`
29
ERKIN SAMANDARNING “DARYOSINI YO‘QOTGAN QIRG‘OQ” ROMANIDA
KOMPOZITSIYASIDA INSON VA TABIAT SINTEZI
Xajiboyev Kishin Alisher o‘g‘li
Urganch innovatsion universiteti “O‘zbek va xorijiy filologiya”
kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15362564
Annotatsiya.
Maqolada Erkin Samandarning “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romaniga
asoslanib, inson va tabiat sintezi haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, “Daryosini yo‘qotgan
qirg‘oq” romani kompozitsiyasida inson va tabiat sintezi bir-biri bilan hamohang, birlikda
katta mantiqan kuchli mavzuni tashkil etilganligi. . Erkin Samandar ijodida inson va tabiat
munosabatlari muammosining badiiy talqini yetakchi xususiyatni tashkil etilishi, inson va
tabiat muammosi milliy ma’naviyat, milliy axloq doirasida yangicha rakursda o‘rganilishi
to‘risida munosabat bildirilgan.
Kalit so‘zlar:
Amudaryo, Meliqush, G‘irkovuk, sintez, Ganja.
Erkin Samandar XX asr o‘zbek adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan taniqli
shoir va yozuvchidir. U yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan betakror lirikasi va nasri ila
o‘zbek xalqi ma’naviyatining rivoji uchun ko‘p xizmat qildi. E.Samandar Ch, Aytmatov,
J.London, E.Xeminguey, S.Tompson kabi jahonning mashhur yozuvchilari va Sh.Xolmirzayev,
T.Murod, A.Muxtordek o‘zbek ijodkorlari qatorida tabiat mavzusida takrorlanmas asarlar
yaratdiki, bu yozuvchi ijodining alohida bo‘rtib ko‘rinib turuvchi bir qirrasidir. XX asr o‘zbek
nasrining 60-70 yillardan keyingi taraqqiyotini bu o‘ziga xos yozuvchi ijodisiz tasavvur qilish
qiyin.
Yozuvchi ijodida tasvir prinsiplarining shakllanishi, o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi,
avvalo, adabiyotga olib kirilgan hayot materialining mazmundorligi, rang-barangligi,
takrorlanmasligi bilan bog‘liqdir. Erkin Samandar adabiyotga Xorazm koloritini - o‘zi tug‘ilib
o‘sgan Xiva va u yerdagi Amudaryo va Polvonyop kanali suvlarining manzaralarini,
xorazmliklar hayotini, udumlarini, betakror so‘zlash tarzini - dialektini olib kirdi. Bu xususiyat
ko‘proq yozuvchining milliy - mahalliy koloritga boy bo‘lgan “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq”
romanida ko‘zga tashlanadi. Adib ijodining, xususan, romanning o‘ziga xosligi, betakrorligi
ham mana shu sabablardan kelib chiqqan.
Mavzuiy turfa rang-baranglik asarning naqadar qimmatli ekanligini bildirib turadi.
