Том 4 № 10 (2025)
Статьи
RAQAMLI MATEMATIKA TA’LIMIDA O‘QUVCHILARNING MUAMMOLI FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar yordamida matematika ta’limi jarayonida o‘quvchilarda muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi yoritiladi. Zamonaviy raqamli vositalar orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, tahlil qilish va mantiqiy muammolarni hal etish salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli platformalarning ta’limdagi amaliy ahamiyati va o‘quv jarayoniga integratsiyasi muhokama qilinadi.
SIYOSIY MATNLARNI TARJIMA QILISH USULLARI VA TARJIMA JARAYONIDAGI MUAMMOLAR
Ushbu maqolada siyosiy matnlarni tarjima qilishning asosiy usullari, ularning amaliy qo‘llanilishi hamda tarjima jarayonida duch kelinadigan lingvistik va madaniy muammolar yoritilgan. Siyosiy nutq va hujjatlarning o‘ziga xos stilistik va pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi, tarjimon oldida turgan asosiy vazifalar belgilab beriladi. Shuningdek, maqolada turli til juftliklaridagi siyosiy tarjimalar tahlili orqali adabiy ekvivalentlik, adekvatlik va moslashtirish (adaptatsiya) usullarining afzalliklari va kamchiliklari ko‘rsatib o‘tiladi.
ОСОБЕННОСТИ И ПРОБЛЕМЫ ПЕРЕХОДА УЗБЕКИСТАНА НА СРЕДНЕСРОЧНОЕ БЮДЖЕТНОЕ ПЛАНИРОВАНИЕ
Исследование посвящено анализу особенностей и проблем перехода Республики Узбекистан на среднесрочное бюджетное планирование (СБП) в контексте продолжающейся реформы управления общественными финансами. Методологическая основа работы включает сопоставление нормативно‑правовой базы, статистической отчётности Министерства финансов, а также аналитических материалов международных финансовых организаций. Полученные результаты показывают, что внедрение СБП уже улучшило достоверность макроэкономических прогнозов и повысило прозрачность межбюджетных трансфертов, однако процесс сопровождается институциональными, кадровыми и технологическими вызовами. Обсуждение подчёркивает необходимость синхронизации бюджетного календаря с циклом стратегического планирования, углубления программно‑целевого подхода и развития цифровых инструментов казначейского контроля. Практическая значимость состоит в формулировании рекомендаций по повышению устойчивости бюджетной политики и минимизации фискальных рисков в среднесрочной перспективе.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA KIBERXAVFSIZLIK: MUAMMOLAR, YONDASHUVLAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda raqamli transformatsiyaning kengayib borayotgan jarayonlari va ular bilan bog‘liq kiberxavfsizlik muammolari tahlil qilinadi. Kiberjinoyatchilikning ortib borishi, ma’lumotlar xavfsizligi, tarmoq hujumlari, zararli dasturlar, sun’iy intellekt, bulutli xizmatlar va blokcheyn texnologiyalarining bu sohadagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, AES va RSA shifrlash algoritmlari orqali ma’lumotlarni himoyalash, foydalanuvchilarning xabardorligini oshirish, xalqaro tajribalar va huquqiy asoslar muhokama qilinadi. Maqolada raqamli transformatsiyaning barqaror va xavfsiz amalga oshirilishi uchun texnologik, tashkiliy va huquqiy choralar uyg‘unligi muhimligi ta’kidlanadi.
ARAB MAQOLLARI VA MATALLARINING SEMANTIK VA USLUBIY XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada arab maqollari va matallarining semantik va uslubiy xususiyatlari tadqiq qilingan. Arab tilida va boshqa tillarda maqol va matallarning funktsiyalarining ko’p turlari mavjud. Arab tilidagi maqollarni o’rganar ekanmiz, ular fikrlashni faollashtirish va ijodiy salohiyatni oshirishga qaratilgan muammoli ta’lim elementlarini o’z ichiga olgan o’quv funktsiyasiga ega ekanligini aniqladik.
