazifalarni ilmiy tadqiq etdik.

Kalit so’zlar:

K.Marlo, xronotop, sintaksis, shart ergash gapli qo’shma gaplar,

morfologiya, punktuatsiya, Tamburlaine

Barcha janrlarga mansub asarlar poetikasiga ilmiy asosda baho berish jarayonida

ularning til xususiyatlarini qat’iy e’tiborga olish talab qilinadi. Adabiyot sо‘z san’ati bо‘lgani
uchun ham lingvistika, tarjima bilan bir butunlikni tashkil etadi. Tilshunoslik ilmida fikr
almashish vositasi hisoblanadigan sо‘z badiiy adabiyotda yozuvchilar yaratadigan ifoda va
tasvir uchun material vazifasini bajaradi. Shu sababdan, badiiy adabiyotning quroli bо‘lgan
sо‘zlarning leksik, grammatik, sintaktik xususiyatlarini atroflicha tadqiq etish, shart ergash
gapli qo’shma gaplar ishlatilgan o’rinlarni anglash uchun tilshunoslik fanining
qonuniyatlaridan boxabar bо‘lish zarur. Ijodkor sо‘zning, gapning lug‘aviy ma’nosini yaxshi
idrok etishiga qaramay, uning grammatik ma’nosini yetarlicha anglamasa, tasvir va ifoda
jarayonida g‘alizliklar paydo bо‘lishi mumkin. Qolaversa, yozuvchi, shoir, dramaturg
tilshunoslik fanining grammatika tarkibidagi sohasi bо‘lgan sо‘zlarning о‘zaro bog‘lanishi, shart
ergash gapli qo’shma gap va uning turlarini о‘rganuvchi sintaksis qoidalarini о‘zlashtirgan
bо‘lishi shart.

Professor Dilmurod Quronov quyidagi fikrlarni bildiradi: “Bаdiiy nutqning xususiyаtlаri

hаqidа sо‘z bоrgаndа, еng аvvаlо, uning оbrаzliligi tilgа оlinаdi. Mа’lumki, tildа mаvjud
sо‘zlаrning kо‘pchiligi aslida оbrаzli tаbiаtgа еgа, birоq bаdiiy nutqning оbrаzliligi о‘shа
sо‘zlаrning о‘zаrо mаzmuniy-grаmmatik аlоqа-munоsаbаtdа izchil bir qаtоrgа tizilishidаn
vоqе bо‘lаdi, yа’ni u ikkilamchi obrazlilikdir. Badiiy nutq shunchaki informatsiya yetkazmaydi,
balki lisoniy obrazlar qatorini davriy ketma-ketlikda yaratib boradi va pirovardida о‘quvchini
yalang fikr-xulosaga emas, badiiy voqelikka rо‘barо‘ qiladi”[1;241]. Ijodkorning “obrazli
tabiatga ega” bо‘lgan sо‘zlardan foydalanib, “lisoniy obrazlar qatorini davriy ketma-ketlikda
yaratishi” sintaksis qonun-qoidalariga amal qilingan holda voqelanadi. Shu xususiyatlar
e’tiborga olinsa, Amir Temur haqida yaratilgan dramatik asarlardagi nutq va sintaksisni ilmiy
asosda о‘rganish zarurati paydo bо‘ladi. Aynan shu jihatdan ijodkorlar asarlarida kelgan sodda
va qo’shma gaplarni tahlil qilish, ularning morfologik tadqiqi bilan bir qatorda sintaktik va
ergash gapli qo’shma gaplar kelgan o’rinlarda piunktuatsion jihatdan ingliz va o’zbek tillarini
tahlilga tortish ilmiy izlanishlalrimiz doirasini belgilab beradi.


background image

`

145

Bu nazariy qarashlarni A.Temur haqida yozilgan Abdulla Oripovning “Sohibqiron”

dramasi tahlilida ko’rar ekanmiz, asar personajlar nutqining о‘zaro mustahkam ma’noviy birlik
hosil qilganiga guvoh bо‘lish orqali yuqoridagi fikrning tо‘g‘riligiga amin bо‘lish mumkin.

