Авторы

  • Farrux Qodirov
    Matematika va ta’limda axborot texnologiyasi kafedrasi mudiri, Ilmiy rahbar
  • Mushtariy Qahramonova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti matematika va informatika yo’nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.75602

Ключевые слова:

DDoS hujumi kiberxavfsizlik tarmoq himoyasi xakerlik hujum botnet trafik filtrlash IP bloklash zararli trafik tarmoq monitoringi Cloud-based himoya Firewall Load balancing UDP floo HTTP flood CDN (Content Delivery Network Rate limiting.

Аннотация

DDoS (Distributed Denial of Service) hujumi – bu bir nechta manbalardan server yoki tarmoq xizmatlarini haddan tashqari yuklash orqali ularning ish faoliyatini izdan chiqarishga qaratilgan kiberhujumdir. Ushbu hujumlar ko‘pincha botnetlar yordamida amalga oshiriladi.DDoS hujumlarini bartaraf etish usullari quyidagilardan iborat.


background image

`

138

DDOS HUJUMLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li

Matematika va ta’limda axborot texnologiyasi kafedrasi mudiri, Ilmiy rahbar

Qahramonova Mushtariy Abdurahmon qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti matematika va informatika yo’nalishi

2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15117558

Annotatsiya:

DDoS (Distributed Denial of Service) hujumi – bu bir nechta manbalardan

server yoki tarmoq xizmatlarini haddan tashqari yuklash orqali ularning ish faoliyatini izdan
chiqarishga qaratilgan kiberhujumdir. Ushbu hujumlar ko‘pincha botnetlar yordamida amalga
oshiriladi.DDoS hujumlarini bartaraf etish usullari quyidagilardan iborat.

Kalit soʻzlar:

DDoS hujumi , kiberxavfsizlik, tarmoq himoyasi,xakerlik hujum, botnet,

trafik filtrlash,IP bloklash, zararli trafik,tarmoq monitoringi, Cloud-based himoya Firewall,
Load balancing, , UDP floo, HTTP flood CDN (Content Delivery Network, Rate limiting.

Kirish:

Axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan birga kiberxavfsizlik tahdidlari ham

ortib bormoqda. Shulardan biri – DDoS (Distributed Denial of Service) hujumi, ya’ni
tarqatilgan xizmat ko‘rsatishdan voz kechish hujumidir. Ushbu hujumlar tizim yoki serverga
haddan tashqari ko‘p so‘rov yuborish orqali uning normal ishlashini izdan chiqarishga
qaratilgan. Natijada veb-saytlar, internet xizmatlari yoki korporativ tarmoqlar ishdan chiqishi
mumkin.DDoS hujumlari odatda botnetlar orqali amalga oshiriladi, bunda bir nechta zararli
qurilmalar boshqarilib, maqsadli serverga bir vaqtda hujum uyushtiriladi. Bu esa hujumni
aniqlash va oldini olishni qiyinlashtiradi.Mazkur mavzuda DDoS hujumlarining turlari,
ularning ishlash mexanizmi hamda bunday tahdidlardan himoyalanish usullari haqida so‘z
yuritamiz. Zamonaviy xavfsizlik choralarini qo‘llash orqali bunday hujumlarning oldini olish
va ularning zararini kamaytirish mumkin.

DDoS hujumlarining asosiy turlari:Volume-based (hajmga asoslangan) hujumlar – server

yoki tarmoqni haddan tashqari katta trafik bilan bosib, uning ishlashini izdan chiqaradi. UDP
flood – ko‘p sonli UDP paketlar yuborish orqali tarmoqni yuklash. ICMP flood (Ping flood) –
ortiqcha ping so‘rovlar bilan serverni ishdan chiqarish.DNS amplification – so‘rovlarni
ko‘paytirish orqali tarmoq bandligini to‘ldirish.Protocol-based (protokolga asoslangan)
hujumlar – tarmoqning ishlash mexanizmlaridan foydalanib hujum uyushtirish.

Foydalanilgan adabiyotlar tahlili.

