TEST METODINI YUTUQ VA KAMCHILIKLARI

Аннотация

Test metodi bu o'quvchilarning bilim darajasi, ko'nikmalari va kompetensiyalarini aniqlash uchun ishlatiladigan o'qitish va baholash usulidir. Testlar yordamida o'quvchilarning o'zlashtirishi, o'rgangan bilimlari va ma'lumotlarini qanchalik yaxshi anglanganini aniqlash mumkin. Ular turli formatlarda bo'lishi mumkin: yopiq va ochiq savollar, test savollari, misollar va boshqalar. Hozirgi davrda testlar quyidagi turlarga ajratiladi: maqsadga erishuv testlari (bilimlarni oʻlchashga qaratilgan); aqliy testlar (zehn, aql-idroq, aql-zakovat, isteʼdodni aniqlashga yoʻnaltirilgan); ijodiyot testlari (ijodkorlik, bunyod etishlik darajalarini tekshiruvchi); mezoniy moʻljal testlari (oʻquv yoki kasbiy bilimlar va topshiriqlarni qaysi koʻnikma, malaka, xatti-harakat tizimi orqali oʻlchash mumkinligi); shaxsga oid testlar (xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlarni oʻlchashga aloqador); proyeksiyaviy testlar (tashqi taʼsirsiz shaxs oʻzini oʻzi oshkor qilishiga moʻljallangan) va boshqalar.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
86-93
48

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Akbaraliyeva , A. ., & Quvondiqova , M. . (2025). TEST METODINI YUTUQ VA KAMCHILIKLARI. Наука и технология в современном мире, 4(1), 86–93. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/62992
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Test metodi bu o'quvchilarning bilim darajasi, ko'nikmalari va kompetensiyalarini aniqlash uchun ishlatiladigan o'qitish va baholash usulidir. Testlar yordamida o'quvchilarning o'zlashtirishi, o'rgangan bilimlari va ma'lumotlarini qanchalik yaxshi anglanganini aniqlash mumkin. Ular turli formatlarda bo'lishi mumkin: yopiq va ochiq savollar, test savollari, misollar va boshqalar. Hozirgi davrda testlar quyidagi turlarga ajratiladi: maqsadga erishuv testlari (bilimlarni oʻlchashga qaratilgan); aqliy testlar (zehn, aql-idroq, aql-zakovat, isteʼdodni aniqlashga yoʻnaltirilgan); ijodiyot testlari (ijodkorlik, bunyod etishlik darajalarini tekshiruvchi); mezoniy moʻljal testlari (oʻquv yoki kasbiy bilimlar va topshiriqlarni qaysi koʻnikma, malaka, xatti-harakat tizimi orqali oʻlchash mumkinligi); shaxsga oid testlar (xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlarni oʻlchashga aloqador); proyeksiyaviy testlar (tashqi taʼsirsiz shaxs oʻzini oʻzi oshkor qilishiga moʻljallangan) va boshqalar.


background image

`

86

TEST METODINI YUTUQ VA KAMCHILIKLARI

Akbaraliyeva Asilaxon Tojiddin qizi

Ilmiy rahbar: Toshkent amaliy fanlar universiteti “Psixologiya” kafedrasi o‘qtuvchisi

Quvondiqova Maftuna Farhod qizi

E-mail maftunaxonangel@gmail.com Telefon: 93-294-30-78

Toshkent Amliy Fanlar Universiteti “Pedagogika” fakulteti 3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14666092

Annotatsiya:

Test metodi bu o'quvchilarning bilim darajasi, ko'nikmalari va

kompetensiyalarini aniqlash uchun ishlatiladigan o'qitish va baholash usulidir. Testlar
yordamida o'quvchilarning o'zlashtirishi, o'rgangan bilimlari va ma'lumotlarini qanchalik
yaxshi anglanganini aniqlash mumkin. Ular turli formatlarda bo'lishi mumkin: yopiq va ochiq
savollar, test savollari, misollar va boshqalar. Hozirgi davrda testlar quyidagi turlarga ajratiladi:
maqsadga erishuv testlari (bilimlarni oʻlchashga qaratilgan); aqliy testlar (zehn, aql-idroq, aql-
zakovat, isteʼdodni aniqlashga yoʻnaltirilgan); ijodiyot testlari (ijodkorlik, bunyod etishlik
darajalarini tekshiruvchi); mezoniy moʻljal testlari (oʻquv yoki kasbiy bilimlar va topshiriqlarni
qaysi koʻnikma, malaka, xatti-harakat tizimi orqali oʻlchash mumkinligi); shaxsga oid testlar
(xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlarni oʻlchashga aloqador); proyeksiyaviy testlar
(tashqi taʼsirsiz shaxs oʻzini oʻzi oshkor qilishiga moʻljallangan) va boshqalar.

