Авторы

  • I.O. Beknazarov
    Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.134239

Ключевые слова:

ertapishar tilim-tilim meva eti yapaloq germofrodit hushbo‘y to‘rli.

Аннотация

Maqolada Surxondaryo viloyatida handalak nav namunalarini o‘rganish va yig‘ish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi keltirilgan. Ilmiy ekispedidsiya asosida turli tumanlardan 30 dan ortiq nav namunalari yig‘ilgan. Ushbu maqolada istiqbolli ba’zi namunalar tavsifi keltirilgan.


background image

`

100

TAJRIBADA AJRATILGAN ISTIQBOLLI MAHALLIY HANDALAK NAV-

NAMUNALARINING TAVSIFI

I.O.Beknazarov

Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.16837591

Annotatsiya:

Maqolada Surxondaryo viloyatida handalak nav namunalarini o‘rganish va

yig‘ish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi keltirilgan. Ilmiy ekispedidsiya asosida turli
tumanlardan 30 dan ortiq nav namunalari yig‘ilgan. Ushbu maqolada istiqbolli ba’zi namunalar
tavsifi keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

ertapishar,

tilim-tilim, meva eti, yapaloq, germofrodit, hushbo‘y, to‘rli.

Аннотация:

В статье приведены результаты проведенных исследований по

изучению и сбору местных форм хандаляка. В результате научной экеспедиции собран
более 30 образцов. В статье приведена характеристика наиболее перспективных форм.

Ключевые слова:

скороспелый, ломтик, мякоть плода, плоский, гермафродит,

ароматный, сетка.

Annotation:

The stats show the results of research conducted on the study and local

collection of forms of hondalyak. As a result of a scientific expedition, more than 30 images were
collected. In the article, the characteristics of the most promising forms are given.

Keywords:

early ripening, slice, fruit flesh, flat, hermaphrodite, fragrant, net.

Mamlakatimizda bugungi kunda sabzavotchilikda eksportbop va mahsulotlarni tashish

uchun chidamli yangi navlarni yaratishga alohida etibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi “Qishloq

xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xafi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlariga ega
mahalliy navlarni qayta tiklash va ularni original urug‘chiligini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” gi 504-son qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda jahon amaliyotida keng
qo‘llaniloyatgan zamonaviy usul va texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xo‘jalik
ekinlarining yo‘qolib ketishi xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy
navlari asosida iqlim o‘zgarishlari, suv tanqisligi va sho‘rga moslashgan, kasallik va
zararkunanda hashoratlarga bardoshli hamda kompleks qimmatli belgilariga ega bo‘lgan yangi
navlarini va o‘larning genitik pasportlarini yaratish hamda seleksiyada birlamchi materiallarni
tanlab olish samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilangan.

Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib Surxondaryo viloyatida bir necha tumanlarda

handalak namunalarini yig‘ish va o‘rganish maqsadida ekispedidsiya uyushtirdik. Bunda
Surxondaryo viloyatida qadimdan ekib kelinayatgan hamda chetdan keltirilgan handalak
navlari yig‘ildi va yetishtirish texnologiyasi o‘rganildi.

Ekispedidsiya davrida hammasi bo‘lib 30 dan ortiq handalak nav namunalari o‘rganildi

va o‘lardan urug‘lar tayyorlandi. Ushbu maqolada eng istiqbolli nav namunalari tavsifini
keltiramiz.

Tadqiqotning usullari.

Tajribalar quyidagi uslub va uslubiy ko‘rsatmalar asosida olib

borildi: Методика полевого опыта в овощеводстве (Литвинов С.С. М.,2011.) [3], Методика
полевого опыта (Б.А.Доспехов, 1985) [2], Руководство по апробации овощных култур и
кормовых корнеплодов (М., 1982) [4], Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarida tajribalar
o‘tkazish uslubi (SPE va KITI, 2023) [1].


background image

`

101

Ajratilgan istiqbolli mahalliy handalak nav-namunalarining tavsifi

Respublikamizning turli mintaqalaridan keltirilgan va viloyatning turli tumanlaridan

yig‘ilgan handalak nav namunalarini har tomonlama o‘rganish istiqbolli mahalliy navlarni
ajratish imkonini berdi. Quyida istiqbolli mahalliy navlarning tavsifi keltirildi.