INVЕЅTITЅIYА VА INVЕЅTITЅION JOZIBАDORLIK
Mаzkur mаqolа invеѕtitѕiyа vа invеѕtitѕiyа fаoliyаti tuѕhunсhаѕining mаzmunmohiyаti, uning ѕubyеktlаri hаmdа invеѕtiѕtiyа vа invеѕtitѕiyа fаoliyаti turlаrining xаlqаro vа milliy huquqiy hujjаtlаr аѕoѕidаgi tаhlilini o’z iсhigа olаdi.
PERCEPTUAL PHENOMENA IN ENGLISH
Perception verbs (see, hear, feel, taste, smell) anchor the relation between bodily experience and linguistic expression in English. This article surveys the scientific and theoretical bases that explain how these verbs encode sensory information, epistemic stance, and metaphorical meaning. It synthesises four major strands – generative event‑structure models, cognitive‑linguistic embodiment theories, usage‑based corpus findings, and psycholinguistic evidence on sensorimotor simulation – and shows how each illuminates different facets of perceptual language. By integrating these perspectives, the paper offers a comprehensive framework for analysing perception in English and identifies research directions in pedagogy, cross‑linguistic comparison, and multimodal natural‑language processing.
ДИНАМИКА ПОЛИСЕМИИ В НАУЧНОМ И ТЕХНИЧЕСКОМ ЯЗЫКЕ
В данной статье исследуется диахроническая динамика многозначности в рамках научной и технической терминологии. Опираясь на основополагающие работы в области когнитивной семантики и теории терминологии (Apresjan, 1974; Пустейовский, 1995; Кабре, 1999; Кортес, 2004), а также на корпусно‐лингвистические исследования (Bowker & Pearson, 2002), он определяет основные механизмы – метафорическое расширение, метонимический сдвиг, специализацию/обобщение, область применения. смешение – отвечает за эволюцию смысла термина. На основе анализа инженерных, медицинских и информационных систем в исследовании предлагается модель отслеживания семантических изменений, а также практические рекомендации для лексикографов, менеджеров по терминологии и разработчиков НЛП.
ERKIN SAMANDARNING “DARYOSINI YO‘QOTGAN QIRG‘OQ” ROMANIDA KOMPOZITSIYASIDA INSON VA TABIAT SINTEZI
Maqolada Erkin Samandarning “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romaniga asoslanib, inson va tabiat sintezi haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romani kompozitsiyasida inson va tabiat sintezi bir-biri bilan hamohang, birlikda katta mantiqan kuchli mavzuni tashkil etilganligi. . Erkin Samandar ijodida inson va tabiat munosabatlari muammosining badiiy talqini yetakchi xususiyatni tashkil etilishi, inson va tabiat muammosi milliy ma’naviyat, milliy axloq doirasida yangicha rakursda o‘rganilishi to‘risida munosabat bildirilgan.
MILLIY VA HARAKATLI O‘YINLARNI O‘QITISH METODIKASI FANINING MAQSADI HAMDA VAZIFALARI
Milliy va harakatli o‘yinlar o‘zbek xalqining boy madaniy merosini aks ettiruvchi muhim pedagogik vosita sifatida umumta’lim maktablarida keng qo‘llanilmoqda. “Milliy va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” fani ushbu o‘yinlarni ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish, o‘quvchilarni jismoniy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqola mazkur fanining maqsadlari va vazifalarini yoritishga bag‘ishlanadi.
СОЦИАЛЬНАЯ СФЕРА ОБЩЕСТВА И СОЦИАЛЬНАЯ ПОЛИТИКА ГОСУДАРСТВА
В статье рассматриваются основные элементы социальной сферы общества и роль государственной социальной политики в обеспечении устойчивого развития. Анализируются механизмы поддержки населения, принципы социальной справедливости и равенства, а также влияние социальных программ на качество жизни. Особое внимание уделено задачам государства в сфере социальной защиты и современных вызовах в данной области.
TASHISH JARAYONI XAVFSIZLIGINI MIQDORIY BAHOLASH USLUBIYATI
Ushbu ilmiy maqolaning asosiy maqsadi — tashish jarayonining xavfsizligini miqdoriy baholash uslubiyatini ishlab chiqish, mavjud nazariy va amaliy tajribalarni tahlil qilish hamda eng maqbul baholash modellari asosida ilmiy asoslangan va amaliyotga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqola transport tizimidagi xavfsizlik bilan bog‘liq mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish hamda ushbu yo‘nalishdagi ilmiy yondashuvlarni takomillashtirishga qaratilgan. Tahlil va xulosalar real statistik ma’lumotlar, ilg‘or xorijiy tajribalar hamda dolzarb ilmiy izlanishlar asosida bayon etilgan.
