Авторы

  • Shohsanam Yusupova
    Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi 17-maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.86931

Ключевые слова:

O‘smirlar stress psixologik barqarorlik ijtimoiy omillar ruhiy himoya emotsional holat stressga chidamlilik maktab muhiti oila ta’siri tengdoshlar munosabati psixologik yordam adaptatsiya shaxsiy rivojlanish xavotir psixologik yondashuvlar.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘smirlik davrida yuzaga keladigan stress holatlari va ularga qarshi psixologik barqarorlikni shakllantirish jarayoni tahlil etilgan. Ayniqsa, o‘smirlarning ruhiy himoya mexanizmlarini mustahkamlashda ijtimoiy-psixologik omillarning (ota-onalar munosabati, sinfdoshlar bilan aloqalar, maktab muhitining ta’siri, shaxsiy o‘zini anglash darajasi) tutgan o‘rni yoritilgan. Maqolada o‘smirlarning stressga nisbatan individual reaksiya shakllari, ularning emotsional muvozanatini saqlashdagi muhim jihatlar, hamda pedagog va psixologlar tomonidan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan samarali yondashuvlar bayon etiladi. Tadqiqot natijalari o‘quvchilar ruhiy salomatligini ta’minlash va ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.


background image

`

50

O‘SMIRLIK DAVRIDA STRESS HOLATLARI VA PSIXOLOGIK BARQARORLIKNI

SHAKLLANTIRISH OMILLARI

Yusupova Shohsanam Sohibjon qizi

Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi 17-maktab psixologi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15378562

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada o‘smirlik davrida yuzaga keladigan stress holatlari va

ularga qarshi psixologik barqarorlikni shakllantirish jarayoni tahlil etilgan. Ayniqsa,
o‘smirlarning ruhiy himoya mexanizmlarini mustahkamlashda ijtimoiy-psixologik omillarning
(ota-onalar munosabati, sinfdoshlar bilan aloqalar, maktab muhitining ta’siri, shaxsiy o‘zini
anglash darajasi) tutgan o‘rni yoritilgan. Maqolada o‘smirlarning stressga nisbatan individual
reaksiya shakllari, ularning emotsional muvozanatini saqlashdagi muhim jihatlar, hamda
pedagog va psixologlar tomonidan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan samarali yondashuvlar bayon
etiladi. Tadqiqot natijalari o‘quvchilar ruhiy salomatligini ta’minlash va ijtimoiy-psixologik
muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.

Kalit so‘zlar:

O‘smirlar, stress, psixologik barqarorlik, ijtimoiy omillar, ruhiy himoya,

emotsional holat, stressga chidamlilik, maktab muhiti, oila ta’siri, tengdoshlar munosabati,
psixologik yordam, adaptatsiya, shaxsiy rivojlanish, xavotir, psixologik yondashuvlar.


