`
149
MEXANIKA KURSINI OʻQITISHDA OʻYIN-TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Oʻrinboyeva Kumushoy Sultonbek qizi
Andijon Davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlar. Fizika va texnologik taʼlim kafedrasi oʻqituvchisi
Abduqaxxorova Saboxat Xalimjon qizi
Axunova Marvaroy Abduqaxxor qizi
Qo’chqarova Mashxuraxon Erkinboy qizi
Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti Fizika va astronomiya yoʻnalishi
202-guruh talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.15245028
Annotasiya:
Mazkur maqolada mexanika kursini o‘qitishda o‘yin texnologiyalaridan
foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari, ularning samaradorligi, talabalarda fan bo‘yicha chuqur
bilim hosil qilish, mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi
o‘rni yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’limda gamifikatsiya (o‘yinlashtirish)
texnologiyalarining o‘rni, ularni tatbiq etish usullari va xorijiy tajribalardan namunalar ko‘rib
chiqilgan.
Kalit soʻzlar.
Mexanika, fizika taʼlimi, oʻyin texnologiyalari, interaktiv metodlar,
motivatsiya, innovatsion yondashuv.
Annotation:
This article discusses the scientific and theoretical foundations of the use of
game technologies in teaching mechanics, their effectiveness, and their role in developing
students' in-depth knowledge of the subject, independent thinking, and problem-solving skills.
It also examines the role of gamification technologies in modern education, methods of their
implementation, and examples from foreign experience.
Keywords:
Mechanics, physics education, game technologies, interactive methods,
motivation, innovative approach.
Aннотация:
В статье рассматриваются научно-теоретические основы
использования игровых технологий в обучении механике, их эффективность и роль в
формировании у учащихся глубоких знаний по предмету, самостоятельности мышления
и навыков решения проблем. Также были рассмотрены роль игровых технологий в
современном образовании, методы их внедрения и примеры из зарубежного опыта.
Ключевые слова.
Механика, физическое образование, игровые технологии,
интерактивные методы, мотивация, инновационный подход.
Kirish.
So‘nggi yillarda ta’lim tizimida yuz berayotgan islohotlar zamonaviy va
innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etishni talab qilmoqda. Ayniqsa,
an’anaviy yondashuvlar bilan tushuntirilishi qiyin bo‘lgan tabiiy fanlar, jumladan, fizika
fanining asosiy bo‘limi bo‘lmish mexanika kursini o‘qitishda o‘yin texnologiyalaridan
foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Bu texnologiyalar o‘quvchilarda darsga nisbatan
qiziqish uyg‘otish, mavzuni amaliy jihatdan tushunish va o‘zlashtirish darajasini oshirishda
muhim rol o‘ynaydi. O‘yin texnologiyalari — bu ta’limiy jarayonda o‘yin elementlari va
metodlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarni faol o‘rganishga jalb etuvchi pedagogik vosita
hisoblanadi. Ular orqali murakkab tushunchalar oddiy, tushunarli va ko‘rgazmali tarzda
tushuntiriladi. Mexanika kursida Nyuton qonunlari, kinetik va potensial energiya, impuls, ish
`
150
va quvvat kabi mavzular ko‘pincha o‘quvchilarga nazariy jihatdan murakkab tuyuladi. Shu bois,
bu tushunchalarni oddiy eksperimentlar, virtual laboratoriyalar yoki guruhiy o‘yinlar orqali
o‘rgatish yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. O’yin texnologiyalarini afzalliklari: Faollikni
oshiradi:O’quvchi darsda bevosita ishtirok etadi, passiv tomoshabinga aylanmaydi. Yodda
saqlashni kuchaytiradi: Tajriba orqali o’rganilgan bilim uzoq saqlanadi. Ijodgorlikni
rivojlantiradi:Erkin fikrlash va yangi yechimlar taklif qilish imkonini beradi. Ijodkorlikni
rivojlantiradi: Erkin fiklash va yangi yechimlar taklif qilish imkonini beradi. Raqobat ruhini
uyg’otadi: Sog’lom raqobat orqali o’z ustida ishlashga undaydi. O‘yin texnologiyalarining
mexanika kursiga tatbiqi. Mexanika kursini o‘qitishda quyidagi turdagi o‘yin texnologiyalaridan
foydalanish mumkin:
Simulyatsion o‘yinlar: masalan, harakatdagi jismlar modelini yaratish orqali kuch, tezlik
va tezlanish tushunchalarini ko‘rgazmali o‘rganish.
Konstruktiv o‘yinlar: oddiy mexanik qurilmalarni yasash (masalan, bloklar, moment
tayoqchalari) orqali kuchlarning ta’sirini o‘rganish.
Rolli o‘yinlar: Nyuton, Galiley kabi olimlar nomidan chiqish qilish, ularning kashfiyotlarini
o‘zlashtirish orqali tarixiy va ilmiy tafakkurni shakllantirish.
Kviz va viktorinalar: o‘tilgan mavzular bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash uchun.
O‘zbekiston tajribasidan:
2023-yilda Toshkent davlat texnika universitetida olib borilgan tajribada, "Materiallar
qarshiligi" fanida o‘yin texnologiyalari asosida darslar tashkil qilindi.
Natijada: O‘quvchilarning fan bo‘yicha test natijalari o‘rtacha 18% ga oshdi; 83% talaba
bu metod o‘zlarida qiziqishni kuchaytirganini bildirdi;
76% talaba amaliy topshiriqlarni bajarish osonroq bo‘lganini aytdi. Xalqaro tajriba:
MIT (AQSh): Mexanika kurslari uchun maxsus simulyatsion platformalar yaratilgan.
Singapore Polytechnic: Muhandislik yo‘nalishida gamifikatsiya elementlari yordamida
dars o‘tkazilishi talabalar orasida 90% qatnashuvni ta’minlagan.
Xulosa
Mexanika kursini o‘qitishda o‘yin texnologiyalaridan foydalanish nafaqat darsni qiziqarli
qiladi, balki o‘quvchilarning mavzuni ongli ravishda o‘zlashtirishiga zamin yaratadi. Ta’limda
innovatsion yondashuvlarni qo‘llash orqali o‘quvchilar faolligi va mustaqil o‘rganishga intilishi
kuchayadi. Shu boisdan, fizika o‘qituvchilari zamonaviy metodik vositalarni, jumladan o‘yin
texnologiyalarini dars jarayoniga keng tatbiq etishlari zarur.
Takliflar:
Mexanika kurslariga mos oʻyinli dasturlar va ilovalar ishlab chiqish
Oʻqituvchilar uchun oʻyin texnologiyalari boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil qilish
Darslik va oʻquv qoʻllanmalarni interaktiv shaklda yaratish.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mavlonov R.X. — “Zamonaviy fizika ta’limida innovatsion yondashuvlar”. Samarqand,
2019.
`
151
2.
Shodmonov U. — “Fizika o‘qitish metodikasi”. Toshkent, 2021.
3.
Jonboboyev N. — “O‘yin texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari”.