Авторы

  • Kamola Sabitova
    Nizomiy nomidagi TDPU Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi yo‘nalaishi doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.134241

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim tizimida tarix darslarini darslari tashkil etishda amaliy metodlardan foydalanish, amaliy dars turlaridan muzeylarga ekskursiyalar, tarixiy yodgorliklarga sayohatlar tashkil qilish va ularning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan. Amaliy dars turlarida qo‘llanishi mumkin bo’lgan innovatsion axborot texnologiyalari va interaktiv metodlarni tarix fanidan misollar yordamida ochib berilgan. Bundan tashqari, amaliy metodlarni amaliyotga tadbiq qilinish natijasida o‘quvchilarning shakllanishi mumkin bo’lgan kompetensiyalari izohlangan.


background image

`

96

TARIX DARSLARINI AMALIY METODLAR YORDAMIDA TASHKIL QILISHDA

SAYOHATLAR VA MUZEYLARNING AHAMIYATI

Sabitova Kamola Furkatovna

Nizomiy nomidagi TDPU Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi yo‘nalaishi

doktoranti sabitovakamola4@gmail.com (+99890 0177374)

https://doi.org/10.5281/zenodo.16812337

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ta’lim tizimida tarix darslarini darslari tashkil etishda

amaliy metodlardan foydalanish, amaliy dars turlaridan muzeylarga ekskursiyalar, tarixiy
yodgorliklarga sayohatlar tashkil qilish va ularning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.
Amaliy dars turlarida qo‘llanishi mumkin bo’lgan innovatsion axborot texnologiyalari va
interaktiv metodlarni tarix fanidan misollar yordamida ochib berilgan. Bundan tashqari, amaliy
metodlarni amaliyotga tadbiq qilinish natijasida o‘quvchilarning shakllanishi mumkin bo’lgan
kompetensiyalari izohlangan.

ВАЖНОСТЬ ОРГАНИЗАЦИИ УРОКОВ ИСТОРИИ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ

ПРАКТИЧЕСКИХ МЕТОДОВ, А ТАКЖЕ ЭКСКУРСИЙ И МУЗЕЕВ В СИСТЕМЕ

ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация

В данной статье представлена информация о применении практических методов в

организации уроков истории в системе образования, об организации экскурсий по
музеям, экскурсий по историческим памятникам из практических видов занятий и их
значении. На примерах из истории раскрыты инновационные информационные
технологии и интерактивные методы, которые могут быть использованы в
практических видах уроков. Кроме того, объясняются компетенции, которые могут
быть сформированы у учащихся в результате применения практических методов на
практике.

Ключевые слова

: образование, практический метод, экскурсии, виртуальные

музеи, информационные технологии, классификация, стили, событие, историческое
задание инновация, архивоведение, архивоведение.

THE ORGANIZATION OF HISTORY LESSONS IN THE EDUCATIONAL SYSTEM

WITH THE HELP OF PRACTICAL METHODS AND THE IMPORTANCE OF

TOURS AND MUSEUMS

Annotation

This article discusses the implementation of practical techniques in history lessons within

the educational system. It covers various types of practical lessons, such as excursions to
museums and trips to historical monuments and their significance. The article also explores the
use of innovative information technologies and interactive techniques in practical lessons,
providing examples from the field of history. Furthermore, it explains how the integration of
practical methods can help develop students' competencies.

Base words

: education, applied method, Excursions, virtual museums, information

technology, classification, styles, event, historical task innovatsiaya, archival studies, archival
research.


background image

`

97

Bugungi zamonaviy axborotlashish jarayonida tarix fani va tarixiy bilimlarning shiddat

bilan yangilanib borayotganligi, xattoki XX – XXI asr chegarasi davriga nisbatan ham
taqqoslaganda ayni vaqtdagi zamonaviy tarixiy jarayonlarning bugungi kundagi axborotli
hajmining nihoyatda ortib borayotganligi ham bevosita ta’sir ko‘rsayotganligi ta’kidlab o‘tish
kerak. Shu o‘rinda mamlakatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev “Milliy maʼnaviyatimizni rivojlantirish,
uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz hayotiga singdirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning
ahamiyati juda katta. Аfsus, bu fanlar rivoji zamondan ortda qolmoqda”, deb aytgan fikrining
nechog‘lik dolzarbligi ayon bo‘ladi.