SYN flood – serverga so‘rov yuboriladi, ammo javob olinmaydi, natijada server yangi

so‘rovlarga javob bera olmaydi.

Smurf attack – soxta IP manzillar orqali serverni chalg‘itish va ortiqcha yuklash.
Application-layer (ilova darajasidagi) hujumlar – ilova yoki veb-xizmatlarga hujum qilib,

ularning ishlashiga to‘sqinlik qiladi.

HTTP flood – veb-serverga ko‘plab HTTP so‘rovlari yuborish orqali uning ishlashiga

halaqit berish

Slowloris – ulanishlarni ochiq holda saqlash orqali serverni sekinlashtirish DDoS

hujumlarining oqibatlari

Veb-sayt yoki xizmatning ishlamay qolishi – foydalanuvchilar tizimga kira olmaydi.
Moliyaviy zarar – kompaniya mijozlari va daromadlarini yo‘qotishi mumkin. Brend va

ishonchga zarar yetishi – mijozlar yoki hamkorlar kompaniyaga bo‘lgan ishonchini


background image

`

139

yo‘qotadi.Ma’lumotlarning xavfsizligiga tahdid – ba’zi hujumlar tizimdagi zaifliklarni ochib
beradi.

DDoS hujumlarini bartaraf etish usullari:
Trafik filtrlash – zararli trafikni aniqlab, uni avtomatik ravishda bloklash.
Firewall va WAF (Web Application Firewall) dan foydalanish – himoya devorlari orqali

zararli so‘rovlarni to‘xtatish.

Load balancing (yukni taqsimlash) – server resurslarini samarali taqsimlash orqali

hujum ta’sirini kamaytirish.

CDN (Content Delivery Network) xizmatlaridan foydalanish – ma’lumotlarni tarqatish

orqali yukni kamaytirish.

Rate limiting – bir IP manzildan yuboriladigan so‘rovlar sonini cheklash.
Hujumni aniqlash tizimlari (IDS/IPS) – real vaqtda hujumlarni aniqlash va ularga javob

berish.

Cloud-based DDoS himoyasi – Cloudflare, Akamai, AWS Shield kabi xizmatlar orqali

hujumlarni kamaytirish.DDoS hujumlari internet rivojlanishi bilan birga murakkablashib
borgan. Dastlabki DDoS hujumlaridan biri 2000-yilda sodir bo‘lib, mashhur veb-saytlarga
(Amazon, CNN, Yahoo, eBay) hujum uyushtirilgan edi. Keyinchalik hujumlarning shakli va
ta’sir doirasi kengayib, bugungi kunda IoT (Internet of Things) qurilmalaridan foydalanilgan
botnetlar orqali yanada kuchaygan.2016-yil Mirai botnet hujumi – bu DDoS hujumi tarixdagi
eng katta hujumlardan biri bo‘lib, DNS xizmatlarini ishdan chiqarib, Twitter, Netflix, Reddit
kabi platformalarni ishdan chiqargan.2018-yil GitHub DDoS hujumi – bu veb-xizmatga 1.3
terabit per second (Tbps) tezlikda hujum qilingan.Hozirgi kunda DDoS hujumlari yanada
murakkablashib,

AI

va

avtomatlashtirilgan

texnologiyalar

yordamida

amalga

oshirilmoqda.Hujumlar turli dasturlar va botnetlar orqali amalga oshiriladi. Eng mashhur
vositalar: LOIC (Low Orbit Ion Cannon) – DDoS hujumlarida ishlatiladigan ochiq kodli dastur.
HOIC (High Orbit Ion Cannon) – LOIC’ning yanada kuchaytirilgan versiyasi.

Botnetlar (Mirai, Mēris, Torii va h.k.) – zararli dasturlar orqali IoT qurilmalarni qo‘lga

olib, hujum qilish.Stresser va booter xizmatlari – pullik DDoS hujumlarini amalga oshiruvchi
onlayn platformalar.