Ma’lumki. ekstremal vaziyatlarda shaxs psixologik himoya qilish muammosi hamisha

insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan. Zero, insonning har
jihatdan ijtimoiy taraqqiyoti, shaxs sifatidagi faolligi va o‘zini o‘zi rivojlantira borishi ko‘p
jihatdan ushbu jarayonga bog‘liqdir. Alohida ta’kidlash joizki, shaxslar o‘zlarining ma’lum
doiradagi psixologik imkoniyatlari, yutuqlari, kamchiliklari haqida yetarli ma’lumotga ega
bo‘lsalar, bu ularning hayotda uchraydigan har qanday muvaffaqiyatsizliklarni osonlik bilan
bartaraf etishga, o‘z imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalana olishga, bir so‘z bilan
aytganda, o‘zlari haqida yanada teran, ijobiy va o‘ziga xos ijtimoiy qiymatga ega bo‘lgan
tasavvurlarning shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratadi. Zero, bu jarayonda eng avvalo
ta’lim-tarbiya tizimi, uning mazmun-mohiyati, ta’lim tizimini takomillashtirishga xizmat
qiluvchi ekstremal vaziyatlarda shaxs psixologik himoyasi tamoyillar muhim ahamiyat kasb
etadi. Prezidentimizning har bir nutqi, asarlari o‘sib kelayotgan yosh avlod muammolariga
bag‘ishlanishi shaxsni shakllantirish, shaxs tuzilmasida ma’naviy komponentning o‘rni
qanchalik ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi. Zero, jamiyatda yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan ma’naviy tanazzulning oldini olish, yuzaga kelish ehtimolini pasaytirishda sog‘lom
e’tiqod, munosabat, dunyoqarashiga ega bo‘lgan barkamol inson shaxsini shakllantirish
muhim vazifalar sirasiga kiradi. Respublikamizda o‘ziga xos izchillik bilan amalga
oshirilayotgan barcha islohotlarning tub markazida shaxs va uning ijtimoiy taraqqiyotini
ta’minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar yotadiki, bu jarayonda psixologik yondashuvlar
muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, har bir shaxs tezkor vaziyat muhit bilan bog‘liq o‘ziga xos
psixologik imkoniyatlariga yetarlicha baho bermay turib shaxsning taraqqiyotiga hozirgi
zamon talablariga mos natija ko‘rsatish juda mushkuldir. Tabiiyki, bu holat psixologlar,
favqulotda vaziziyat, yong‘in xavfsizligi xodimlari zimmasiga yanada ko‘proq mas’uliyat
yuklatiladi. Azal-azaldan mehribon mehmon do‘st va insonparvar hisoblangan o‘zbek xalqi
uchun inson hayoti hamma narsadan ustundir. Shuning uchun ham ekstremal vaziyatlarda


background image

`

51

shaxslarga psixologik yordam ko‘rsatish va favqulotda vaziyatlarda psixologik himoya qilish
hozirgi kunda dolzarb muammo hisoblanadi. Bugungi psixologiya fani taraqqiyoti an’analari
bilan bog‘liq insonning amaliy psixologiyasini, uning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi va ijtimoiy
tabiatidan ajratib bo‘lmaydi.

Shu nuqtai nazardan, inson omillarini va uning jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarini to‘g‘ri

va samarali boshqarish jarayoni jamiyatga va jamiyat a’zolariga psixologik xizmat ko‘rsatish
muqararligini talab qiladi. Vaholanki, iqtisod, huquq, etika, etnografiya, tarix, sotsiologiya va
shu kabi barcha fanlarning o‘zaro mustahkam hamkorligi natijasida inson psixologiyasining
amaliy muammolari hal etilishi lozim. Yuqoridagilarga asoslanib aytish mumkinki, umuman
ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya jarayoni shaxstabiati uchun xarakterli bo‘lgan
boshqa xil himoyalar orasida ham alohida ajralib turadi. Jumladan, biologik himoyada
shaxsning individ yoxud biologik mavjudot sifatidagi ehtiyojlarining qondirilishi bilan bog‘liq
harakatlar tushunilsa, ijtimoiy himoyada esa shaxsning davlat va jamiyat tomonidan ma’lum
me’yoriy hujjatlar asosida himoya qilinishi tushuniladi. Iqtisodiy himoya jarayoni shaxsning
moddiy ta’minlanganlik darajasini belgilashga qaratilgan tadbirlar, qonunlar va rasmiy
hujjatlar bilan belgilanadi. Ko‘pgina adabiyotlarda ma’naviy-mafkuraviy muhofaza jarayoniga
dahldor mulohazalar ham mavjud. Bunda asosan yoshlardagi milliy e’tiqodni mustahkamlash
ma’naviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Insonning
ekstremal vaziyatlarda psixologik himoyasi esa uning shaxs sifatidagi faoliyati hamda
faolligini ta’minlashga xizmat qiluvchi o‘ziga xos psixologik imkoniyatlar bilan belgilanadi va
baholanadi. Ilmiy adabiyotlar talqini psixologik himoya metodologiyasining umumiy
yo‘nalishlari G‘arb ijtimoiy psixologiya namoyandalari tadqiqotlarini quyidagicha izohlash
mumkin: V.Vundtning 1900 yilda chop etilgan "Xalqlar psixologiyasi" nomli yirik (o‘n tomlik)
asari ijtimoiy psixologiya yo‘nalishlarini yorqinlashtirishga xizmat qilib, inson ma’naviyati,
madaniyati va mafkurasini o‘rganishning murakkab tomonlarini ochib berdi.

