`
6
GEL TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Turayeva Sadoqat Solijon qizi
Samarqand shahar Zarmed Universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15174566
Annotatsiya.
Hozirgi kunda gellar nafaqat dermatologiya balki proktologiya, jarrohlik,
oftalmologiya, ginekologiya, ortopediya, kosmetalogiya amaliyotida hamda boshqa tibbiyot
sohalarida keng ko’lamda qo’llanilayotganligi alohida ahamiyatga ega.
Kalit so’zlar.
Kapsaitsin, gel, yallig’lanishga qarshi, og’riq qoldiruvchi, tarkib, quruq
ekstrakt.
Kirish.
Gellar ko’pincha jarohat, yallig’lanish jarayonlarida, degenrativ va tizimli
kasalliklarni davolashda qo’llaniladi. Gel dori turi bir qator afzalliklarga ega bo’lib, mahalliy va
rezorbtiv ta’sir qilishi hisobiga infektsion yaralar, kuyish, turli etiologiyaga ega dermatitlar,
sovuq urishi, teri kuyishi, bo’g’im og’riqlari kasalliklarini davolashda boshqa turdagi yumshoq
dori turlari bilan raqobatlasha oladi [1].
Gellarning tarkibiga turli xil substansiyalarni kiritish mumkinligi, boshqa dori turlariga
nisbatan qo’llashning qulay va bezararligi katta ahamiyat kasb etadi.
Gellarda yuqori terapevtik samaradorlikka erishish maqsadida nafaqat dorivor
moddalarni konsentratsiyasini oshirish balki optimal tarkib va dorivor moddalarni to’g’ri
kombinatsiyalash muhim hisoblanadi [2].
Tadqiqotning materiallari va usullari.
Tadqiqotlar “Shimadzu” markasi “LC-20
Prominence” modelining diod-matrisa detektori bilan jihozlangan YuSSX usulida olib borildi.
Tekshiriluvchi eritmani tayyorlash: 0,025 g (aniq tortim) tekshiriluvchi eritma namunasi
olinib, 25 ml hajmli o’lchov kolbasiga o’tkaziladi. So’ngra 15 ml 90% li spirtda eritildi. UT-
hammomida ishlov berildi, so’ngra kolbaning belgisigacha etil spirti qo’shib aralashtirildi.
Namuna 0,45 mkm li membranali filtrdan o’tkazildi.
Natija:
Qizil qalampir quruq ekstrakti yallig’lanishga qarshi va og’riq qoldiruvchi ta’siri
tufayli hozirgi kunda keng tarqalgan revmatoidli artrit, osteoartrit va boshqa shunga o’xshash
kasalliklarda qo’llaniladigan dori turlarini yaratish uchun istiqbolli xomashyo hisoblanadi. Qizil
qalampir o’simligining asosiy ta’sir etuvchi moddalari kapsaitsin, nordigidrokapsaitsin,
digidrokapsaitsin bo’lib, ular yallig’lanishli neytrofillarni faoliyatini ingibirlab, shu bilan birga
bo’g’imlardagi yallig’lanishni kamaytiradi [3].
Dastlab gel dori turi uchun turli asoslardan tarkiblar tanlandi. Qizil qalampir asosida
yumshoq dori turi yaratishda 5 xil turdagi asoslardan foydalanildi. Surtma namunalarining
tarkibi 1-jadvalda keltirildi.
1-jadval
Turli asoslardagi surtma namunalarining tarkibi va ularning miqdori
Tarkib№g.
Asoslar
№1 tarkib
(Vazelin-
lanolin)
№2
tarkib(MS-
3% li)
№3 tarkib
(PEO 400,
1500)
№4 tarkib
(karbomer
940-1,5%
li)
№5 tarkib
(Aerosil-
8% li)
Qizil qalampir
quruq ekstrakti
3,0
3,0
3,0
3,0
3,0
Karbomer 940
-
-
-
1,5
-
`
7
0,1 n NaOH
eritmasi
-
-
-
3-4 tomchi
-
Vazelin
55,0
-
-
-
-
Lanolin
35,0
-
-
-
-
PEO 400
-
-
45,0
-
-
PEO 1500
-
-
30,0
-
-
Glitserin
5,0
19,0
20,0
10
-
MS
-
6,0
-
-
-
Aerosil
-
-
-
-
8
Nipagin
-
0,1
-
0,1
0,1
Nipazol
0,1
-
-
-
-
Tozalangan suv 100 gacha
100 gacha
100 gacha
100 gacha
100 gacha
Quyida keltirilgan namunaviy tarkiblar: surtma, gel hosil qilish uchun asoslarning fizik-
kimyoviy xossalarini inobatga olgan holda tegishli usullarda tayyorlandi [4].
