`
87
IDORAVIY HUQUQ IJODKORLIGI FAOLIYATINI REJALASHTIRISHNING
AHAMIYATI
Abduraxım Xasanov
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15450015
Annotatsiya:
Mazkur maqolada vazirlik va idoralar tomonidan normativ-huquqiy
hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonlarini tashkil etish hamda rejalashtirishning
ahamiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari ichki ishlar organlari huquq ijodkorligi faoliyati
misolida tahlil qilingan. Muallif normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari sifatli tayyorlanishini
ta’minlash maqsadida norma ijodkorligini rejalashtiruvchi subyektlar doirasini, norma
ijodkorligi faoliyatini bajarish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning vazifalari, funksiyalari va
vakolatlarini aniq belgilash zarurligi haqida xulosaga kelgan.
Kalit so‘zlar:
norma ijodkorligi, idoraviy huquq ijodkorligi, rejalashtirish, normativ-
huquqiy hujjat, ichki ishlar organlari, “paket” tamoyili.
Norma ijodkorligi jarayonida normativ-huquqiy hujjatlarning samaradorligini oshirish
ularni vazirlik va idoralar tomonidan tayyorlash va qabul qilish jarayonlarini tashkil etish
hamda rejalashtirish bilan bog’liq. Ushbu masalani Ichki ishlar vazirligi (keying o‘rinlarda – IIV)
huquq ijodkorligi faoliyati misolida ko’rib chiqamiz.
P.Solovevning fikricha, “rejalashtirish norma ijodkorligining dastlabki bosqichi,
shuningdek, huquqiy barqarorlik va aniqlikni ta’minlovchi qonunchilikni rivojlantirish
tamoyilidir”
1
. A.Mironovning fikricha, ilmiy yondashuvga asoslangan rejalashtirish davlat va
jamiyat taraqqiyoti prognozlari bo‘yicha ularning ehtiyojlariga asoslanmagan qonunlar va
qonunosti hujjatlarini qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qiladi
2
.
Normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish muammolari
nafaqat ilmiy, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ularni yechish
norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash jarayonlarining samaradorlik darajasini oshirish
imkonini beradi. Bizningcha, normativ-huquqiy hujjatlarni yanada puxtaroq tayyorlash va
ularning sifatini yaxshilash uchun ularni tayyorlash, kelishish va qabul qilish tartibini yanada
takomillashtirish zarur.
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga
muvofiq, “normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish, qoida tariqasida,
huquqiy jihatdan tartibga solish talab qilinadigan muammolarni aniqlash va tahlil qilish
yakunlari bo‘yicha tayyorlanadigan norma ijodkorligi ishining rejalari (dasturlari) doirasida
amalga oshiriladi”.
O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ichki
ishlar organlari xususan, vazirlik normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, qonunchilikni ichki
ishlar organlarining vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha takomillashtirishga doir
1
Соловев П. В. Перспективное планирование нормотворческой деятелности в Республике Беларус // Вестник
Полоцкого
государственного университета. Серия D, Экономические и юридические науки. – 2012. С. – 113.
2
Миронов А. Н. Миронов АН Принципы нормотворчества // Право, политика и современное общество: ценности,
развитие и проблемы. – 2017. С. – 22.
`
88
takliflarni ishlab chiqadi. Hozirgi sharoitda bu faoliyatning bosh yo‘nalishlaridan biri ichki
ishlar organlari o‘zlariga yuklatilgan funksiyalar va vazifalarni samarali bajarishini huquqiy
jihatdan har tomonlama ta’minlashdir.
IIVning norma ijodkorligi faoliyati so‘nggi yillarda rejali asosda amalga oshirilmoqda.