DDoS hujumlaridan samarali himoyalanish uchun:
Firewall va IDS/IPS tizimlari – zararli trafikni avtomatik ravishda aniqlash va bloklash.
Trafik tahlili va aniqlash – hujumlarni erta aniqlash uchun AI va ML asosidagi

tizimlardan foydalanish. Qo‘shimcha autentifikatsiya va CAPTCHA – botlar hujumlarini
kamaytirish.Rate Limiting va QoS (Quality of Service) – hujum paytida muhim xizmatlarga
ustuvorlik berish.Cloud-based DDoS himoya xizmatlari – Cloudflare, AWS Shield, Akamai kabi
bulutli xizmatlardan foydalanish.

Natija va muhokamma.

DDoS hujumlari tashkilotlar va foydalanuvchilar uchun turli xil

salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ularning asosiy natijalari quyidagilardir: DDoS
hujumlari eng birinchi navbatda xizmatni to‘xtatadi yoki uning ishlashini sekinlashtiradi.
Masalan, katta miqdordagi so‘rovlar tufayli serverlar yuki oshadi va foydalanuvchilar
saytlarga kira olmaydi. Bu kompaniyalar uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi
mumkin.DDoS hujumlari davom etgan paytda xizmatlar ishlamasligi sababli kompaniyalar
savdo yoki foydalanuvchilardan daromad olish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Ularning


background image

`

140

ishdan chiqish vaqti ko‘p hollarda biznes uchun katta moliyaviy zararga olib keladi, ayniqsa
bu oylik yoki har yilgi daromadlar bilan bog‘liq bo‘lsa.Doimiy ravishda DDoS hujumlariga
duchor bo‘lgan kompaniyalar o‘z mijozlarining ishonchini yo‘qotishi mumkin. Bu esa
kompaniyaning obro‘siga zarar yetkazadi va uzoq muddatli biznes munosabatlariga salbiy
ta'sir qiladi. Bu holatda, mijozlar xizmatlarining barqarorligi va xavfsizligi haqida salbiy fikrda
bo‘lishadi.DDoS hujumlari tizimning resurslarini befoyda ishlatishga olib keladi. Tizim
administratorlari zararli trafikni ajratib olish va tarmoqni himoya qilish uchun qo‘shimcha
vaqt va resurslarni sarflaydilar. Bu holatda kompaniyaning texnik xodimlarining ishtiroki va
tizim resurslarining samarali ishlatilishi cheklanadi.

DDoS hujumlari bugungi kunda katta xavf tug‘diradi, chunki ular tezda tashkilotlar

uchun jiddiy biznes xavfini keltirib chiqaradi. Hujumlar turli shakllarda bo‘lishi mumkin, va
har bir hujumning oldini olish uchun turli xil himoya choralarini qo‘llash zarur. DDoS
hujumlarini oldini olishda eng samarali yondashuvlardan biri har tomonlama himoya
tizimlarini yaratishdir. DDoS hujumlarining bartaraf etilishida har bir kompaniya uchun mos
keladigan usullarni tanlash zarur. Bu usullar trafikni filtrlash, load balancing, rate limiting,
WAF va scrubbing markazlarini o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi tizimlarni himoya qilishda
samarali bo‘lishi mumkin, ammo ularni birgalikda qo‘llash, hujumlarni to‘liq bartaraf etishga
yordam beradi. Bulutli xavfsizlik xizmatlari (masalan, Cloudflare yoki AWS Shield) DDoS
hujumlarini bartaraf etishda juda samarali hisoblanadi. Bu xizmatlar katta miqdordagi trafikni
tozalashga yordam beradi, shu bilan birga resurslarni himoya qiladi va hujumlarni aniqlashni
osonlashtiradi.Tizim va tarmoq monitoringi ham DDoS hujumlarini tezda aniqlashda muhim
rol o‘ynaydi. Muntazam ravishda tarmoq faoliyatini monitoring qilish va xavfsizlik tizimlarini
yaxshilash kompaniyaning himoya imkoniyatlarini oshiradi.DDoS hujumlarining oldini olish
uchun ko‘p bosqichli xavfsizlik choralarini ishlab chiqish zarur. Bu faqat bitta usulga tayanib
qolmasdan, barcha imkoniyatlarni birlashtirishni talab qiladi. Masalan, tarmoqda yukni
taqsimlash va zararlangan trafikni so‘rovlardan ajratish samarali bo‘lishi mumkin.

