`
16
QASHQADARYO VILOYATIDA TURISTLAR OQIMINI SIMULYATSIYA QILISH
ORQALI INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH
N.J.Toshev
Qarshi davlat universiteti
Turizm va marketing kafedrasi
mustaqil tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14603134
Annotatsiya.
Ushbu maqolada turizm aglomeratsiyani optimal joylashtirishni
zamonaviy modellar asosida takomillashtirish yo’llari va Qashqadaryo viloyatida turizm
aglomeratsiyalarini optimal joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar yoritilgan hamda viloyatda
turistik aglomeratsiyalarni rivojlantirishda ichki va tashqi sayyohlar talabini o‘rganish zarur.
Mahalliy va xalqaro sayyohlar oqimini jalb qilish uchun marketing strategiyasini
shakllantirish va turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish jarayonlari yozilgan.
Kalit so’zlar.
optimal joylashtirish, turizm aglomeratsiya, zamonaviy modellar, Mahalliy
va xalqaro sayyohlar, turizm xizmatlarini diversifikatsiya.
Kirish.
Qashqadaryo viloyatining asosiy tabiiy resurslari va diqqatga sazovor joylari
tog‘lar, ko‘llar va o‘rmonlardan iborat. Bu hududda joylashgan Kitob-Qarshi tog‘ tizmasi,
Hisor
qo‘riqxonasi
kabi joylar turistlar uchun katta qiziqish uyg‘otadi. Bunday joylar ekoturizm va
tabiiy landshaftlar asosida rivojlantirilishi mumkin. Hisor tog‘lari ekoturizm va ekstremal
turizm uchun mos bo‘lib, bu turizmni rivojlantirishga yordam beradi. Qashqadaryo viloyatida
qadimiy tarixga ega joylar, masalan,
Shahrisabz
va uning atrofi, Amir Temur davri
yodgorliklari,
Dorut-Tilovat
,
Dorut-Saodat
majmualari mavjud. Bu tarixiy joylar turistlarni jalb
qilishda katta ahamiyatga ega. Shahrisabz Amir Temur davridagi arxitektura yodgorliklari
bilan butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan va bu hududning turizm salohiyati
yuqori.
Qashqadaryo viloyatida qo'llanishi,
Shahrisabz va Kitob-Qarshi hududlarida turistlar
oqimini simulyatsiya qilish orqali infratuzilmani qayerda rivojlantirish eng samarali
ekanligini prognoz qilish mumkin. Qashqadaryo viloyati Turizm boshqarmasi
samaradorligini oshirish hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish harakatlar dasturı
bo‘yicha 2022-2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar (1-jadval) ko’rsatilgan.
1-jadval
Qashqadaryo viloyatida turistlar oqimini simulyatsiya qilish orqali infratuzilmani
rivojlantirish
T/r
Asosiy mezonlar
Oʻlchov
birligi
2022-yil
ko‘rsatkichi
2023-yil
(ko
ʻ
rsatkich)
reja amalda
%
1
Xorijiy sayyohlar tashrifini
tashkil etish.
ming nafar
53
210
222,3
105,9
2
Turizm xizmatlari eksporti
hajmi ko‘rsatkichlarigi
erishish.
mln aqsh
dollari
11,3
42,0
44,9
106,9
`
17
3
Mahalliy sayyohlar oqimini
oshirish
ming nafar
1485
1822 2108,8
115,7
4
Joylashtirish vositalari
faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
birlikda
277
31
32
103,2
5
Yangi turoperator va
turagentlar faoliyatini yo‘lga
qo‘yish
birlikda
23
4
13
325,0
6
Turistik axborot
markazlarini tashkil etish
birlikda
3
3
4
133,3
7
Tashkil etiladigan sanitariya-
gigiyena shaxobchalari soni
birlikda
547
50
79
158,0
8
Wi-fi nuqtalari tashkil
etiladigan turizm obyektlari
soni
birlikda
53
40
69
172,5
9
Yo‘l belgilari o‘rnatiladigan
turizm obyektlari soni
birlikda
55
20
63
315,0
10
Turizm sohasida
tadbirkorlar tomonidan
amalga oshiriladigan
investitsiya loyihalari soni
birlikda
86
84
90
107,1
11
Turizm va yondosh
sohalarda yaratilgan ish
o‘rinlari
nafarda
12
Turistik toifadagi transport
vositalari
birlikda
33
35
40
114,3
13
Davlat-xususiy sheriklik
tamoyili asosida tashkil
etiladigan turizm obyektlari
soni
birlikda
2
6
11
183,3
JAMI:
2628,3
2347 2777
118
1-jadvaldagi
ko'rsatkichlar bo'yicha 2022 va 2023 yillarning rejali va amaldagi
natijalarini tahlil qilganda,
Xorijiy sayyohlar tashrifi
: 2023 yilda xorijiy sayyohlar tashrifi
210 ming nafar rejalashtirilgan bo‘lib, amalda bu ko'rsatkich 222,3 ming nafarga yetgan va bu
rejaga nisbatan 105,9% ni tashkil etgan. O'sish sezilarli darajada bo‘lib, xorijiy sayyohlar
oqimi ortgan. Rejada 42 mln AQSh dollari miqdorida eksport hajmi ko'rsatilgan bo'lsa, amalda
bu ko'rsatkich 44,9 mln AQSh dollariga yetgan, ya’ni rejaga nisbatan 106,9%. Bu turizm
xizmatlari eksportida ham ijobiy dinamikani ko‘rsatadi.
Mahalliy sayyohlar oqimi,
2023
yilda mahalliy sayyohlar oqimi bo'yicha reja 1822 ming nafar bo‘lgan, amalda esa 2108,8 ming
nafarni tashkil qilgan. Bu 115,7% ni tashkil etib, mahalliy sayyohlar sonining sezilarli o‘sishini
ko'rsatadi.