Erkin Samandar ijodini o‘rganish davomida shu narsaga guvoh bo‘lamizki, uning badiiyati
mavzuiy rang-baranglikka intiladi va eng birlamchi o‘rinni tarixiylik nuqtayi nazaridan
yaratilgan asarlari egallaydi. Uning ana shu mavzu, ya’ni tarixiylik aks etgan asarlaridan biri
mazkur romandir. Roman tarixda bo‘lib o‘tgan voqealar asosiga qurilgan. Roman haqida:
“Sochma asarlari qatorida “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” nomi bilan o‘rin olgan romani ham
o‘zida o‘quvchini qiziqtiradigan, inson va shaxs masalasi haqida o‘ylashga majbur etadigan,
shuningdek, tabiat - inson munosabati, sadoqat - xiyonat, fidoyilik va xudbinlik
tushunchalarining mohiyatini chuqurroq anglashga yo‘l ochadigan asardir. Mazkur roman
voqealari bevosita tabiat bilan bog‘liq bo‘lgani bois yozuvchi asar mazmunini ochib berishda;
`
30
obrazlar, timsollar holatini yaratishda ko‘pgina badiiy tasvir vositalariga murojaat etadi”
1
, -
deydi yosh tadqiqotchi Hulkaroy Sharipova. Bu so‘zlardan “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq”
romani inson va tabiat munosabatlarini haqqoniy yoritib bergan roman sifatida yosh
kitobxonlar ko‘nglidan ham joy olgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
E.Samandar global muammoga aylangan inson va tabiat muammosini yangi rakursda
yaratishga intildi. Bu bejiz emas, chunki bolaligi aynan tabiat qo‘ynida o‘tgan yozuvchi qalbiga
bu mavzu juda yaqin edi. Romanda adib inson va daryo, hayvonot dunyosi, o‘simliklar
olamining bir-biriga uzviy bog‘liqligi, ularning ayri yashay olmasligi, birining ikkinchisiga
ta’sirini, tabiatning insonni tarbiyalashdagi ahamiyati va odamlarning tabiatga qilgan
yovuzliklarini ko‘rsatadi va bu bilan yozuvchi o‘z maqsadiga erishadi. Tiriklik ramzi bo‘lmish
suv, havo, tuproq, olovga nisbatan insonlar tomonidan xiyonat qilinayotgani chuqur qayg‘u
bilan ochiqlanadi. Bu to‘rt unsur hamma xilqatlar: odamzod, nabotot, jamodod, hayvonot
uchun muhim. Ularni xalq og‘zaki ijodi, mumtoz va zamonaviy asarlarda inson bilan uyg‘unligi
talqin etib kelingan. Ijodkor bugungi kunda ekologik muammoga aylangan jarayonni yoritish
maqsadida o‘z vatanida ro‘y berayotgan muammoli vaziyatlarga nigoh tashlaydi. O‘z
navbatida, asarda tabiat va uning moddiy imkoniyatlaridan - yer, suv, nabotot va hayvonot
olamidan insonlarcha foydalanishni bilmaslik, tabiatning barcha unsurlariga nisbatan
qo‘pollik bilan qilingan munosabatning zararli oqibatlarni yuzaga keltirishi muqarrarligi
qahramonlarning taqdiri, maishiy va intelektual hayoti fonida badiiy tadqiq qilinadi. Bunday
asarlarning aksariyati insoniyat ertasini, istiqbolini qayg‘urishning, ajdodlarimizdan bizga
meros bo‘lib qolgan va o‘z navbatida biz ham avlodlarga bekam-u ko‘st qoldirishimiz lozim
hisoblangan moddiy va ruhiy boyliklar manbayi - tabiat to‘g‘risida g‘amxo‘rlikning samarasi
sifatida tug‘ilganligi shubhasizdir.
O‘zbek adabiyotida tabiat va inson mavzusi alohida yoritilgan asarlar nisbatan kam
uchraydi. Shu jihatdan yozuvchi ijodida tabiat va inson tasvirining badiiy tadqiq etilishi uning
ijodining o‘ziga xos qirralari haqida ham ilmiy xulosalar berishga imkon beradi.
Muallif romanda har bir hayotiy voqelikdan ibratomuz xulosa chiqarishga undab,
jamiyatda inson faqat o‘zini emas o‘zgalar manfaatini ham o‘ylashi lozimligi, inson jamiyat va
tabiat oldidagi burchlarini unutmasligi kerakligini qattiq uqtiradi. “Sharq ijodkori xoh u
ko‘pchilik xalq bo‘lsin, xoh yakka shaxs nafaqat insoniyat hatti-harakatlari, balki hayvonot,
nabotot, jonli va jonsiz tabiat uyg‘unligida ilohiy hikmat ko‘radi. Bular kitobxonda o‘zlarida
aks etgan hayotiy haqiqatlardan saboq beradi, yakka shaxsning ma’naviy-ruhiy olami, e’tiqodi,
qiziqishlari bilan hamnafas bo‘lsa-da, o‘z shaxsiy mayllarini ko‘pchilik manfaatlaridan ustun
qo‘ya olmaydi”
2
,- deganda Shohsanam Davronova haq edi. Ushbu xususiyatllar mazkur
romanda o‘z aksini topadi.