Kalit so‘zlar:

Test, metod, o‘quvchilar, bilim, tekshirish, savollar, yutuq, kamchiliklar,

afzalliklar.

Kirish.

Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida. Test turlari.

Psixologiyada test deb, o‘rganilayotgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini, miqdoriy va
sifat ko‘rsatkichlarini bir-biriga taqqoslash imkonini beruvchi standartlashtirilgan
psixodiagnostik metodikaga aytiladi. Metodikaning standartlashtirilishi tushunchasining
ma'nosi shundan iboratki, u voqea, hodisalardan boshlab sinaluvchiga beriladigan
ko‘rsatmalar, hisoblash usuli, olingan natijalarni sharhlash bilan tugaydigan, butun jarayonning
hammasi, hamma vaqt va har joyda bir xil qo‘llanilishiga aytiladi.Testlar yordamida olingan
baholar, agar test to‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa, test qachon, qayerda, qanday qilib va kim
tomonidan qo‘llanilganidan qat'iy nazar ularni bir-biri bilan tenglashtirish, taqqoslash deb
yuritiladi. Har xil psixodiagnostik metodikalarda testlarning validlik, ishonchlilik, aniqlik va bir
xillik mezonlariga juda qat'iy talablar qo‘yiladi.

Testlarning ko‘plab turlari mavjud va ularni qo‘llanish asoslariga qarab bir necha guruhga

bo‘lish mumkin: test predmetligi bo‘yicha (sifati bo‘yicha, ya'ni aynan sifatni testlar yordamida
baholash); testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati; materiallar bo‘yicha
sinaluvchiga talablar; ob'ekt bo‘yicha baholash. Predmetligi bo‘yicha testlar intellektual shaxsiy
va shaxslararo testlarga bo‘linadi. Testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati
bo‘yicha amaliy, obrazli va so‘zli testlar. Test materiallarining tavsifi bo‘yicha sinaluvchiga
talablar, blankali va apparaturali testlarga bo‘linadi. Ob'ekt bo‘yicha baholash protsessual
testlar, Yutuqqa erishish testi, holat va xususiyatlar testi. Intellektual testlar shaxsning aqliy
faoliyati rivojlanganlik darajasi va ularni alohida bilish jarayonlarini (idrok, diqqat, xayol,
xotira, nutq) baholashda qo‘llaniladi.Shaxs testlari insonning barqaror individual xususiyatlari,
xatti-harakatlarini aniqlash, bunga: temperament, xarakter, motivatsiya, emotsiya va
qobiliyatlarni aniqlovchi testlar kiradi. Bundan tashqari, shaxsni har tomonlama, shaxs holatini
kompleks baholash alohida xususiyatining rivojlanganlik darajasini baholash testlari ham