O‘SMIRLIK DAVRIDA STRESS HOLATLARI VA PSIXOLOGIK BARQARORLIKNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI
Ushbu maqolada o‘smirlik davrida yuzaga keladigan stress holatlari va ularga qarshi psixologik barqarorlikni shakllantirish jarayoni tahlil etilgan. Ayniqsa, o‘smirlarning ruhiy himoya mexanizmlarini mustahkamlashda ijtimoiy-psixologik omillarning (ota-onalar munosabati, sinfdoshlar bilan aloqalar, maktab muhitining ta’siri, shaxsiy o‘zini anglash darajasi) tutgan o‘rni yoritilgan. Maqolada o‘smirlarning stressga nisbatan individual reaksiya shakllari, ularning emotsional muvozanatini saqlashdagi muhim jihatlar, hamda pedagog va psixologlar tomonidan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan samarali yondashuvlar bayon etiladi. Tadqiqot natijalari o‘quvchilar ruhiy salomatligini ta’minlash va ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.
XORIJIY MAMLAKATLAR AMALIYOTIDA DAVLAT DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI
Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida xorijiy мамлакатларнинг tajribaлариni ўзлаштириш maqsadida Agentlik va uning hududiy tuzilmalari xodimlarining o‘nga yaqin xorijiy davlatlarga xizmat safarlari uyushtirilib, ularning ijobiy tajribalari yuzasidan tegishli takliflar tayyorlandi. Maqolada xorijiy mamlakatlar amaliyotida davlat davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirishning zamonaviy yo‘nalishlari borasida misollar keltirilgan.
MAHALLABAY XIZMAT KO‘RSATISH TIZIMINING IJTIMOIY VA IQTISODIY BARQARORLIKKA QO‘SHGAN HISSASI
Ushbu tadqiqot "Mahallabay xizmat ko‘rsatish tizimining ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikka qo‘shgan hissasi" mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatish sektorining mahalliy jamoalarga, iqtisodiyotga va umumiy barqarorlikka ta’sirini o‘rganadi. Mahallabay tizimda xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishi, nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki ijtimoiy barqarorlikning ta’minlanishiga ham xizmat qiladi. Tadqiqotda xizmat ko‘rsatish sektorining ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash va jamiyatning barcha qatlamlariga teng imkoniyatlar yaratishdagi o‘rni tahlil etiladi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish tizimining mahalliy iqtisodiyotga qo‘shgan hissasi, bozorni diversifikatsiyalash, yangi xizmatlarni yaratish va ijtimoiy farovonlikni oshirishga qanday ta’sir qilishini ko‘rib chiqiladi. Mahallabay xizmat ko‘rsatish tizimining rivoji, raqobatbardoshlikni oshirish, innovatsion yondashuvlar va barqaror iqtisodiy o‘sishning ta'minlanishiga yordam beradi.
MAKTAB O‘QUV RESURSLAR MARKAZINI TASHKIL ETISH PLATFORMASINI YARATISH
Maktab o‘quv resurslar markazini tashkil etish platformasi ta’lim tizimining samaradorligini oshirish, resurslarni markazlashtirish va o‘qituvchilar bilan o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yechimdir. Ushbu platforma orqali ta’lim materiallari va resurslarining mavjudligi, yangilanishi va taqsimlanishi markazlashtiriladi. O‘qituvchilar va talabalar o‘z ehtiyojlariga mos keladigan resurslarni osongina topishlari, o‘zaro tajriba almashishlari va ta’lim jarayonini individualizatsiya qilishlari mumkin. Mazkur maqolada maktab o‘quv resurslar markazini tashkil etish platformasini yaratish to‘g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
MURAKKAB SAKRASHLAR MASHQLAR TEXNIKASINI O‘ZLASHTIRILISHI
Sport gimnastikasi — jismoniy tarbiya va sportning eng murakkab va estetik jihatdan rivojlangan turlaridan biri bo‘lib, uning asosiy elementlari sifatida sakrashlar, aylanishlar, burilishlar va boshqa texnik ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Murakkab sakrashlar — sport gimnastikasining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, sportchining tezligi, kuchi, koordinatsiyasi va muvozanatini mukammal tarzda shakllantiradi.