IIVning muvofiq norma ijodkorligi ishini rejalashtirish masalalari vazirning buyruqlari bilan
atroflicha tartibga solinadi. Ayni vaqtda, rejalashtirish chog‘ida, shuningdek IIV hujjatlarini
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida vazirlik vakolatlarini hisobga olish lozim. Masalan, Yo‘l
harakati qoidalari idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan emas balki O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi. Keltirilgan misol shuni ko‘rsatadiki, IIV
idoraviy norma ijodkorligining chegarasi qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining hujjatlarida yanada aniqroq belgilansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
So‘nggi yillarda IIV muhim boshqaruv qarorlarini, boshqaruvning turli darajalari va
bo‘g‘inlari tuzilishi va vakolatlarini, ularning o‘zaro aloqasi hamda ularning ishini
muvofiqlashtirishning tashkiliy shaklini yuridik jihatdan mustahkamlovchi, shuningdek ayrim
texnik-iqtisodiy normalarni tartibga soluvchi normativ hujjatlarni qabul qildi (O‘zbekiston
Respublikasi IIVning norma ijodkorligi faoliyati 2016 yilda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi
Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qancha hujjatlari qabul qilinganidan
so‘ng yanada faollashdi).
Ta’kidlash lozimki, “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risida” Nizomda
ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, ular zimmasiga yuklatilgan vazifa va
funksiyalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini
ishlab chiqish masalasi nazarda tutilgan bo‘lsada, IIV tizimida huquq ijodkorligi faoliyatini
rejalashtirish haqidagi ko‘rsatma mavjud ham emas. Shu tufayli ham mazkur Nizomga tegishli
bandni kiritish zarur deb hisoblaymiz.
Rejalashtirish boshqaruvning tarkibiy funksiyasi hisoblanadi. Usiz samarali, asoslangan
huquq ijodkorligi faoliyatini yo‘lga qo‘yish mumkin emas. Ayni shu hol IIV norma ijodkorligini
rejalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni tahlil qilish zarurligini belgilaydi. Norma
ijodkorligi faoliyatini rejalashtirish zaruriyati uning boshqaruv qarori sifatidagi natijalarining
xususiyati bilan ham belgilanadi.
P.Solovevning fikricha, normativ-huquqiy faoliyatni uzoq muddatli rejalashtirish ob’ekti
masalasi muhim ahamiyatga ega. Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni istiqbolli
rejalashtirish qonunlar bilan cheklanib qolmasligi kerak. Bunday dasturlar zarur hollarda
boshqa qonun hujjatlari va qonunosti hujjatlarini tayyorlashni ham o‘z ichiga olishi lozim.
Bunday yondashuv, birinchidan, loyihalarni tayyorlashning
“paket”
tamoyilini amalga oshirish
imkonini beradi, ikkinchidan, norma ijodkorligi subyektlarining uzoq muddatli, yo‘naltirilgan
fundamental hujjatlarni ishlab chiqish sifatini oshiradi
3
.
IIV normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini tayyorlashni rejalashtirishning dolzarbligi
yana shu bilan belgilanadiki, hozirgi vaqtda ijtimoiy, shu jumladan yuridik prognoz qilish uchun
jiddiy shart-sharoit va ilmiy asoslar yaratilgan
4
. Ichki ishlar organlarida boshqaruvning turli
3
Соловев П. В. Перспективное планирование нормотворческой деятелности в Республике Беларус //Вестник
Полоцкого государственного университета. Серия D, Экономические и юридические науки. – 2012.
4 Qаранг: Тултеев И.Т. К вопросу о сущности законотворческого прогнозирования // Демократизация и права
человека, 2002, №1. – 97-99-б.
`
89
darajalarida kriminologik prognoz qilish va tegishli tajribalar o‘tkazish masalalariga nisbatan
ilmiy yondashuv amalga oshirilmoqda.
Ko‘rsatilgan omillar mavjud vositalardan samarali foydalanishga, qabul qilinayotgan
qarorlarning ta’sirchanligini kuchaytirishga, binobarin, organlar va mansabdor shaxslar
faoliyatida yuzaga keluvchi munosabatlarni yanada to‘liqroq huquqiy tartibga solishga katta
talablar qo‘yadi.
