Авторы

  • Goʻzzal Tauyekelova
    Qo‘ng‘irot tumani, 33-sonli maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.87754

Ключевые слова:

o‘spirin shaxs rivojlanishi «Men» obrazi o‘zini anglash o‘z-o‘zini baholash identifikatsiya pedagogik ta’sir.

Аннотация

Maqolada ilk o‘spirinlik davrida shaxsning psixologik rivojlanishi, xususan, o‘zini anglash, «Men» obrazi va o‘z-o‘zini baholash jarayonlari tahlil qilinadi. Ilmiy tahlillar asosida ushbu bosqichda shaxsiy identifikatsiya va ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishda oila, maktab va muhitning ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda pedagogik yondashuvlar ahamiyati ko‘rsatilgan.


background image

`

93

ILK O‘SPIRINLIK YOSHIDA O‘Z-O‘ZINI ANGLASHNING PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI VA TARBIYADAGI ROLI

Tauyekelova Goʻzzal Yerkinovna

Qo‘ng‘irot tumani, 33-sonli maktab psixologi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15393389

Annotatsiya:

Maqolada ilk o‘spirinlik davrida shaxsning psixologik rivojlanishi,

xususan, o‘zini anglash, «Men» obrazi va o‘z-o‘zini baholash jarayonlari tahlil qilinadi. Ilmiy
tahlillar asosida ushbu bosqichda shaxsiy identifikatsiya va ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishda
oila, maktab va muhitning ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, tarbiyaviy ishlar samaradorligini
oshirishda pedagogik yondashuvlar ahamiyati ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar:

o‘spirin, shaxs rivojlanishi, «Men» obrazi, o‘zini anglash, o‘z-o‘zini

baholash, identifikatsiya, pedagogik ta’sir.


Ilk yoshlik davrida o`quvchilar

o`z-o`zini anglash

tuyg`usi intensiv rivojlanadi. Bundan

tashkari, avvalgi yosh davrlarida bo`lgani kabi o`z-o`zini anglash tuyg`o`si barcha yo`nalishlar
buyicha rivojlanishda davom etadi. Bu erda o`z-o`ziga beradigan noadekvat baholarning –
oshirilgan yoki pasaytirilgan baholarning qaysi biri xavflirok ekanligi to`g`risida hech narsa
deb bo`lmaydi. Bu rivojlana borayotgan shaxsga berilgan tavsifnoma xisobga olingandagina
to`g`ri belgilanishi mumkin. Shuni ham ta`qidlab o`tish kerakki, bola o`z-o`ziga ziddiyatli baho
bergan kezlari unga har hil pedagogik ta`sir choralari qo`llanishi zarur. Bunday ta`sir choralari
bolaning izzat-nafsiga tegmaydigan va o`zoq davom etadigan bo`lishi kerak. O`quvchining o`z
atrofidagi kishilar bilan muloqotga kirishish xarakteri ham o`zgaradi va bunday aloqalar
o`quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu yoshdagi o`quvchilarnin o`qituvchilar bilan munosabatlariga xos xususiyatlar haqida

alohida to`htalib o`tish lozim. Bunday xususiyatlar birinchi galda o`qituvchilarning o`z
o`quvchilarining ahvolini yurakdan tushunish singari individual fazilatlar bilan belgilanadi. Bu
yoshdagi o`quvchilar bilan o`qituvchining o`zaro munosabatlariga doir xususiyat haqida
to`xtalib o`tish kerak. Olib borilgan maxsus tadqiqotlar shuni ko`rsatmokdaki, bunday o`zaro
munosabatlarga baho berish masalasiga hamma har hil qarar ekan. Bunda bu xususiyatlarga
bir hil kishilarning baholari bilan boshqa toifadagilarning baholari o`rtasida anchagina farq
borligi kuzatiladi. Ko`pincha o`qituvchilar

I.S.Kon

ning iborasi bilan aytganda, «o`zlari tarbiya

berayotgan bolalarga qanchalik yaqinliklariga ortiqcha baho beradilar va bu bilan usha
bolalarga o`zlari ko`rsatadigan ta`sir choralarini ham ortiqcha baholaydilar».