EFFECTIVE STRATEGIES AND METHODS FOR TEACHING ENGLISH VOCABULARY TO YOUNG CHILDREN
Vocabulary acquisition is foundational in early childhood language development, especially for children learning English as a second or foreign language. This article explores effective strategies and teaching methods for enhancing English vocabulary learning among young children aged 3–7. Drawing upon recent literature and methodological principles, it identifies storytelling, music, games, visual aids, and physical engagement as key techniques for vocabulary instruction. The study also discusses how repetition, scaffolding, and contextual learning support retention and understanding. Practical implications are provided for educators seeking to implement research-based strategies in early childhood English language teaching.
XAT MOTIVINING KONFLIKT YARATISHDAGI ROLI: SYUJETDAGI BURILISHLAR
Mazkur maqolada adabiy matnlarda xat motivining dramatik konfliktni yuzaga keltirishdagi roli, uning syujetdagi muhim burilish nuqtalari bilan aloqasi tahlil qilinadi. Xat voqeani rivojlantirishda, ichki va tashqi ziddiyatlarni keltirib chiqarishda qanday funktsiyani bajarishi misollar orqali ko‘rsatib beriladi.
SURXONDARYO VILOYATI HUDUDIDA UCHROVCHI LOCHINLAR (FALCONIDAE) OILASIGA MANSUB NOYOB QUSHLAR VA ULARNI MUHOFAZA QILISH MASALALARI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar”, 68-moddasida esa “Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deb ta’kidlangan [1].
DINNING TUZILISHI VA FUNKTSIYALARI
Ushbu maqolada dinning tuzilishi va uning jamiyatdagi funksiyalari tahlil qilinadi. Din, insonning ruhiy, ma'naviy va ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutadigan kompleks tizim bo‘lib, uning tuzilishi va funksiyalari jamiyatning barqarorligi va rivojlanishiga ta'sir qiladi. Maqolada dinning asosiy tuzilmalari, ya'ni iymon, taqvodorlik, ritüallar va axloqiy qadriyatlar haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, dinning ijtimoiy, psixologik, madaniy va axloqiy funksiyalari, insonning ichki dunyosini shakllantirishdagi roli, jamiyatni birlashtirish va tinchlikni saqlashdagi o‘rni batafsil ko‘rib chiqiladi. Dinning sport va jismoniy faollikdagi ta'siri ham alohida e'tiborga olinadi, chunki diniy qadriyatlar sportchilarni jamoa ruhini rivojlantirish va jismoniy salomatlikni mustahkamlashda yordam beradi. Maqola dinning turli jihatlarini o‘rganish va uning jamiyatdagi o‘rni va ta'sirini tushunish uchun muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
JANUBIY KOREYANING II-V RESPUBLIKA DAVRIDAGI AVTORITARIZMDAN DEMOKRATIYAGA O‘TISH URINISHLARI (1960–1987-YILLAR)
Ushbu maqola Janubiy Koreyaning II–V Respublika davridagi (1960–1987 yillar) siyosiy tizimlar transformatsiyasini, xususan avtoritarizm va demokratiya o‘rtasidagi murakkab o‘tish jarayonlarini tahlil qiladi. Maqolada Ikkinchi Respublikaning parlamentar demokratiya sari qilgan urinishlari, bu urinishlarning harbiy to‘ntarish bilan yakunlangan sabablari, shuningdek, Pak Chon Xi boshchiligidagi avtoritar rejimning shakllanishi va evolyutsiyasi yoritiladi. “Koreyaning iqtisodiy mo‘’jizasi” fonida yuzaga kelgan siyosiy repressiyalar, “Yusin” konstitutsiyasi orqali prezidentlik vakolatlarining mutlaq kuchaytirilishi, demokratik institutlarning zaiflashuvi va fuqarolik jamiyatining bosim ostida qolgan holati batafsil ko‘rib chiqiladi. Muallif siyosiy-modernizatsion yondashuv asosida demokratik institutlar va ijtimoiy barqarorlikning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, Janubiy Koreya tajribasi orqali o‘tish davrlarida yuzaga keladigan muammolarni yoritadi.
