Авторы

  • Shoxrux Salimov
    TDShU Tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.86922

Ключевые слова:

Janubiy Koreya Ikkinchi Respublika avtoritarizm demokratiya siyosiy o‘tish Pak Chon Xi Yusin konstitutsiyasi siyosiy-modernizatsiya parlament tizimi harbiy to‘ntarish koreyscha demokratiya siyosiy institutsiyalar legitimlik inqirozi.

Аннотация

Ushbu maqola Janubiy Koreyaning II–V Respublika davridagi (1960–1987 yillar) siyosiy tizimlar transformatsiyasini, xususan avtoritarizm va demokratiya o‘rtasidagi murakkab o‘tish jarayonlarini tahlil qiladi. Maqolada Ikkinchi Respublikaning parlamentar demokratiya sari qilgan urinishlari, bu urinishlarning harbiy to‘ntarish bilan yakunlangan sabablari, shuningdek, Pak Chon Xi boshchiligidagi avtoritar rejimning shakllanishi va evolyutsiyasi yoritiladi. “Koreyaning iqtisodiy mo‘’jizasi” fonida yuzaga kelgan siyosiy repressiyalar, “Yusin” konstitutsiyasi orqali prezidentlik vakolatlarining mutlaq kuchaytirilishi, demokratik institutlarning zaiflashuvi va fuqarolik jamiyatining bosim ostida qolgan holati batafsil ko‘rib chiqiladi. Muallif siyosiy-modernizatsion yondashuv asosida demokratik institutlar va ijtimoiy barqarorlikning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, Janubiy Koreya tajribasi orqali o‘tish davrlarida yuzaga keladigan muammolarni yoritadi.


background image

`

86

JANUBIY KOREYANING II-V RESPUBLIKA DAVRIDAGI AVTORITARIZMDAN

DEMOKRATIYAGA O‘TISH URINISHLARI (1960–1987-YILLAR)

Salimov Shoxrux

TDShU Tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15385842

Annotatsiya:

Ushbu maqola Janubiy Koreyaning II–V Respublika davridagi (1960–1987

yillar) siyosiy tizimlar transformatsiyasini, xususan avtoritarizm va demokratiya o‘rtasidagi
murakkab o‘tish jarayonlarini tahlil qiladi. Maqolada Ikkinchi Respublikaning parlamentar
demokratiya sari qilgan urinishlari, bu urinishlarning harbiy to‘ntarish bilan yakunlangan
sabablari, shuningdek, Pak Chon Xi boshchiligidagi avtoritar rejimning shakllanishi va
evolyutsiyasi yoritiladi. “Koreyaning iqtisodiy mo‘’jizasi” fonida yuzaga kelgan siyosiy
repressiyalar, “Yusin” konstitutsiyasi orqali prezidentlik vakolatlarining mutlaq
kuchaytirilishi, demokratik institutlarning zaiflashuvi va fuqarolik jamiyatining bosim ostida
qolgan holati batafsil ko‘rib chiqiladi. Muallif siyosiy-modernizatsion yondashuv asosida
demokratik institutlar va ijtimoiy barqarorlikning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, Janubiy
Koreya tajribasi orqali o‘tish davrlarida yuzaga keladigan muammolarni yoritadi.

Kalit so‘zlar:

Janubiy Koreya, Ikkinchi Respublika, avtoritarizm, demokratiya, siyosiy

o‘tish, Pak Chon Xi, Yusin konstitutsiyasi, siyosiy-modernizatsiya, parlament tizimi, harbiy
to‘ntarish, koreyscha demokratiya, siyosiy institutsiyalar, legitimlik inqirozi.

Аннотация:

В статье анализируется трансформация политической системы

Южной Кореи в период Второй–Пятой республики (1960–1987), в частности сложные
переходные процессы от авторитаризма к демократии. В статье рассматриваются
попытки Второй республики установить парламентскую демократию, причины, по
которым эти попытки завершились военным переворотом, а также формирование и
эволюция авторитарного режима во главе с Пак Чон Хи. Подробно рассматриваются
политические репрессии, происходившие на фоне «корейского экономического чуда»,
абсолютное усиление президентских полномочий посредством «юсинской»
конституции, ослабление демократических институтов, состояние гражданского
общества, находящегося под давлением. Автор анализирует взаимосвязь
демократических институтов и социальной стабильности на основе политико-
модернизационного подхода и выделяет проблемы, возникающие в переходные
периоды, на примере Южной Кореи.