Mahalliy namuna 24 (

Momojumoloq)

.

O‘simlik o‘rta o‘lchamli, palagi o‘rta uzunlikda.

Bargi buyraksimon shaklda, o‘rta hajmda. Guli germofrodit, erkak jinsli. Mevasi bir oz yapoloq
shaklda, mayda, yoriluvchan (3.7-rasmga qarang). Meva vazni 0,85-2,0 kg. Meva yuzasi bir oz
tilim-tilim, rangi sariq, mayda yashil va jigarrang
dog‘lari bor. Surati-yashil tasmachalari bor. To‘ri
mevaband va ustki qismda ayrim elementlarda
tashkil topgan. Po‘chog‘i yumshoq.

Meva eti qalin, oq tusli, ayrim holda yorqin

qizg‘ish, eruvchan, o‘rta shirin, hushbo‘y. Urug‘i
yirik hajmli, nashtarsimon shaklda, oq tusli.
Quruq modda miqdori – 10,8 %, umumiy qand
moddasi miqdori – 8,1 %. Ertapishar nav,
maysalar paydo bo‘lishidan yetilguniga qadar
o‘suv davri 65-68 kun. Hosildorligi 50,9 t/ga.
Tashishga chidamligi va saqlanuvchanligi-
yomon. Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani
Guliston mahallasidan yig‘ilgan mahalliy nav.

Mahalliy namuna 3 (

Hovdak)

.

O‘simlik o‘rta o‘lchamli, palagi o‘rta
uzunlikda. Bargi buyraksimon shaklda, o‘rta
hajmli. Guli germofrodit, erkak jinsli. Mevasi
yapaloq shaklda, o‘rta hajmli. Meva vazni
0,8-2,0 kg. Meva yuzasi bir oz tilim, rangi
sariq (3.8-rasmga qarang). Surati- bo‘g‘im
chegaralarida sariq-yashil tasmachalar.
To‘ri to‘la, meva yuzasini yoppasiga

qoplagan,

mayda

katakli,

mevabandida esa quyuqroq. Po‘chog‘i
yumshoq. Meva eti o‘rta qalin, sarg‘ish tusli,
g‘ovaksimon,

shirali,

mayin,

shirin.

Urug‘xonasi o‘rta hajmli. Urug‘i yirik hajmli, keng uchli tuxumsimon shaklda, oq tusli. Quruq
modda miqdori – 11,2 %, umumiy qand moddasi miqdori – 8,3 %. Ertapishar nav, maysalar
paydo bo‘lishidan yetilguniga qadar o‘suv davri 66-69 kun. Qurg‘oqchilikka chidamli, fuzarioz
so‘lish va un shudring kasalliklariga chidamliligi- o‘rta. Hosildorligi 45-57 t/ga. Tashishga
chidamligi va saqlanuvchanligi- yomon. Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani
mahallasidan yig‘ilgan mahalliy nav.

3.7-rasm. Mahalliy namuna 24
(

Momojumoloq)

3.8-rasm. Mahalliy namuna 3 (

Hovdak)


background image

`

102

Mahalliy namuna 19

(Boboki)

.

O‘simlik o‘rta o‘lchamli, palagi o‘rta uzunlikda. Bargi

buyraksimon shaklda, o‘rta hajmda. Guli germofrodit, erkak jinsli. Mevasi yapaloq shaklda,
mayda. Meva vazni 2,0-3,0 kg. Meva yuzasi bir oz tilim-tilim, rangi sariq-qizg‘ish (3.9-rasmga
qarang).

Surati- chuqur tilimlar orasida yashil tasmachalar. O‘rtacha to‘rli. Po‘chog‘i yumshoq.