Tabiat muammolari, tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘unligi, bu
munosabatlarnining natijalari yetakchi planda yoritilganini ta’kidlash lozim. Asarda
Amudaryo, Meliqush va G‘irkovuk kabi otlar obraz darajasiga ko‘tarilgan.
1
Sharipova H. “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romanida ijodkorning peyzaj yaratish mahorati./ “O‘zbekistonda ilmiy-
amaliy tadqiqotlar” nomli ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent: Tadqiqot, 2020. 84 b.
2
Давроновa Ш. Истиқлол даври ўзбек романларида шарқ ва а ғарб анъаналарининг бадиий синтези. Фил. фан.
док-ри....диссертация автореферати. Тошкент, 2019. 13б.
`
31
“Zamonaviy adabiyotshunoslikda epik asar qurilishini tadqiq etishda matn
kompozitsiyasi, syujet kompozitsiyasi, personajlar sistemasi, badiiy vaqt va zamon, rivoya
kompozitsiyasi, nuqtai nazar kompozitsiyasi kabi masalalar diqqat markazida turadi. Epik
asar matni
rivoya, tavsif va dialog
dan tarkib topadi, shu bois ular epik nutqning kompozitsion
shakllari sifatida e’tirof etiladi
3
. Shunday ekan biz, avvalo, romandagi inson va tabiat sintezini
ushbu kompozitsion shakllar asosida ko‘rib chiqamiz. Shu o‘rinda sintez hodisasining aniq
vazifasini yana bir eslab o‘tamiz: “Sintez termini yunoncha – synthess – qo‘shiluv, birikuv
ma’nolarini anglatuvchi so‘zdan olingan bo‘lib, u real borliqdagi moddiy holda tafakkurga xos
barcha narsalarning yagona yaxlitlikda, tugallikda voqe bo‘lishini bildiradi
4
. “Mazmunan turli
ko‘rinishdagi birliklar, narsa va hodisa, tushunchalarni umumlashtirish, uyg‘unlashtirish,
biriktirish hodisasini anglatadi”
5
. Yaxlit asarni bo‘laklarga bo‘lib tahlil qilish (analiz) uni
o‘rganishdagi eng yaxshi usuldir.
Badiiy matnda shakl va mazmun uyg‘unligi muallif niyatini teran anglatishga imkon
beradi. Mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun eng qulay tarzda uyushtirish
kompozitsiyaning zimmasidagi vazifa sanalsa, ularni bir butun, yaxlit holda ko‘rsatish
sintezning vazifasi hisoblanadi.
“Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romani badiiy nutq shakllariga ko‘ra rivoya, tavsif va
dialog, monologdan tashkil topadi. “Rivoya makon va zamonda kechgan voqealarni so‘z
vositasida aks ettirish, sodda qilib aytsak, hikoya qilishdir. Avvalo aytish kerakki, xuddi
ko‘chirma gap tarkibida avtor gapi sintaktik qurilmani yaxlitlashtiruvchi unsur bo‘lgani kabi,
rivoya ham epik asar nutq shakllarini yaxlitlashtiruvchi omildir. Ya’ni tavsif ham, dialog ham
rivoya orqali, bamisoli rivoyaga o‘rab taqdim etiladi. Agar rivoya obyekti harakat bo‘lsa, tavsif
turg‘un holatdagi narsa, joy, holat, xususiyat kabilarni o‘z ichiga oladi”
6
.