Ключевые слова:

Южная Корея, Вторая Республика, авторитаризм, демократия,

политический переход, Пак Чон Хи, Конституция Юсина, политическая модернизация,
парламентская система, военный переворот, корейская демократия, политические
институты, кризис легитимности.

Abstract:

This article analyzes the transformation of South Korea's political systems

during the Second–Fifth Republics (1960–1987), in particular the complex transition
processes between authoritarianism and democracy. The article examines the Second
Republic's attempts to move toward parliamentary democracy, the reasons why these
attempts ended in a military coup, and the formation and evolution of the authoritarian
regime led by Park Chung-hee. The political repressions that occurred against the backdrop of
the "Korean economic miracle", the absolute strengthening of presidential powers through


background image

`

87

the "Yusin" constitution, the weakening of democratic institutions, and the state of civil
society under pressure are examined in detail. The author analyzes the interrelationship of
democratic institutions and social stability based on a political-modernization approach and
sheds light on the problems that arise during periods of transition through the experience of
South Korea.

Keywords:

South Korea, Second Republic, authoritarianism, democracy, political

transition, Park Chung-hee, Yusin Constitution, political modernization, parliamentary system,
military coup, Korean democracy, political institutions, legitimacy crisis.

Kirish.

Siyosiy tizimlar transformatsiyasini o‘rganishda, ayniqsa avtoritarizm va

demokratiya o‘rtasidagi o‘tish bosqichlari kontekstida, Janubiy Koreyaning II–V Respublika
davridagi tajribasi muhim empirik asos sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Xususan, 1960 yilda
e’lon qilingan Ikkinchi Respublika G‘arbiy Germaniyadagi parlamentarizm modelidan
ilhomlanib, demokratiya sari jiddiy qadam qo‘ydi. 1960 yilgi konstitutsiyaviy islohotlar
asosida yaratilgan ushbu siyosiy tuzilma ijro hokimiyatini parlament nazoratiga topshirib,
prezidentni ramziy figura darajasiga tushirdi - u rasmiy ravishda davlat rahbari sifatida tan
olinardi, biroq real siyosiy vakolatlardan mahrum edi. Ikki palatali parlament tizimi orqali
siyosiy vakillik va institutsional muvozanatni ta’minlash ko‘zda tutilgan edi.

Biroq siyosiy-huquqiy institutsionalizatsiya jarayoni kuchli siyosiy elitalar o‘rtasidagi

qarama-qarshiliklar, yetarlicha mustahkam partiyaviy tizimning yo‘qligi va harbiy elita
ambitsiyalari bilan izdan chiqarildi. Natijada, mazkur respublika amaliyotda barqaror
demokratik tizimga aylana olmay, bir yil ichida harbiy to‘ntarish orqali tugatildi. Ushbu holat
siyosiy o‘tish davrlarida demokratik institutlarning mustahkamligi va ijtimoiy-siyosiy
barqarorlik muhim shart ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu tariqa, Ikkinchi Respublika
demokratiya sari harakatlarning ilk namunasi sifatida tarixda qolgan bo‘lsa-da, uning qisqa
umri siyosiy modernizatsiya yo‘lidagi murakkabliklarni ochib beradi.

Ikkinchi Respublika oldida nafaqat iqtisodiyotni rivojlantirish, balki koreys jamiyatida

demokratik tamoyillarni chuqurlashtirish vazifasi ham turgan edi: inson huquqlari va
erkinliklarini chinakam ta’minlash, avtoritar boshqaruv shakllarini butunlay tugatish, umumiy
farovonlik davlatini barpo etish. Biroq parlament demokratiyasini jamiyat idealiga
aylantirgan yetakchilarning siyosiy amaliyoti ko‘pincha demokratiya mavzusidagi demagogik
bahs-munozaralargacha cheklanib qolgan yoki ba’zida mutlaqo antidemokratik tus olgan.
Buni 1961 yil mart oyida “Minjudang” deputatlik fraksiyasi tashabbusi bilan qabul qilingan
Muvaqqat favqulodda antikommunistik qonun yoki namoyishlar ustidan nazorat haqidagi
qonun misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, siyosiy realiyalarni hisobga olgan
holda, ushbu antikommunistik qonunchilik tashabbuslari Shimoliy Koreya tahdidiga qarshi
demokratik yutuqlarni himoya qilishga qaratilgan majburiy chora sifatida qaralishi mumkin.