Meva eti qalin, oq tusli, eruvchan, mayin, shirali, shirin. Urug‘i o‘rta hajmli, nashtarsimon
shaklda, sariq tusli. Quruq modda miqdori – 12,1
%, umumiy qand moddasi miqdori – 8,6 %.
Ertapishar nav, maysalar paydo bo‘lishidan
yetilguniga qadar o‘suv davri 73-76 kun.
Hosildorligi 46-53 t/ga. Tashishga chidamligi va
saqlanuvchanligi-

yomon.

Mahalliy

nav.

Surxondaryo viloyatida tarqalgan.

Mahalliy namuna 1

.

O‘simlik o‘rta o‘lchamli,

palagi o‘rta uzunlikda. Bargi buyraksimon shaklda,
o‘rta hajmli. Guli germofrodit, erkak jinsli. Mevasi
bir oz yapaloq shaklda, o‘rta hajmli. Meva vazni 1,5-

3,0 kg. Meva yuzasi bir oz tilim-

tilim, rangi sariq, turli intensivlikda. Surati- sariq- yashil tasmachalari bor. To‘rsiz.

Po‘choq qattiqligi o‘rta (3.10-rasmga qarang). Meva eti qalin, sariq-oq tusli, tig‘iz, o‘rta shirin,
juda hushbo‘y. Urug‘i yirik hajmli, nashtarsimon shaklda, oq tusli. Quruq modda miqdori – 11,3
%, umumiy qand moddasi miqdori – 8,2 %. Ertapishar nav, maysalar paydo bo‘lishidan
yetilguniga qadar o‘suv davri 69-72 kun. Hosildorligi 50-53 t/ga. Tashishga chidamligi va
saqlanuvchanligi- yomon. Mahalliy nav. Surxondaryo viloyatida tarqalgan.

3.9-rasm. Mahalliy namuna 19

(Boboki)

3.10-rasm. Mahalliy namuna 1


background image

`

103

Mahalliy namuna 23.

Surxondaryo vidoyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi
mahalliy nav. O‘simlik o‘rta o‘lchamli, palagi
o‘rta uzunlikda. Bargi buyraksimon shaklda,
o‘rta hajmda. Guli germofrodit, erkak jinsli.
Mevasi dumoloq shaklda, mayda. Meva vazni
0,5-2,0 kg. Meva yuzasi bir oz tilimtilim, rangi
sariq, mayda yashil va jigarrang dog‘lar. Surati-
yashil tasmachalar (3.11-rasmga qarang).

To‘ri mevaband va ustki qismda ayrim

elementlardan tashkil topgan. Po‘chog‘i
yumshoq. Meva eti qalin, oq tusli, ayrim holda
yorqin qizg‘ish, eruvchan, o‘rta shirin,
xushbo‘y. Quruq modda miqdori – 12,2 %,
umumiy qand moddasi miqdori – 9,1 %. Urug‘xonasi kichik hajmli. Urug‘donlari yopiq,
urugxonaning barcha qismini egallagan. Urug‘i yirik hajmli, nashtarsimon shaklda, oq tusli.
Ertapishar nav, maysalar paydo bo‘lishidan yetilguniga qadar o‘suv davri 62-66 kun.
Hosildorligi 41-45 t/ga. Tashishga chidamligi va saqlanuvchanligi yomon. Mahalliy nav.
Surxondaryo viloyatida Jarqo‘rg‘on tumanida tarqalgan.

Mahalliy namuna 21.

O‘simlik o‘rta o‘lchamli, palagi o‘rta uzunlikda. Bargi

buyraksimon shaklda, o‘rta hajmli. Guli
germofrodit, erkak jinsli. Mevasi bir oz
yapaloq shaklda, o‘rta hajmli. Meva vazni 1,2-
1,8 kg. Meva yuzasi bir oz tilim-tilim, rangi
sariq, turli intensivlikda. Surati- sariq-yashil
tasmachalar (3.12-rasmga qarang). To‘ri to‘la,
meva yuzasini yoppasiga qoplagan, katta
katakli. Po‘choq qattiqligi o‘rta. Meva eti
o‘rtacha, sariq-oq tusli, tig‘iz, o‘rta shirin, juda
xushbo‘y. Quruq modda miqdori – 10,1 %,
umumiy qand moddasi miqdori – 8,5 %.
urug‘xonasi o‘rta hajmli.