ILK O‘SPIRINLIK YOSHIDA O‘Z-O‘ZINI ANGLASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA TARBIYADAGI ROLI
Maqolada ilk o‘spirinlik davrida shaxsning psixologik rivojlanishi, xususan, o‘zini anglash, «Men» obrazi va o‘z-o‘zini baholash jarayonlari tahlil qilinadi. Ilmiy tahlillar asosida ushbu bosqichda shaxsiy identifikatsiya va ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishda oila, maktab va muhitning ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda pedagogik yondashuvlar ahamiyati ko‘rsatilgan.
ҚЎРҚУВ БОРАСИДАГИ ИЛМИЙ ҚАРАШЛАРНИНГ РИВОЖЛАНИШИ
Ушбу мақолада инсон шахсининг ривожланишида қўрқув ва хавотир туйғуларининг аҳамияти, уларнинг ҳиссий кечинмалар орқали қандай намоён бўлиши ҳамда шахс камолотига таъсири кенг таҳлил қилинган. Мақолада қўрқувнинг турлари, сабаблари, функциялари ҳамда унинг шахсий ва ижтимоий ривожланишга таъсири таърифланган. Турли психологик мактабларнинг қарашлари орқали инсон онгидаги қўрқувнинг механизми ва унга қарши курашиш масалаларига эътибор қаратилган.
UMURTQALI HAYVONLAR NERV SISTEMASI VA SEZGI AʼZOLARINING SOLISHTIRMA ANATOMIYASI
Umurtqali hayvonlar (vertebratalar) nerv tizimi va sezgi aʼzolari tuzilishi, evolyutsion taraqqiyoti hamda funksional xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Bu farqlar hayvonlarning yashash muhitiga, hayot tarziga va rivojlanish bosqichlariga bog‘liqdir. Solishtirma anatomik tahlil, bu organlar qanday o‘zgarishga uchraganini va har bir tur uchun qanday moslashuvlar yuzaga kelganini o‘rganishga yordam beradi.
RAQAMLI TA’LIM PLATFORMALARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI
Raqamli ta’lim platformalari zamonaviy ta’lim tizimining muhim qismlariga aylangan. Internetning keng tarqalishi va texnologiyalarning tezkor rivojlanishi ta’limda yangi imkoniyatlarni yaratib, an'anaviy o'quv jarayonlarini yangi formatlarga o'tishga olib keldi. Raqamli ta’lim platformalari talabalar va o'qituvchilar uchun ta’lim jarayonlarini samarali va interaktiv qilishga imkon beradi. Biroq, ularning samaradorligini oshirish uchun ba'zi strategiyalarni amalga oshirish zarur. Ushbu maqolada raqamli ta’lim platformalarining samaradorligini oshirish uchun turli usullar ko‘rib chiqiladi.
O‘QITISHNING ZAMONAVIY VOSITALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida zamonaviy vositalardan foydalanishning ahamiyati va ularga qo‘yiladigan talablar tahlil etiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim vositalarining didaktik tamoyillari, ularning professional ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada ta’lim vositalarining samaradorligini ta’minlash uchun mavjudlik, ilmiylik, tasviriylik, onglilik va ijodiy faollik kabi didaktik tamoyillar muhimligi ta’kidlanadi. Maqola o‘qituvchilarning zamonaviy ta’lim vositalaridan samarali foydalanishlari uchun zarur bo‘lgan psixologik va pedagogik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Umuman olganda, maqola ta’lim tizimini zamonaviylashtirish va o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash uchun zamonaviy vositalardan foydalanishning ahamiyatini yoritadi.
NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI
Ta’lim jarayonida nazorat qilish va baholashning zamonaviy usullari o‘quvchilarning bilimini samarali o‘lchash va tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. An’anaviy baholash usullari bilan bir qatorda, raqamli texnologiyalar asosida interaktiv testlar, loyiha asosida baholash, sun’iy intellekt yordamida avtomatlashtirilgan tizimlar va o‘zaro baholash metodlari qo‘llanilmoqda. Xususan, Kahoot!, Quizizz, Google Forms kabi platformalar o‘yin elementlari orqali bilim tekshirish imkonini beradi. Shuningdek, Replit, GitHub, CodeGrade kabi dasturlash muhitlari o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini sinashda muhim rol o‘ynaydi. Sun’iy intellekt asosida baholash tizimlari esa natijalarni avtomatik tekshirish va takomillashtirishga yordam beradi. O‘zaro va o‘zini baholash metodlari esa o‘quvchilarga tahliliy fikrlash va mustaqil baho berish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada informatika darslarida zamonaviy nazorat va baholash tizimlarining afzalliklari, ularni qo‘llash metodlari hamda o‘quv jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi.
ZAMONAVIY OʻQITISH SHAKLLARI VA USLUBLARI
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan o‘qitish shakllari va uslublari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va o‘quvchilarning ta’limdagi faolligini oshirish uchun qo‘llaniladigan metodlar, interfaol ta’lim yondashuvlari va innovatsion pedagogik texnologiyalar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda ta’limda texnologiyalarning joriy etilishi, yangi metodlarning samaradorligi va o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi roli tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada zamonaviy o‘qitish shakllarining ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni hayotiy ko‘nikmalarga ega qilish va o‘quv jarayonini yanada interfaol va motivatsion qilishdagi ahamiyati muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zamonaviy pedagogik usullar va texnologiyalar o‘quvchilarning bilim darajasi va mustaqil ishlash qobiliyatini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi.
O‘QITISHNING DASTURIY TAMINOTIGA OID MATERIALLAR BILAN ISHLASH
O‘qitishning dasturiy ta’minotiga oid materiallar zamonaviy ta’lim jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan dasturiy ta’minot turlari, ularning samaradorligi va o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Dasturiy ta’minotning interfaolligi, vizualligi va moslashuvchanligi o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirib, ularning mustaqil ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, maqolada turli platformalar, masalan, Kahoot!, Quizizz, Moodle, Google Classroom va boshqa vositalardan foydalanish metodikasi muhokama qilinadi. Ta’lim dasturlarining rivojlanishi natijasida zamonaviy o‘quv metodikalarida ularning qo‘llanilishi dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘qitishning dasturiy ta’minoti ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning faolligini ta’minlash uchun samarali vosita hisoblanadi.
RAQAMLI TA’LIM TIZIMIDA INFORMATIKA FANINI O‘QITISHNING MEYORIY HUJJATLARI BILAN TANISHISH
Raqamli ta’lim tizimi, global ta’limning zamonaviy talablari asosida, informatika fanini o‘qitishni yangicha yondashuvlar bilan rivojlantirishga qaratilgan. Maqolada informatika fanini o‘qitishda mavjud bo‘lgan me’yoriy hujjatlar, shu jumladan, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, metodik qo‘llanmalar va xalqaro tajribalarga asoslanib, ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari informatika fanining samarali o‘qitilishining asosini tashkil etadi, bu esa o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, ularni informatika faniga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va ularda zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Xalqaro tajribalar, masalan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Singapur va Finlyandiya kabi davlatlarning ta’lim tizimlaridagi informatika o‘qitishning me’yoriy hujjatlari, O‘zbekistonda informatika fanini o‘qitish jarayonini yanada rivojlantirish uchun muhim yo‘nalishlar hisoblanadi. Maqolada shuningdek, raqamli ta’lim platformalari va masofaviy o‘qitishning ahamiyati, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi roli ham yoritiladi. Raqamli ta’lim tizimida informatika fanini o‘qitishning me’yoriy hujjatlari ta’lim tizimining sifatini oshirish va o‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalarni o‘rgatishda muhim vosita hisoblanadi.
DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNI O‘TKAZISH SSENARIYLARI BILAN TANISHISH
Mazkur maqolada darsdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘quvchilarning bilim olish jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’lim jarayoni faqat sinf xonasida emas, balki real hayotiy sharoitlarda ham davom etishi lozimligi ta’kidlangan. J. Dewey, V. A. Sukhomlinskiy, R. G‘ofurov va A. Qo‘chqorov kabi pedagoglarning fikrlariga asoslanib, darsdan tashqari faoliyat o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim vosita ekanligi yoritiladi.