background image

`

87

mavjud. Bunga Kettell, MMPI va boshqa testlar kiradi.Xususiy testlar yordamida, shaxsning
alohida belgilari, motivlar, emotsiyalar, masalan xarakter aktsentuatsiyasi, xavotirlik, lokus
nazorati, Yutuqqa erishish motivi, tajovuzkorlik va boshqalar aniqlanadi.Shaxslararo testlar har
xil ijtimoiy guruhlarda odamlarning munosabati sifatida ijtimoiy-psixologik o‘z-o‘zini
attestatsiya qilish testi. Amaliy testlar o‘ziga topshiriq va shakllarni qamrab oladi, bunda
sinaluvchi aniq predmet materiallari ularni almashtiruvchi materiallar bilan ko‘rgazmali-
harakatli reja asosida amaliy ish bajaradi.Obrazli testlar obrazlar, surat, rasm, sxema va
tasavvurlar bilan mashqlarni o‘zi ichiga oladi.Verbal testlar so‘zli topshiriqlardan iborat, ular
tushunchalarni aniqlash, xulosa chiqarish, har xil so‘zlarning ma'nosini anglash va taqqoslash
hamda bu so‘zlar bilan har xil mantiqiy operatsiyalarni bajarishni o‘z ichiga oladi.Testlarda
qo‘llaniladigan ko‘pgina topshiriqlar kompleks xarakterga ega va bu testlarda amaliy, nazariy,
obrazli va verbal topshiriqlar mujassamlashgan. Bu odamning real hayotdagi ko‘p vazifalari
kompleks xarakterga ega ekanligi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham, testlar, kishining real
hayotdagi Yutuqqa erishish imkoniyati va xulqini aytib berish uchun o‘tkaziladi.Blankali testlar
– sinaluvchida test materiallari sifatida har xil shakldagi blankalarda foydalaniladi, masalan,
rasmlar, sxemalar, jadvallar va savolnomalar.Protsessual testlar yordamida qandaydir bir
psixologik xulqiy jarayon o‘rganiladi va unga aniq miqdoriy va sifatiy tahlil beriladi, masalan,
materiallarni esda olib qolish jarayoniga, individlarning guruhda shaxslararo hamkorlik
jarayoni tahlilini misol sifatida keltirish mumkin. Yutuqqa erishish testlari kishining qandaydir
bir faoliyatida, bilish sohasining qandaydir bir turida Yutug‘ini baholashda qo‘llaniladi,
masalan, tafakkurning mantiqiyligi, diqqatning barqarorligi, verbal tafakkurning rivojlanganlik
darajasi. Holatlar va xususiyatlar testlari shaxs psixologik sifatlarining barqarorligini
diagnostika qilish bilan bog‘liqdir, masalan, shaxs xislatlari, temperament xususiyati,
qobiliyatlari va boshqalar.Proektiv testlar maxsus guruhga ajratiladi. Proektiv test kishining u
yoki bu psixologik sifatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bavosita baholaydi. Bunday baholash
kishining ko‘p ma'noli ob'ektlarni qanday qabul qilishi va talqin qilishining analizi natijasida
olinadi. Bunga: surat sYujetining noaniqligi, shaklsiz dog‘lar, tugallanmagan jumlalar va
boshqalar kiradi. Bunday ob'ektlarni tahlil qilish va baholashi kishi ongsiz ravishda o‘z-o‘zining
«proektsiyasini» ko‘rsatib berishi deb yuritiladi.Bu guruh testlariga, Rorshax testi, Tematik
Appertseptiv Test (TAT) va boshqalar kiradi.Proektiv testlar sinaluvchining yashirin va
anglanilmagan psixologik xususiyatlarini psixodiagnostika qilish zarurati tug‘ilganda
qo‘llaniladi.

Psixodiagnostik eksperiment metod sifatida kamdan-kam voqelikda, asosan, kishining

zarur psixologik sifatini boshqa usullar bilan aniqlash va baholash imkoniyati bo‘lmaganda
qo‘llaniladi.Protsessual testlar, tadqiqotchini sinaluvchida kechayotgan psixik va xulqiy
jarayonlarning xususiyatlari qiziqtirganda qo‘llaniladi, Yutuqqa erishish testlari esa kishining
qobiliyati, ko‘nikma va malakalarini baholash vazifasini o‘taydi.Intellekt testlaridan kishining
intellektual taraqqiyotining umumiy ko‘rsatkichini aniqlash va miqdoriy baholash zarurati
tug‘ilganda foydalaniladi.

Psixodiagnostik metodlar singari testlarga ham qat'iy talablar qo‘yiladi:
1. Testning ijtimoiy-madaniy adaptatsiyasi.
Bu so‘zlar tuzilmasi, test topshiriqlari va test baholari hamda sinaluvchiga berilayotgan

test topshiriqlari ushbu jamiyat madaniyati milliy qadriyatlariga mos bo‘lishi zarur degan


background image

`

88

ma'noni anglatadi. Masalan, Evropada tuzilgan test boshqa bir mamlakatda birinchi marta
qo‘llanilayotgan bo‘lsa va bu mamlakatda intellekt strukturasi so‘z-mantiqiy bo‘lmasa, balki
obrazli amaliy tafakkurli bo‘lsa, test albatta ijtimoiy-madaniy moslashtirilgan bo‘lishi shart.
Agar test moslashtirilmagan holda, ya'ni qanday bo‘lsa shundayligicha qo‘llanilsa, u holda biz
juda past natijalar olamiz va natijalar ushbu mamlakatda yashovchi kishilarning tafakkuri
taraqqiyotining ko‘rsatkichiga mos kelmaydi. Ba'zan buning aksi, ya'ni ushbu mamlakatda so‘z-
mantiq tafakkuri asosiy rolga ega bo‘lsa-Yu, test topshiriqlari amaliy tafakkurga oid bo‘lsa, u
holda biz aqliy taraqqiyotning noadekvat ko‘rsatkichiga ega bo‘lamiz.