Urug‘donlari nam, yopiq, urug‘xonaning

barcha qismini egallagan. Urug‘i yirik hajmli,
nashtarsimon shaklda, oq tusli. Ertapishar

nav, maysalar paydo bo‘lishidan yetilguniga qadar o‘suv davri 62-65 kun. Hosildorligi 41-46
t/ga. Tashishga chidamligi va saqlanuvchanligi- yomon. Mahalliy nav. Surxondaryo viloyatida
tarqalgan.

Mahalliy namuna 25.

O‘simlik o‘rta o‘lchamli, palagi o‘rta uzunlikda. Bargi buyraksimon

shaklda, o‘rta hajmli. Guli germofrodit, erkak jinsli. Mevasi dumoloq shaklda, o‘rta hajmli. Meva
vazni 0,9-2,4 kg

3.11-rasm. Mahalliy namuna 23

3.12-rasm. Mahalliy namuna 21


background image

`

104

. Meva yuzasi tilim-tilim, rangi sariq. Surati-

sariq-yushil tasmachalar. To‘ri to‘la, meva yuzasini
yoppasiga qoplagan, katta katakli (3.13-rasmga
qarang).

Po‘choq qattiqligi o‘rta. Meva eti qalin, oq tusli,

tig‘iz, o‘rta shirin, o‘rtacha xushbo‘y. Quruq modda
miqdori – 11,5 %, umumiy qand moddasi miqdori – 8,5
%. Urug‘xonasi o‘rta hajmli. Urug‘donlari nam, yopiq,
urug‘xonaning barcha qismini egallagan. Urug‘i yirik
hajmli, nashtarsimon shaklda, oq tusli. Ertapishar nav,
maysalar paydo bo‘lishidan yetilguniga qadar o‘suv
davri 73-76 kun. Hosildorligi 49-53 t/ga. Tashishga
chidamligi va saqlanuvchanligi- yomon. Mahalliy nav.
Surxondaryo viloyatida tarqalgan.

Mahalliy namuna 12.

O‘simlik o‘rta o‘lchamli,

palagi o

ֹ

’rta uzunlikda. Bargi buyraksimon shaklda,

o‘rta hajmli. Guli germofrodit, erkak jinsli. Mevasi
dumoloq shaklda, o‘rta hajmli. Meva vazni 0,7-1,8 kg.
Meva yuzasi tilim-tilim, rangi sariq-qizg‘ish. Surati-
sariq-yashil tasmachalar (3.14-rasmga qarang). To‘ri
to‘la, meva yuzasini yoppasiga qoplagan, kichik
katakli. Po‘choq qattiqligi o‘rta. Meva eti qalin, sarg‘ish
tusli, tig‘iz, o‘rta shirin, o‘rtacha xushbo‘y. Quruq
modda miqdori – 10,8 %, umumiy qand moddasi
miqdori – 8,8 %. Urug‘xonasi o‘rta hajmli.

Urug‘donlari nam, yopiq, urug‘xonaning barcha

qismini egallagan. Urug‘i yirik hajmli, nashtarsimon shaklda, oq tusli. Ertapishar nav, maysalar
paydo bo‘lishidan yetilguniga qadar o‘suv davri 65-68 kun. Mahalliy nav. Surxondaryo
viloyatida tarqalgan.

Mahalliy namuna 15.

O‘simlik o‘rta o‘lchamli,

palagi o‘rta uzunlikda. Bargi buyraksimon shaklda,
o‘rta hajmda. Guli germofrodit, erkak jinsli. Mevasi
yapaloq shaklda, o‘rta hajmli. Meva vazni 0,9-2,0 kg.
Meva yuzasi bir oz tilim-tilim, rangi sariq-qizg‘ish.
Surati- tilimlar orasida yashil tasmachali (3.15-rasmga
qarang). Yirik katakli to‘r. Po‘chog‘i yumshoq. Meva eti
qalin, oq tusli, eruvchan, mayin, shirali, shirin. Urug‘i
o‘rta hajmli, nashtarsimon shaklda, sariq tusli.
Ertapishar nav, maysalar paydo bo‘lishidan
yetilguniga qadar o‘suv davri 68-72 kun. Hosildorligi
57,8 t/ga. Tashishga chidamligi va saqlanuvchanligi-
yomon. Mahalliy nav. Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tarqalgan.