Temur:
Boyazidga yana maktub yо‘llagan edik,
Yana imkon bergan edik о‘ylab kо‘rishga.
Biroq hanuz javob yо‘qdir.
Muhammad Qovchin
Balki Boyazid
Tavba qilib о‘tirardi, agar jura’ti sо‘nib.
Yo adolat jabhasida biz tо‘kkan qonlar
Nazaringda, sel misoli kо‘pirmoqdami?’’[2;406]
Sohibqironning Boyazidga maktub yо‘llagani haqida sо‘zlashi vazir Muhammad

Qovchinning to’kilgan qonlar qо‘rquvi haqidagi fikrini bildirishiga sabab bо‘ladi. Bu fikr
Temurni g‘azablantiradi. U о‘zining nohaq qon tо‘kishdan zavqlanadigan zolim hukmdor
emasligini ta’kidlashga shoshiladi. U faqatgina adolat о‘rnatish uchun qon tо‘kkanini e’tirof
etadi. Amir Temurning harbiy yurishlariga turli darajadagi amaldorlar, sarkardalar va oddiy
xalq vakillarining munosabatini kо‘rsatish, bu borada Sohibqironning dalillarini yuzaga
chiqarishdir. Agar Amir Temurning adolat uchun qon tо‘kkanini asarda dialoglar vositasida
emas, balki uning nutqi orqali ta’kidlanganida, asarning shu о‘rinlaridagi teran mantiqiylik va
badiiylik ta’minlanmay qolar edi. Natijada, yetkazilayotgan ma’lumot va’z ruhida bо‘lardi. Bu
xususiyat ifodaviylikdan holi bо‘lib, qahramonlar о‘rtasidagi kolliziyaning yuzaga chiqishiga
halaqit bergan bо‘lar edi. Ushbu she’riy parcha tarkibida kelgan “Tavba qilib о‘tirardi, agar
jura’ti sо‘nib” jumlasi tahliliga e’tibor qaratsak, ushbu gap o’zbek ona tilimiz grammatikasida
ergash gapli qo’shma gaplarning holat ergash gapli qo’shma gap tarzida keltirilgan. Bu esa
Ingliz tili o’rganuvchilariga tushunishlari qiyin tuyulmasligi uchun Ingliz tili grammatikasida
ergash gapli qo’shma gaplar asosan ma’noviy-sintaktik jihatdan emas, aksincha real- unreal va
mixed tarzida mualligning ishtirroki va vaqt nuqtayui nazarida turkumlanganligi bois, buni
qiyoslashda muallifning maqsadida asar qahramonining ruhiy holatini tasvirlash ekanligi bilan
cheklanamiz.

Ma’ruf Jalilning “Sohibqiron” dramasi sintaksisi va ergash gaplarning ishlatilishi tahlili

haqida sо‘z ketganda, avvalo, ushbu asarda epos ruhi mavjudligini e’tiborga olish zarur.
Aksariyat dramalardan farqli ravishda bu asarda Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga
kelishi bilan bog‘liq voqea-hodisalar batafsil tasvirlangan. Umumiy mazmunni tо‘ldirishga
xizmat qiladigan muallif izohlari bajaradigan vazifalar ham aksariyat hollarda personaj
nutqining zimmasiga yuklanadi. Dramaturg tomoshabinni о‘sha davr voqeligi bilan atroflicha
tanishtirishni о‘zining asosiy vazifasi deb hisoblaydi.

Shuni e’tiborga olish kerakki, biz ushbu maqolamizda tahlilga tortgan dramatik asarlar

ham she’riy yо‘lda yozilgan. Ingliz adabiyotida mashhur drammaturg, Amir Temur haqida ilk
sahna asar muallifi K.Marlo pyesasining asliyatida qofiya mavjud bо‘lsa, Abdulla Oripov va
Ma’ruf Jalil qalamiga mansub bо‘lgan dramatik asarlar oq she’r uslubida yaratilgan. Bu
xususiyat Sohibqiron haqidagi har uch asarda ham inversiyalardan foydalanish janr talabi


background image

`

146

ekanini, ergash gaplarning ishlatilishi esa ijodkor maqsadidni oydinlashtirishi ekanligini
kо‘rsatadi.