Xulosa va takliflar.

DDoS (Distributed Denial of Service) hujumlari internet xavfsizligi uchun jiddiy tahdid

tug‘diradi va nafaqat texnik, balki biznes va moliyaviy nuqtai nazardan ham katta zararlar
keltirishi mumkin. Bu hujumlar serverlar va tarmoqlarni ortiqcha trafik bilan to‘ldirib,
xizmatlarning ishlashini to‘xtatadi yoki sekinlashtiradi. Natijada, tashkilotlar mijozlar
ishonchini yo‘qotishi, moliyaviy yo‘qotishlarga uchrashi va obro‘larini zarar ko‘rishi mumkin.
DDoS hujumlarini samarali tarzda bartaraf etish uchun turli xil usullar, jumladan, trafikni
filtrlash, load balancing, rate limiting, WAF tizimlari va bulutli xavfsizlik xizmatlari kabi
himoya choralarini qo‘llash zarur. Biroq, DDoS hujumlarining to‘liq oldini olish mumkin emas,
chunki hujumchilar har doim yangi usullarni ishlab chiqishadi. Shuning uchun tashkilotlar
ko‘p bosqichli himoya strategiyasini amalga oshirib, tizimlarni muntazam ravishda
monitoring qilishlari va xavfsizlikni doimiy ravishda yaxshilashlari kerak.DDoS hujumlarini
to‘liq oldini olish mumkin bo‘lmasa ham, ko‘p bosqichli himoya tizimini joriy etish muhimdir.
Bu tizimga trafikni filtrlash, so‘rovlarni cheklash, WAF tizimlaridan foydalanish, va bulutli
xavfsizlik xizmatlaridan foydalanishni o‘z ichiga olishi kerak.

Tizim va tarmoqni doimiy ravishda monitoring qilish DDoS hujumlarini tezda aniqlash

va ularni bartaraf etishda yordam beradi. Hujumlarni dastlabki bosqichlarda aniqlash va


background image

`

141

to‘xtatish uchun zamonaviy monitoring vositalaridan foydalanish zarur. Tarmoq va serverlar
resurslarining ortiqcha yuklanishini oldini olish uchun load balancing (yukni taqsimlash)
texnologiyalarini joriy qilish tavsiya etiladi. Bu, tarmoqdagi talablarni bir nechta serverga
taqsimlash orqali tizimning barqarorligini saqlashga yordam beradi.DDoS hujumlariga qarshi
kurashishda tizim administratorlari va xavfsizlik mutaxassislari doimiy ravishda
treninglardan o‘tkazilishi kerak. Ular hujumlarni tezda aniqlash, bartaraf etish va zararni
kamaytirish bo‘yicha aniq protokollarga ega bo‘lishlari zarur.

Bulutli xavfsizlik xizmatlari va scrubbing markazlaridan foydalanish DDoS hujumlarini

samarali bartaraf etish uchun yaxshi yechimdir. Bu xizmatlar tarmoqda zararli trafikni
aniqlab, tozalab, faqat haqiqiy foydalanuvchi so‘rovlarini serverga yuborish imkonini
beradi.Hujumlardan keyin tahlil qilish va ularni o‘rganish, kelajakdagi hujumlarga qarshi
yangi himoya choralarini ishlab chiqish uchun muhimdir. Har bir DDoS hujumi va uning
samarasini o‘rganish, tashkilotlarga yangi xavfsizlik strategiyalarini yaratishda yordam
beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Кодиров, Ф. Э., and О. Д. Дониёров. "ЭФФЕКТИВНЫЕ МОДЕЛИ РАЗВИТИЯ

МЕДИЦИНСКОГО ОБСЛУЖИВАНИЯ НАСЕЛЕНИЯ КАШАКАДЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ."
Символ науки 7-2 (2022): 15-17.
2.