3.13-rasm. Mahalliy namuna

25

3.14-rasm. Mahalliy namuna

12

3.15-rasm. Mahalliy namuna

15


background image

`

105

Mahalliy namuna 14.

O‘simlik o‘rta o‘lchamli,

palagi o‘rta uzunlikda. Bargi buyraksimon shaklda, o‘rta
hajmli. Guli germofrodit, erkak jinsli. Mevasi dumoloq
yoki yapoloq shaklda, o‘rta hajmli. Meva vazni 0,8-2,2 kg.
Meva yuzasi tilim-tilim, rangi sariq. Surati- sariq-yushil
tasmachalar. To‘ri to‘la, meva yuzasini yoppasiga
qoplagan, katta katakli (3.16-rasmga qarang). Po‘choq
qattiqligi o‘rta. Meva eti qalin, oq tusli, tig‘iz, o‘rta shirin,
o‘rtacha xushbo‘y. Urug‘xonasi o‘rta hajmli. Urug‘donlari
nam, yopiq, urug‘xonaning barcha qismini egallagan.
Urug‘i yirik hajmli, nashtarsimon shaklda, oq tusli.
Ertapishar nav, maysalar paydo bo‘lishidan yetilguniga
qadar o‘suv davri 63-65 kun. Hosildorligi 33-36 t/ga.
Tashishga chidamligi va saqlanuvchanligi- yomon.

Mahalliy nav. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tarqalgan.

Ushbu navlar selekiya ishlari uchun qimmatli boshlang‘ich manba sifatida va mahalliy

sharoitda urug‘chiligi tashkil etilib tomorqa xo‘jaliklarida yetishtirish uchun tavsiya etiladi.
1.

Ilk bor O‘zbekiston janubi sharoitida handalak nav namunalari to‘plami o‘rganilgan va

istiqbolli mahalliy shakllar ajratilgan.
2.

Mahalliy namuna 24, Mahalliy namuna 3, Mahalliy namuna 19, Mahalliy namuna 1,

Mahalliy namuna 23, Mahalliy namuna 12, Mahalliy namuna 14, Mahalliy namuna 15, Mahalliy
namuna 21, Mahalliy namuna 25 kabi mahalliy nav namunalari istiqbolli ekanligi aniqlangan.
3.

O‘rganilgan navlar palagining uzunligi, vegetatsiya davrining davomiyligi, mevasining

vazni, hosildorligi bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan va keyingi tadqiqotlarda foydalanish uchun
tavsiya etilgan.

Har bir mamlakatning o‘simliklar genofondi uning rivojlanishini, oziq-ovqat va iqtisodiy

havfsizligini belgilaydigan omil bo‘lib hisoblanadi. Genofondni saqlash, ko‘paytirish, undan
samarali foydalanish shu mamlakatning insoniyat oldidagi burchi ekanligini hamda hech bir
davlat o‘zining shaxsiy o‘simliklar genofondi bilan cheklanib qolmasligi va turlarni albatta
introduksiya yo‘li bilan ko‘paytirish boyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilishi lozim.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarida tajribalar o‘tkazish uslubi (SPE va KITI, 2023).

2.

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. -М.: “Колос”, 1985. -416 с.

3.

Литвинов С.С. Методика полевого опыта в овощеводстве.-М-2011. -650 с.

4.

Руководство по апробации овощных култур и кормовых корнеплодов (М., 1982)

3.16-rasm.

Mahalliy

namuna 14

Библиографические ссылки

Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarida tajribalar o‘tkazish uslubi (SPE va KITI, 2023).

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. -М.: “Колос”, 1985. -416 с.

Литвинов С.С. Методика полевого опыта в овощеводстве.-М-2011. -650 с.

Руководство по апробации овощных култур и кормовых корнеплодов (М., 1982)