О‘zbеk mumtоz vа zаmоnаviy аdаbiyоtidа Аmir Tеmurgа bаg‘ishlаngаn kо‘plаb shе’riy

va nasriy ijod namunalari ham mаvjud. XX аsr bоshlаrigа kеlib, Turkiston о‘lkasida jadidchilik
g‘oyalarining keng tarqalishi milliy о‘zlikni anglash jarayonini kuchaytirdi. Jadid shoirlari
о‘tmishda butun turkiy xalqlarning hamda Turkiston о‘lkasining shuhratini olamga taratgan
Sohibqiron Amir Temur haqida kо‘plab she’rlar yaratdilar. Abdurauf Fitrat “Yurt qayg‘usi”
she’rida vatanga “Ona” deya murojaat qilar ekan, Temur singari bobolarning qoni tomirlarda
jо‘sh urayotganini ta’kidlaydi.

“Onam! Seni qutqarmoq uchun jonmi kerakdir?
Nomusmi, vijdon bila imonmi kerakdir?
Agarkim, Temur bila Chingiz qoni toshar tomirimizdan,
Aytgil! Seni qutqarmoq uchun qonmi kerakdir?”[3;31]
Mutafakkirlar g’aflat uyqusidagi xalqni uyg‘otish uchun uning tarixini eslatish,

targ‘ib qilish zarur ekanligini ta’kidlaydilar. Bu yо‘lning tо’g‘ri ekanligini chuqur anglagan
Abdurauf Fitrat millat kishilariga о‘zlarining katta ishlarga qodir ekanliklarini anglatish uchun
Sohibqiron bobosining qahramonliklarini eslatishni xohlaydi. Fitrat “Yurt qayg‘usi”
turkumidagi sochmalaridan birida Amir Temurga murojaat qiladi. Temur maqbarasiga kelgan
shoir millat ahvolining achinarli ekanligini aytib, Sohibqironga xalq dardiga davo topish uchun
faryod qiladi. Ushbu she’rda qo’shma gaplardan ko’ra soda gaplarning ishlatilishi shoira uchun
ilhom rakursida tanlangan shakldir.

Jadid adabiyotshunosligiga nazar tashlasak, “Bаg‘rim yоniq, yuzim qоrа, kо‘nglim siniq,

bо‘ynim bukuk. Sеning ziyоrаtinggа kеldim, sultоnim! Еzilgаn bоshim, qisilgаn vijdоnim,
kuygаn qоnim, о‘rtаngаn jоnim uchun bu sаg‘аnаngdаn dаvо izlаb kеldim, xоqоnim! Yuz
yillаrdаn bеri jаfо kо‘rsa, g‘аm chеkib kеlgаn turning qоnli kо‘z yоshlаrin еtаklаringgа tо‘kаrgа
kеldim. Qоrоng‘uliklаr ichrа yоg‘dusiz qоlgаn о‘zbеk kо‘zlаri uchun tuprоg‘ingdаn surmа оlg‘аli
kеldim”[4;33].satrlari bilan mashhur fitrat ijodida shart ergash gapli qo’shma gaplar tahlili
uchun katta ilmiy tadqiqotlar manbasi bo’la oladi. “Yuz yillаrdаn bеri jаfо kо‘rsa, g‘аm chеkib
kеlgаn turning qоnli kо‘z yоshlаrin еtаklаringgа tо‘kаrgа kеldim”. Satrida muallif qo’shma gapni
aynan yuqorida ta’kid etganimiz kabi muallifning jo’shqin hislari ifodasi, xalq jabrining ijodkor
maqsadida she’r g’oyasi va xronotop izidan uzoq yillar balki yuz yillardan beri jafo ko’rgan xalq
dardini go’zal ifidasi uchun qo’llashni ma’qul ko’rgan deyish mumkin.