Romanning boshlanishida muallif bosh personaj Ganjaning besh yil qamoq jazosini o‘tab
yorug‘likka chiqishini qayd etadi. So‘ng voqea yuz bergan joyning umumiy manzarasi
tasvirlanadi: “
Ketida qolayotgan temir eshikni anchagacha mungli dil ko‘zi bilan ko‘rib turdi.
Qayrilib bir qaramoqchi ham bo‘ldi. Lekin qaramadi. Quyoshga yuzini tutdi. Yuziga to‘kilgan
quyosh asta-asta butun tani badaniga hovur baxsh etdi. Ko‘kdan cho‘zilgan nur barmoqlari,
bo‘ynini, yelkalarini siypadi. Kuylagining tugmalarini yechgan Ganja quyosh saxovatidan iyib
turaverdi”
7
.
Muallif bu tavsifda Ganja qamoqxonadan chiqqanida uni birinchi bo‘lib qaynoq
mehri ila kutib olgan quyosh portretini chizadi. Asar boshidanoq tabiat haqida so‘z ochadi.
Go‘yoki asarning asosiy qizmi tabiat haqida ekanligiga ishora qilgandek. Matnning keyingi
bo‘lagi rivoya shaklida: “
Ganja quyosh saxovatidan iyib turaverdi. Yoniga qamoq nazoratchisi
keldi”
. Avvalgi bo‘lakdan farqli o‘laroq, bunda harakat tasvirlanmoqda, ya’ni bu – maxbus
Ganjani kuzatayotgan nazoratchining harakati. So‘ng Ganja bilan nazoratchi suhbati
tasvirlanadi – dialog boshlanadiki, u ham o‘z navbatida tavsif, shuningdek, rivoya unsuri
bo‘lmish izoh va sharhlar – muallif remarkalari bilan almashinib turadi.
3
Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Noshir, 2019. – B. 128.
4
Imomova, G. M. O‘zbek hikoyalarida badiiy sintez shakllari va ijodkorning poetik kontseptsiyasi. Qarshi Universitet
Nashriyoti, 2021. – B.5
5
Davronova Sh. Istiqlol davri O‘zbek romanlarida sharq va g‘arb an’analarining badiiy sintezi.- Samarqand:
Samarqand Davlat universitet nashriyoti, 2019. – B.15
6
Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Noshir, 2019. – B. 129.
7
Самандаров Э. Ғайб қушлари. – Тошкент: Шарқ, 2009. – Б. 6
`
32
–
Ketging kelmayapti shekilli? Xayr og‘ayni, – dedi nazoratchi.
– Yaxshi qol.
Sirtdan qaralsa, rivoya salmog‘i tavsif va dialog salmog‘iga nisbatan juda kamdek.
Shunga qaramay, rivoya uyushtiruvchilik, tashkillovchilik maqomida turadi. Nega deganda,
hikoya qilinayotgan voqea – tabiat insonlar tomonidan muhofaza qilinishi kerakligini uqdira
olmagan, so‘ng dushmanlarining rejasi asosida qamalib, endi ishini davom ettirish uchun
otlanayotgan Ganjaga oid tafsilotlar va bu sharafli yo‘lga uni kuzatayotgan nazoratchi orasida
kechgan suhbat asardan o‘rin olmoqda. Roman uchinchi shaxs tilidan hikoya qilinadi. Shunga
ko‘ra roviy muallifning o‘zi, ya’ni roviy - muallif. Bu haqida muallif: “…
Men odamlarning
tabiatga tajovuzini va buning oqibatida yuz bergan axloqiy, ma’naviy buzilishlarni, ezgulik bilan
yovuzlik o‘rtasidagi kurashni aks ettirdim”
8
-
deydi, biroq muallif asar voqeligida ishtirok
etmaydi.