Bosh vazir Chang Myon va prezident Yun Boson boshchiligidagi hukumatning

demokratik intilishlari vaqt sinovidan o‘ta olmadi. Mamlakatdagi vaziyat asta-sekin hukumat
nazoratidan chiqdi, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy betartiblik esa 1961 yil 16 may kuni Ikkinchi
Respublikaning qulashiga olib keldi.

1

1

Толстокулаков И. А. Политическая модернизация в Республике Корея (1945-1987 гг.). - Вестник ДВО РАН. №

2, 2005 C 60


background image

`

88

1961 yil may oyida hokimiyat tepasiga harbiy xunta vakili general Pak Chon Xi keldi.

General Pak Chon Xi harbiy to‘ntarish yo‘li bilan hokimiyatni egalladi, bu esa Janubiy Koreya
tarixida generallar boshqaruvining 30 yillik davriga asos soldi. 1961 yilgi harbiy to‘ntarishdan
so‘ng mamlakatda favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun amalda edi, 1962 yilda esa Uchinchi
Respublika konstitutsiyasi deb nom olgan yangi asosiy qonun qabul qilindi. Ushbu
konstitutsiyaga muvofiq, prezident keng vakolatlarga ega bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov yo‘li
bilan to‘rt yillik muddatga, ammo ketma-ket ikki martadan ortiq bo‘lmagan holda saylanishi
belgilandi.

2

Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari o‘zaro teng huquqli ravishda

hokimiyatni bo‘lib olishgan, milliy assambleya esa yana bir palatali tuzilishga qaytarilgan edi.
1963 yil oktyabr oyida general Pak Chon Xi harbiy xizmatdan iste’foga chiqdi va mamlakat
prezidenti etib saylandi; keyinchalik u yana ikki marotaba - 1967 va 1971 yillarda qayta
saylandi.

3

Uning 18 yil davom etgan avtoritar boshqaruvi siyosiy va iqtisodiy tuzilmalarda

keskin o‘zgarishlar bilan belgilandi; u tomonidan erishilgan eng muhim natija esa “Koreyaning
iqtisodiy mo‘’jizasi” bo‘ldi. Uch prezidentlik muddati davomida Pak Chon Xi harbiy
diktaturadan boshlab, “koreyscha demokratiya” deb ta’riflangan model sari harakat qildi.
Biroq bu davrda, ya’ni harbiy rejim yillarida, 20 mingdan ortiq kishi, jumladan siyosiy partiya
yetakchilari, jamiyat faollari, olimlar, jurnalistlar, professorlar va madaniyat arboblari
qamoqqa tashlangan edi.

1972 yil oktyabr oyida Pak Chon Xi o‘z qo‘lida barcha siyosiy hokimiyatni jamlash

qaroriga keldi. Buning asosiy motivatsiyasi sifatida u siyosiy barqarorlikni ta’minlash,
Shimoliy Koreyaga nisbatan iqtisodiy ustunlikka erishish va Janubiy Koreyani global taraqqiy
etgan davlatlar qatoriga olib chiqish maqsadini ko‘rsatdi. Ushbu strategik burilish natijasida
parlament va siyosiy partiyalar yana tarqatib yuborildi, Konstitutsiya yana bir bor
o‘zgartirildi. Endilikda milliy parlament o‘rnini egallagan yangi siyosiy institut - Milliy
birlashuv konferensiyasi tashkil etildi, uning uchdan bir a’zolari mamlakat prezidenti
tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tayinlanadigan bo‘ldi.

1972 yilda qabul qilingan yangi konstitutsiya, rasmiy nomi bilan “Yusin” (

유신

; Usin –

“Yangilanish”) konstitutsiyasi deb atalgan bo‘lib, referendum orqali ma’qullandi va To‘rtinchi
Respublika davrining boshlanishi sifatida tarixga kirdi. Prezident Pak Chon Xi konstitutsiyaga
bir qator o‘zgartishlar kiritishni taklif etdi, xususan, prezidentlik muddatini olti yilgacha
uzaytirish, uni bevosita xalq emas, balki saylovchilar kollektiv organi orqali saylash, davlat
rahbariga parlamentni tarqatish vakolatini berish hamda milliy assambleya a’zolari
nomzodlarini Yujonxve deb nomlangan maxsus vakillar yig‘ini orqali tayinlash kabi tuzilmaviy
o‘zgarishlar nazarda tutilgan edi. Shu tariqa, 1972 yilgi To‘rtinchi Respublika konstitutsiyasi
siyosiy nuqtayi nazardan “neoprezidentlik” modeli sifatida baholanishi mumkin.