Tarix darslarini nafaqat nazariy balki amaliy mashg‘ulotlar bilan bog‘lagan holda ayniqsa

axborot texnologiyalaridan foydalanib noan’anaviy uslublarda tashkil qilish ta’lim
samaradorligini oshiruvchi muhim omildir. Tarix darslarining murakkab mavzularni o‘tishda
o‘qituvchilar o‘quvchilarni muayyan tarixiy davr haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirishda,
mavzusini to‘liq tushunishida va tarixiy voqea-hodisalarni haqida tasavvur hosil qilishda bir
necha ko’rinishdagi amaliy darslarni amalga oshiriladi. Odatda, bu kabi dars turlarida ta’lim
markazida o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari turadi. O‘quvchiga markazlashgan metodlarda
o‘qituvchi dryejor yoki instruktor sifatida dars jarayonini bevosita tartibga solib turadi.
O‘quvchilar odatda bunday darslarda faol bo‘ladilar va dars rivoji ularni o’zlashtirishi,
tushunishi va boshqa hatti-harakatlariga asoslangan bo‘ladi. Bunday amaliy darslar
metodlariga debatlar, seminarlar, munozaralar, ekskursiyalar usullari kiradi.

Umuman olganda,

amaliy metod

- o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini

topishga yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda
qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlarda ya’ni sinfdan
tashqari

- ekskursiyalar, muzeylarga sayohatlar, arxeologik qazishmalarda ishlari, arxiv

tadqiqotlari

shaklida o‘tkaziladi. Ularni amalga oshirishda esa o’qituvchi o‘qituvchini nazorat

qilgan holda ma’lum dastur va zarur hollarda yo‘riqnoma, maxsus ko‘rsatmalar asosida
harakatlar ketma-ketligini shakllantiradi. Amaliy darslar dasruri va yo‘riqnomalari bilan
o‘quvchilar avvaldan tanishtiriladi. Quyida amaliy dars metodlaridan ayrimlariga to‘xtalib
o‘tamiz.

Ekskursiya

(lotincha: — sayr qilish) — bilimni boyitish, amaliy tajriba hosil qilish yoki

madaniy-maʼrifiy maqsadida diqqatga sazovor joylar(madaniyat-ma’rifat maskanlari, tarixiy
obyektlar, muzeylar)ga jamoa boʻlib borishdir. Bizga ma’lumki, qadimiy shaharlarimiz Buxoro,
Xiva, Qo‘qon, Samarqand, Toshkentning jahonga mashhur me’moriy yodgorliklari ziyoratgoh
va me’morchilik san’atining o‘ziga xos muzeylaridir. Maktab o‘quvchilarining o‘z hududi
tarixini yodgorliklarda mujassamlashtirib o‘rganishi amaliy tarix ta’limining muhim talabidir.
Bu talab O‘zbekiston tarixini o‘rganish konsepsiyasida, o‘quv vazifalari, uslubiy asoslari va
tamoyillarida o‘z ifodasini topgan. Tarixiy fanlarni o‘qitish mazmunida milliy merosni,
jumladan, tarixiy obidalarni yoritib beruvchi o‘quv materiallariga ham o‘rin berildi. Misol
uchun, 8-9-sinflarda tarix fanidan o‘quvchilar me’morchilik yodgorliklari haqida ma’lum
ma’lumotlar oladilar. Demak, 8-sinfda O‘zbekiston tarixi darslarida XVIII-XIX asrlarda xonlar
hukmronligi davri mavzusini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar Markaziy Osiyoda ushbu davr
madaniyati bilan tanishadilar (umumiy ko‘rinishda). Darsliklarda madrasalar va xon
qarorgohlarining rasmlari (yoki fotosuratlari) mavjud, ammo ma’lumotlar faqat inshoot
qurilgan sanani ko‘rsatish bilan cheklanadi. Bunday vaziyatda tarix ta’limi samaradorligini


background image

`

98

oshirish, o‘quvchilarni Vatan tarixiga muhabbatini va qiziqishini oshirishda yuqori sinf
o‘quvchilari bilan tarixiy yodgorliklarga ekskursiyalar tashkil qilish muhim ahamiyatga egadir.
Masalan, o‘qituvchilar Qadimgi dunyo tarixi faniga kirishda Farg‘ona viloyati So‘x tumanining
Sulung‘ur g‘ori, Xo‘jayli Murod beshigi singari madaniy yodorliklarida, “Qoʻqon xonligi (XVIII –
XIX asrlar)” mavzusi doirasida xalq orasida Norboʻtabiy madrasasi nomi bilan mashhur boʻlgan
yodgorlikda yoki “Shayx Xovandi Toxir” yodgorlik majmuasida(Toshkentda) amaliy darslar
o‘tkazishlari mumkin. Ekskursiyalar tashkil qilishda maktab ma’muriyati, ota-onalar o‘qituvchi
bilan hamkorlikda harakat qilishlari talab qilinadi.