Nuqtayi nazar, asosan, roviy nigohi orqali ko‘zga tashlanadi. Ba’zi o‘rinda personaj
nigohi bilan maqsadli almashinadi. Asarda tasvirlanayotgan voqealarning kuzatuvchisi
maqomida turuvchi roviy asar boshidanoq muammoni o‘rtaga tashlaydi.
“Sohilda o‘tirgan
yigitning ko‘zlarini yana mung bosdi. U daryoga tikilib qaragandayoq yuragi orqasiga tortgan
edi. Daryo yoshini yashab bo‘lgan mushfiq onaga o‘xshab kichrayib qolgan. Ganja engashib
qo‘lini suvga tiqdi, yelkasidan chumoli yurgandek, eti jimirlashib ketdi. Hovuchida suv olib, yuz-
ko‘zini yuvdi”
9
.
Shundan so‘ng muallif nigohi Ganjadan uziladi-da, oppoq daryo tashlab ketgan
yerga bag‘rini berib yotgan eski kema tasviriga o‘tiladi:
“Kemaning shohi singan. O‘ng
biqinidan uch-to‘rt taxtasini kimdir qo‘porib olib ketgan. Tag taxtalari teshilgan. Ichida
kalamushlar in qurgan, kemtiklari ko‘p. Bechora kema, seni faqat daryo tashlab ketdimi?”
10
Bundan so‘ng o‘quvchida boshdayoq hosil qilingan bilish istagi yanada kuchayadi: Nima
uchun kemaning shohi singan? Nega uni daryo tashlab ketdi? Muallif kemani daryodan
boshqa yana kim tashlab ketganiga ishora qilyapti?
Roviy o‘zini ham ayni shu savol o‘ylatayotgandek tutadi, nigohini kemadan uzib, tevarak-
atrofga boqadi: savolga javob izlaydi go‘yo. Ya’ni roviy ham o‘quvchi kabi voqealarning
kuzatuvchisi, xolos, uning uchun ham voqealar ayni paytda yuz bermoqda. Shu bilan
birgalikda ushbu parchalarda roviy (muallif) nutqi orqali insonlar tomonidan ayanchli
ahvolga keltirilgan tabiat manzaralari aks ettiriladi. Amudaryoning qurib borayotgani, unda
suzib yuruvchi kemaning sohilda kalamush bosib, teshilib yotishi, go‘yoki tabiatning
insonlardan xafaligi, shu sabab daryo ularni tark etib ketayotganligining belgisi. Bu sekin-asta
muammoning ichiga kirib borishdir. Romanning davomida bo‘lib o‘tayotgan voqelik endi
ikkita nigoh orqali beriladi:
“
To‘y oldidan Ganja qishloq otaxoni Buvaning oldiga bordi. Choy ustida dilini yordi:
-
Kema kerak edi”.
Gapning kursiv bilan berilgan qismi roviy nigohi bilan, qolgan qismi esa personaj nigohi
bilan bogliq. Parchada bir paytlar ushbu teshilib, abgori chiqib qolgan kema Buva tomonidan
Ganja bilan Qumri uchun yasalgani, To‘yi kuni shu kemada ular toshqin Amudaryodan suzib
o‘tib Qorayantoqqa kelgani haqidagi voqelik o‘z aksini topadi.
8
Самандаров Э. Ғайб қушлари. – Тошкент: Шарқ, 2009. – Б. 356
9
Самандаров Э. Ғайб қушлари. – Тошкент: Шарқ, 2009. – Б. 12
10
Самандаров Э. Ғайб қушлари. – Тошкент: Шарқ, 2009. – Б. 13
`
33
Asar kompozitsiyasining asosini syujet tashkil qiladi. Chunki, voqeabandlik - epik asar
tabiatini belgilovchi xususiyatdir. Bu turdagi asarlar makon va zamonda sodir bo‘luvchi
voqealarni hikoya qiladi. “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romanida Ganja obrazi atrofida
voqealar
san’atkorona
tarzda
uyushtirilgan.