Ijodkorning davriy orzulari va dashnomlarini jaded allomamim ijod mahsuliga qiyoslagan

tarzda Angliyada tug’ilib o’sgan, shu diyorning Temur haqidagi afsona va tasavvurlari bilan
ulg’aygan inglizzabon shoir Viktor Jeyms Deyl ijodida ham ko’zga tashlanadi:

LO, upon the carpet, where
Throned upon a heap of slain
Blue-eyed dolls of beauty rare
(Ah, they pleaded all in vain!)
Sits the Infant Tamerlane!
Broken toys upon the floor
Scattered lie—a ruined rout.
Thus from all things evermore


background image

`

147

Are—the fact is past a doubt—
Hidden virtues hammered out[5].
Ma’nosi: Qay yerdadir poyondozda, LO,
Talay zamon o‘tib taxtga erishdi.
Moviy ko‘z, hushro’y siymo qo‘g‘irchoqlari
(Eh, ularning behuda iltijolari)
Yosh Tamerlan endi o‘z taxti uzra!
Yerda o‘sha singan o‘yinchoqlari
Ro’parada ro’yo - vayron bo‘lgan yo‘l.
Sarob kabi endi arg‘umoqlari
Haqiqat gumondan bir qadam ildam -
Ro‘yobda jamiki zohir o‘ylari. (tarjima bizniki Z.Y)
Xulosa o’rnida aytish lozimki, bunday sintaktik tahlilga tortilishi ilmiy izlanuvchilar

tomonidan tadqiq etilishi lozim bo’lgan Amir Teur haqidagi ijod namunalari Jeyms Deyl, Charlz
Lemb, Edgar Allan Po, Muhammad Yusuf, Iqbol Mirzo, N.Afoqova, I.Subhoniy kabi o’nlab
shoirlar ijodiida ko’plab uchrashi, hali bu ilmiy izlanish doirasida qilinishi lozim bo’lgan ko’plab
tadqiqotlar yaratilishiga zamin yaratadi.

References:

1.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: “Navoiy universiteti”, 2018. – 241 b.

2.

Орипов А. Танланган асарлар. Иккинчи жилд. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги

“Адабиёт ва санъат” нашриёти, 2001 – 406 б.
3.

Фитрат А. Танланган асарлар. I жилд. Шеърлар, насрий асарлар, драмалар. – Т:

“Маънавият” 2000. – Б. 31.
4.

. Yakhshieva Zebo Rashidovna. Scientific process of learning the personality of

Tamurlaine in Russian studies. Netherland. Intellectual education, technological solutions and
innovative digital tools. 2025. 3 January.
5.

Victor James Dale. Tamelane.

https://www.poemist.com/victor-james-daley/tamerlane

.

6.

Yaxshiyeva Zebo Rashidovna. Ingliz va o’zbek temurshunosligi tadqiqi va taraqqiyoti.

Xorijiy tillarni o’qitishda innovatsion yondashuvlar, nazariyaning amaliyotga tadbiqi. Toshkent.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya. 2025. Aprel.
7.

Yakhshieva Zebo Rashidovna. Studies of the image Tamburlaine in the Russian literature

field. France. Scientific approach to the modern education system. January. Part 32. P.9-12.
8.

Yakhshieva Zebo Rashidovna Temuriyshunoslik ilmida tarjima faoliyati tadriji –

taraqqiyot va tanazzul. 15

th

International conference on foreign language teaching and applied

linguistics. Jizzakh. 2025. May.
9.

Z.R.Yaxshiyeva. Husayn Jovid ijodida ikki tarixiy shaxs musobati tahlili. Xorazm Ma’mun

akademiyasi axborotnomasi. 2025, 4 son. 336-341 b.
10.

З.Яхшиева. Восточные и западные Художественные Произведения, Созданные По

Прототипу Исторических Образов. Foreign Linguistics and Lingvo didactics. Зарубежная
лингвистика и лингводидактика. International conference on linguistic literary and
translation. 2024. C.14-16.


background image

`

148

11.

Z.R. Yakhshieva. The figure of Amir Temur: as a historical person and an artistic image.

Academic international conference on multi-disciplinary studies and education. Hosted from
Pittsburgh, USA. 2023.30.05. 94-96 p.
12.