4

Bu

2

Асмолов К. В., Корейская политическая культура, традиции и трансформация. – М.: ИДВ РАН, 2009г. –С 45-

48.

3

Асмолов К. Генерал Пак Чон Хи. Очерк политической биографии// газета «Сеульский вестник».- Сеул, 2003,

№№ 77-80; Воронцов А. Новые подходы в России к оценке режима Пак Чжон Хи. [Электронный ресурс].
Режим доступа: http://www.journal-neo.com/?q=ru/node/1852

4

Булычев Г. Б. Политические системы государств Корейского полуострова. МГИМО МИД России. Кафедра

востоковедения. М., 2002, с. 16.


background image

`

89

konstitutsiya amalda prezident diktaturasini qonuniylashtirib, davlat rahbari hokimiyatining
cheklanmagan muddatga uzaytirilishiga yo‘l ochdi.

5

“Yusin” doktrinasi Janubiy Koreyada harbiy inqilob idealarini amaliyotga tatbiq etishda

kuchli mobilizatsion omil sifatida xizmat qildi. Ushbu konsepsiya jamiyatni eng yaxshi
konfutsiycha qadriyatlarga - mehnatsevarlik, intizom, halollik, vatanparvarlik, davlatga
sadoqat va urug‘-qabilaviy sodiqlikka qaytishga undagan. Prezident Pak Chon Xi doimiy
ravishda “koreyscha demokratiya” modeli asosida millat farovonligiga erishishda kuchli
davlat hokimiyati va siyosiy markazlashuv muhim omil ekanini ta’kidlab kelgan. Siyosiy-
modernizatsion tahlilga ko‘ra, aynan “koreyscha demokratiya”ni hayotga tatbiq etishda asosiy
rolni yangi avlod ma’muriy kadrlari bajargan. Ular milliy o‘ziga xoslik ruhida tarbiyalangan
bo‘lib, modernizatsiya g‘oyalari bilan singdirilgan edi. Shu sababli harbiy rejim ta’lim-
tarbiyaga, yosh avlodni shakllantirishga, shuningdek, davlat boshqaruvi tizimi uchun malakali
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida e’tibor qaratgan.

6

Avtokratik va repressiv rejimlar rivojlanayotgan iqtisodiy muhit bilan ziddiyatli aloqaga

kirishganda, siyosiy beqarorlik ehtimoli kuchayadi. Janubiy Koreya tajribasida bu holat yaqqol
namoyon bo‘ldi: iqtisodiy salohiyat izchil ortib borayotgan bir paytda, aholi farovonligi va
fuqarolik huquqlarining ta’minlanishi past darajada qolaverdi. Aynan mana shu
nomutanosiblik siyosiy tanglikni chuqurlashtirdi. 1979-yilda muxolifat rahbarlari - Kim De
Chjun va Yun Bo Sonning hibsga olinishi, shuningdek, Kim Yong Samning parlament
a’zoligidan chiqarilishi, jamiyatda keskin norozilikni keltirib chiqardi. Bu holat siyosiy
tizimdagi legitimlik inqiroziga sabab bo‘lib, parlament darajasida institutlarning samarasizligi
va ishonch yo‘qolishiga olib keldi. Oqibatda, ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib, bu
siyosiy jarayonlar avtokratik boshqaruv shaklining tanazzuliga zamin yaratdi.

1979-yilning oktyabrida prezident Pak Chjon Xining o‘ldirilishi - bu mamlakatning

harbiy-byurokratik tuzilmasi ichida tobora kuchayib borayotgan ichki qarama-
qarshiliklarning eng yorqin ko‘rinishlaridan biri bo‘ldi. Bu siyosiy suiqasd Janubiy Koreya
siyosiy tizimida tub silkinishlarga sabab bo‘lib, mavjud rejimning tanazzulini tezlashtirdi.
Shundan so‘ng, Milliy Birlik Konferensiyasi Bosh vazir Chxve Gyu Hani prezident etib sayladi
va rasmiy ravishda Beshinchi Respublika e’lon qilindi.