Bundan tashqari

muzeyga

sayohatlar ham tarix fanidan amaliy darslar tashkil qilshda

samaraliy usul hisoblanadi. O‘zbekiston muzeylarida barcha davrlarning badiiy xazinalari va
qadimiy yodgorliklariga to‘la qadimiy ustalarning asarlari aks ettirilgan ko‘plab stendlar,
bebaho madaniy-badiiy meros bo‘lgan bebaho eksponatlar to‘plamlari mavjud.

Muzeylar

(yun. musion — muzalarga bagʻishlangan joy) — tarixiy, moddiy va maʼnaviy

yodgorliklarni toʻplash, saqlash, oʻrganish va targʻib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy,
ilmiy-maʼrifiy muassasalardir. Muzeylar xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar,
shuningdek, sanʼat asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hozirgi
davrgacha boʻlgan tarixiy qimmatga ega qoʻlyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi.
O‘zbekistonda muzelarning turlari ko‘p bo‘lib ulardan O‘zbekiston Tarixi Davlat Muzeyi,
Temuriylar Tarixi Davlat Muzeyi Qo‘qondagi Buyuk allomalar muzeyi va boshqalarni misol
keltirish mumkin.

Fan texnologiyaning ilmiy yutuqlarini fanga joriy qilinishi natijasida o‘qituvchilar

zamonaviy tarix darslarida muzeylarga virtual sayohatlarni ham tashkil qilishlar imkoniyatiga
ega bo‘lmoqdalar.

Virtual muzeylar

(virtual - mumkin bo‘lgan, yashirin) —muzey (muzey saytlari) elektron

axborot vositalari tomonidan taqdim etiladigan interaktiv xususiyatlardan foydalanish bilan
tavsiflanadi: foydalanuvchi uch o‘lchamli zallar orqali «harakat qilishi» mumkin, har qanday
ma’lumot va tasvirlarni olishi mumkin. Hozirgi vaqtda ko‘pgina muzeylar o‘quvchilarga
muzeyga shaxsan tashrif buyura olmaganlarida tarix haqida ma'lumot olishlari uchun virtual
ekskursiyalarni taqdim etadi. Masalan, Sankt-Peterburgdagi Ermitaj (Rossiya), Britaniya
muzeyi (London) va Luvr (Parij) kabi jahon muzeylarining virtual shakllari mavjud va
o‘quvchilar darsda xonada bo‘lgan holda mazkur muzeylardan tarixga oid noyob eksponatlar
bilan tanishishlari mumkin. Mazkur amaliy metod bilan siz nafaqat O‘zbekiston tarixi va jahon
tarixi darslarini mazmunliy tashkil etishga yordam beradi.

Virtual muzeyining noyob imkoniyatlari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:
- Real dunyoda mavjud bo‘lmagan virtual muzey zallarini yaratish imkoniyati;
- Bir tur doirasida turli mamlakatlarda joylashgan har xil eksponatlarni birlashtiruvchi

virtual 3D turlar yaratish imkoniyati;

- Turli eksponatlarni birlashtiruvchi virtual ekskursiyalar orqali xalqlarning tarixiy va

madaniy merosi bilan chuqur tanishish imkoniyati;

- Tarixiy va madaniy markazlar, yodgorliklar, hududlarning virtual sayohatlarini yaratish

imkoniyati.

Arxeologik qazishmalar

— maxsus ruxsatnoma asosida yodgorliklar va ma-daniy

qatlamni toʻliq oʻrganish imkonini beruvchi uslubga (stratigrafik uslubga) rioya qilingan holda


background image

`

99

arxeologik yodgorliklarni tadqiq etish. Arxeologik qazishma turli arxeologik tekshirishning
yakunlovchi bosqichi boʻlib, unda sinab koʻrilgan yodgorliklar, tarixiy obyektlar arxeologik
tadqiqot usullarida qazib tekshiriladi hamda tugallangan tarixiy xulosalar chiqariladi. Bu kabi
arxeologik qazilma joylariga va dala ekskursiyalariga o‘quvchilarni olib borish o‘quvchilarni
qadimgi davr tarixini chuqurroq o‘rganishlariga va arxeologik topilmalar haqida to’liq
ma’lumot olishlariga yordam beradi. Masalan, Toshkent shahrida joylashgan “Mingoʻrik
manzilgohi” qadimiy shahar harobasidagi (I –XIII-asrlarga oid) arxeologik qazilmalarni
o‘rganishga borish mumkin.