2. Test topshiriqlarining sodda tuzilganligi va bir ma'noliligi.
Ushbu talabga binoan, testning so‘z va boshqa topshiriqlarida ya'ni, so‘z, rasmlar kishilar

tomonidan har xil idrok qilinishi va tushunilishi momentlari bo‘lmasligi kerak.

3. Test topshiriqlarini bajarishda vaqtning chegaralanganligi.
Bunda psixologik test topshiriqlarini bajarishda vaqt 1,5-2 soatdan oshmasligi lozim,

chunki kishi o‘zining ish qobiliyatini Yuqori saviyada uzoq muddat ushlab turishi juda
mushkuldir.

4. Ushbu test uchun me'yorlarning mavjudligi.
Test me'yorlari deb, ushbu test reprezentativligining o‘rtacha ko‘rsatkichi tushuniladi,

ya'ni ko‘p odamlardan to‘plab olingan ko‘rsatkichlarning o‘rtacha ko‘rsatkichi bilan individning
ko‘rsatkichi taqqoslanib, uning psixologik taraqqiyoti baholanadi. Test me'yorlari asosan,
sinaluvchilarning yoshi, jinsini aniq bilgan holda, katta tanlama guruhidan olingan test
natijalarining o‘rtacha bahosi va keyinchalik ularning yoshi, jinsi va bir qancha relevant
ko‘rsatkichlarini differentsiyalash bilan aniqlanadi.Test me'yorlari – bu kishilar taraqqiyotining
o‘rtacha ko‘rsatkichi. Har qanday me'yor, o‘lchov ham vaqti bilan o‘zgarib turadi, chunki ishlar
davomida kishilarning ham psixologik taraqqiyotida o‘zgarishlar bo‘ladi, masalan, XX asrning
birinchi choragida kishilarning intellektual taraqqiyotiga qo‘yilgan me'yorlar, shu asrning
oxirgi choragida qo‘yilgan me'yorlarga to‘g‘ri kelmaydi chunki ushbu yillar mobaynida
kishilarning aqliy taraqqiyot ko‘rsatkichlari ancha yuqorilagan.Bundan tashqari, empirik
qoidalar mavjud bo‘lib, unga ko‘ra kamida har besh yilda test me'yorlari qayta ko‘rib chiqilishi
shart, asosan bu intellektual testlarga taalluqlidir.Test me'yorlariga qo‘yilgan talablardan
tashqari, test o‘tkazishni, natijalarni qayta ishlash va tahlil qilishning qat'iy qoidalari mavjud.
Bular quyidagilardir: U yoki bu testni qo‘llash uchun psixolog test bilan tanishib chiqib, o‘zida
boshqa bir kishida sinab ko‘rishi kerak. Bu testni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xatoliklarning
oldini olish imkonini beradi.Sinaluvchi test topshiriqlarini bajarishidan oldin va ko‘rsatmalarni
yaxshi tushunib olishi uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘yish.Test o‘tkazish vaqtida,
sinaluvchilar mustaqil ishlashi, bir-biriga halaqit bermasligini va ta'sir o‘tkazmasligini nazorat
qilib turish, chunki bu test natijalarini o‘zgartirib Yuborishi mumkin.Har bir test natijalarini
qayta ishlash va tahlil qilish uchun asoslangan va aniq ishlangan matematik-statistik usullarni
oldindan tayyorlab qo‘yish.Biz test turlari va uning me'yorlariga qo‘yilgan talablarni o‘rganib
chiqdik, endi test me'yorlarining reprezentativligi, validligi, ishonchliligiga to‘xtalib o‘tsak.Test
tuzilishining asosiy statistik printsiplari 1980-yillarda V.S.Avanesov, A.Anastazi, V.K.Gayda,
V.P.Zaxarovlarning adabiyotlarida to‘liq yoritib o‘tilgan. Ammo ko‘rsatib o‘tilgan adabiyotlarda
psixometrik testlarning asosiy muammosi, test me'yorlari to‘liq yoritib berilmagan. Bu birinchi
navbatda amerikalik testolog A.Anastazining ishlariga taalluqlidir. Anastazining yaratgan


background image

`

89

qo‘llanmasi, g‘arb testologlari tomonidan ikkita asosiy printsipi zaruriy tanqidiy
muhokamalarga ega bo‘lmaydi, bular diagnostik me'yoriy sifat tarzida statistik me'yorlarning
qo‘llanilish muammolari va normal modellarga hamma empirik ma'lumotlarning taqsimlanishi
haqidagi ma'lumotlar muammosi.Endi biz differentsial asosiy tushunchalar tizimi tuzilishining
qisqacha kontekstini analiz qilib o‘tamiz:

1. Test shkalalarining statistik tabiati. Psixodiagnostikada tipik o‘lchov testi – bu qisqa

topshiriqlarning punktlarning ketma-ketligi, sinaluvchi tomonidan topshiriqlar bajarilishi
natijasida ularning bir xil miqdoriy tahlil qilinishi demakdir. Masalan, alohida topshiriqlardan
tuzilgan intellektual testlarning interpretatsiya qilinishi: «echimi to‘g‘ri», «echimi noto‘g‘ri»,
«javob yo‘q» (vaqt etishmasligi sababli topshiriqni o‘tkazib Yuborilishi), shaxsiy
savolnomalarning tahlil qilinishi: sinaluvchi tomonidan ta'kidlanishi lozim bo‘lgan javoblar
berilishi: «tasdiqlashi», «inkor qilinishi» («rozi emasman», «yo‘q»).Umumiy ballar kalit orqali
hisoblab chiqiladi, kalit har bir punkt bo‘yicha sonlar bilan ifodalanadi. Masalan, topshiriqning
to‘g‘ri echimiga – «Q1», noto‘g‘ri o‘tkazib Yuborilganiga – «0». Bunda ballar to‘g‘ri javoblarning
miqdorini ko‘rsatib beradi.

2. Psixometrikada o‘lchov muammolari va test punktlarining xususiyatlari.
O‘lchov ko‘rsatkichi «etalon» hisoblanadi. Etalon bu – o‘lchanayotgan xususiyatga

berilgan kattalikni bir maromda saqlab turuvchi fizik ob'ektdir, differentsial psixometrikada
bunday fizik etalonlar mavjud emas. Psixometrikada etalon rolini testlarning o‘zi bajaradi, buni
shunday tushunish kerakki, topshiriqning murakkabligi kishi qobiliyatiga to‘g‘ri proportsional
kattalik deb qarash mumkin. Ya'ni, topshiriq qancha murakkab bo‘lsa, uning echimini topish
uchun kishi qobiliyatining darajasi shuncha Yuqori bo‘lishi kerak. Test punktlarining kuchi va
murakkabligini test o‘tkazish yordamidagina aniqlash mumkin.

Murakkablikni aniqlash «foizli o‘lchov» bilan belgilanadi, test topshiriqlariga «to‘g‘ri»

javob bergan sinaluvchilar foiz bilan aniqlanadi, ya'ni «foiz» qancha kichik bo‘lsa, murakkablik
shuncha Yuqori bo‘ladi.

Test punktlarining xususiyatini test ballarining taqsimlanishi ko‘rsatib beradi. Agar test

ballarining taqsimlanishi egriligi o‘ng tomonli assimetriyaga ega bo‘lsa, unda test murakkab
topshiriqlardan tuzilgan, agar egrilik chap tomonli assimmetriyaga ega bo‘lsa, u holda test
topshiriqlari sodda tuzilgan hisoblanadi va quyidagi ko‘rinishga ega:

Test – shaxsning aqliy taraqqiyotini, qobiliyatini, irodaviy sifatlarini va boshqa psixik

xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa standart masalalar.

Testlashtirish – psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, standartlashtirilgan savol va

topshiriqlar yordamida individual farqlarni o‘rganish, alohida shkalalar bilan o‘lchash.

Etuklik testlari psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, konkret bilim, malaka va

ko‘nikmalarning o‘zlashtirish darajasini aniqlab beradi. Etuklik testi 3ga bo‘linadi: harakat
testlari, og‘zaki va yozma testlar. Harakat testlari mexanizmlar, materiallar asboblar bilan
ishlash layoqatini aniqlab beradi.

Intellektual testlar – psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, individning aqliy

taraqqiyoti darajasini aniqlab beradi.

Proektiv test motivatsiyaning anglanilmagan yoki to‘liq anglanilmagan shakllarini

o‘rganishga qaratilgan va bu jihati bilan inson psixikasining tobora intim sohasiga kirishning
yagona psixologik metodidir.


background image

`

90

«Proektiv» atamasi ilk bor Lourens Fenk tomonidan 1939 yilda qo‘llangan. Shuningdek, u

shaxsni tadqiq etishning proektiv metodlari tasnifini ham keltiradi:

Strukturalash metodlari (Rorshaxning siyoh dog‘lari testi, bulutlar testi, uch o‘lchamli

proektsiya testi).

