`
11
AKMEOLOGIYA FANINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA USLUBIY
YO’NALISHLARI
Aralova Dilafruz Dushaboy qizi
Guliston davlat universiteti tayanch doktaranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.16927189
Annotatsiya.
Mazkur tezisda akmeologiya fanining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari
hamda uning uslubiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, shaxsning kasbiy va shaxsiy
kamolotini ta’minlovchi metodologik yondashuvlar, jumladan, shaxsiy, kasbiy, ijtimoiy,
innovatsion va integrativ yo‘nalishlarning o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan. Natijada
akmeologiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati, uning ta’lim va professional faoliyatdagi o‘rni
asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar:
akmeologiya, rivojlanish bosqichlari, uslubiy yo‘nalishlar, kasbiy kamolot,
shaxsiy rivojlanish, latent, kombinatsion, institutsional va inkubatsion bosqichlar va boshqalar.
Axloqan pok, intellektual jihatdan yetuk, yuksak professional mutaxassis — akmeshaxs
jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlashtirishning asosiy kuchidir. Chunki hozirgi ilmiy-
texnologik jihatdan rivojlangan asrda adabiyot ideali bo'lgan orzudagi komil inson g'oyasi bilan
chegaralanish mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalardagi
rivojlanishida yetarli emas. llg'or fikrli. intellektual salohiyatli, bilimli, jahon standartlariga
javob beradigan professional yetuk kadrlarni tayyorlash hozirgi kunning ustuvor vazifalaridan
biri. Ayniqsa, yosh avlodning bilim egallashi, kasb-hunar odobi va madaniyati, ijodiy salohiyatli
bo'lishi davr talabi bo'lib qoldi[3].
Akmeologiyaning rivojlanishi to‘rt bosqichdan iborat ketma-ketlikka ega bo'lib, birinchi
bosqich —
latent
, ya’ni insonshunoslikning yangi jabhalarini o‘rganishda tarixiy, madaniy-
ma'naviy, ijtimoiy-axloqiy, falsafiy, ilmiy va pedagogik bilimlar ko'rinishida bo‘ladi. Baholash
uchun birlamchi latentli xususiyatning tashqi ko‘rinishlari — aniq obektning munosabatida
joyga ega yoki ega emas jamlanmasi asosida tartibli shkala yordamida «Gutman shkalasi»
nomini olgan mos keluvchi shkalalar tuzilishining maxsus algoritmi ishlab chiqilgan[1].
Kasbiy
rivojlanishni baholash uchun tartibli o‘lchovlarning tarqalishi tipik tartibli shkalani keltirib
chiqaradigan «egallagan amaliga mos» — «ishni yaxshilanishi sharti asosida egallagan amaliga
mos» — «faoliyat turini o'zgartirish taklif etiladi» kabi attestatsiyaviy tahlillarning odatiy
yakuni bilan izohlangan.
Ikkinchi bosqich
kombinatsion
bo‘lib, akmeologiya atamasi bilan asoslanadi. Ammo
fikrimizcha, haqiqatan ham akmeologiya atamasi fanda keskin va ijobiy burilish yasadi. Ammo
bu yangi fan yaratildi degani emas. Zero, akmeologiyaning tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi.
Akmeologiya — tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida kasbiy mahoratning yuksak
muvaffaqiyatga erishishi haqidagi ta’limot bo‘lib, insonning yetuklik bosqichida rivojlanish
qonunlari va mexanizmi haqida yanada yuksakroq darajalarni egallash fenomenologiyasini
tadqiq etadi. Akmeologiyada mahsuldorlik tushunchasini ochib beruvchi kasbiy faoliyat
kategoriyasi tahlil qilinadi. Shuningdek, samarador faoliyat, professionalizm va ijod
rivojlanishidagi hamda texnologiyani ishlab chiqib, kasb faoliyatida yuksaklikka erishishning
yo‘nalish va usullarini izlash va ularning bu jarayon qonuniyatlariga tatbiq etish,
`
12
professionalizmning ijodiy yutuqlari sari yo‘naltirilgan samarador tizimlar darajalarini
belgilash bilan shug'ullanadi.
Uchinchi
inkubatsion
bosqich N. V. Kuzmina tomonidan insonning yashirin xislat va
fazilatlari hamda kasbiy yashirin imkoniyatlari bazasini ochishda zarur bo‘lgan akmeologik
masalalarning konstelyatsion yechimi borasidagi konseptual g‘oyalariga to‘g‘ri keladi[4].
To‘plangan ma'lumotlar XX asming ikkinchi yarmida tadqiqotchi B.Ananevning
umumlashtirish va tizimga solish, insonshunoslik tahlili va differensiatsiyasidagi xizmatlari
orqali yuzaga chiqdi[5,6]. Bu bosqich akmeologiyada rivojlanish dasturining ishga tushirilishi,
ya’ni amalga oshirilishi bilan tugadi.
To‘rtinchi
institusional
bosqichda qator ijtimoiy tuzilishlar yaratilishi bilan bog‘liq holda
o’quv yurtlarida akmeologiya kafedralari, laboratoriyalari va, nihoyat, Xalqaro akmeologik
fanlar akademiyasi ochildi[2]. Bu akademiya tuzilmalarida ilmiy izlanishlar olib boriladi,
akmeologik texnologiyalar ishlab chiqiladi.
