Авторы

  • Ravshanbek Yusufjonov
    Namangan davlat texnika universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.134236

Аннотация

O‘zbekiston Respublikasi agrar sektori iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, mamlakat aholisining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi tizimida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda — yer munosabatlari takomillashtirilmoqda, agroklasterlar rivojlanmoqda, ilg‘or texnologiyalar joriy etilmoqda. Ushbu o‘zgarishlarning barqaror rivojlanishi esa, bevosita agrar sohaga yetarli miqdorda va maqsadli yo‘naltirilgan investitsiyalarni jalb qilish bilan chambarchas bog‘liqdir. Investitsiyalar agrar sohaning modernizatsiyasi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, sug‘orish tizimlarini yaxshilash va ekologik muammolarni hal qilishda muhim manba hisoblanadi. Hozirgi davrda davlat tomonidan bu borada bir qator qo‘llab-quvvatlov choralarining ko‘rilayotganiga qaramay, investitsion jarayonlarda tizimli muammolar va to‘siqlar hamon mavjud.


background image

`

114

O‘ZBEKISTON AGRAR SOHASIGA INVESTITSIYA JALB QILISHNING HOZIRGI

HOLATI VA ISTIQBOLLARI

Yusufjonov Ravshanbek Rustamjon o‘g‘li

Namangan davlat texnika universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.16872687

O‘zbekiston Respublikasi agrar sektori iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib,

mamlakat aholisining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport
salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi tizimida chuqur
islohotlar amalga oshirilmoqda — yer munosabatlari takomillashtirilmoqda, agroklasterlar
rivojlanmoqda, ilg‘or texnologiyalar joriy etilmoqda. Ushbu o‘zgarishlarning barqaror
rivojlanishi esa, bevosita agrar sohaga yetarli miqdorda va maqsadli yo‘naltirilgan
investitsiyalarni jalb qilish bilan chambarchas bog‘liqdir. Investitsiyalar agrar sohaning
modernizatsiyasi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, qayta ishlash sanoatini
rivojlantirish, sug‘orish tizimlarini yaxshilash va ekologik muammolarni hal qilishda muhim
manba hisoblanadi. Hozirgi davrda davlat tomonidan bu borada bir qator qo‘llab-quvvatlov
choralarining ko‘rilayotganiga qaramay, investitsion jarayonlarda tizimli muammolar va
to‘siqlar hamon mavjud.

Bugungi kunga kelib, respublikada yaratilgan investision muhit iqtisodiyotning boshqa

sohalari kabi qishloq xoʻjaligiga ham investisiyalarni keng jalb etish imkonini yaratib berdi va
u yil sayin qulaylashtirib borilmoqda. Lekin, qishloq xoʻjaligi sohasida investisiyalarni, shu
jumladan, xorijiy investisiyalarni jalb etish boʻyicha mavjud investisiya muhitini qoniqarli
darajada, deb boʻlmaydi. Shu munosabat bilan «Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligiga 2024-yilda
mavjud loyihalar hisobidan 655 mln dollar xorijiy investisiyani oʻzlashtirish, shuningdek,
toʻgʻridan-toʻgʻri investisiya ishtirokida 500 mln dollarlik yangi loyihalarni boshlash
muhimligi»

1

ta'kidlangan edi.

Agrar sohaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olib, mamlakatning yaqin kelajakdagi

rivojlanish strategiyasiga asoslanib ta'kidlash mumkinki, qishloq xoʻjaligi kelgusi yillarda ham
iqtisodiyotning yetakchi tarmogʻi boʻlib qoladi. Shu sababdan ham mazkur tarmoqni
rivojlantirishning moliyaviy asoslarini atroflicha va chuqur oʻrganish davr talabi hisoblanadi.
Ayniqsa, tarmoqda ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi korxonalarga (qishloq, oʻrmon va
baliqchilik xoʻjaliklari) xorijiy investisiyalarni jalb qilish va investisiya faoliyatini
moliyalashtirishni rivojlantirish masalasi oʻta dolzarb vazifa boʻlib qolmoqda.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston hukumati tomonidan agrar sektorni rivojlantirish va sohada