Konstruktsiyalash metodikalari (MAR, olam testi).
Sharhlash metodikalari (SATO, TAT, Rene Jil testi).
To‘ldirish metodikalari (tugallanmagan gaplar, hikoyalar, One assotsiativ testi).
Katapsis metodikalari (psixogramma, proektiv o‘yin).
Ekspressiyani o‘rganish metodikalari (dastxat, muloqot tahlili).
Ijod mahsulini o‘rganish metodikalari (rasmli testlar, yozma ishlar va hokazo).
Bunday metodikalarning asosiy xususiyati material aniqmasligi, xayrixohlik muhiti va

qadriyatli fikrlar mavjud emasligidir. Ular, avvalo, shaxsning munosabatlar sohasini aks ettiradi
va maktab nevrozi uchun xos bo‘lgan maxsus reaktsiyalarni aniqlash imkonini beradi.

Mazkur ishlar o‘quvchilarni maktab, kollej va litseylarda o‘qish jarayonida psixologik-

pedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning individual
xususiyatlarini, ta'lim va tarbiyadagi nuqsonlar sabablarini yoritishga yo‘naltirilgan.
Psixodiagnostika ishlari guruhda yakka holda o‘tkaziladi. Bu asosda amaliy psixologlar
quyidagi vazifalarni bajaradi: Ongli maqsadi mavjud bolalar, umumta'lim maktablari va
akademik litsey hamda kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, oliy o‘quv Yurti talabalarining yosh
davri taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini psixologik tekshiruvdan o‘tkazadi. Ularning
kamolot darajasini belgilaydi. O‘quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi. Ularning
hissiyotlari, irodaviy sifatlari, o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini
tekshiradi.Maktab yoshidagi bolalar, talabalarda uchraydigan ta'lim malakalari, ko‘nikmalarini
egallashdagi nuqsonlar, xulqidagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot, shaxs fazilatlaridagi
buzilishlar sababini diagnostika qiladi.Bolalarning voyaga etgan tengqurlari bilan
munosabatini o‘rganish uchun ularni tekshiradi.

Iqtidorli yoshlar, talabalar, aspirantlar tanlovlarida ishtirok etish, ilmiy tavsiyalar ishlab

chiqish. Psixologiya shaxsning bolalik davridagi xususiyatlari va psixik taraqqiyot darajasini
aniqlash uchun turli eksperimental psixologik metodlardan foydalanadi. Psixologik
tadqiqotlarda foydalaniladigan metodikalar u yoki bu faoliyat jarayonida shaxs psixik
xususiyatlarining namoyon bo‘lishini aniqlashdan iborat. Bolalalar psixologiyasida
eksperimental metodikalarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish psixologlar va
pedagoglarning asosiy vazifasidir. Eksperimental topshiriqlar majmui bola psixik taraqqiyotini,
aqliy darajasini, uning maktabda o‘qishga tayyorligini aniqlashga mo‘ljallangan. Jumladan,
maktabda o‘qishga tayyorlikni bildiruvchi belgilar quyidagilardir:

psixik jarayonlarning ixtiyoriyligi;
aqliy ish qobiliyatining etarlicha davomiyligi;
yangi bilim va malakalarni maqsadga yo‘naltirilgan ravishda o‘zlashtirish imkoniyati;
borliqni bilishga qiziqishning mavjudligi;
tevarak atrofdagi voqea va hodisalarni farqlay olish va umumlashtira olishi;
fikrlay olish va boshqalar.
Asosiy qisim: Test Metodining Asosiy Xususiyatlari


background image

`

91

1. Ob'ektivlik: Test metodlari baholashda sub'ektiv fikrlarga yo'l qo'ymaydi, bu esa

natijalarni ob'ektiv qilib beradi.

2. Taqqoslanish imkoniyati: Test natijalari bilim darajasini boshqalar bilan taqqoslash

imkonini beradi, bu esa o'quvchilarning qayerda ekanligini ko'rsatadi.

3. Tez baholash: Test metodlari yordamida o'quvchilarning bilim darajasini tez va

samarali baholash mumkin.

4. Statistik tahlil: Test natijalari statistik tahlil uchun qulaydir, bu esa ta'lim jarayonini

yaxshilash uchun juda muhim.

Test Turlari
1. Yopiq Savollar:
Multi-choice (bir nechta variant) savollar: O'quvchilarga bir nechta javob variantlari

beriladi va to'g'ri javobni tanlashlari kerak.

True/False (to'g'ri/yolg'on) savollar: O'quvchilar berilgan bayonotning to'g'riligini yoki

noto'g'riligini aniqlashlari kerak.