So’ngra konservantlar qo’shilib tayyor asosga qizil qalampir quruq ekstrakti kiritildi.
Emulgator qo’shilib bir xil massa hosil bo’lguncha yaxshilab aralashtirildi.
Tarkib №1.
Chinni kosachada aniq tortib olingan 60 g vazelinga (37-50
0
C) 40 g lanolin
(36-42
0
C) qo’shilib suv hammomida eritib olindi. 3 g qizil qalampir quruq ekstraktiga oz-ozdan
asos qo’shilib havoncha dastasi bilan to’liq eriguncha aralashtirildi. So’ngra konservant suvning
minimal miqdorida eritilib qo’shildi va bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtirildi.
Tarkib №2
. 3% li metilsellyulozali asos tayyorlash uchun 6 g MS ga 70 ml tozalangan suv
solinib bo’ktirishga qoldirildi. Belgilangan vaqtdan so’ng surtmani qurib qolishdan saqlash
maqsadida 19 g glitserin solib aralashtirildi. Ekstraktlar oz-ozdan asos bilan aralashtirib
surtmaga kiritildi. So’ngra konservant suvning minimal miqdorida eritilib qo’shildi va bir xil
massa hosil bo’lguncha aralashtirildi.
Tarkib №3
. Polietilenglikol 400 va polietilenglikol 1500 45:30 nisbatda tayyorlandi.
Bunda suv hammomida 70
0
C haroratda eritib olingan polietilenglikol 1500 ga polietilenglikol
400 solinib bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtirildi. Havonchada 3 gr qizil qalampir
ekstrakti 20 g glitserin bilan havoncha dastasi yordamida to’liq eriguncha aralashtirildi. So’ngra
polietilenglikolli massa oz-ozdan qo’shilib aralashtirildi. Ma’lumki polietilenglikol
mikroorganizmlar rivojlanishi uchun sharoit tug’dirmaydi. Tarkibiga plassifikator sifatida
qo’shilgan glitserinning ham konservant xususiyatini inobatga olgan holda konservant
qo’shishga zaruruyat tug’ilmadi.
Tarkib №4.
O’lchab olingan 8 g aerosilga 87 ml suv solinib bo’ktirishga qoldirildi. Qizil
qalampir quruq ekstrakti glitserinda eritilib aralashtirildi. Ustiga tayyor 8 % li aerosilli
eritmadan oz-ozdan solinib aralashtirildi. Qizil qalampir quruq ekstrakti yuqorida
keltirilganidek Deryagin usulida asosga kiritildi. Konservant qo’shilib bir xil massa hosil
bo’lguncha aralashtirildi.
Tarkib №5.
Karbomer 940 asosida 3% li gel olish uchun, 1,5 gr karbomer o'lchab olingan
suv yordamida hovonchada soat strelkasi bo'ylab aylantirildi. Karbomer 940 ning turg’unligini
ta’minlash maqsadida 0,1 n li 3-4 tomchi ishqor eritmasi bilan neytrallandi. 3 gr o’lchab olingan
qizil qalampir quruq ekstraktiga tayyor gel asosidan oz-ozdan qo’shib, bir xil massa hosil
`
8
bo’lguncha aralashtirildi. Gelni moysimon holatini ta’minlash maqsadida 10 g glitserindan
qo’shildi. Turg’unligini ta’minlash maqsadida konservantdan 0,01 g nipagin qo’shildi.
Tayyorlangan surtmalar burama qopqoqli og’zi keng idishlarga qadoqlanib, salqin joyda
48 soat davomida saqlandi.
Tashqi ko’rinishi.
Qizil rangli, achishtiruvchi hidga ega bo’lgan surtma.
Bir xilligi.
0,2-0,3 g dan 5 ta namuna buyum oynachasining ikki chetiga 2 tadan surtildi.