Muallif
roman
kompozitsiyasida
qahramonlarning qiyofasini ochishda badiiy psixologizmdan samarali foydalangan. Asar
qahramonlari psixologik jihatdan murakkab va xilma-xil. Qahramonlarning ma’naviy qiyofasi
va ruhiy dunyosi voqealar rivojida murakkablashib boradi. Qahramonlar ruhiyatining
o‘zgarishi inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatning, ma’naviy axloqning buzilishi va uning
ayanchli oqibatlari bilan bog‘liq. Bunda qahramonlar butun ruhiyati va ichki kechinmalarini
inson va tabiat bilan bog‘liq jarayonlarda bor bo‘yicha ko‘rsatgan. Ular tabiat ustidan
hukmronlik qilib, unga xiyonat qilganida, so‘ngra tabiat olgan o‘ch faqat aybdorlarni emas,
balki ko‘p sonli aybsizlarni ham domiga tortganida qanday holatga tushganliklari
qahramonlarning ruhiy dunyosidagi evrilishlarni, ichki kechinmalarni yaqqol namoyon qiladi.
Asar qahramonlari Ganja, Buva, Aminov, Qurbon aka, Obod tabiat bilan juda ko‘p marotaba
to‘qnash kelishadilar. Bularning ichida kimdar tabiatni sevgan, kimdir sevibgina qolmay, uni
himoya qilgan, kimdir uni toptagan, o‘z manfaati yo‘lida foydalangan. Jumladan, Obod
yoshligidan tabiatni sevadi, u mirob bo‘lmoqchi edi, lekin otasi “
miroblikning vaqti o‘tgan, endi
hamma gap savdoda deb
” uni Novosibirskdagi savdo institutiga kiritib qo‘ydi. Obod savdoni
sevmaganidan amal-taqal o‘qidi. Ammo savdoga oid qanday kitob bo‘lsa o‘qib chiqaverdi.
Aminovning qabih niyatini ham birinchi u payqadi. Amudaryo suvi to‘silib, omborlar qurilishi
yaxshilikka olib kelmasligini Ganjaga u uqtirdi. Ganja
11
ismi boylik, kenja farzand degan
ma’nolarni anglatadi. Asarda dagi voqealar rivoji Ganjaning haqiqiy yurt farzandi, boyligi
ekanligiga ishora qiladi. Undagi ma’naviy axloq, vatanparvarlik, tabiatni himoya qilish hissi
haqiqat qaror topishi uchun zamin hozirladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sharipova H. “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romanida ijodkorning peyzaj yaratish
mahorati./ “O‘zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar” nomli ilmiy-amaliy konferensiya
materiallari. – Toshkent: Tadqiqot, 2020. 84 b.
2.
Давроновa Ш. Истиқлол даври ўзбек романларида шарқ ва а ғарб анъаналарининг
бадиий синтези. Фил. фан. док-ри....диссертация автореферати. Тошкент, 2019. 13б.
3.
Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Noshir, 2019. – B. 128.
4.
Imomova, G. M. O‘zbek hikoyalarida badiiy sintez shakllari va ijodkorning poetik
kontseptsiyasi. Qarshi Universitet Nashriyoti, 2021. – B.5
5.
Davronova Sh. Istiqlol davri O‘zbek romanlarida sharq va g‘arb an’analarining badiiy
sintezi.- Samarqand: Samarqand Davlat universitet nashriyoti, 2019. – B.15
6.
Самандаров Э. Ғайб қушлари. – Тошкент: Шарқ, 2009. – Б. 6
7.
Бегматов Э. Ўзбек исмлари маъноси. – Тошкент: Ўзбекистон миллий
энсиклопедияси, 2007. – Б.91.
11
Бегматов Э. Ўзбек исмлари маъноси. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энсиклопедияси, 2007. – Б.91.