Taniqli ingliz psixologi Vilyam Makdugallning 1908 yilda yozilgan "Ijtimoiy

psixologiyaga kirish" asaridagi "ijtimoiy xulq-atvor instinktlari" nazariyasi freydizmga qarshi
o‘laroq inson instinktlari va faoliyat uyg‘unligini ta’minlash muammosini yoritishga ilk bor
asos bo‘lib xizmat qildi. Binobarin, E.Fromm, J.Saliven, V.Shuts, G.Sheparde, V.Bayon kabi
olimlar tomonidan guruhlar psixologiyasi nazariyasini yaratishga asos solindi. Bunda turli xil
ijtimoiy psixologik treninglar orqali guruhdagi shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq
psixologik iqlimni kamol toptirish yo‘llarining ilk bor ko‘rsatilishi mehnat jamoalaridagi
ijtimoiy psixologik xizmat vazifalarini belgilash uchun ma’lum darajadagi empirik ma’lumot
sifatida xizmat qilishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda yaratilganyotgan kognitivizm
doirasidagi nazariyalar ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya metodologiyasini
asoslashga xizmat qiladi. Shaxsning psixologik himoya mexanizmlari ayrim nizolarning
sub’ektiv sabablariga bevosita ta’sir etishi mumkin. Shaxsning shaxsiy yoki guruhiy
ehtiyojlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik va shaxsiy yoki guruhiy qiziqishlarini poymol
qilish kabi sabablar nizoli vaziyatlarni vujudga keltiradi. Ko‘pincha jamoada qabul qilingan
xulq-atvor formalari, ijtimoiy shakllanib borishi bilan individ reaksiyasi aniqlanadi. Bundan
tashqari, individning nizolarga ishtiroki, uning oldiga qo‘ygan maqsadini amalga oshirish
uchun yuzaga kelgan to‘siq qay darajada xalaqit berishi bilan aniqlanadi. Sub’ekt oldiga
qo‘ygan maqsadi qanchalik muhim bo‘lsa va unga erishishni juda xohlasa, u shunchalik


background image

`

52

darajada qat’iylik bilan o‘zaro nizoli vaziyatlarga va unga xalaqit beruvchi shaxsga qarshilik
ko‘rsatadi.

Mazkur mulohazalarga asoslanib, Ivan Ognev tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi

chizmada shaxsning nizolarda ishtiroki sabablarini shakllantirish tizimi tavsiya etiladi. Aytish
joizki, mazkur tadqiqotlar zamirida ham shaxsning o‘zini o‘zi psixologik himoya qilish
jarayonini tadqiq qilishga qaratilgan metodologik mulohazalar bayon etiladi. B.M.Teplov,
V.S.Merlin, V.D.Nebilisin, E.A.Golubeva va ularning shogirdlari tomonidan olib borilgan
empirik tadqiqotlar mazmuni ijtimoiy psixologiya va ekstremal vaziyatlarda psixologik
himoya uchun muhim bo‘lgan har bir shaxsning (individning) tabiiy va tug‘ma sifatlarini, oliy
nerv faoliyatining o‘ziga xos qobiliyat elementlarini va unga ta’sir etuvchi ta’lim-tarbiya,
tashqi muhit va faoliyatning ne chog‘lik tashkil etilish jarayonini mukammal o‘rganish va uni
ijtimoiy maqsadlar asosida rivojlantirish yo‘llarini belgilash uchun katta imkoniyat yaratdi.
Mazkur imkoniyatlar avvalambor insondagi u yoki bu faoliyatni bajarishga bo‘lgan iqtidor
kurtaklarini o‘rganishni va shu asosda shaxs faolligini kamol toptirish uchun asos sifatida
xizmat qilishi maqsadga muvofiq. Shunga asosan maxsus tadqiqotlar shuni tasdiqlayaptiki,
faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun individual xususiyatlar, ayniqsa, har bir shaxs
temperamenti va individual uslubiga ham bog‘liq. Ayniqsa, mehnat va o‘quv faoliyati
jarayonida ushbu holatni kuzatish, tahlil qilish va rivojlantirish bilan bog‘liq usullar
majmuasining ishlab chiqilishi psixologik muhofazaning muhim vazifasi ekanligidan
dalolatdir. Ye.Mironovning fikricha, ingliz tilidan tarjima qilinganda “stress” so‘zi “psixik
zo‘riqish”, “bosim o‘tkazish” ma’nolarini anglatadi. Disstress so‘zi esa “qayg‘u”, “muhtojlik”,
“charchash” ma’nolarida qo‘llaniladi. Hozirgi davrda stress deganda organizmning qandaydir
qo‘zg‘atuvchi – stressor ta’siri ostida yuqori zo‘riqish holati tushuniladi. Stress so‘zi
individning kazusli vaziyatlardagi emotsional holatini ifodalash uchun ham ishlatiladi. Stress
holatlarini inson hayotining turli davrlarida turlicha namoyon bo‘lishi olimlar tomonidan
tadqiq etilgan bo‘lib, ular ko‘pincha bu tafovutlarni ham asab, ham gormonal tizimdagi
o‘zgarishlar bilan bog‘lab tushuntiradilar. Stressning shakllanish sabablari organizmning
biologik butunligiga hamda insondagi psixologik holatga ham tahdid soladi. Ana shu asosda
olimlar stress holatlarini ikki guruhga-fiziologik va psixologik stressga tafovutlashadilar.
Fiziologik stressni fiziologik ta’sirlar - turli xildagi to‘siqlar, shuningdek, kuchli ovozlar, kuchli
yorug‘lik, havoning yuqori harorati, vibratsiyalar va boshqalar keltirib chiqaradi. Psixologik
stress vaziyatning favquloddaligi natijasida insonning yuzaga kelgan vaziyatga munosabati va
uning murakkablikni baholashi yoki muammo oldida ojiz bo‘lib qolishi bilan belgilanadi.

Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, ekstremal vaziyatlarda

o‘smirlarning psixologik himoyasi — bu ularning shaxsiy faolligini saqlab qolishga, ruhiy
barqarorlikni mustahkamlashga va ichki zo‘riqish holatlariga qarshi kurasha olish salohiyatini
shakllantirishga xizmat qiluvchi murakkab psixologik jarayondir. Bunday holatlarda nafaqat
biologik va iqtisodiy himoya, balki ijtimoiy va ma’naviy-mafkuraviy himoyaning hamohangligi
zarur hisoblanadi. Psixologik himoya mexanizmlarining shakllanishida individual
xususiyatlar, temperament, faoliyatga bo‘lgan munosabat, shuningdek, ta’lim-tarbiya, oilaviy
muhit, guruhdagi o‘rni kabi ijtimoiy-psixologik omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois,
o‘smirlar orasida stressga nisbatan bardoshlilikni rivojlantirish, nizoli vaziyatlarda to‘g‘ri va
sog‘lom psixologik reaksiyalarni shakllantirish, shuningdek, ularda shaxsiy ijtimoiy tajriba va


background image

`

53

murosaga asoslangan qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash zamonaviy psixologik
xizmatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi lozim. Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan
ilmiy-amaliy tadqiqotlar esa yosh avlodning ruhiy salomatligi va sog‘lom ijtimoiylashuvi
uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Elov Z.S. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. O‘quv-metodik qo‘llanma. 2021.

Buxoro 1-164. 7

2.

Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. O`smirlarda ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya

mexanizmlarini shakllantirish. Monografiya. “Buxoro viloyat bosmaxonasi MChJ” nashriyoti.

Buxoro. 2021. -B. 160.
3.

Olimov L.Ya., Maxmudova Z.M.. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. o`quv

qo`llanma. O‘quv qo‘llanma. “Turon zamin ziyo” nashriyoti. T. 2020. -B.

4.

Ziyocom.uz

Библиографические ссылки

Elov Z.S. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. O‘quv-metodik qo‘llanma. 2021. Buxoro 1-164. 7

Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. O`smirlarda ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya mexanizmlarini shakllantirish. Monografiya. “Buxoro viloyat bosmaxonasi MChJ” nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 160.

Olimov L.Ya., Maxmudova Z.M.. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. o`quv qo`llanma. O‘quv qo‘llanma. “Turon zamin ziyo” nashriyoti. T. 2020. -B.

Ziyocom.uz