Zoxidov, J. B., F. E. Qodirov, and I. J. Bozorova. "QUARTUS II PROJECT CONCEPT AND ITS

OPPORTUNITIES AND PROBLEMS." АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ТЕХНИЧЕСКОГО И
ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ. 2019.
3.

Uzakov, Gulom, et al. "Simulation of a tubular pyrolysis reactor using comsol

multiphysics software." International Scientific and Practical Conference Digital and
Information Technologies in Economics and Management. Cham: Springer Nature
Switzerland, 2023.
4.

Қодиров, Ф. "ҲУДУДЛАРДА ТИББИЙ ХИЗМАТЛАРНИ ДАСТУРИЙ ПАКЕТЛАР

ЁРДАМИДА ЭЛЕКТРОН ТИББИЙ БАЗАСИНИ ЯРАТИШ." O’zbekiston Respublikasi Oliy Va
o’rta Maxsus ta’lim Vazirligi Namangan Muhandislik-Qurilish Instituti (2022).
5.

Qodirov, F. E., O. D. Doniyorov, and H. Shokirov Sh. "Basic concepts of information

security in information systems. Wide threats and their consequences." концепции
устойчивого развития науки в современных условиях (2021): 153-155.
6.

Bozorova, Irina Jumanazarovna, and Dilfuzaxon Mamasharipovna Karayeva. "Modern

programming technologies and their role." интеллектуальный капитал xxi века. 2020.
7.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda har bir

hududning о ‘ziga xos xususiyatlari." Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting
4.09 (2024): 178-183.
8.

Qodirov, Farrux, and Muxlisa Mavlonova. "O’ZBEKISTONDA ZIYORATGOH VA

QADAMJOLAR, TURIZM XIZMATLARINI JADAL RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI." YANGI
O‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).
9.

Qodirov, F., N. Sirojev, and S. Negmatova. "FEATURES OF THE ANDROID STUDIO

SOFTWARE PACKAGE." Академические исследования в современной науке 2.17 (2023):


background image

`

142

130-146.
10.

Қодиров, Ф. Э., et al. "ДЛЯ ПРОВЕРКИ МОДЕЛЕЙ АДЕКВАТНОСТИ,

ЧУВСТВИТЕЛЬНОСТЬ И СОПРОТИВЛЕНИЯ." ИНТЕГРАЦИЯ НАУКИ, ОБЩЕСТВА,
ПРОИЗВОДСТВА И ПРОМЫШЛЕННОСТИ. 2019.11. Qodirov, F. E., D. A. Akbarova, and S. H.
Shokirov. "SOFTWARE FOR WORKING WITH COMPUTER GRAPHICS AND THEIR TASKS.
APPLICATION OF DIGITAL IMAGE PROCESSING FIELDS." (2021): 57-58.
11.

Jumanazarovna, Bozorova Irina, and Кodirov Farruh Ergash O'G'Li. "Principle of

electrocardiographic work and its role in modern medicine." Вопросы науки и образования
15 (99) (2020): 31-36.
12.

Kodirov, F. E., and J. E. Nematov. "BASIC TECHNOLOGY AND SERVICE

MANAGEMENTMULTISERVICE NETWORKS." Инновации в технологиях и образовании: сб.
ст. участников XII Между (2019): 214.
13.

Қодиров, Ф. Э., and Ж. Э. Нематов. "РАЗВИТИЕ ЛОКАЛЬНОЙ СЕТИ НА ОСНОВЕ

ТЕХНОЛОГИИ GPON." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII
Между (2019): 288.
14.

Кодиров, Ф. Э., and М. У. Маматмурадова. "РАЗРАБОТКА ЦИФРОВОЙ ПРОГРАММЫ

ШИФРОВАНИЯ И ВНЕДРЕНИЕ В ПРАКТИКУ." Инновации в технологиях и образовании:
сб. ст. участников XII Между (2019): 275.
15.