Joylashtirish vositalari faoliyati,
rejada 31 ta joylashtirish vositasi ochilishi
rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda bu ko'rsatkich 32 birlikni tashkil etgan va rejaga nisbatan
103,2% ni tashkil qiladi. Rejada 4 ta yangi turoperator va turagentlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi
rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 13 ta turoperator faoliyatini boshlagan, bu esa reja
`
18
ko'rsatkichidan ancha yuqori (325%). Rejalashtirilgan 3 ta axborot markazidan 4 tasi tashkil
etilgan bo‘lib, rejaga nisbatan 133,3%ni tashkil qilgan. Rejada 50 ta yangi sanitariya-gigiyena
shaxobchasi tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 79 ta tashkil etilgan. Bu 158% ni
tashkil etib, sanitariya infratuzilmasida yaxshi o‘sish kuzatilgan. Rejada 40 ta Wi-Fi nuqtasi
tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda bu ko'rsatkich 69 taga yetgan, ya'ni rejadan
172,5% yuqori. Rejada 20 ta yo‘l belgisi o‘rnatilishi kutilgan bo‘lsa, amalda bu ko'rsatkich 63
taga yetgan, ya'ni 315%. Rejada 84 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan
bo‘lsa, amalda bu ko'rsatkich 90 taga yetgan va rejaga nisbatan 107,1% ni tashkil etgan.
Rejada 35 ta turistik transport vositasi qo'shilishi kutilgan bo‘lsa, amalda bu ko'rsatkich 40
taga yetgan va rejaga nisbatan 114,3% ni tashkil etgan.
Davlat-xususiy sheriklik tamoyili
asosida turizm obyektlari bo’yicha,
rejada 6 ta obyekt rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda bu
ko'rsatkich 11 taga yetgan va rejaga nisbatan 183,3% ga erishilgan. Jami ko‘rsatkichlar
bo‘yicha tahlil qilishda, amalda 2777 ta natija ko'rsatilib, rejaga nisbatan 118% ga ortish
kuzatilgan. Bu ko‘rsatkichlar turizm sohasida umumiy o‘sishni, innovatsiyalarni joriy qilishni
va turizm xizmatlarini kengaytirishni ko‘rsatadi. Jumladan, xorijiy va mahalliy sayyohlar soni,
investitsiyalar va yangi xizmatlar yaratish bo‘yicha yuqori natijalar qayd etilgan. Bu o‘sish
ko‘rsatkichlari mamlakatda turizmni rivojlantirish va infratuzilmani yaxshilash borasida olib
borilayotgan faoliyatning samaradorligini ko‘rsatadi.
Xulosa va takliflar
. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak jarayonini yaratish va simulyatsiya
qilish uchun turli xil ma'lumotlar kerak bo'ladi. Ushbu ma'lumotlar agentlarning xulq-atvori,
ularning o'zaro ta'siri va atrof-muhitga bo'lgan munosabatlarini to'g'ri modellashtirish
imkonini beradi. Quyida
ABM
da ishlatiladigan asosiy ma'lumotlar turlari keltirilgan. ABM-da
turli xil agentlar modellashtiriladi. Masalan, turizm sohasida agentlar sayyohlar, turistik
obyektlar, mehmonxonalar yoki mahalliy xizmat ko'rsatish punktlari bo'lishi mumkin. Har bir
agentning turi va uning funksiyasi aniq belgilanadi. Sayyohlar uchun: demografik ma'lumotlar
(yoshi, jinsi, daromad darajasi), sayohat maqsadi, byudjeti, tashrif qilish ehtimoli. Turistik
obyektlar uchun: joyning jozibadorligi, xizmatlar sifati, joylashuv, narx va qulaylik darajasi.
Mehmonxonalar uchun: joylashuv, xonalarning soni, narxlar, xizmatlar toifasi. Har bir agent
qanday qaror qabul qilishi va qanday sharoitlarda o'z xatti-harakatlarini o'zgartirishi
belgilanadi. Masalan, sayyohlar diqqatga sazovor joyning masofasi, narxi, sifati va boshqa
agentlarning tajribalariga qarab qaror qabul qilishlari mumkin.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida” qonuni 2019-yil 18-iyul, O‘RQ-549-
son
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga
https://president.uz/oz/lists/view/5774
3.
R.Butler. Tourism Area Life Cycle: Contemporary Tourism Reviews-2006. P.45-46
4.
D. Ioannides “Tourism in the Age of Globalisation” 2000. P.90-112
5.
Leiper N.Tourism system: an interdisciplinary perspective. Palmerston North, New
Zealand: Department of Management Systems, Business Studies Faculty, Massey University,
1990, 289 p
`
19
6.
Кодиров, Ф. "Protsess razrabotki igrovogo dvijka unity." Scienceweb academic papers
collection (2019).
7.
Қодиров, Фаррух. "Процесс разработки игрового движка unity." ахборот-
коммуникация технологияларини ривожлантириш шароитида инновациялар
мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).
8.
Qodirov, Farrux. "Aqlli uy" tizimining imkoniyatlari" Scienceweb academic papers
collection (2019).
9.
Qodirov, Farrux. "Description and performance of the program 3d max studio." ахборот-
коммуникация технологияларини ривожлантириш шароитида инновациялар
мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).
10.
Qodirov, Farrux. "Gpon texnologiyasi-optik kirish tarmog'i." ахборот-коммуникация
технологияларининг ривожланиш истиқболлари мавзусидаги Республика илмий-
амалий анжуман маърузалар тўплами (2018).