2. Ochiq Savollar:
O'quvchilardan o'z fikrlarini ifodalash yoki ma'lum bir javobni yozish talab qilinadi. Bu

savollar ko'proq chuqur fikrlashni talab qiladi.

3. Raqamli Savollar:
O'quvchilarga matematik, statistik yoki boshqa raqamli umumiy bilimlarni baholashga

qaratilgan savollar beriladi.

4. Badiiy Savollar:
O'quvchilardan badiiy ijodkorlik ko'nikmalarini baholash uchun ijodiy ishlar, hikoyalar,

she’rlar yozish talab qilinishi mumkin.

Test Metodining Afzalliklari
Test metodining yutuqlari – bu turli xil test metodlarini qo'llash natijasida olinadigan

natijalar va foydalar. Ushbu metodlar ta'lim, psixologiya, tibbiyot va boshqa sohalarda
qo'llaniladi. Quyida test metodining yutuqlarini ko'rib chiqamiz:

1. Aniq baholash: Test metodlari yordamida shaxsning yoki guruhning qobiliyatlari va

bilim darajasi aniq baholanadi. Bu, shuningdek, kuchli va zaif tomonlarni aniqlashda yordam
beradi.

2. Yangi bilimlar va ko'nikmalarni o'rganish: Testlar orqali odamlar yangi ma'lumotlarni

olishlari va o'z ko'nikmalarini rivojlantirishlari mumkin.

3. Monitoring va maslahat berish: Test metodlari mavjud natijalarni tahlil qilish va

kelajakdagi rivojlanish yo'nalishlarini belgilash uchun foydalaniladi.

4. Oqquvchilarni motivatsiyalash: Testlarda muvaffaqiyat qozonganlar o'zlarini yaxshiroq

his qilishlari va yanada ko'proq o'qishga istak bildirishlari mumkin.

5. Dalega olish: Ular muayyan mavzular bo'yicha baholash uchun universal vositalar

sifatida xizmat qiladi.

6. Qiyosiy tahlil: Test natijalarini boshqa guruhlar yoki indiviDualar bilan taqqoslash

orqali qiyosiy tahlil o'tkazish imkonini beradi.

7. Invaziv bo'lmagan qiymatlarni aniqlash: Psixologik testlar ko'pincha invaziv bo'lmagan

usullarda shaxsning ichki holatini aniqlashda yordam beradi, bu esa tibbiy muolajalarga
tayyorgarlik ko'rishda muhimdir.


background image

`

92

Bu kabi yutuqlar test metodlarini amaliyotda qo'llashni va ularning ahamiyatini

tasdiqlaydi. Har qanday sohada malakali test metodlarini yaratish va ulardan samarali
foydalanish ishtirokchilar yoki o'rganayotgan shaxslarning rivojlanishiga sezilarli darajada
ta'sir ko'rsatadi.

- Qattiq va aniq baholash: O'qituvchining baholashiga nisbatan aniq va qattiq mezonlar

belgilangan.

- O'quvchilarning faoliyatini rag'batlantirish: O'quvchilar o'z bilimlari va qobiliyatlarini

yanada rivojlantirishga tayyorlanishadi.

- O'quvchilarning rivojlanishini aniqlash: Ular o'quvchilarning bilimlaridagi yutuqlarni va

kamchiliklarni aniqlash imkonini beradi.

Test metodi, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini baholashda keng qo'llanilsa-da, bir

qator kamchiliklarga ega. Ushbu kamchiliklar testlarning dizayni, qo'llanilishi va talqiniga
bog'liq bo'lishi mumkin. Quyida test metodining asosiy kamchiliklari keltirilgan:

1. Yuzaki Baholash:
* Chuqur tushunishni baholashning cheklanganligi: Ko'pgina testlar asosan bilimlarni

eslab qolish va takrorlashga qaratilgan bo'lib, chuqur tushunish, tahlil qilish, muammo hal
qilish va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini yetarli darajada baholashga qodir emas.

Amaliy ko'nikmalarni baholashning qiyinchiligi: Testlar ko'pincha nazariy bilimlarni

tekshiradi, lekin amaliy ko'nikmalar va ularni hayotiy vaziyatlarda qo'llash qobiliyatini
baholashda cheklangan.

Kontekstni hisobga olmaslik: Test savollari ko'pincha real hayot kontekstidan

uzoklashgan bo'lib, o'quvchilarning o'rgangan bilimlarni amalda qo'llash qobiliyatini to'liq aks
ettirmaydi.

2. O'lchovning cheklanganligi:
Faqat ma'lum bir bilim sohasini o'lchashi: Bir test faqat ma'lum bir bilim sohasini qamrab

oladi va o'quvchilarning umumiy bilimlarini to'liq aks ettirmaydi.