Ilk yoshlik davridagi o`quvchilar bilan o`quv-tarbiya ishlarini olib borish jarayonida,

ularni mehnat faoliyatiga tayyorlash, o`zining ijtimoiy va fuqarolik burchini bajarishga faol
kirishish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash singari masalalarni yagona talablar asosida hal
qilmoq lozim. Ushbu masalalarni hal qilishning extimol tutilgan yo`llarini tahlil qilish va ularni
psixologik jihatdan asoslab berishda kuyidagi

uchta muhim shart

ni ta`qidlab o`tish kerak:

Mazkur yosh davrida bolalarga beriladigan tarbiya o`z-o`zini tarbiyalash tomon

qanchalik ko`p o`sib o`tsa, uning pedagogik ta`siri ham shunchalik samarali bo`ladi;

O`spirinlarda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish, o`z Vatanining chinakam fuqarosini

tarbiyalash, inson shaxsining barcha jihatlarini rivojlantirish – bularning hammasi


background image

`

94

o`spirinning o`zi faollik ko`rsatish va har tomonlama muloqotga kirishish jarayonida mumkin
bo`ladi;

O`spirinlik yoshida bolalarni o`qitish va tarbiyalash ishlari ularda saqlanib qolgan

bolalik elementlarini xisobga olgan holda amalga oshirilmog`i kerak. Lekin, bunda bolada
paydo bo`lib va rivojlanib kelayotgan, kattalarga xos xususiyatlarga tayanib, hamda shu
xususiyatlarni ham xisobga olgan holda ish ko`rish zarur.

O`z vaqtida buyuk psixolog

L.S.Vigotskiy

(1896-1934) shunday degan edi: «Pedagogika

kechagi kunga qarab emas, bolalar rivojlanishining ertangi kunini mo`ljalga olgan holda ish
yuritishi kerak».

Ilk o`spirinning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi ko`ch - jamoat tashkilotlari,

o`quv yurti jamoasi, ta`lim jarayoni qo`yadigan talablar darajasining oshishi bilan u erishgan
psixik kamolot o`rtasidagi ziddiyatdan iboratdir. Turli qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar
o`spirinning ahloqiy, aqliy, estetik jihatdan tez o`sishi orqali bartaraf qilinadi.

Ilk o`spirinlik yoshidagi o`zgarishlar maktab, oila, shaxslararo munosabatlardagi

mavqeini yanada mustahkamlashning muhim omili xisoblanadi. Lekin

etakchi

, hal qiluvchi

omil

o`spirin faoliyatining xususiyati, moxiyati va mazmunidagi to`b bo`rilishdir.

O`spirinlarda avvalo

o`zini anglash

dagi siljish yaqqol kuzga tashlanadi. Bu hol

shunchaki o`sishni bildirmaydi, balki o`z shaxsiyatining ma`naviy – psixologik fazilatlarini,
faol ijtimoiy turmush tarzining maqsad va vazifalarini anglashni, oqilona baholashni aks
ettiradi. O`spirinda o`zining ruhiy dunyosini, shaxsiy fazilatlarini, aql-zakovatini, qobiliyati
hamda imkoniyatini aniqlashga intilish ko`chayadi. Hulq-atvorini jilovlash, xis-tuyg`o`lari
hamda ichki kechinmalarini tushunish ishtiyoqi vujudga keladi.

O`spirinni o`smir yoshidagi boladan farq qiladigan yana bir xususiyati – murakkab

shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon hissi, o`z qadr-qimmatini e`zozlash,
sezish va fahmlashga moyillikdir. Shuni alohida ta`qidlash kerakki, o`quvchida o`zining fazilati
to`g`risida yaqqol tasavvur xosil qilish unga o`qituvchi juda ustalik, ziyraklik bilan yordam
berishi lozim. U o`zining do`stona, ilik munosabati bilan guruh jamoasi a`zolari e`tiborida
ishonch, obru qozonishi uchun har bir mulohazasida pedagogik-psixologik nazokatga rioya
qilsa, yigit va qizlarda ham o`z ko`chiga, imkoniyatiga, fahm-farosatiga ishonch hissini paydo
qiladi. Ularda ustozga chuqur hurmat, minnatdorchilik tuyg`o`larini uyg`otadi.