O‘QITUVCHI PORTFOLIOSINI YARATISH USULLARI VA VOSITALARI
Mazkur maqolada oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazishda zamonaviy yondashuvlarning mohiyati yoritilgan. Talaba markazli yondashuv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, faol taʼlim metodlari, baholashning yangi usullari va aralash taʼlim konsepsiyasi haqida so‘z yuritiladi. Zamonaviy metodlar o‘quvchilarning faolligini oshiradi, mustaqil fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Maqolada o‘qituvchidan innovatsion fikrlash va texnologik savodxonlik talab etilishi ta’kidlangan. Taʼlim samaradorligini oshirishda ushbu yondashuvlarning ahamiyati keng tahlil etilgan.
INFORMATIKA OʻQITISH METODIKASI FAN SIFATIDA TARIXI
Mazkur maqolada informatika o‘qitish metodikasi tarixi batafsil yoritilib, uning rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Dastlabki davrlarda informatika asosan ilmiy markazlar va muhandislik sohalarida o‘qitilgan bo‘lsa, keyinchalik ta’lim tizimiga kiritildi. AQSH, Rossiya va Germaniyada informatika ta’limining shakllanishi, dasturlash tillari va kompyuter texnologiyalarining ta’limga ta’siri muhokama qilingan. O‘zbekistonda informatika fani 1980-yillarda ta’lim tizimiga kiritilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib, oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitilmoqda. Maqolada informatika o‘qitish metodikasining ahamiyati, interaktiv ta’lim texnologiyalari va ularning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, informatika ta’limi bo‘yicha olib borilgan islohotlar va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari haqida fikr yuritiladi. Xulosa sifatida informatika o‘qitish metodikasini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Ushbu maqola informatika fanini o‘qitish metodikasi bilan shug‘ullanuvchi pedagoglar va tadqiqotchilar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
ZAMONAVIY DARS VA DARS TAHLILINI O‘TKAZISHGA NISBATAN YONDASHUVLAR
Mazkur maqolada zamonaviy dars va dars tahlilini o‘tkazishga nisbatan yondashuvlar tahlil qilinadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy dars usullari o‘quvchilarning faolligi va mustaqil fikrlash qobiliyatini yetarli darajada rivojlantirmaydi. Shu sababli, "Jigsaw", "Aqliy hujum", "Klaster" kabi interfaol usullarning tatbiqi dars jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada, shuningdek, dars tahlilini samarali tashkil etishning ahamiyati va zamonaviy baholash tizimlari, jumladan, refleksiya, kuzatuv hamda raqamli texnologiyalar asosida tahlil qilish usullari yoritiladi. Ushbu maqola pedagoglar, ta’lim muassasalari rahbarlari va innovatsion ta’lim metodlariga qiziquvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘lib, zamonaviy dars tamoyillari, samarali ta’lim strategiyalari va dars tahlilining ahamiyatini chuqurroq tushunishga yordam beradi.
O‘QUV JARAYONINI REJALASHTIRISHGA NISBATAN YONDASHUVLAR
O‘quv jarayonini rejalashtirishga nisbatan turlicha yondashuvlar tahlil qilinib, ularning ta’lim sifati va samaradorligiga ta’siri o‘rganiladi. O‘quv jarayonini samarali tashkil etish ta’limning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, uning muvaffaqiyati to‘g‘ri rejalashtirishga bog‘liq. Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati ham yoritilib, interfaol metodlar, masofaviy ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv jarayoniga ta’siri muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonini rejalashtirishda innovatsion va an’anaviy yondashuvlarning uyg‘unligi samaradorlikni oshirishini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida, ta’lim tizimida rejalashtirishning doimiy takomillashtirilishi va zamonaviy talablar asosida rivojlantirilishi zarurligi ta’kidlanadi.
