`
106
SURXONDARYO VILOYATIDA MEVA YETISHTIRISH KO‘RSATKICHLARINI
MODEL YORDAMIDA PROGNOZLASHTIRISH
Majidova Dilnoza Bahromovna
Termiz davlat universiteti erkin tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14966119
Annotatsiya.
Ushbu tadqiqotda Surxondaryo viloyatida meva yetishtirish
ko`rsatkichlarini ARIMA modeli yordamida prognozlashtirilgan. Dastlab ARIMA modeli haqida
qisqacha ma`lumotlar berilgan. Modelning ahamiyatliligi MAPE bo`yicha, parametrlari
statistik ahamiyatliligi esa Kengaytirilgan Dikkey-Fuller testi bilan baholangan. Ba`zi mashhur
modellar uchun ACF va PACF xossalari umumlashtirilgan. Qoldiqlar normal taqsimot
qonuniga bo`ysunishi hamda ularda avtokorrelyatsiya mavjud emasligi o`rganilgan. Natijada
2028-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
Kalit so`zlar:
Box-Jenkins metodologiyasi, statsionar, ADF testi, ACF, PACF, model,
ARIMA, korrelyatsiya, MAPE, o‘zgarmas.
Аннотация:
В данной статье прогнозируются показатели производства фруктов в
Сурхандарьинской области с использованием моделей ARIMA. Сначала представлена
краткая информация о модели ARIMA. Значимость модели оценивалась по MAPE, а
статистическая значимость ее параметров - с помощью расширенного теста Дики-
Фуллера. Обобщены свойства ACF и PACF для некоторых популярных моделей. Изучено
соответствие остатков закону нормального распределения и отсутствие
автокорреляции в них. В результате были разработаны прогнозные значения до 2028
года.
Ключевые слова:
методология Бокса-Дженкинса, стационарный, тест ADF, ACF,
PACF, модель, ARIMA, корреляция, MAPE, постоянный.
Abstract:
This article forecasts fruit production indicators in Surkhandarya region using
ARIMA models. First, a brief overview of the ARIMA model is provided. The significance of the
model was evaluated by MAPE, and the statistical significance of its parameters was assessed
using the Augmented Dickey-Fuller test. The properties of ACF and PACF for some popular
models are summarized. The compliance of the residuals with the normal distribution law
and the absence of autocorrelation in them were studied. As a result, forecast values up to
2028 were developed.
Keywords:
Box-Jenkins methodology, stationary, ADF test, ACF, PACF, model, ARIMA,
correlation, MAPE, constant.
O‘zbekistonda hozirgi kunda ilg‘or texnologiyalarga asoslangan infratuzilmalarni
yaratish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq
xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 11-dekabrda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini
yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4549-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda keltirilgan vazifalar
`
107
bugungi kunda qishloq xo‘jaligida meva va sabzavot yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini
tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish asosida eng zamonaviy usullarni
qo`llab boshqarish, sifatli, xalqaro talablarga mos keluvchi mahsulotlar yetishtirish hajmini
oshirish bilan bog‘liq masalalarni qamrab olgan. 2022-yil 28-yanvarda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni imzolandi va ushbu farmon bilan
yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. Mazkur Farmon va Qarorlarda
keltirilgan vazifalarning muvaffaqiyatli ijrosi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish
jarayonlarni iqtisodiy-statistik tahlil etish va zamonaviy ekonometrik modellardan
foydalanib modellashtirishni taqozo etadi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida hududlarda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va uni
iqtisodiy-statistik jihatdan tahlil qilish masalalari bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib
borilgan. Ushbu jarayonlar mamlakatimiz va xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida
keng tadqiq etilgan.
Box-Jenkins metodologiyasida vaqtli qatorlarga ARIMA yondashuvi shundan iboratki,
birinchi navbatda qatorlarning statsionarligi baholanadi. Turli testlar birlik ildizlarining
mavjudligini va vaqt seriyalarining integratsiyalash tartibini (odatda birinchi yoki ikkinchi
tartib bilan cheklangan) ochib beradi. Bundan tashqari, agar integratsiya tartibi noldan katta
bo'lsa, seriya mos keladigan tartibning farqini olish orqali o'zgartiriladi va o'zgartirilgan
model uchun qandaydir ARMA modeli quriladi, chunki natijada asl statsionar bo‘lmagan
jarayondan farqli o‘laroq olingan jarayon statsionar deb hisoblanadi. Statsionarlikni esa
modelning ahamiyatliligi uchun juda muhim deb hisoblaydi.
Tadqiqotning asosiy maqsadi mintaqalarda meva-sabzavot mahsulotlari etishtirish
samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot jarayonida dastlabki vaqt seriyasidan ma`lum tartibdagi farqlar olinib, ststsionarlik
ta`minlandi va test orqali tekshirildi. Model tuzilib, modelning ahamiyatliligini
korrelogramma orqali aproksimatsiya xatoligi bilan tekshirildi va prognozlashtirildi.
Hozirgi kunda nafaqat O`zbekistonda, balki jahon amaliyotida meva va sabzavot
mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarini statistik usullarda tahlil qilish, unga ta’sir etuvchi
omillarni ekonometrik baholash va prognozlarini ishlab chiqish ustuvor yo‘nalishlardan biri
bo`lib kelmoqda. Surxondaryo viloyatida meva yetishtirish ko`rsatkichlarini ARIMA modellari
yordamida prognozlashtirish juda ahamiyatli va bu ko‘rsatkichlar prognozlashtirilgan.
Statsionar bo‘lmagan
𝑌
𝑡
vaqtli qator uchun
𝐴𝑅𝐼𝑀𝐴(𝑝, 𝑑, 𝑞)
modeli quyidagi ko`rinishda
bo`ladi:
∆𝑌
𝑡
= 𝑐 + ∑ 𝑎
𝑖
∆𝑌
𝑡−1
+
𝑝
𝑖=1
∑ 𝑏
𝑖
∆𝑌
𝑡−1
+ 𝜀(𝑡)
𝑞
𝑖=1
∆
-vaqtli qatorlar d-tartibining ayirmasi operatori (ketma-ket ravishda d marta birinchi
tartibli farqlarni olish - avval vaqt qatoridan, keyin hosil bo'lgan birinchi tartibdagi farqlardan,
keyin ikkinchi tartibdan va hokazo.
`
108
Xulosa qiladigan bo‘lsak, aholini meva va sabzavot bilan ta’minlash jarayonlarni vaqt
davomida o‘zgarishini ekonometrik modellar orqali o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Mintaqalarda aholini meva-sabzavot bilan ta’minlash jarayonlarini ARIMA modeli orqali
o‘rganish natijasida iqtisodiy ko‘rsatkichlarning hozirgi holati va kelajakdagi o‘zgarishini
ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash kutilgan samarali natijani beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Дегтярева, Н.А. Эконометрические модели анализа и прогнозирования:
монография / Н.А. Дегтярева. – Челябинск : Цицеро, 2017. – 67 с.
2.
Maxmudov N.M., Asqarova M.T., Umarov I.Yu. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash.
Darslik.- T.: “Fan va texnologiya”, 2014. – 157 b.
3.
Turaev B. E. Forecasting the volume of construction work using the ARIMA model (on
the example of Surkhandarya region) //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 2. – С. 1287-
1290.