Абдирасулов, Ж. У., and Ф. Э. Кодиров. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ANGULAR JS ДЛЯ

СОЗДАНИЯ

ДИНАМИЧЕСКИХ

ВЕБ-САЙТОВ

И

ОПТИМИЗАЦИИ

ИХ

ПРОИЗВОДИТЕЛЬНОСТИ." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников
XII Между (2019): 228.
16.

Qodirov, F. E., J. B. Zohidov, and H. I. Karamatova. "ADVANTAGES OF PROGRAMMING

LANGUAGES JAVASCRIPT, JAVA AND PYTHON." МОДЕЛИРОВАНИЕ И АНАЛИЗ СЛОЖНЫХ
ТЕХНИЧЕСКИХ И ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ СИСТЕМ. 2019.
17.

Qodirov, F. E., J. U. Abdirasulov, and J. E. Nematov. "FORMING GOVERNMENT AGENCY

WEBSITES WITH WORDPRESS CONTENT MANAGEMENT SYSTEM." Инновации в
технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 219.
18.

Турдиев, У. К., and Ф. Э. Кодиров. "Задача Коши Для Одномерной Системы

Уравнений Типа Бюргерса Возникающей В Двухскоростной Гидродинамике."
Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XI Между (2018): 349.
19.

Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical

services through econometric modeling and forecasting options." academy. uz/index. php/yo.

Библиографические ссылки

Кодиров, Ф. Э., and О. Д. Дониёров. "ЭФФЕКТИВНЫЕ МОДЕЛИ РАЗВИТИЯ МЕДИЦИНСКОГО ОБСЛУЖИВАНИЯ НАСЕЛЕНИЯ КАШАКАДЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ." Символ науки 7-2 (2022): 15-17.

Zoxidov, J. B., F. E. Qodirov, and I. J. Bozorova. "QUARTUS II PROJECT CONCEPT AND ITS OPPORTUNITIES AND PROBLEMS." АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ТЕХНИЧЕСКОГО И ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ. 2019.

Uzakov, Gulom, et al. "Simulation of a tubular pyrolysis reactor using comsol multiphysics software." International Scientific and Practical Conference Digital and Information Technologies in Economics and Management. Cham: Springer Nature Switzerland, 2023.

Қодиров, Ф. "ҲУДУДЛАРДА ТИББИЙ ХИЗМАТЛАРНИ ДАСТУРИЙ ПАКЕТЛАР ЁРДАМИДА ЭЛЕКТРОН ТИББИЙ БАЗАСИНИ ЯРАТИШ." O’zbekiston Respublikasi Oliy Va o’rta Maxsus ta’lim Vazirligi Namangan Muhandislik-Qurilish Instituti (2022).

Qodirov, F. E., O. D. Doniyorov, and H. Shokirov Sh. "Basic concepts of information security in information systems. Wide threats and their consequences." концепции устойчивого развития науки в современных условиях (2021): 153-155.

Bozorova, Irina Jumanazarovna, and Dilfuzaxon Mamasharipovna Karayeva. "Modern programming technologies and their role." интеллектуальный капитал xxi века. 2020.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda har bir hududning о ‘ziga xos xususiyatlari." Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting 4.09 (2024): 178-183.

Qodirov, Farrux, and Muxlisa Mavlonova. "O’ZBEKISTONDA ZIYORATGOH VA QADAMJOLAR, TURIZM XIZMATLARINI JADAL RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI." YANGI O‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).

Qodirov, F., N. Sirojev, and S. Negmatova. "FEATURES OF THE ANDROID STUDIO SOFTWARE PACKAGE." Академические исследования в современной науке 2.17 (2023): 130-146.

Қодиров, Ф. Э., et al. "ДЛЯ ПРОВЕРКИ МОДЕЛЕЙ АДЕКВАТНОСТИ, ЧУВСТВИТЕЛЬНОСТЬ И СОПРОТИВЛЕНИЯ." ИНТЕГРАЦИЯ НАУКИ, ОБЩЕСТВА, ПРОИЗВОДСТВА И ПРОМЫШЛЕННОСТИ. 2019.11. Qodirov, F. E., D. A. Akbarova, and S. H. Shokirov. "SOFTWARE FOR WORKING WITH COMPUTER GRAPHICS AND THEIR TASKS. APPLICATION OF DIGITAL IMAGE PROCESSING FIELDS." (2021): 57-58.