Hozirgi raqamli texnologiyalar davrida akmeologiya yangi imkoniyatlar bilan boyidi,
masofaviy ta’lim, virtual hamkorlik va innovatsion pedagogik metodlar orqali shaxsning
professional va shaxsiy yetuklikka erishish jarayoni yanada samarali tashkil etilmoqda. Demak,
akmeologiyaning har bir bosqichi jamiyat taraqqiyoti va texnologik yutuqlar bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, fan sifatida uning mazmuni va metodlari doimiy rivojlanishda
davom etadi
.
Umuman olganda, mavjud tadqiqotlarda akmeologiya yaxlit va tizimli holda
o‘rganilmagan, uning maxsus fan sohasi, ta’limot sifatida, qirralari, muhim xususiyatlari kasbiy
etikasiz tasavvur qilib bo'lmasligi ochib berilmagan. Shular asosida barcha fanlar qatori
akmeologiyaning o‘ziga xos uslubiy yo‘nalishlari yuzaga keldi.
Birinchidan,
tabiiy ilmiy yo‘nalish
— klassik tabiiy fanlarni murakkablashtiruvchi
metodologik jihatdan intizom standartlari bilan (dalillar, mexanizmlar, qonuniyatlar,
matematik modellashtirish) mustaqil fan sifatida shakllanishiga yo‘naltirilgan. lkkinchidan, bir
qator akmeologik masalalarni, tabiiy qobiliyat, genetik va psixofiziologik qobiliyatlar tarkibiy
qismlari va professional mahoratli bo‘lishda psixologik ko‘nikma va boshqalarni hal qilishda
yoshlar fiziologiyasi, psixogenetika, mehnat psixofiziologiyasi tabiiy bilimlari apellyatsiya
o‘rnini egallaydi.
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish
yanada ko‘p qirrada namoyon bo‘ladi. Akmeologiya bir
tomondan, inson haqidagi bu fanlarning genetik manbayi sifatida tarixan birgalikda rivojlanadi,
ikkinchi tomondan, ularning fan sifatida erkin rivojlanishini shakllantirish orqali o‘z ontologik
ahamiyatini ko‘rsatadi. Demak, akmeologiya fan sifatida kirib kelgunga qadar psixologiya,
sotsiologiya, pedagogika fanlari akmeologik masalalarga o'xshab ketuvchi professionalizm,
ijod, salohiyat va gerontologiya masalalari bilan shug‘ullangan. Ammo aynan mahoratning
kamol topishi — akmeform cho'qqisiga erishishda asosiy urg'u berilishi avvaliga maxsus
akmeologik masalalar tug‘ilishi hamda keyinchalik o‘ziga xos akmeologik texnologiyalarning
konseptual-metodologik tuzilishiga olib keldi. Taraqqiy qilgan sayin asosiy fan, ya’ni
akmeologiyaning maxsus obekti va uslubi paydo bo'ldi.
Texnologik yo‘nalish
- bu nafaqat bir qancha texnik fanlar (kibernetika, tizimli texnika,
ma’lumotlar nazariyasi va boshqalar)ning o‘zaro harakati bo'lmay, balki ularni mavjud
bilimlarni amaliyotga yo‘naltirishda aniq dasturdan foydalanish hamdir. Bunda
`
13
akmeologiyaning texnik qoidalar bilan o'zaro aloqasi o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmay, balki inson
omillarini texnikaga moslashtirishga yo'naltirilgan ergonomika bilan bog'lanadi. Shu o‘rinda,
ya’ni qayd qilish lozimki, boshqa tarafdan ikki tomonlama ko'rinishda: gumanitar bilimlarning
o‘sishi (masalan, psixotexnika va o‘yin texnikasi, innovatika va refleksika kabilar) natijasida
texnik fanlarning insonparvarlashishi (bionika, sotsionika, sinergetika va boshqalarning paydo
bo'lishi) — zamonaviy praksiologiya doimo akmeologiya diqqatida bo'ladi. Umuman olganda,
akmeologiya bugungi insonshunoslik fanlari orasida o'ziga xos o'ringa ega bo'lib, yuksak
professional kadrlar tayvorlash siyosatining ajralmas qismi desak, aslo xató qilmaymiz.
Akmeologiya fanining rivojlanishining uslubiy yo‘nalishlari shaxsning eng yuqori
rivojlanish bosqichlariga erishishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ular shaxsiy, kasbiy,
ijtimoiy, innovatsion va integrativ yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi. Bu yo‘nalishlar bir-birini
to‘ldirib, insonning kasbiy mahoratini, ijodiy salohiyatini va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat
qiladi. Natijada akmeologiya faqat nazariy bilimlar majmui bo‘lib qolmay, balki zamonaviy
ta’lim, mehnat va ijtimoiy hayotda amaliy qo‘llaniladigan kompleks yondashuv tizimiga
aylanadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ядов В.А. Социологическое исследование. методология, программа, методы. - М.:
1987. С. 98-102.
2.
Bu o'rinda Rossiya akmeologiya akademiyasi va akmeologlar uyushmasi nazarda tutilgan
3.
Tillayeva G. Akmeologiya asoslari: o‘quv qo‘llanma. – T.: “Tafakkur bo‘stoni”, 2014. – 192
b.
4.
Кузьмина Н. В. Предмет акмеологии / Н. В. Кузьмина. Санкт-Петербург:
Политехника, 2002. 189 с.
5.
Ананьев, Б. Г. О проблемах современного человекознания / Б. Г. Ананьев; Акад. Наук
СССР, Ин-т психологии. - М. : Наука, 1977. - 379 с.
6.
Ананьев, Б. Г. Человек как предмет познания / Б. Г. Ананьев. — Л.: ЛГУ, 1968.-339 с.