7

Biroq bu tashkiliy o‘zgarishlar ijtimoiy

norozilik to‘lqinini bosa olmadi. Aholining siyosiy islohotlarga bo‘lgan talabini inobatga
olmagan hukumat siyosati mamlakat miqyosida ommaviy namoyishlarga sabab bo‘ldi.
Xususan, 1980-yil may oyida Kvanju shahrida yuzaga kelgan xalq harakati o‘zining ko‘lami va
mazmuni jihatidan oddiy norozilikdan chiqib, to‘laqonli qo‘zg‘olonga aylandi. Unga qarshi
hukumat general Chon Du Hvan boshchiligidagi maxsus harbiy bo‘linmalarni safarbar etdi.

8

5

Oberdorfer, D. The Two Koreas. A Contemporary History. London, 1998, c. 41-47; Курмызов А. А. Идеи чучхе и

идеология чучхесон: попытка сравнительного анализа. [Электронный ресурс]. Режим доступа:
http://makkawity.livejournal.com/1676923.html

6

Торкунов А.В., Денисов В.И., Ли В.Ф. Корейский полуостров: метаморфозы послевоенной истории.- М.:

ОЛМА Медиа Групп, 2008, с. 265-266.

7

Асмолов К. Генерал Пак Чон Хи. Очерк политической биографии// газета «Сеульский вестник».- Сеул, 2003,

№№ 77-80; Воронцов А. Новые подходы в России к оценке режима Пак Чжон Хи. [Электронный ресурс].
Режим доступа: http://www.journal-neo.com/?q=ru/node/1852

8

Симония Н.А. Правление Чон Ду Хвана и начало демократизации Республика Корея: Становление

современного общества. — М.: ИМЭИМО РАН, 1996.-С. 52-62.


background image

`

90

Bu harakat siyosiy erkinliklar uchun kurashayotgan fuqarolar va harbiy avtoritarizm
o‘rtasidagi ochiq to‘qnashuv sifatida tarixda muhrlanib qoldi.

Siyosiy barqarorlik izdan chiqqan bir paytda, harbiy elita ichki nizolarni hal qilish

vositasi sifatida hokimiyatni to‘liq o‘z qo‘liga olish yo‘lini tanladi. 1980-yilda general Chon Du
Hvan boshchiligidagi harbiylar davlat to‘ntaruvini amalga oshirib, mamlakat siyosiy tizimini
tubdan o‘zgartirgan konstitutsiyaviy islohotlar bosqichini boshladi. Oktabr oyida qabul
qilingan yangi Konstitutsiya doirasida prezident bilvosita - ya’ni Milliy Assambleya orqali -
yetti yil muddatga saylanadigan bo‘ldi. Ushbu model rasmiy jihatdan avtoritarizmdan voz
kechilganini bildirgan bo‘lsa-da, amalda davlat rahbarining vakolatlarini kengaytirish orqali
markazlashtirilgan boshqaruvni mustahkamladi.

Beshinchi Respublika Konstitutsiyasi siyosiy ko‘rinishda demokratik bo‘lishiga qaramay,

uning asosiy maqsadi amaldagi prezidentning siyosiy hukmronligini qonuniylashtirish va
saqlab qolish edi. Saylov muddati faqat bir marta va uzaytirilmasligi sharti bilan yetti yil etib
belgilandi. Agar bu muddatga oid o‘zgartirishlar kiritiladigan bo‘lsa ham, ular amaldagi
prezidentga nisbatan emas, balki keyingi prezidentlarga tatbiq etilishi lozim edi. Ushbu
huquqiy cheklovlar yuzaki demokratiya ko‘rinishini saqlab qolgan bo‘lsa-da, siyosiy haqiqatda
kuch muvozanatini prezident foydasiga og‘dirib yubordi. Shuningdek, prezident parlamentni
tarqatish vakolatiga ega bo‘lgan bir paytda, parlament faqat Vazirlar Mahkamasini iste’foga
chiqarish bilan cheklanardi - bu esa hokimiyatlar o‘rtasidagi real tenglikni shubha ostiga
qo‘yardi.

Beshinchi Respublika davrining o‘ziga xos siyosiy xususiyatlaridan biri - hokimiyatlar

bo‘linishining de-yure mavjud, ammo de-fakto sust shaklda tatbiq etilganidir. Parlament o‘z
faoliyatini boshlamaguniga qadar, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish vakolati Prezident
rahbarligidagi Milliy xavfsizlik kengashiga topshirilgan edi. Bu esa davlat rahbariga mamlakat
ichidagi siyosiy muhitni o‘z strategik manfaatlariga mos tarzda shakllantirish imkonini
yaratdi.