O`spirin o`quvchida o`zini anglash negizida o`z-o`zini tarbiyalash istagi to`g`iladi,

o`zlarida eng qimmatli fazilatlarni, o`quv va malakalarni ongli, rejali, tartibli, izchil va
muntazam tarkib toptirishga ehtiyoj sezadilar.

O`spirinlarda ideallar bir necha ko`rinishda namoyon bo`lishi va aks etishi mumkin.

Masalan, ular taniqli kishilarning kiyofalari, badiiy asar kahramonlari timsolida o`zlarida
yuksak fazilatlarni gavdalantirishni orzu qiladilar. Ba`zan o`zlarini epchil, chaqqon, jasur qilib
ko`rsatishga intilib, o`smir singari xatoliklarga yo`l qo`yadilar.

O`spirin ma`naviy xislatlarga, ahloq normalariga jiddiy munosabatda bo`ladilar. Ular

ahloqiy turkumlar, birliklarning mazmunini chuqur anglay boshlaydilar, har qaysi ahloqiy
tushunchaning nozikligi va ko`p ma`noliligini bilishga harakat qiladilar. Masalan, burch,
vijdon, g`urur, qadir-qimmat, fahrlanish, ma`suliyat, or-nomus kabi tushunchalarni chuqur
tahlil qila oladilar.


background image

`

95

Guruh va bilim yurti jamoasi ta`sirida matonatlilik, jasurlik, sabr-toqatlilik, kamtarlik,

intizomlilik, halollik, hamdardlik kabi fazilatlar takomillashgani va xudbinlik, loqaydlik,
munofiklik, laganbardorlik, dangasalik, qo`rqoklik, g`ayirlik singari illatlarning barham topishi
tezlashadi.

Xulosa.

Ilk o‘spirinlik davri shaxsiy taraqqiyotda muhim bosqich bo‘lib, o‘quvchilarda

o‘z-o‘zini anglash, o‘ziga baho berish, shuningdek, shaxslararo munosabatlarga nisbatan
sezgirlik kuchayadi. Bu yoshda bolaning ichki dunyosi boyib, o‘zining maqsad va
imkoniyatlariga nisbatan ongli yondashuv paydo bo‘ladi. O‘zini anglash jarayoni shaxsiy
fazilatlarni rivojlantirish, ijtimoiy faoliyatga qiziqish, mehnatga va jamiyatga bo‘lgan
munosabatda aks etadi.

Mazkur davrda pedagogik ta’sirning mohiyati – bolaning psixologik holatini nozik

anglash, unga individual yondashish va o‘zini tarbiyalashga yo‘naltirishdan iborat. O‘quvchi
o‘zini anglay boshlashi bilan birga, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar mazmunini chuqur
tushunishga harakat qiladi, bu esa uning jamiyatda o‘z o‘rnini topishida muhim omil
hisoblanadi.

Shunday qilib, ilk o‘spirinlik davrida o‘zini anglash shaxsiy taraqqiyotning markaziy

omiliga aylanadi. Bu jarayonni to‘g‘ri boshqarish, pedagog va ota-onalarning ongli yondashuvi
orqali yosh avlodni maqsadli, irodali va axloqiy barkamol shaxs sifatida shakllantirish
mumkin.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

M.G.Davletshin, S.M.Tuychieva «Umumiy psixologiya», T., 2002 y.

2.

M.G.Davletshin va b. «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya»,T., 2004 y.

3.

V.Karimova «Psixologiya», T., 2002 y.

4.

E.G`oziev «Psixologiya», T., «O`qituvchi», 1994 y.

5.

Z.L.Botirov «Psixologiya» (ma`r.ma`tni), Karshi, 2010 y.

Библиографические ссылки

M.G.Davletshin, S.M.Tuychieva «Umumiy psixologiya», T., 2002 y.

M.G.Davletshin va b. «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya»,T., 2004 y.

V.Karimova «Psixologiya», T., 2002 y.

E.G`oziev «Psixologiya», T., «O`qituvchi», 1994 y.

Z.L.Botirov «Psixologiya» (ma`r.ma`tni), Karshi, 2010 y.