O‘QUV-TARBIYA ISHLARINI TASHKIL ETISHDA INTERNITDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida Internet texnologiyalaridan samarali foydalanishning o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishdagi o‘rni yoritiladi. Internet vositalari orqali ta’lim sifatini oshirish, interaktiv metodlarni qo‘llash, masofaviy ta’lim imkoniyatlari hamda tarbiyaviy ishlarni yangi shaklda olib borish yo‘llari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, internetdan foydalanishdagi xavf-xatarlar va ularni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqiladi. Maqola o‘qituvchilar, tarbiyachilar va ta’lim sohasidagi mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR BO’LIMINI O’QITISH METODIKASI
Ushbu maqola zamonaviy kompyuterlar bo‘limini o‘qitish metodikasining samaradorligini tahlil qiladi. Maqolada an’anaviy va innovatsion o‘qitish metodlarining o‘zaro ta’siri, kompyuter fanlarini o‘rgatishda yuzaga keladigan asosiy muammolar va ularni yechish uchun takliflar ko‘rib chiqilgan. Asosiy e’tibor zamonaviy metodlar, masalan, loyiha asosida o‘qitish, muammoli yondashuv, flipped learning, STEAM yondashuvi va raqamli platformalarning dars jarayonida qo‘llanilishiga qaratilgan. Shuningdek, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalari va o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuvni rivojlantirishning ahamiyati ta’kidlanadi. Maqolada shuningdek, o‘quvchilarning texnologik tayyorgarligini zamonaviy talablar asosida shakllantirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar berilgan. Ushbu tadqiqot, kompyuter fanlarini o‘qitishda metodik yondashuvlarni yangilash, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda o‘qituvchilarning professionallik darajasini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
KOMPYUTER BILAN TANISHUV BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Ushbu maqolada kompyuter texnologiyalarining ta'lim jarayonidagi ahamiyati va uning samarali o'rgatish metodikasi tahlil qilinadi. Ushbu bo’limda kompyuterning asosiy funksiyalari, uning tarkibi va ishlash prinsiplari to’g’risida nazariy bilimlar beriladi. O’quvchilarni kompyuter bilan tanishtirishda eng muhim jihatlardan biri – dasturlash, operatsion tizimlar va turli dasturiy ta’minotlar bilan ishlashni o’rgatishdir. Metodikada o’qitishning interaktiv usullariga, masalan, amaliy mashg’ulotlar, ko'rgazmali materiallar, mashqlar va laboratoriya ishlariga alohida e'tibor qaratiladi. Shuningdek, ta'limning o’ziga xosligi, o’quvchilarning kompyuter bilimlarini oshirishda innovatsion texnologiyalarning roli va pedagogik metodlarni takomillashtirish masalalari ko'rib chiqiladi. Kompyuter bilan tanishuv bo’limini samarali o’qitish, o’quvchilarga nafaqat texnik bilimlar balki zamonaviy informatika va axborot texnologiyalari sohasida kerakli ko’nikmalarni rivojlantirish imkonini yaratadi. Maqolada metodik yondashuvlarning muhim jihatlari hamda amaliy tavsiyalar berilgan.
AXBOROTLI JARAYONLAR BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
"Axborotli jarayonlar bo‘limini o‘qitish metodikasi" mavzusida taqdim etilgan maqola axborotli jarayonlarning o‘qitish metodikasi va bu jarayonlarni samarali ta'limga tatbiq etish usullarini o‘rganadi. Ushbu maqolada axborotli jarayonlarning nazariy asoslari va amaliyotdagi qo‘llanilishi, shuningdek, bu jarayonlarni o‘qitish metodlari va sun’iy intellekt yordamida optimallashtirishning samaralari ko‘rib chiqiladi. Axborotli jarayonlarni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati, o‘qitish jarayonini modernizatsiya qilish va talabalar uchun o‘rganishni qiziqarli va samarali qilish haqida so‘z boradi. Dasturiy ta'minot, shifrlash, uzatish va axborot xavfsizligini ta'minlash kabi mavzularni sun’iy intellekt bilan simulyatsiya qilish metodlari orqali o‘rganishning ta'lim jarayoniga qo‘shgan hissasi taqdim etiladi. Maqolada axborotli jarayonlarni o‘qitishda yangi, zamonaviy metodlarni joriy etish orqali o‘quvchilarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning professional malakasini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish ko‘rib chiqiladi.