9

Ammo 1980-yillarning ikkinchi yarmiga kelib, Janubiy Koreyada avtoritar

boshqaruvning kuchi sekin-asta susaya boshladi. Xalq orasida siyosiy faollik oshdi va jamiyat
tobora ko‘proq demokratik islohotlarni talab qila boshladi. Ayniqsa, 1987-yil may oyida
muxolifat kuchlari - Demokratik partiya vakillari yetakchiligida - Kим Ён Сам boshchiligida
Demokratik Konstitutsiya uchun fuqarolik harakatini boshladi. Bu tashabbus qisqa vaqt ichida
misli ko‘rilmagan miqyosdagi ommaviy siyosiy safarbarlikka sabab bo‘ldi va mamlakatda
fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim bosqichiga aylandi.

10

1987-yil iyun oyida Koreya bo‘ylab keng tus olgan xalq noroziliklari hukumatga sezilarli

bosim o‘tkazdi. Namoyishchilar siyosiy mahbuslarni ozod qilish, konstitutsiyaviy islohotlar
o‘tkazish hamda prezidentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq saylovi orqali aniqlash kabi asosiy
talablarni ilgari surdilar. Ushbu ommaviy bosimlar natijasida prezident Chon Du Hvan siyosiy
sahnadan sekinlik bilan chekinishga majbur bo‘ldi va hukmron partiyaning yetakchiligini
sobiq harbiy yetakchilardan biri - Ro De Uga topshirdi. O‘sha paytdagi siyosiy tizimda bu

9

Асмолов К. В., Корейская политическая культура, традиции и трансформация. – М.: ИДВ РАН, 2009г. –С 45-

48.

10

Иванив А. М., Князев С. Д. Создание, развитие и современное состояние конституционного права

Республики Корея. // Материалы Международной научной конференции «100 лет корееведения в ДВГУ».
Тезисы и доклады. Владивосток, 2000, с. 24.


background image

`

91

lavozim prezidentlikka rasmiy nomzod sifatida ko‘rilgan bo‘lib, amalda hokimiyat
almashinuvi jarayonining boshlanganidan darak berardi.

11

1987-yil 29-iyunda general Ro De U hukmron partiya nomidan “Sakkiz bandli

deklaratsiya”ni e’lon qildi. Ushbu siyosiy hujjat mamlakatda yangi siyosiy tizim barpo etilishi
zarurligini ilgari surar edi va u Janubiy Koreya tarixida demokratik kuchlar foydasiga
erishilgan ilk muhim siyosiy g‘alaba sifatida baholanadi. Deklaratsiya tarkibida konstitutsiyani
va saylov tizimini qayta ko‘rib chiqish, prezidentlik saylovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq
tomonidan o‘tkazish, siyosiy mahbuslarni ozod qilish, shaxsiy erkinlik va huquqlarni
ta’minlash, matbuot erkinligi, akademik mustaqillik va siyosiy partiyalarning erkin faoliyat
yuritishiga sharoit yaratish, mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar o‘tkazish hamda “toza”
va “adolatli” fuqarolik jamiyati qurish kabi tub demokratik islohotlar nazarda tutilgan edi.

12

Xulosa.

Mazkur deklaratsiya asosida yangi konstitutsiyani ishlab chiqish va uni ommaga

taqdim etish jarayoni boshlab yuborildi. 1987-yil 27-oktabrda butun xalq miqyosida
o‘tkazilgan referendumda saylovchilarning 93 foizi yangi konstitutsiyani qo‘llab-quvvatladi.
Nihoyat, 1988-yil 25-fevralda yangi konstitutsiya rasmiy ravishda kuchga kirdi va ushbu sana
siyosiy tarixda Oltinchi Respublikaning tantanali ravishda e’lon qilingan kuni sifatida qayd
etiladi.