Z.R. Yakhshieva. Research of the figure Tamburlaine in English and Uzbek literature.

Eurasian journal of learning and academic teaching. (EJLAT) August. 2023. ISSN (E): 2795-
739X. P. 6-10.
13.

З.Яхшиева. Свобода личности и периодические проблемы в англоязычном

литературоведении.

Международная

научно–практическая

конференция

“Современные подходы и инновации в филологическом
14.

Zebo.R. Yakhshiyeva. Jahon adabiyotshunosligida Amir Temur obrazi talqinlarining

qiyosiy tadqiqi. Нововведения современного научного развития в эпоху глобализации:
проблемы и решения. Volume1. Essue. www.uz.researchers.com. 2024.18-25.
15.

Yakhshieva Zebo Rashidovna. G’arb va Sharq adiblari ijodida Amir Temur prototipi

asossida yaratilgan asarlar tadqiqi. O‘zbekiston: til va madaniyat. Adabiyotshunoslik. 2024 Vol.
1[2] ISSN 2181-92-2x.

www.literature.tssull.uz

120-138 b.

Библиографические ссылки

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: “Navoiy universiteti”, 2018. – 241 b.

Орипов А. Танланган асарлар. Иккинчи жилд. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги “Адабиёт ва санъат” нашриёти, 2001 – 406 б.

Фитрат А. Танланган асарлар. I жилд. Шеърлар, насрий асарлар, драмалар. – Т: “Маънавият” 2000. – Б. 31.

. Yakhshieva Zebo Rashidovna. Scientific process of learning the personality of Tamurlaine in Russian studies. Netherland. Intellectual education, technological solutions and innovative digital tools. 2025. 3 January.

Yaxshiyeva Zebo Rashidovna. Ingliz va o’zbek temurshunosligi tadqiqi va taraqqiyoti. Xorijiy tillarni o’qitishda innovatsion yondashuvlar, nazariyaning amaliyotga tadbiqi. Toshkent. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya. 2025. Aprel.

Yakhshieva Zebo Rashidovna. Studies of the image Tamburlaine in the Russian literature field. France. Scientific approach to the modern education system. January. Part 32. P.9-12.

Yakhshieva Zebo Rashidovna Temuriyshunoslik ilmida tarjima faoliyati tadriji – taraqqiyot va tanazzul. 15th International conference on foreign language teaching and applied linguistics. Jizzakh. 2025. May.

Z.R.Yaxshiyeva. Husayn Jovid ijodida ikki tarixiy shaxs musobati tahlili. Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. 2025, 4 son. 336-341 b.

З.Яхшиева. Восточные и западные Художественные Произведения, Созданные По Прототипу Исторических Образов. Foreign Linguistics and Lingvo didactics. Зарубежная лингвистика и лингводидактика. International conference on linguistic literary and translation. 2024. C.14-16.

Z.R. Yakhshieva. The figure of Amir Temur: as a historical person and an artistic image. Academic international conference on multi-disciplinary studies and education. Hosted from Pittsburgh, USA. 2023.30.05. 94-96 p.

Z.R. Yakhshieva. Research of the figure Tamburlaine in English and Uzbek literature. Eurasian journal of learning and academic teaching. (EJLAT) August. 2023. ISSN (E): 2795-739X. P. 6-10.

З.Яхшиева. Свобода личности и периодические проблемы в англоязычном литературоведении. Международная научно–практическая конференция “Современные подходы и инновации в филологическом

Zebo.R. Yakhshiyeva. Jahon adabiyotshunosligida Amir Temur obrazi talqinlarining qiyosiy tadqiqi. Нововведения современного научного развития в эпоху глобализации: проблемы и решения. Volume1. Essue. www.uz.researchers.com. 2024.18-25.

Yakhshieva Zebo Rashidovna. G’arb va Sharq adiblari ijodida Amir Temur prototipi asossida yaratilgan asarlar tadqiqi. O‘zbekiston: til va madaniyat. Adabiyotshunoslik. 2024 Vol. 1[2] ISSN 2181-92-2x. www.literature.tssull.uz 120-138 b.