investisiya muhitini yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Xususan,
Yevropa, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlardan investorlar Oʻzbekiston bilan hamkorlik
qilish va agrosanoat, savdo va logistika sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirishga tobora
koʻproq jalb qilinmoqda. Buning tasdigʻi sifatida 2019-2022-yillarda mamlakatda 266, 5 mln.
AQSh dollari hajmida 143 ta loyiha amalga oshirildi. Birgina yogʻ-moy sanoatida 184,7 mln.
AQSh dollari miqdoridagi (69,3%) investisiyalar oʻzlashtirildi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda
ozuqa sanoatini rivojlantirish (qiymati 27,1 mln AQSh dollari boʻlgan 27 ta loyiha), shuningdek,
zamonaviy omborxonalar qurish va mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilish
uchun mablagʻlar faol ravishda investisiya qilinmoqda. Bu qishloq xoʻjaligini modernizasi qilish,

1

Agrar soha uchun xorijiy investisiyalar – Bugun.uz.


background image

`

115

agrar sohada hosildorlikni oshirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini intensiv rivojlantirish
nuqtai nazaridan ijobiy holdir.

-rasm. 2019-2022-yillarda Oʻzbekiston agrar sohasida amalga oshirilgan

investisiya loyihalari soni va moliyalashtirish hajmi

2


Bugungi kunda Oʻzbekiston agrosanoat sektorini investisiyalashning bir muncha istiqbolli

yoʻnalishlaridan biri soya oqsili, moyli oʻsimliklar, oziq-ovqat emulgatorlari (

emulsiya

hosil

qiladigan moddalar, emulsiyalarning stabilizatorlari), margarin, shuningdek oʻsimlik
moylaridan qattiq yogʻlar, sut yogʻi oʻrnini bosuvchi moddalar ishlab chiqaradigan zamonaviy
zavodlarni tashkil etishdir.

O‘zbekiston agrar sohasiga investitsiya jalb qilish bo‘yicha oxirgi yillarda sezilarli

siljishlar kuzatilmoqda. Davlat tomonidan qator qonunchilik-huquqiy hujjatlar qabul qilinib,
agroklasterlar tizimi kengaytirilmoqda, xorijiy investorlarga soliq va bojxona imtiyozlari
taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, ayrim hududlarda infratuzilmaning rivojlanmaganligi, yer
va mulk huquqlari bilan bog‘liq noaniqliklar, ma’lumotlarning shaffof emasligi kabi omillar
investorlarning faol ishtirokini cheklab qo‘ymoqda.


Kelgusida agrar sohani investitsiyalar uchun jozibador qilishda quyidagilar muhim

ahamiyatga ega:

Agrar loyihalar uchun maxsus investitsiya platformalarini yaratish;
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni ko‘paytirish;
Sug‘urta, kafolat va moliyaviy xavflarni kamaytiruvchi mexanizmlarni takomillashtirish;

2

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining statistik ma'lumotlari asosida muallif tomonidan

tuzilgan.

184,7

27,1

15,0

28,1

4,9

4,0

2,7

70

27

2

30

9

2

3

0

10

20

30

40

50

60

70

80

0,0

20,0

40,0

60,0

80,0

100,0

120,0

140,0

160,0

180,0

200,0

Moliyalashtirish hajmi, mln. AQSh dollari

Loyihalar soni, ta


background image

`

116

Xorijiy investorlarga huquqiy kafolatlar va qulay biznes muhiti yaratish;
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga imtiyozli kredit liniyalari orqali moliyaviy ko‘makni

kuchaytirish.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston agrar sohasining investitsiyaviy salohiyati katta. Ushbu

salohiyatni to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun investitsiyalarni faol jalb etish, mavjud
muammolarni tizimli hal qilish va investorlar uchun qulay ekotizim yaratish zarur. Bu esa,
mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy barqarorligiga xizmat qiladi.