13

Bu bosqich Janubiy Koreya siyosiy evolyutsiyasining tub burilish nuqtasiga aylandi:

avtoritar rejimdan huquqiy-demokratik tizimga o‘tish yo‘lida konstitutsion mexanizmlarni
qayta ishga tushirish, hokimiyatning qonuniy legitimligiga asos yaratish va fuqarolarning
siyosiy irodasi bilan davlat tuzilmasini shakllantirish kabi tamoyillar ilgari surildi. Shu tariqa,
Janubiy Koreya siyosiy modernizatsiyasining asosiy institutsional poydevori aynan mana shu
deklaratsiya va konstitutsiyaviy islohotlar orqali barpo etildi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Shin Soon-ok. South Korea’s Elusive Middlepowermanship: Regional or Global Player //

The Pacific Review, 2015.
2.

Kim S. Korea’s Globalization. – New York: Cambridge University Press, 2010. – P. 350.

3.

Kim S. Korea and Globalization: A framework for Analysis. – New York: Cambridge

University Press, 2000. – P. 1-28.
4.

De Cellia R. The discursive construction of national identities. // Discourse and Society. –

1999. – №10 – P. 149-173.
5.

Escobar A. Encountering development: the making and unmaking of the third world. –

Princeton: Princeton University Press. – pp. 1995 – 120.
6.

Jan Nederveen Pieterse. Development Theory – London: Sage, 2009. – P. 87.

11

Жебин А. З. Тернистый путь к демократии в Южной Корее // Независимая газета. 1992. 4 июля.

12

Жебин А. З. Тернистый путь к демократии в Южной Корее // Независимая газета. 1992. 4 июля.

13

The Constitution of the Republic of Korea аmended by Jul. 17,1948; Jul. 7,1952; Nov.29,1954; Jun.15,1960;

Nov.29,1960; Dec.26,1962; Oct.21,1969; Dec.27,1972; Oct.27,1980; Oct.29,1987. [Электронный ресурс]. Режим
доступа:

http

://

english.ccourt

.

go

.

kr/home

/

att

_

file

/

download/

.


background image

`

92

7.

Kim J. The west and east asian national identities: a comparison of discourses of korean

seonjinguk, japanese nihonjinron, and chinese new nationalism. // Globalization and
Development in East Asia. – New York: Routledge, 2012. – pp. 80-97.
8.

Kim J. The discursive structure of developmentalism in Korea: a comparison of

geundaehwa, segyehwa, and seonjinhwa discourses. // Economy and Society, 2012. – №103 –
pp. 166-195.
9.

Kim J. South Korea’s historical constructions of advanced country: the discourse of

seonjinguk from the 1980s to the present. // Society and Theory, 2011. – №18 – pp. 315-351.
10.

Kang Eliot. Segyehwa reform of the South Korean developmental state. In Korea’s

globalization. – New York: Cambridge University Press, 2000. – pp. 76-101.
11.

Son Hyeonju. Analysis of reasons and countermeasures for the necessity of alternative

futures discourses in South Korea. // Futures, 2014 – №55 – pp.1-11.

Библиографические ссылки

Shin Soon-ok. South Korea’s Elusive Middlepowermanship: Regional or Global Player // The Pacific Review, 2015.

Kim S. Korea’s Globalization. – New York: Cambridge University Press, 2010. – P. 350.

Kim S. Korea and Globalization: A framework for Analysis. – New York: Cambridge University Press, 2000. – P. 1-28.

De Cellia R. The discursive construction of national identities. // Discourse and Society. – 1999. – №10 – P. 149-173.

Escobar A. Encountering development: the making and unmaking of the third world. – Princeton: Princeton University Press. – pp. 1995 – 120.

Jan Nederveen Pieterse. Development Theory – London: Sage, 2009. – P. 87.

Kim J. The west and east asian national identities: a comparison of discourses of korean seonjinguk, japanese nihonjinron, and chinese new nationalism. // Globalization and Development in East Asia. – New York: Routledge, 2012. – pp. 80-97.

Kim J. The discursive structure of developmentalism in Korea: a comparison of geundaehwa, segyehwa, and seonjinhwa discourses. // Economy and Society, 2012. – №103 – pp. 166-195.

Kim J. South Korea’s historical constructions of advanced country: the discourse of seonjinguk from the 1980s to the present. // Society and Theory, 2011. – №18 – pp. 315-351.

Kang Eliot. Segyehwa reform of the South Korean developmental state. In Korea’s globalization. – New York: Cambridge University Press, 2000. – pp. 76-101.

Son Hyeonju. Analysis of reasons and countermeasures for the necessity of alternative futures discourses in South Korea. // Futures, 2014 – №55 – pp.1-11.