Hulosa qilganda

, zamonaviy ta’limda mahoratli o‘qituvchilar tarix darslarini mavzudan,

o‘quvchilarning qiziqishidan va imkoniyatlardan kelib chiqib ilg‘or pedagogik texnologiyalar
asosida tashkil qiladilar. Tarix darslarida amaliy metodlaridan foydalanish o‘quvchilarda
tarixiy voqeya-hodisani yaxshi bilishiga, tarixiy tasavvurni shakllantirishga va o‘rganilayotgan
tarixiy davrdagi turli masalalarning sabab-oqibatlarini tushunishiga yordam beradi. Bu
metodlar o‘quvchilarini har bir toifasini ya’ni iqtidorliy yoki o‘zlashtirishi past bo‘lganlarni ham
fanga qiziqtira olishi bilan ahamiyatli. Amaliy metodlar o‘quvchilarni ham aqliy, ham ijodiy va
ham jismoniy jihatdan faol bo‘lishini ta’minlaydi. Ularda komunikativ, kreotiv va madaniy
kompetensiyalarini shakllantiradi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Мохначева М.П. Историческая психологияи история исторической науки:

проблемы междисциплинарного взаимодействия на современномэтапе. Историческая
психология и социология истории. 2015 г. №.2. Стр.187–197
2.

Bektemirov S.R. “Tarix darslarida o‘quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatish” Proceedings

of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences Hosted online
from Toronto, Canada. Date: 5 th January, 2023 ISSN: 2835-5326 econferenceseries.com 154 |
P
3.

Toxirion A.Sh. Tarix darslarida o‘quvchilar faolligini oshirish masalalari: tajriba, izlanish.

Zamonaviy ta’lim Toshkent 2015, 7 b
4.

Toshtemirova S.A. “Ta’lim klasteri vositasida tarix fanlarini o‘qitishning integratsiyasini

ta’minlash” Chirchiq davlat pedagogika instituti. Chirchiq.:2018 23b
5.

Зунунова Г.Ш. Городские поселения Узбекистана в период средневековья как

источник по социальной стратификации (на примере городища Канка) // Universum:
общественные

науки

:

электрон.

научн.

журн.

2023.

9(100).

URL:

https://7universum.com/ru/social/archive/item/15983 (дата обращения: 11.02.2025
6.

Mirzayev J.M. Tarix fani darsliklarini o‘rganishning samaradorligini oshirish maqsadida

tarixiy – ma’daniy yodgorlik materiallaridan keng foydalanish. Innovativ akademiya.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8016284

7.

Toshmatova I. Kamolov J.,Qorjovov A., Yangi O‘zbekiston. Ko‘hna So‘xda yangi hayot

shukuhi. https://yuz.uz/uz/news/kohna-soxda-yangi-hayot-shukuhi

Библиографические ссылки

Мохначева М.П. Историческая психологияи история исторической науки: проблемы междисциплинарного взаимодействия на современномэтапе. Историческая психология и социология истории. 2015 г. №.2. Стр.187–197

Bektemirov S.R. “Tarix darslarida o‘quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatish” Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences Hosted online from Toronto, Canada. Date: 5 th January, 2023 ISSN: 2835-5326 econferenceseries.com 154 | P

Toxirion A.Sh. Tarix darslarida o‘quvchilar faolligini oshirish masalalari: tajriba, izlanish. Zamonaviy ta’lim Toshkent 2015, 7 b

Toshtemirova S.A. “Ta’lim klasteri vositasida tarix fanlarini o‘qitishning integratsiyasini ta’minlash” Chirchiq davlat pedagogika instituti. Chirchiq.:2018 23b

Зунунова Г.Ш. Городские поселения Узбекистана в период средневековья как источник по социальной стратификации (на примере городища Канка) // Universum: общественные науки : электрон. научн. журн. 2023. 9(100). URL: https://7universum.com/ru/social/archive/item/15983 (дата обращения: 11.02.2025

Mirzayev J.M. Tarix fani darsliklarini o‘rganishning samaradorligini oshirish maqsadida tarixiy – ma’daniy yodgorlik materiallaridan keng foydalanish. Innovativ akademiya. https://doi.org/10.5281/zenodo.8016284

Toshmatova I. Kamolov J.,Qorjovov A., Yangi O‘zbekiston. Ko‘hna So‘xda yangi hayot shukuhi. https://yuz.uz/uz/news/kohna-soxda-yangi-hayot-shukuhi