Sub'ektivlikka moyillik: Ba'zi test savollari, ayniqsa ochiq savollar, baholashda

sub'ektivlikka olib kelishi mumkin. O'qituvchining shaxsiy fikri va talqini test natijalariga ta'sir
qilishi mumkin.

* O'lchovning ishonchliligining pastligi: Ba'zi testlar o'lchovning ishonchliligi past bo'lishi

mumkin, ya'ni bir xil o'quvchilar testni ikkinchi marta topshirganda bir xil natija olmasligi
mumkin.

3. O'quvchilarga bosim o'tkazish:
* Stress va xavotir: Testlar o'quvchilarga stress va xavotir keltirib chiqarishi mumkin, bu

esa ularning natijalariga salbiy ta'sir qiladi.

* Yaxshi bilimga ega bo'lgan o'quvchilarning ham past natija ko'rsatishi: Ba'zi o'quvchilar

stress tufayli yaxshi bilimlariga qaramasdan, past natija ko'rsatishlari mumkin.

* Adolatsizlik: Test muhiti va sharoitlari hamma o'quvchilar uchun bir xil bo'lmasligi

mumkin, bu esa adolatsizlikka olib kelishi mumkin.

4. Cheklangan format:
* Ijodiy fikrlashni baholashning cheklanganligi: Testlar odatda standartlashtirilgan

formatga ega bo'lib, o'quvchilarning ijodiy fikrlash va mulohaza yuritish qobiliyatini
baholashga cheklangan.


background image

`

93

* Kommunikatsiya ko'nikmalarini baholashning cheklanganligi: Testlar odatda

o'quvchilarning og'zaki va yozma aloqa ko'nikmalarini baholashga cheklangan.

5. Tashkilot va vaqt talab qilishi:
* Testlarni tayyorlash va tekshirish vaqti: Testlarni tayyorlash, o'tkazish va tekshirish

ko'p vaqt talab qiladi.

* Resurslar: Testlarni o'tkazish uchun qo'shimcha resurslar, masalan, materiallar va

texnologiyalar kerak bo'lishi mumkin.

Faol muloqotni cheklash: Yopiq-savollar usuli o'quvchilar o'rtasidagi muloqotni

cheklaydi, bu esa tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin.

Yuzaki baholash: Ba'zan testlar faqat yirtqich/boshqaruvchi bilimlarni baholaydi, chuqur

tushunish yoki ko'nikmalarni amalda qo'llashni ifodalay olmaydi.

O'quvchilarning hissiy o'zgaruvchanligi: Test o'tkazish vaqtida o'quvchilar stress, xavotir

va hafsala yo'qotish kabi hissiy holatlarda bo'lishi mumkin.

Test metodining kamchiliklarini kamaytirish uchun testlarni ehtiyotkorlik bilan

loyihalash, turli xil baholash usullarini birgalikda qo'llash va test natijalarini talqin qilishda
ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Faqat test natijalariga tayanmasdan, o'quvchilarning
rivojlanishini kuzatib borish uchun boshqa baholash usullaridan ham foydalanish tavsiya
etiladi.

Xulosa

Test metodlari ta'lim jarayonining muhim qismi bo'lib, o'quvchilarning bilimlarini va

ko'nikmalarini baholash, rahbarlik va o'zlashtirish darajasini aniqlash uchun keng qo'llaniladi.
Ular samarali o'qitish va ta'lim tizimini takomillashtirishga yordam beradi, lekin ularni qabul
qilishda e'tiborni chetdan qaramaslik va o'quvchilarni rag'batlantirishdagi samimiy aloqalarini
saqlash hamda boshqa metodlar bilan birgalikda qo'llash muhimdir.

References:

1.

Eksperimental psixologiya Z.Nishonova, D.Qarshiyeva

2.

Psixadiagnostika va Eksperimental psixologiya Z.Nishonova, Z.Qurbonova, S.Abdiyeva

3.

Psixadiagnostika va Eksperimental psixologiya darslik t.2018 Z.Nishonova D.Qarshiyeva

Z.Qurbonova N.Atabayeva

Библиографические ссылки

Eksperimental psixologiya Z.Nishonova, D.Qarshiyeva

Psixadiagnostika va Eksperimental psixologiya Z.Nishonova, Z.Qurbonova, S.Abdiyeva

Psixadiagnostika va Eksperimental psixologiya darslik t.2018 Z.Nishonova D.Qarshiyeva Z.Qurbonova N.Atabayeva