Jumanazarovna, Bozorova Irina, and Кodirov Farruh Ergash O'G'Li. "Principle of electrocardiographic work and its role in modern medicine." Вопросы науки и образования 15 (99) (2020): 31-36.

Kodirov, F. E., and J. E. Nematov. "BASIC TECHNOLOGY AND SERVICE MANAGEMENTMULTISERVICE NETWORKS." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 214.

Қодиров, Ф. Э., and Ж. Э. Нематов. "РАЗВИТИЕ ЛОКАЛЬНОЙ СЕТИ НА ОСНОВЕ ТЕХНОЛОГИИ GPON." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 288.

Кодиров, Ф. Э., and М. У. Маматмурадова. "РАЗРАБОТКА ЦИФРОВОЙ ПРОГРАММЫ ШИФРОВАНИЯ И ВНЕДРЕНИЕ В ПРАКТИКУ." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 275.

Абдирасулов, Ж. У., and Ф. Э. Кодиров. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ANGULAR JS ДЛЯ СОЗДАНИЯ ДИНАМИЧЕСКИХ ВЕБ-САЙТОВ И ОПТИМИЗАЦИИ ИХ ПРОИЗВОДИТЕЛЬНОСТИ." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 228.

Qodirov, F. E., J. B. Zohidov, and H. I. Karamatova. "ADVANTAGES OF PROGRAMMING LANGUAGES JAVASCRIPT, JAVA AND PYTHON." МОДЕЛИРОВАНИЕ И АНАЛИЗ СЛОЖНЫХ ТЕХНИЧЕСКИХ И ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ СИСТЕМ. 2019.

Qodirov, F. E., J. U. Abdirasulov, and J. E. Nematov. "FORMING GOVERNMENT AGENCY WEBSITES WITH WORDPRESS CONTENT MANAGEMENT SYSTEM." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 219.

Турдиев, У. К., and Ф. Э. Кодиров. "Задача Коши Для Одномерной Системы Уравнений Типа Бюргерса Возникающей В Двухскоростной Гидродинамике." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XI Между (2018): 349.

Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical services through econometric modeling and forecasting options." academy. uz/index. php/yo.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Farrux Qodirov , Gulsanam Ochilova , INTERNET TARMOGʻINING ISHLASH TAMOYILLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 5 (2025)

Farrux Qodirov , Sevinch Neʼmatova , MOBIL ILOVALAR ISHLAB CHIQISHNING ASOSLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 6 (2025)

Farrux Qodirov, Zuhriddin Mardonov , BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI VA UNING QO’LLANILISHI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 6 (2025)

Farrux Qodirov , Mashxura Sa’dullayeva , MOBIL ALOQA TARMOQLARI: 2G, 3G, 4G, VA 5G , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 5 (2025)

Farrux Qodirov , Dilmurod Abdullayev, Sevinch Negmatova , ELEKTRON TIJORAT (E-COMMERCE) , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 5 (2025)

Farrux Qodirov , Zuhriddin Mardonov , FIREWALL VA IDS/IPS TIZIMLARI: HIMOYA VA VOSITALARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 5 (2025)

Farrux Qodirov , Ozoda Maxsadova , KOMPYUTER GRAFIKASI VA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 6 (2025)

Farrux Qodirov, Kamola Ne’matova , TARMOQ USKUNULARI: ROUTER, SWITCH VA ACCESS POINT , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 5 (2025)

Farrux Qodirov , Sabrina Turayeva , AQLLI SHAHAR (SMART CITY) TIZIMLARI ORQALI EKOLOGIK MONITORING VA RESURSLARNI TEJASH , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 7 (2025)

Farrux Qodirov, Yayra Musurmanova, BUYUMLАR INTЕRNЕTI (INTERNET OF THINGS-IOT) TUSHUNCHАSI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 5 (2025)

1 2 3 4 > >>