Ustiga qoplagich oyna yotqizilib, diametri 2 sm li aylana hosil qilguncha bosildi. Qurollanmagan
oddiy ko’z bilan 30 sm uzoqlikda ko’rilganda, ko’zga ko’ringan zarrachalar aniqlandi. Agar 4 ta
namunadan 1 tasida ko’zga ko’ringan zarrachalar borligi aniqlansa ham tajriba takroran 8 ta
namunada olib boriladi.
Kolloid turg’unligini aniqlash
sentrifugalash orqali amalga oshiriladi. Namunalar
solingan probirkalarda sentrifugalashdan so’ng qatlamlarga ajralish kuzatilmasa kolloid
turg’un hisoblanadi. Hatto bitta namunada cho’kma yoki qatlamlarga ajralish kuzatilsa tajriba
yana bir bor yangi namunalarda takrorlanadi. Namunalar 5 g dan tortib olindi, SUM-1 markali
sentrifugada 1500ayl/daq. 5 daqiqa sentrifugalanganda, 1,2 tarkiblarda qavatlarga ajralish
kuzatilmadi.
pH ni aniqlash
potensiometrik usul va pH indikator qog’ozlar orqali aniqlandi. Agar
yumshoq dori turlari kislotali (pH 4,5 dan kam) yoki ishqoriy (pH 8,5 dan ko’p) muhitga ega
bo’lsa teriga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Surtmaning pH ko’rsatkichi DF ning XI nashri, 113 sahifasida keltirilgan potensiometrik
usulda aniqlandi. Bunda 5 g surtma yoki 50 ml gel 50-60
0
C haroratdagi tozalangan suv bilan
aralashtirildi. Yaxshilab aralashtirilgan eritma ikki marotaba filtrdan (qog’oz filtr TU 6-09-
1678-86) o’tkazildi. Tajribalar Germaniyaning “Metler Toledo” markali pH metrida olib borildi.
Olingan natijalar 2-jadvalda keltirildi.
2-jadval. Turli asoslarda olingan gellarning sifat ko’rsatkichlari natijalari
O’rganilgan
ko’rsatkichlar
MH
talabi
Tarkiblar
№1
№2
№3
№4
№5
Tashqi
ko’rinishi
Qizil rangli, o’tkir
achishtiruvchi hidli
Mos
keldi
Mos
keldi
Mos
keldi
Mos
keldi
Mos
keldi
Bir
xilligi
3-4 namunalarda
ko’zga ko’rinadigan
zarrachalari
bo’lmasligi kerak
Bir xil
Bir xil
Bir xil
Bir xil
Bir xil
Kolloid
turg’unligi
5 daqiqa,
1500
ayl\daq.
sentrifugalan-
ganda qavatlarga
ajralmasligi kerak
Turg’un
emas
Turg’un
emas
Turg’un
Turg’un Turg’un
Termik
turg’unligi
Termostatda
40-45
0
C
Qatlamlar
ga ajraldi
Qatlamlar
ga ajraldi
Qatlamlar
ga ajraldi
Qatlam-
larga
Qatlam-
larga
`
9
haroratga
7kunga qo’yilganda
qavatlarga
ajralmasligi
kerak
ajralma-
di
ajralma-
di
pH
6,2
6,7
6,56
6,9
7
Xulosa.
Tadqiqotlar natijalariga ko’ra qizil qalampir ekstraktidan tayyorlangan gelning
ilmiy asoslangan tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra 100,0 gr gel uchun: qizil
qalampir quruq ekstrakti 3 gr, karbomer 940 1,5 gr, glitserin 10gr, nipagin 0,01 gr, suv 85,5 ml
miqdorda bo’lishi belgilandi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Аравийская Е.Р., Соколовский Е.В., Руководство по дерматокосметалогии. В 2-х тома
–М. Медицина, 2008-С 36.
2.
Афанасьема Ю. Г., Сысоева Т.В., Кильдяров Ф Х Разработка состава мазей для
применения в дерматологии и их ииследование\\ Медицинский вестник
Башкортостана, Том 7 ,№4 2012.-С 48-51.
3.
Алексеева И.В., Олешко Л.Н., Малково Т.А., Панцуркин В.И разработка состава и
технологии мази для лечения II фазы ранего процесса
–Москва. 2004. -№1 –
С. 34-37.
4.
Назарова З.А Современное состояние и перспективы развития мягких
лекарственных средств для местного применения\\ Фармацевтический журнал. –
Ташкент. 2007 -№4. С. 78-81.