Norma ijodkorligi faoliyatini rejalashtirish uning muayyan tartibi va tizimini belgilash,
zarur normativ-huquqiy hujjatlar o‘z vaqtida qabul qilinishini ta’minlash imkonini beradi. IIV
huquq ijodkorligi ishining rejasini ishlab chiqish ichki ishlar organlari faoliyatining normativ-
huquqiy hujjatlar bilan huquqiy tartibga solishni talab etuvchi muhim masalalari e’tibordan
chetda qolmasligining garovi hisoblanadi. Bu masalalarni mazkur muammoga bag‘ishlangan o‘z
monografik tadqiqotlari va asarlarida tadqiq etgan mualliflar normativ-huquqiy hujjatlarning
loyihalarini tuzish ishini rejalashtirish zarur degan xulosaga keladilar
5
.
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga
muvofiq, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar ijtimoiy
munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish yoki qonunchilik normalarini
takomillashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashning joriy
(yarim yillik va yillik) hamda istiqbolga (bir yildan ortiq muddatga) mo‘ljallangan rejalarini
(dasturlarini) ishlab chiqishi va tasdiqlashi mumkin.
Norma ijodkorligini rejalashtirish IIV tizimida huquqiy tartibga solishni takomillashtirish
uchun mas’uliyatni kuchaytiradi, normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari o‘z vaqtida va
sifatli tayyorlanishini ta’minlash imkonini beradi. Huquqiy normani shakllantirish bilan
shug‘ullanuvchi tuzilma va mansabdor shaxslarga loyihalarga tegishli materiallarni tayyorlash,
huquqiy tartibga solish uchun rejalashtirilgan masalalar bo‘yicha amaliyotni o‘rganishni tashkil
etish, normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini puxta tuzish va tahrir qilish, tegishli
eksperimentlarni tashkil etish, loyihalarni tayyorlashning ketma-ketligiga rioya etish va ularni
tasdiqlash uchun kiritish imkoniyati beriladi.
O‘z-o‘zidan ravshanki, norma ijodkorligi ishlarining hajmi kattaligi tufayli, IIV huquq
ijodkorligi faoliyatini rejalashtirishni, uni tashkillashtirishni, norma ijodkorligi jarayoni va
qoidalarini yanada takomillashtirish zarur. Normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashni
rejalashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish chog‘ida boshqa hujjatlar bilan o‘zaro aloqalar
tartibini belgilash, ularni bir vaqtda va parallel ishlab chiqish imkoniyatlarini aniqlash lozim.
Huquq ijodkorligi ishlarining rejasi tuzilishi mumkin bo‘lgan muddatning qisqaligi (1 yil) unga
faqat asosiy qoidalari nazariy jihatdan ishlab chiqilgan va asoslangan normativ-huquqiy
hujjatlarni tayyorlashnigina kiritishni taqozo etadi.
Shunday qilib, idoraviy huquq ijodkorligini rejalashtirish idoraviy hujjatlar tizimining
rivojlanish yo‘nalishlarini tanlash borasidagi maqsadni belgilovchi faoliyatdir. Huquqiy
tartibga solishni o‘rganish va tahlil qilish, uning yagonaligini, normativ-huquqiy hujjatlarning
loyihalari sifatli tayyorlanishini ta’minlash maqsadida IIVda norma ijodkorligini
rejalashtiruvchi subyektlar doirasini, norma ijodkorligi faoliyatini bajarish bilan
5 Qarang: Odilqoriev H.T. O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni. – T., 1995; Islamov Z.M. Obщestvo.
Gosudarstvo. Pravo. – T., 2001.
`
90
shug‘ullanuvchi shaxslarning vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash zarur.
Ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun O‘zbekiston Respublikasi IIVda bu faoliyatning
mazmunini aniqlash lozim.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni //
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni // Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son
3.
Соловев П. В. Перспективное планирование нормотворческой деятелности в
Республике Беларус // Вестник Полоцкого государственного университета. Серия D,
Экономические и юридические науки. – 2012. С. – 113.
4.
Миронов А. Н. Миронов АН Принципы нормотворчества // Право, политика и
современное общество: ценности, развитие и проблемы. – 2017. С. – 22.
5.
Тултеев И.Т. К вопросу о сущности законотворческого прогнозирования //
Демократизация и права человека, 2002, №1. – 97-99-б.
6.
Odilqoriyev H.T. O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni. – T., 1995; Islamov
Z.M. Obщestvo. Gosudarstvo. Pravo. – T., 2001.